Matbuot bayonoti
Vena konferensiyasi hamda demokratik o‘zgarishlar xomxayoli
Qutulishning yagona yo‘li roshid Xalifalikni barpo etishdir!
Avstriya poytaxti Venada «Vena konferensiyasi jarayoni»ning beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator siyosiy yetakchilar, fuqarolik jamiyati faollari va hukmron rejimga muxolif bo‘lgan sobiq harbiy amaldorlar uchrashdi. Bu konferensiya musulmon o‘lkalari o‘zlarining eng qorong‘i kunlarini boshdan kechirayotgan, masalan, musulmonlar soxta millatchi davlatlar ichida yashayotgan bir paytda bo‘lib o‘tmoqda. Shunga qaramay, demokratik sekulyarizm yoki irqchilik asosida hukmdorlarga qarshi chiqish va ular bilan shu asosda kurashish Islom shariatiga zid bo‘lib, musulmonlar orasida fitna chiqarishdan boshqa narsaga xizmat qilmaydi. Islom boshqaruv tuzumini Islom aqidasi asosiga o‘rnatgan. Shu bois siyosiy, qonuniy va harbiy raqobatlarning barchasi shu asosdan kelib chiqmog‘i darkor. Buning aksi o‘laroq, «Vena konferensiyasi jarayoni» sekluyarizm va demokratiyaga asoslangan. Bu qadriyatlarning har jihatdan muvaffaqiyatsizlikka uchragani isbotlangan.
Demokratiya bilan respublika, bu ikkisi Afg‘oniston jamiyati e’tiqodiga zid begona mafkuralardir. Afg‘on xalqi islomiy qadriyatlarni qaror toptirish yo‘lida katta qurbonlar berdi. G‘arbning siyosiy modelini tatbiq qilish faqat Islomga zid bo‘libgina qolmay, balki, asosan, afg‘on xalqining intilishlariga ham teskaridir. Bu Vena konferensiyasida qatnashayotganlar Islom Ummatining birligi va ulug‘ligi uchun harakat qilish o‘rniga, G‘arbdan ilhomlangan tuzilmalar yaratishga intilmoqdalar. Holbuki, u so‘nggi yigirma yil ichida faqat korrupsiya, urush va bo‘linishlar olib keldi.
Islom Ummati o‘z qadr-qimmati va kuch-qudratini qayta tiklash uchun mustamlakachi G‘arbga bo‘lgan barcha turdagi fikriy, siyosiy va harbiy tobelikdan xalos bo‘lishi lozim. Shunday ekan, G‘arbdan yordam tilanayotgan anavilar qanday qilib Ummat qadr-qimmatini qayta tiklasinlar?! Shuning uchun tegishli tomonlarning barchasi, jumladan, Afg‘onistondagi hukumat, muxolafat va ularning ittifoqchilari bugungi tanazzul davrida shuni e’tirof etishlari lozimki, Islom Ummati G‘arbu Sharqning har bir modelini o‘z tajribasidan o‘tkazdi, biroq muammolari hamon yechimsiz qolmoqda, bir krizisdan yana bir krizisga kirishda davom etmoqda.
Aslida, Afg‘oniston va barcha Islom olami milliy davlatlar qurish yoki sekulyar ittifoqlar tuzish bilan emas, balki Islomga qaytish, roshid Xalifalikni barpo etish va Alloh Subhanahu va Taoloning dinini yoyish bilan najotga erishadi. Zero, Ummatning Allohga bergan ahd-paymonida sodiq turib, yagona taqdiriy masala va islomiy boshqaruvning haqiqiy modeli bo‘lmish roshid Xalifalik davlatini barpo etishi siyosiy najotning birdan-bir yo‘lidir. Bu hamisha shunday bo‘lib qoladi. Bunga muqobil har qanday yo‘l avvalgi muvaffaqiyatsiz tajribalarning takrorlanishi va siyosiy sarobga qarab chopish bo‘lib, bu dunyoda xorlik va oxiratda ziyondan o‘zga narsa keltirmaydi.
﴿ٱلَّذِينَ يَتَّخِذُونَ ٱلۡكَٰفِرِينَ أَوۡلِيَآءَ مِن دُونِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَۚ أَيَبۡتَغُونَ عِندَهُمُ ٱلۡعِزَّةَ فَإِنَّ ٱلۡعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعٗا﴾
«Ular mo‘minlarni qo‘yib kofirlarni do‘st tutadilar. Ular o‘sha kofirlar oldidan kuch-qudrat izlaydilarmi?! (Ovora bo‘ladilar!). Zero, bor kuch-qudrat Allohnikidir» [Niso 139]
Hizb ut-Tahrirning
Afg‘oniston viloyatidagi
matbuot bo‘limi