Xalifalik ag‘darilgan kun uni barpo etishga da’vat kunidir

0
15

Matbuot bayonoti

Xalifalik ag‘darilgan kun uni barpo etishga da’vat kunidir

Hijriy 1342 yil 28 rajab, milodiy 1924 yil 3 mart kuni Mustafo Kamol boshchiligidagi bir guruh turk xoinlari musulmonlarning 13 asrdan ortiq davom etgan birlik meroslarini vayron qilishdi. O‘sha kundan boshlab musulmonlar himoyasiz yetim qoldilar. Hijriy hisob bo‘yicha, bugun ayni hodisaga 104 yil bo‘ldi. Kofirlar Xaliflikni ag‘darishgach, islomiy o‘lkalarni kichik qafaslarga bo‘lishdi va musulmonlarni u yerlarga xorijiy pasportsiz va vizasiz borishdan mahrum qilishdi. Bu ham yetmagandek, armiyalarimizni tarqatib yuborishdi, qurol-aslahalarimizni tortib olishdi, boyliklarimizni talon-toroj qilishdi, yerlarimizni bo‘lishib olishdi, ishchi kuchi va texnikamizni yo‘q qilishdi. Shu tariqa, biz kofirlar uchun tayyor o‘ljalarga aylanib qoldik. G‘azoga yoki Birmaga yordam berish uchun birorta ham islomiy armiya harakatga kelmadi. Pokiston armiyasi Aqso masjidini ozod etishga, Turkiya armiyasi Kashmirni ozod etishga harakatlanmayapti. Xuddi bosh, tana, qo‘llar, oyoqlar bir-biridan bo‘lib tashlanib, harakatlanolmay qolgani kabi!

Darvoqe, Hindiston musulmonlari Xalifalik uchun harakat qila boshlagan edilar va bu tarixda eng katta siyosiy kampaniya bo‘lgan. Ko‘chalarda va mahallalarda «Xalifalik qo‘mitasi» tuzilgan, hatto Gandi ham Hindistonning siyosiy kelajagi qorong‘i bo‘lib qolishidan qo‘rqib, ayni harakatga qo‘shilishga majbur bo‘lgan. Bolqon urushida Xalifalikni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘plab hind musulmonlari yordam yuborishdi hamda Usmoniy Xalifalikka qarshi Britaniya yetakchiligi ostida jang qilishdan bosh tortishdi. Bugun esa, armiyalarimiz Amerikaning urushlarida yollanma sifatida xizmat qilishmoqda. Qo‘mondon va generallarimiz urush oloviga o‘tin bo‘lmoqdalar. Yahudiylarning Falastindagi birodarlarimizga qarshi sodir etayotgan qirg‘in, vayronagarchilik va qonxo‘rliklarini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmiz. Ortida turib jang qilinadigan va u bilan himoyalaniladigan qalqon-xalifalari yo‘qligi sababli Sharqiy Turkistondan Kashmirgacha, Myanmadan O‘rta Osiyogacha, Sudandan Yaman, Suriya va boshqa mintaqalargacha bo‘lgan musulmon o‘lkalaridagi farzandlarining azob-uqubatlari bugun Islomiy Ummatga sir bo‘lmay qoldi.

Ey musulmonlar!

Xalifalik ag‘darilgan kun uni barpo etishga da’vat kunidir. Chunki Xalifalik – bu Islom davlati, Islomning siyosiy vujudi va uni tatbiq qilish tariqati demakdir. Alloh Subhanahu Rosuli ﷺga musulmonlar o‘rtasida Alloh nozil qilgan hukmlar bilan hukm yuritishni buyurib, bunday dedi:

﴿فَٱحۡكُم بَيۡنَهُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُۖ وَلَا تَتَّبِعۡ أَهۡوَآءَهُمۡ عَمَّا جَآءَكَ مِنَ ٱلۡحَقِّ﴾

«Ular o‘rtasida Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuriting va sizga kelgan haqdan yuz o‘girib, ularning havoyi nafslariga ergashmang!»     [Moida 48]

Yana bunday dedi:

﴿وَأَنِ ٱحۡكُم بَيۡنَهُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَلَا تَتَّبِعۡ أَهۡوَآءَهُمۡ وَٱحۡذَرۡهُمۡ أَن يَفۡتِنُوكَ عَنۢ بَعۡضِ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ إِلَيۡكَۖ﴾

«Ular o‘rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan sizni burib fitnaga solib qo‘yishlaridan ehtiyot bo‘ling!»                                                                                                    [Moida 49]

Shar’iy qoida bo‘yicha, «Rosululloh ﷺga xitob – agar xoslovchi dalil kelmagan bo‘lsa – Ummatiga qilingan xitobdir». Bu oyatda ham xitobning Rosululloh ﷺga xos ekaniga dalil kelmagan. Shu bois u Ummatga ham xitob bo‘lib qoladi. Bas, Ummatga Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritmoq buyurildi. Sunnatga keladigan bo‘lsak, imom Muslim Nofe’dan bunday rivoyat qiladi: Ibn Umar roziyallohu anhu bunday dedi: Men Rosululloh ﷺning bunday deganlarini eshitdim:

«مَنْ خَلَعَ يَداً مِنْ طَاعَةٍ لَقِيَ اللهَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لَا حُجَّةَ لَهُ، وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»

«Kim itoat qilishdan bosh tortsa, Allohga qiyomat kuni hujjatsiz holda yo‘liqadi. Kim zimmasida bay’at bo‘lmagan holda vafot etsa, johiliyat o‘limini topadi». Nabiy ﷺ har bir musulmonni zimmasida bay’at bo‘lishini farz qilib, bo‘ynida bay’ati bo‘lmagan kishining o‘limini johiliyat o‘limi deb ta’rifladi. Bay’at faqat xalifaga qilinadi, undan boshqasiga qilinmaydi. Rosululloh ﷺ har bir musulmonni xalifaga bay’at qilishga buyurmadilar, balki bo‘ynida xalifaga qilingan bay’at bo‘lishini buyurdilar. Chunki har bir musulmonning zimmasida bay’atning mavjud bo‘lishi, ya’ni har bir musulmonning bo‘ynidagi bay’atga loyiq xalifaning mavjud bo‘lishi shartdir.

«Ahkomus Sultoniya»da imom Movardiy bunday degan: «Imomat-Xalifalik dinni saqlash va dunyo ishlarini boshqarishda Muhammad ﷺning o‘rniga o‘rinbosar bo‘lish uchun qonuniylashtirilgan. Ummat ichida bu farzni ado etadigan kishiga bay’at qilish ijmoga ko‘ra vojibdir». Imom Navaviy «Sharhi Muslim»da «Sahobalar musulmonlarga bitta xalifa saylash farz ekanligiga ijmo qilganlar», degan. Zero, Islomiy Xalifalik hamda Ummatning Allohning shariatini Nabiy ﷺning tariqatlariga muvofiq qoim qiladigan bitta hukmdor ostida birlashishi musulmonlar hayotidagi eng katta g‘oyalardan va Islomning eng katta maqsadlaridan biridir. Bu, shuningdek, Alloh va Uning Rosuli buyurgan birlik darajasining eng oliysidir. Alloh Taolo bunday degan:

﴿وَٱعۡتَصِمُواْ بِحَبۡلِ ٱللَّهِ جَمِيعٗا وَلَا تَفَرَّقُواْ﴾

«Barchangiz Allohning arqoniga bog‘laning va bo‘linmang»      [Oli Imron 103]

Demak, bo‘linish xorlik va xo‘rlikka olib boradi.

Ey musulmonlar!

Shabhasiz, Xalifalikni barpo etish Parvardigoringiz tomonidan buyurilgan farz hamda Payg‘ambaringiz ﷺning bashoratidir. Bu siz uchun sharaf manbai va dushmanlaringizni tiz cho‘ktirishning yagona yo‘lidir. Shuningdek, yer yuzida haqiqat va adolat o‘rnatishning ham yagona yo‘lidir. Shunday ekan, uni barpo etishga harakat qilinglar. Yuragingiz Alloh yo‘lida jihod qilishga talpinmayaptimi?! «Mo‘tasim, yordam ber»! degan chaqiriqlarga javob beruvchi qayerda qoldi?!

Hizb ut-Tahrir barpo etishga harakat qilayotgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikka bo‘lgan da’vat Usmoniy Xalifalik qulatilgandan keyin musulmonlar yurtlari o‘rtasiga mustamlakachilar tomonidan o‘rnatilgan soxta chegaralarda to‘xtab qolmaydi. Bu da’vat yer yuzidagi barcha musulmonlarga tegishli olamshumul da’vatdir. Chunki Xalifalik ularning barchasining rahbarligidir. Darhaqiqat, Hizb ut-Tahrir Qur’on va Sunnatdan istinbot qilingan dastur loyihasini ishlab chiqqan bo‘lib, u iqtisod, tashqi siyosat, urush, ijtimoiy munosabatlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va moliya sohasiga taalluqli hamda Xalifalik tiklanganidan keyin birinchi kundanoq amalda tatbiq qilish uchun kerakli boshqa barcha sohaga oid moddalarni o‘z ichiga oladi. Hozir Allohning izni ila barpo bo‘lajak Xalifalikning bashoratlari zohir bo‘lib, barcha musulmonlar unga mushtoq bo‘lib turibdi.

Ey musulmonlar!

Biz sizni birgalikda Xalifalikni barpo qilish uchun jiddiy xolis harakat qilib, Alloh Taoloning ushbu kalomiga amal qilishga chaqiramiz:

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمۡ لِمَا يُحۡيِيكُمۡۖ وَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَحُولُ بَيۡنَ ٱلۡمَرۡءِ وَقَلۡبِهِۦ وَأَنَّهُۥٓ إِلَيۡهِ تُحۡشَرُونَ﴾

«Ey mo‘minlar, Alloh va Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar»                                                                          [Anfol 24]

Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi

matbuot bo‘limi

Izohlar yo'q