بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Falastin ozodlikni kutmoqda konferensiyalarni emas
Ustoz qozi Abdulloh – Yaman viloyati
2025 yil 25 mart kuni San’oda «Falastin Ummatning markaziy masalasi» nomli uchinchi konferensiya o‘z ishini yakunladi. Mahalliy, arab, musulmon davlatlari va xalqaro darajadagi ushbu konferensiya shiori «Siz yolg‘iz emassiz», deb nomlandi. 4 kun davom etgan yig‘inda Yaman, Falastin, Livan, Tunis, Liviya, Misr, Hindiston, Malayziya va boshqa turli o‘lkalardan kelgan faollar va qatnashchilarga 173 ta ish hujjati tarqatilib, muhokama qilindi. Konferensiyada G‘azo va Falastin lagerlari ahlini qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro yordam fondi tuzish orqali G‘azo ahliga va lagerlardagi falastinlik qochqinlarga to‘xtovsiz yordam ko‘rsatish hamda Falastin masalasini yanada kengroq qo‘llab-quvvatlash uchun butun dunyo bo‘ylab sionizmga qarshi ozodlik harakatlari bilan ittifoqlar tuzishga chaqirildi. Konferensiya bayonotida yahudiy vujudi tovarlari, shuningdek, qonxo‘r vujudning asosiy moliyalovchisi va jinoyatlarini qo‘llab-quvvatlovchisi bo‘lgan AQSH tovarlariga qarshi iqtisodiy boykot kampaniyalari ko‘lamini kengaytirish ham ta’kidlandi.
Biz bu hukmdorlar Allohning va bandalarining nazdida pashshaning qanotichalik ham qadrga ega emasliklarini juda yaxshi bilamiz. Ular na bandalarni himoya qilishadi, na o‘lkalarni. Aksincha, mustamlakachi kofirlar islomiy o‘lkalarni bosib olishda foydalanishlari uchun o‘z o‘lkalarining boyliklari, potensiallari, havosi, tuprog‘i, osmoni va suviga ruxsat berishadi. Shu sababli, biz bu hukmdorlarga allaqachon xitob yo‘llamay qo‘yganmiz. Balki xitobimizni Ummat va uning armiyalariga yo‘llayapmiz, toki, xitoblarimiz bilan ularning himmatlari qo‘zg‘alsin, shuningdek, hukmdorlarning zarar va Ummatga zarar yetkazuvchi ekanini, Islom zararni daf qilishga buyurganini anglab yetsinlar:
«لَا ضَرَرَ وَلَا ضِرَارَ فِي الْإِسْلَامِ»
«Islomda (o‘ziga) zarar berish ham, (boshqa birovga) zarar yetkazish ham yo‘q». Zararni daf qilish qanchalik kechiksa, u shunchalik kattalashib, yomonligi kengayib boraveradi va nadomat foyda bermaydigan kunda nadomat bo‘ladi. Shubhasiz, musulmonlarning taqdiriy masalasi Xalifalikdir. Chunki u ularni jamlaydi, saflarini birlashtiradi, barchalarini xalifa ortidan dushmanga qarshi jangga safarbar qiladi, barchalarini mudofaa qilib, o‘lkalarini ozod etadi.
«إِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»
«Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi».
Ummat o‘zi bilan hukmdor va yetakchilar o‘rtasida yoriq mavjud ekaniga aniq ishonadi. Zero, Ummat qadr-qimmat va g‘ururga to‘la ravishda ulug‘vor qoyalar misol turib, uning yoshlari bulutlarga yetishyapti, hukmdorlar esa, ulardan farqli o‘laroq, eng past xorlik va rasvolik qarida yashashmoqda. Ummat o‘z o‘g‘lonlarining qahramonliklari orqali o‘zining haqiqiy yo‘nalishini muborak Falastinni ozod etish uchun yahudiylarga qarshi kurashga yo‘naltirayotgan bo‘lsa, hukmdoru yetakchilari yo‘nalishlarini konferensiya va kapitulyatsiya tashabbuslari tomon yo‘naltirishyapti. Shuning uchun, xoin hukmdorlar va ularning malay rejimlari bor ekan, yahudiylar yoki boshqa biror dushman ustidan aslo g‘alaba qozonolmaymiz. Aynan mana shu hukmdorlar, butun dunyoda repressiya qilinayotgan musulmonlarni qutqarish o‘rniga, kofir G‘arbga yer, havo va resurslarimizni, hatto armiyalarimizni topshirib qo‘yishdi, shu orqali bosqinchi yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlashdi va g‘arblik xo‘jayinlari manfaatini ta’minlovchi urushlarga qo‘shilishdi. Aynan mana shu hukmdorlar yahudiy vujudining birinchi liniyadagi qo‘riqchilari bo‘lishdi va hamon shunday bo‘lib kelishyapti, uning 70 yildan ortiq davom etayotgan bosqinchiligini yanada ko‘proq davom etishini ta’minlashdi. Shu bilan birga, musulmonlar ko‘nglida biz dushmanlarimizni aslo yenga olmaymiz, degan tushuncha paydo qilib, tushkunlik va mag‘lublik urug‘ini ekishga harakat qilishyapti. Aynan shu hukmdorlar Xalifalik qulatilgandan beri Ummatning nusrat quchishiga, shu jumladan, muborak Falastin zaminini ozod etishiga asosiy to‘siq bo‘lib kelishdi va hozirgacha to‘siq bo‘lib turishibdi.
Islomiy qo‘shinlar Falastinni to‘liq ozod etish sari safarbar qilinmas ekan, Falastindagi musulmonlar qoni oqishdan to‘xtamaydi, og‘riq-alamlari tinmaydi, onaizorlar va yetimlar ko‘z yoshi to‘xtamaydi. Ummat boshiga tushgan bu baloga yakun yasashning Islomdagi yagona, doimiy va amaliy yechimi – ruvaybiza hukmdorlar taxtini qulatish va Ummatning yirik armiyalarini harakatga keltirib, oqayotgan qonlarni to‘xtatish va islomiy o‘lkalarni ozod etishdan iborat. Bugun barcha G‘arb kuchlari qurol-yarog‘lari va boyliklarini yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlashga to‘plashgan ekan, bizning armiyalarimiz qonlari daryo bo‘lib oqayotgan aka-uka va opa-singillarini qutqarish uchun birlashmoqlari kerak emasmi?!
Ummatning dushmanlari va mustamlakachilar o‘rtaga tashlayotgan yechimlar uni to‘g‘ri yechimdan chalg‘itishga qaratilgan quroldan boshqa narsa emas. Ushbu ikkilamchi va vaqtinchalik yechimlardan maqsad, Ummatni falajlab, intilayotgan o‘z rolidan adashtirish ekaniga aslo shubha yo‘q.
Ushbu to‘g‘ri yechim esa, odamlarda Falastin ozodligiga oid shar’iy tasavvurni paydo qilish oldidagi g‘ovni olib tashlaydi hamda armiyalarimizning kazarmalarda biqinib, tinimsiz nolalarga quloq solmayotganlarining asl sababini ochib beradi, dushmanning sa’y-harakatlarini fosh etadi. Ma’lumki, bu sa’y-harakatlar «islomiy armiyalar rejimlarga qaramdir, undan yordam ham, nusrat ham umid qilib bo‘lmaydi», deya Ummat bilan armiyalari o‘rtasidagi ishonchsizlik chuqurini kengaytirish harakatidir. Ammo bu iddaolar va yolg‘onlarni bartaraf etish uchun Islomlariga nusrat berish va kalimalarini oliy qilish yo‘lida jonlarini fido etgan xolis qo‘shinlar haqida Ummatga eslatishning o‘zi kifoya. Muborak Falastin zamini va barcha bosib olingan o‘lkalarimizni ozod etish va olamga ezgulik ulashish sari xolis qo‘shinlarni safarbar qilishda ong va jamoatchilik fikri rolini ko‘rsatib berishning o‘zi yetarli.
Bularning barchasi ro‘yobga chiqishi uchun dushmanga malay bo‘lgan yuvindixo‘r har bir hukmdorni ag‘darishlari hamda Alloh tomonidan zimmalariga musulmonlarning qo‘riqchisi, mudofaachisi va qalqoni qilib yuklangan va o‘z burchini tushungan yetakchilik va tuzumni o‘rnatishlari lozim. Bunga Nabiy ﷺning
«الْإِمَامُ رَاعٍ وَهُوَ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»
«Imom-xalifa yetakchidir va u o‘z qo‘l ostidagilardan javobgardir», degan so‘zlari dalil. Bu yetakchilik barcha yerlardagi bechora musulmonlarni mudofaa qilish va bosib olingan barcha islomiy o‘lkalarni ozod etishdan iborat Alloh Taoloning buyrug‘ini qabul qiladi. Bu yetakchilik dushman qarshisida Islom va musulmonlarga xolis turadi, mustamlakachilarning Islom o‘lkalaridagi kishanlarini parchalaydi, barcha islomiy qo‘shinlarni Ummat va uning dini posbonlari sifatidagi asl rolini ado etish sari safarbar qiladi.
Hizb ut-Tahrir ushbu masalani Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish orqali to‘liq hal etish uchun marraga yaqinlashib bormoqda. Hizb buning uchun Ummatni, ayniqsa, undagi kuch-qudrat ahlini himmat kamarini mahkam qilib, Hizbning sa’y-harakatiga yordam berishga va shu bilan birgalikda dunyo va oxirat yutug‘iga noil bo‘lishga da’vat qilmoqda. Shuni bilsinlarki, Alloh O‘z ishini to‘la amalga oshirguvchi, va’dasini ro‘yobga chiqarguvchidir. Bas, Ummat hayotidagi bugungi og‘riqlik kunlarda yashayotgan qaysidir inson ushbu sharafga loyiq bo‘lmasa, u holda, Allohning ushbu kalomi unga yetarlidir:
﴿وَإِن تَتَوَلَّوۡاْ يَسۡتَبۡدِلۡ قَوۡمًا غَيۡرَكُمۡ ثُمَّ لَا يَكُونُوٓاْ أَمۡثَٰلَكُم﴾
«Agar sizlar (Allohga itoat etishdan) yuz o‘girib ketsangizlar, U (o‘rningizga) sizdan boshqa bir qavmni almashtirib qo‘yur, so‘ngra ular sizlarga o‘xshagan bo‘lmaslar, (balki Allohga itoatda bo‘lurlar)!» [Muhammad 38]
Roya gazetasining 2025 yil 2 aprel, chorshanba kungi 541-sonidan