Matbuot bayonoti
G‘azo va asr ma’rakasi
Ey musulmonlar!
Biz ushbu o‘lkadagi va bu nomamiz yetib boradigan barcha o‘lkalardagi musulmonlarga salomimizni yetkazib, Allohdan ushbu ramazon oyini muborak aylashini va toat-ibodatlaringizni qabul qilib, Ramazonni shodlik, baxt-saodat va ne’mat oyiga aylantirishini so‘raymiz.
Falastin musulmonlari faryod qilayotgani uchun bu nomani sizlarga yozyapmiz! Ularning faryodlarini eshitishingizni, dardlarini baham ko‘rishingizni va siyosiy chang pardasini oralab o‘tib, haqiqatni ko‘rishingizni kutmoqdalar.
Bizga ko‘proq og‘riq berayotgan narsa bosqinchi vujudning vahshiyliklari ham, uni g‘arblik qo‘llab-quvvatlovchilarning til biriktiruvi ham emas. Shuningdek, musulmonlarni himoya qilishlari kerak bo‘lgan, ammo buning o‘rniga bosqinchilarni himoya qilish yo‘lida bor kuchlarini ayamayotgan hukmdorlarimiz ham emas. Ularning bu holati shundoq ham ma’lum, hamma ko‘rib-bilib turibdi, buning ajablanarli yeri qolmadi. Bizga hammasidan ko‘ra ko‘proq og‘riq berayotgan narsa musulmonlarning es-hushlarini yig‘ib olib, bosim o‘tkazishga, o‘z sa’y-harakatlarida qat’iy bo‘lishga, o‘z da’vatlarini haqiqiy va doimiy natijalarni ta’minlash tomonga yo‘naltirishga muvaffaq bo‘lisholmaganidir.
Alloh Taolo
﴿وَإِنِ ٱسۡتَنصَرُوكُمۡ فِي ٱلدِّينِ فَعَلَيۡكُمُ ٱلنَّصۡرُ﴾
«Agar ular din yo‘lida sizlardan nusrat-yordam so‘rasalar, nusrat bermoq zimmangizdadir»
[Anfol 72]
demoqda. Falastin ahliga sizning ko‘z yoshlaringiz, afsuslanishingiz kerak emas. Hatto duolaringizni ham – agar moddiy amal bilan bog‘langan bo‘lmasa – istamayaptilar.
Falastin musulmonlari yordamni BMTdan ham, Arab davlatlari ligasidan ham, Islomiy hamkorlik tashkilotidan ham, Xalqaro jinoyat sudidan ham yoki boshqa bir yoki ko‘p tomonlama davlat muassasalaridan ham kutayotgani yo‘q. Chunki bularning barchasi bosqinchilik boshlangan kundan beri shu bosqinchilik jinoyatidan javobgar tomonlardir. Ular o‘sha paytdan beri sodir etilgan barcha jinoyatlarni qonuniylashtirishdi, shu jumladan, o‘t ochishni to‘xtatish shartnomasini buzish jinoyatini ham.
Falastin kelayotgan Salohiddin Ayyubiyni kutmoqda. Chunki u Islom Ummatini dushmanga qo‘l uzatayotgan anavi xoin hukmdorlardan qutqaradi. Falastin kelayotgan Salohiddin Ayyubiyni kutmoqda. Chunki u o‘z ortidan musulmon armiyalarni ergashtirib, yo‘lida uchragan malay hukmdorlarni yo‘q qiladi va musulmonlarning dushman tortib olgan kollektiv kuch-qudratini qayta olib beradi.
Musulmonlar juda katta kuch-qudrat sohibdir. Ular armiyalarga, iqtisodiyotlarga, beqiyos moddiy va fikriy resurslarga ega. Eng muhimi, Alloh Subhanahu va Taolo ular bilan birgadir. Masala shundaki, bu kuchning barchasi dushman tomonidan zanjirlangan. Zanjirning ikkinchi uchi o‘z xo‘jayinlarining fitnalarini amalga oshirish uchun mavjud bo‘lgan qo‘g‘irchoq hukmdorlarning qo‘lida. Bosqinchilikning har tomonida katta qo‘shinlar mavjud ekan, holdan toygan va ojiz xalqning dunyoning yirik davlatlarining qudrati bilan yuzma-yuz qolishi naqadar sharmandalik!
Falastinlik musulmonlar sizdan nimani talab qilmoqdalar? Ular, shubhasiz, sizdan qayerda bo‘lmang va qay uslubda bo‘lmasin, ustingizdagi ana shu hukmdorlarga qarshi qo‘zg‘alishingizni talab qilmoqdalar. Sizdan bu hukmdorlarning ag‘darilishini so‘rashingizni va ularning o‘rniga xolis islomiy rahbariyat kelishini talab qilishingizni istamoqdalar. Falastin ahli sizdan kutayotgan bundan ham muhim narsa, siz ushbu muborak zaminning ichkarisi va tashqarisidagi islomiy armiyalardan Ummat tarafida turishini va musulmon o‘lkalarini mudofaa qilish uchun bergan qasamyodlariga sodiq qolishlarini talab qiling. Bularning barchasi ushbu loyihaning asosini tashkil qiluvchi Xalifalik davlatini barpo etish uchun keng miqyosda sa’y-harakat qilish bilan bo‘ladi.
Dunyo tizimi – o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib turganimizdek – qayta tuzilmoqda, siyosiy formulalar qayta ishlanmoqda, hokimiyatlar qayta taqsimlanib, xalqaro tashkilotlar parchalanmoqda, siyosiy xaritalar qayta chizilmoqda. Bas, shunday ekan, nega biz hamon G‘arbga yoqadigan siyosiy chegaralar ichkarisida qamalib yashayapmiz?
Albatta islomiy o‘lkalar armiyalari musulmonlarning mulkidir. Bas, bizga tegishli bo‘lgan narsani qaytarib olishimiz vaqti keldi.
Rosululloh ﷺ bunday dedilar:
«وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ، لَتَأْمُرُنَّ بِالْمَعْرُوفِ وَلَتَنْهَوُنَّ عَنِ الْمُنْكَرِ، أَوْ لَيُوشِكَنَّ اللهُ أَنْ يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عِقَاباً مِنْهُ، ثُمَّ تَدْعُونَهُ فَلَا يُسْتَجَابُ لَكُمْ»
«Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, sizlar albatta ma’rufga buyurib, munkardan qaytarasizlar, aks holda Alloh sizlarning ustingizga O‘z dargohidan bir jazo yuborur, keyin duo qilaverasizlar (lekin) duolaringiz ijobat qilinmaydi». (Termiziy rivoyat qilgan).
Hizb ut-Tahrirning Avstraliyadagi
matbuot bo‘limi