Niqobga qarshi harakatlar diktaturani kuchaytiradi

0
13

Niqobga qarshi harakatlar diktaturani kuchaytiradi

Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi 3 aprel kuni Jalolobod shahri va Suzoq tumanida “E’tiqod erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun asosida reyd o‘tkazdi. Unda huquq-tartibot idoralari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Reyd davomida jamoat joylarida niqob kiygan muslimalar ogohlantirilishi va qonunni buzganlar ma’muriy javobgarlikka tortilishi ta’kidlandi.

“E’tiqod erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunga biroan, jamoat joylarda niqob kiyish taqiqlanadi va qonunni buzganlarga 20 000 so‘m miqdorida jarima solinadi. Jamoat joylarida niqob kiyganlarga jarima solish 1 maydan boshlab kuchga kiradi.

Prezident Sadir Japarov joriy yilning yanvar oyida “E’tiqod erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunni imzolagan edi. Qonun ommaviy muhokamalar chog‘ida musulmonlarning qattiq qarshiliklariga duch keldi. Hatto qonun ortida yashirin maqsadlarni fosh qilib, omma e’tiboriga havola qilgan Hizb ut-Tahrir a’zolari hibsga olinib, turli qiynoqlarga solindi. Ularning aksariyati hamon qamoqxonalarda saqlanmoqda.

Mustabid rejimlari bilan tanilgan qo‘shni Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikistonda ham xuddi shunday qonunlar qabul qilingan. Bu mamlakatlarda qonun musulmonlarni nazorat qilish va aholini qo‘rquvda ushlab turishga xizmat qiladi. Soqol qo‘ygan, namoz o‘qiydigan, hijob o‘rab yurgan fuqarolar hamon tegishli idoralarga chaqirilib, ular bilan “tushuntirish ishlari” olib boriladi. Tez-tez reydlar o‘tkazilib, politsiyachilar ko‘chada yurgan soqolli erkaklarni “diniy ekstremizm”ga aloqadorlik gumoni ostida politsiya bo‘limiga olib ketish holatlari ko‘p uchraydi.

Qo‘shni davlatlarda bo‘lgani kabi Qirg‘izistonda ham diniy sohada qabul qilingan qonunlar asosan Islom va musulmonlarni nazorat ostiga olishga qaratilgan. Chunki Qirg‘iziston rejimi jamiyatda chuqur ildiz otgan Islomiy qadriyatlarni o‘zi uchun tahdid deb biladi. Buning uchun ular o‘zlari ilgari surayotgan demokratiyaning asosiy qadriyatlarini ham oyoq osti qilishmoqda.

Shu bois Qirg‘iziston rejimi niqobga qarshi harakatlari orqali mamlakatdagi Islomiy doirani nazorat qilish choralarini ko‘rmoqda. Agar jamoatchilik hukumatga yetarli darajada qarshilik ko‘rsatmasa, hukumat bu qonundan o‘z manfaati uchun foydalanib, diktatura o‘rnatishga harakat qiladi.

Musulmonlar va muslimalar o‘z yurtlarida o‘z diniga erkin amal qilish imkoniyatidan mahrum bo‘layotgani juda achinarli holat. Musulmonlar birlashib, Islomiy qadriyatlarni himoya qilmagunicha va Xalifalik davlatini barpo etmagunicha bu vaziyatdan hech qachon qutula olmaymiz. Aks holda hokimiyatni egallab olgan pastkash, tuban kimsalar Islomga, uning qadriyatlariga va musulmonlarga qarshi kurashni davom ettiraveradi.

Mumtoz Mavarounnahriy

Izohlar yo'q