G‘azo ahliga yordam berish ba’zi musulmonlarga emas, balki ularning barchasiga farzdir

0
29

Matbuot bayonoti

G‘azo ahliga yordam berish ba’zi musulmonlarga emas, balki ularning barchasiga farzdir

2025 yil 24 mart kuni Afg‘onistonning «Arabiy axbor» televideniyesida shayx Abdulhaq Hamod Mavlaviy birodarimiz o‘zining «Arab davlatlari hukmdorlari va rahbarlariga Afg‘onistondan maktub» nomli maqolasini o‘qib berdi. Maqolada Mavlaviy ularning G‘azo ahlini yordamsiz qoldirish va yahudiy vujudi tarafida turish pozitsiyalarini qattiq qoralab, bunday dedi: «Ey arab davlatlari hukmdorlari, siz o‘z dunyongizni birovning diniga almashdingiz, Allohga va o‘zingizga dushman kimsalarga ergashib, bolalar qonini ichgan va muqaddas zaminni bosib olgan kimsalar bilan tinchlik o‘rnatish, degan sarob ortidan chopdingiz. Bas, Allohdan qo‘rqing! O‘zingiz va Ummatingiz borasida U zotdan qo‘rqib, es-hushingizni yig‘ing va agar aqlingizni ishlatsangiz, haqiqat frontiga qayting! Allohning dushmanlariga berayotgan pullaringiz G‘azoni yoqishga yonilg‘i bo‘layotganini bilmayapsizmi?! Berayotgan neftingiz sionist tanklarida oqayotgan qonga aylanayotganini ko‘rmayapsizmi?! Ey arab davlatlari hukmdorlari, sizning sukutingizdan ikki milliard musulmon g‘azablanyapti va bu – Alloh asrasin – Allohning sizga bo‘lgan g‘azabining belgisidir! Ummatga yetakchi bo‘lishingiz kerak edi, ammo sizning davringizda u misli ko‘rilmagan xorlikka yetib keldi! G‘azo ayollari va bolalari sizlar uchun sionistlardan ko‘ra xatarliroqmi, axir, o‘z birodarlaringizni qo‘yib, dushmanni tanladingiz, ularning qoni daryo bo‘lib oqayotgan bir paytda, chegaralarni yopib, er kishilarining ularga nusrat berishlaridan to‘sdingiz?! Tog‘utni to‘xtatishdan ojiz bo‘lsangiz, u holda, chegaralarni ochib berib, hur kishilarni o‘z burchlarini ado etishlariga qo‘yib bering! G‘azo ayollari va go‘daklari faryodini eshitmayapsizmi?! Alloh Taolo G‘azoda bo‘layotgan har bir qilmishni yozib turganiga, qiyomat kuni bu haqda sizdan so‘rashiga ishonmaysizmi?! Qachon uyg‘onib, birodarlaringizga yordam berasiz?! Anavi jinoyatchining vahshiyligi kundan-kunga kuchayib borayotganini, har yerda daydi it kabi hurib, rahbariyatingizni kurashga chaqirayotganini ko‘rmayapsizmi?! Ey Ummat yetakchilari, nimani kutyapsiz?!».

Biz bu shayxning maktubiga bunday izoh beramiz:

«Abdulhaq birodar! Har bir musulmon qatori, sizga ham ma’lumki, hadisi sharifda Rosululloh ﷺ marhamat qilganlaridek, bu hukmdorlar ruvaybizalardir:

«سَيَأْتِي عَلَى النَّاسِ سَنَوَاتٌ خَدَّاعَاتُ يُصَدَّقُ فِيهَا الْكَاذِبُ وَيُكَذَّبُ فِيهَا الصَّادِقُ وَيُؤْتَمَنُ فِيهَا الْخَائِنُ وَيُخَوَّنُ فِيهَا الْأَمِينُ وَيَنْطِقُ فِيهَا الرُّوَيْبِضَةُ» قِيلَ: وَمَا الرُّوَيْبِضَةُ؟ قَالَ: «الرَّجُلُ التَّافِهُ فِي أَمْرِ الْعَامَّةِ»

«Odamlarga aldamchi yillar keladi. U yillarda yolg‘onchi rostgo‘yga, rostgo‘y esa yolg‘onchiga chiqariladi. Xoin omonatgo‘yga, omonatgo‘y xoinga chiqariladi. U yillarda ruvaybiza nutq so‘zlaydi. Ruvaybiza kim? deb so‘raldi. Shunda Rosululloh, omma ishi xususida nutq so‘zlovchi tentakdir, deb javob berdilar». (Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyati). Bu hukmdorlar kufr bilan hukm yuritib, Islom va musulmonlarga dushmanlik, G‘arbga malaylik qilishyapti. Ularning Islom va musulmonlarga ziyon yetkazish, mustamlakachi kofirlar va yahudiylarga xizmat qilishdan boshqa vazifalari yo‘q. Shuning uchun hukmdorlarga murojaat qilish va ulardan nusrat talab qilish yong‘inni puflab o‘chirishga harakat qilish kabidir. Ammo ularni ag‘darish va Ummat oldida kirdikorlarini fosh qilish, shuningdek, Alloh Taoloning quyidagi kalomida kelganidek, qiyomat kuni Robbimizga uzrimizni aytish maqsadida bo‘lsa, ularga murojaat qilish joiz:

﴿وَإِذۡ قَالَتۡ أُمَّةٞ مِّنۡهُمۡ لِمَ تَعِظُونَ قَوۡمًا ٱللَّهُ مُهۡلِكُهُمۡ أَوۡ مُعَذِّبُهُمۡ عَذَابٗا شَدِيدٗاۖ قَالُواْ مَعۡذِرَةً إِلَىٰ رَبِّكُمۡ وَلَعَلَّهُمۡ يَتَّقُونَ﴾

«O‘shanda ulardan bir jamoat: «Ne sababdan Allohning O‘zi halok etadigan yoki qattiq azoblaydigan qavmga pand-nasihat qilursizlar?» deganlarida, ular (ya’ni ikkinchi toifadagi odamlar) aytdilar: «Robbingizga (qiyomat kunida) uzrimizni aytish uchun va shoyad (ular) Allohdan qo‘rqsalar, deb (nasihat qilmoqdamiz)»                                                              [A’rof 164]

Muborak Falastin zamini butun Islom Ummatining mulki bo‘lgan xirojiy yerdir. Bu yerlar nafaqat Falastin ahliga, balki butun musulmonlarga tegishli. Shunday bo‘lgach, qanday qilib bu muqaddas mas’uliyatni qo‘rqoq xoin malay rahbarlarga topshirish mumkin?! Falastin masalasi, shubhasiz, arabu ajam va uzog‘u yaqindagi butun musulmon Ummatining masalasidir. Xuddi Makka va Madinadagi ikki haram (Ka’ba va Masjidun Nabaviy) Saudlar oilasi hukmdorlarining mulki emas, butun musulmon Ummatining mulki bo‘lganidek, muborak Aqso masjidi ham butun Ummatning mulkidir. Hech kim uning o‘z mulki ekanini yoki uning vasiyligi ostidaligini da’vo qila olmaydi. Balki Aqso yer yuzidagi har bir muslim zimmasidagi omonatdir.

Ammo siz Abdulhaqning mana bu so‘zlaringiz bizni hayron qoldirdi: «Ey G‘azo ahli, shuni bilinglarki, siz yolg‘iz emassiz, balki Afg‘onistondagi birodarlaringiz siz bilan bitta yurakdirlar. Biz sizni unutmadik, haqqingizga g‘oyibona duodamiz. Qayerga bormang, qancha yo‘l yurmang, qaysi xandaqda himoyalanmang, biz qalbimiz, ruhimiz, tilimiz bilan siz bilan birgamiz. Bizni uzrlar hibsga oldi, chegaralar qurshovida qoldik, ammo zulmatda ham nishonga teguvchi duolarimiz bor».

Ey Abdulhaq! Yahudiylar bombardimon qilayotgan g‘azolik birodarlaringizga hamdard bo‘lishingiz va haqlariga duo qilishingizning o‘zigina ularga yordam bo‘ladimi?! Xarobalar ostida yotganlarga hamdardligingiz va ko‘z yoshingiz qanday foyda beradi?! G‘arb poytaxtlarida yahudiylar genotsidini qoralab namoyish qilayotgan millionlab insonlar bilan sizning qanday farqingiz bor?! Zero, ular ham, siz ham odamlarga hamdardlik bildirish va yahudiylarni qoralashdan nariga o‘tmayapsiz! Odamlarning hojatini chiqarishni, shu jumladan, G‘azodagi birodarlarimizga yordam berishni duogagina cheklash beparvolikdir, Allohga tavakkal qilish emas. Chunki Alloh nusratning sabablarini ushlashga buyurgan. Imom Sha’biyning «Duoingizga biror moddiy narsa ham qo‘shib qo‘ying», degan so‘zini yaxshi bilasiz.

Endi, sizning «bizni uzrlar hibsga oldi, chegaralar qurshovida qoldik», degan gapingizga kelsak, Robbingiz sizdan birodarlaringizga yordam bermaganingiz haqida so‘raganida bu Uning huzurida uzrga o‘tarmikin, axir U zot

﴿وَإِنِ ٱسۡتَنصَرُوكُمۡ فِي ٱلدِّينِ فَعَلَيۡكُمُ ٱلنَّصۡرُ﴾

«Agar ular din yo‘lida sizlardan nusrat-yordam so‘rasalar, nusrat bermoq zimmangizdadir»

                                                                                                   [Anfol 72]

degan bo‘lsa?! O‘z ahlingizga yordam berishdan bu chegaralar sizni haqiqatda to‘syaptimi?! Nega unda, o‘tgan o‘nlab yillar mobaynida Sovet Ittifoqi va Amerikadan iborat dushmanlaringizga qarshi sizga yordam bergan mujohidlarning kelishiga bu chegaralar to‘sqinlik qilolmadi?! Arab mujohidlarini unutdingizmi?! Ular orasida ko‘pchiligi falastinliklar edi. Ular siz bilan yelkama-yelka jihod qilib, nihoyat Alloh dushmanlar ustidan nusrat berdi-ku! O‘sha mujohidlar jihod qilishga chin dildan niyat qilganlarida bu chegaralar Afg‘onistonga kirib kelishlariga to‘siq bo‘lolmagan. Bu sizga ham tegishli. Chunki agar Afg‘onistonda sizning ham G‘azo ahliga yordam berish niyatingiz chin dildan bo‘lsa, oldingizda bu to‘siqlar g‘ov bo‘lolmaydi. Bas, Allohdan taqvo qiling va birodarlaringizga nisbatan sodiq bo‘ling. Alloh sizga buyurganidek va ular sizlarga yordam berganidek ularga yordam bering.

Xullas, siz Abdulhaq birodar, maktubni arab davlatlari hukmdorlariga emas, Afg‘onistondagi Tolibon mujohidlariga yuborsangiz loyiq bo‘lardi. Chunki bu ruvaybiza hukmdorlar allaqachon o‘z pozitsiyalarini belgilab, Ummat va G‘azo ahlining dushmanlari safiga o‘tib olishgan. Afg‘onistondagi mujohidlar esa, Alloh ularga g‘alaba berib, hokimiyatga kelib, o‘z davlat va kuch-qudratlariga ega bo‘ldilar. Shu bois muborak Falastin zaminidagi bechora birodarlariga nusrat berishga shular qodir va loyiqdirlar. Ularning Alloh huzurida hech qanday uzrlari yo‘q. Dunyo matosini oxiratdan afzal ko‘rgan arab hukmdorlarining o‘zlari uchun to‘qib olgan uzrlari ham Tolibondan qabul qilinmaydi. Shunday ekan, siz afg‘onistonlik ulamo-shayxlar mujohidlarni Falastin sari jangu jihodga chaqiring, ularni qurol-aslaha va odamlar bilan ta’minlang. Sisiy yoki Abdulloh yo boshqa ruvaybizalarning chegarani ochib berishlarini kutmang. Aksincha, Adl, Hakam bo‘lgan Allohning siz bilan birga ekanini ko‘z-o‘ngizga keltiring-da, bu chegaralarni bosib-oshib o‘ting.

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَا لَكُمۡ إِذَا قِيلَ لَكُمُ ٱنفِرُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱثَّاقَلۡتُمۡ إِلَى ٱلۡأَرۡضِۚ أَرَضِيتُم بِٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا مِنَ ٱلۡأٓخِرَةِۚ فَمَا مَتَٰعُ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَا فِي ٱلۡأٓخِرَةِ إِلَّا قَلِيلٌ * إِلَّا تَنفِرُواْ يُعَذِّبۡكُمۡ عَذَابًا أَلِيمٗا وَيَسۡتَبۡدِلۡ قَوۡمًا غَيۡرَكُمۡ وَلَا تَضُرُّوهُ شَيۡ‍ٔٗاۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءٖ قَدِيرٌ﴾

«Ey mo‘minlar, sizga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida (jihodga) chiqinglar, deyilsa, o‘z yeringizga (ya’ni, yurtingizga) yopishib oldingiz?! Oxirat (ne’matlari)dan yuz o‘girib, hayoti dunyo (lazzatlari)ga rozi bo‘lurmisiz?! Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?! Agar (jihodga) chiqmasangiz, (Alloh) sizni alamli azob bilan azoblaydi va o‘rningizga boshqa bir qavmni keltiradi. Sizlar esa Unga biron ziyon yetkaza olmaysiz, Alloh hamma narsaga qodirdir»                                                          [Tavba 38-39]

Hizb ut-Tahrirning markaziy

matbuot bo‘limi

Izohlar yo'q