Xalifalik yo‘qligida musulmonlar nimalarni yo‘qotdi?

0
7

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Xalifalik yo‘qligida musulmonlar nimalarni yo‘qotdi?

Madinada ilk Islom davlati barpo etilishi bilan hidoyat, adolat va rahmat ulashuvchi Ummat dunyoga keldi. Shunday qilib, yer yuzini zulmat va adolatsizlik qoplaganidan keyin, dunyo nur va adolatga to‘ldi. Islom Ummati dunyoga hukmronlik qilib, odamlarni bandalarga ibodat qilishdan bandalar Parvardigoriga ibodat qilishga, dinlar zulmidan Islom adolatiga olib chiqdi. Xalqlarni Islom bilan qavm-qarindoshga aylantirdi. Arab bilan ajam, oq tanli bilan qora tanli o‘rtasida farq qolmadi. Alloh Taoloning ushbu oyatdagi buyrug‘iga binoan adolat bilan hukm yuritdi:

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ كُونُواْ قَوَّٰمِينَ بِٱلۡقِسۡطِ شُهَدَآءَ لِلَّهِ وَلَوۡ عَلَىٰٓ أَنفُسِكُمۡ أَوِ ٱلۡوَٰلِدَيۡنِ وَٱلۡأَقۡرَبِينَۚ﴾

 «Ey mo‘minlar, adolat bilan turguvchi hamda o‘zlaringning yoki ota-ona va qarindosh-urug‘larning zarariga bo‘lsa-da, Alloh uchun to‘g‘ri guvohlik berguvchi bo‘linglar!»                                                                [Niso 135]

Nabiy ﷺning vafotlaridan keyin Xalifalik bo‘ldi. Xalifalik davlatida uzoq asrlar davomida zimmiylar ham, musulmonlar ham baxt-saodatli hayot kechirdilar. Xalifalik yaxshi boshqaruv va adolat namunasi, har bir mazlumning boshpanasi edi.

Xalifalik nimani anglatadi? Uning yo‘qligida musulmonlar va butun insonlar nimalarni yo‘qotdi?

Xalifalik yer yuzining sharqu g‘arbidagi barcha musulmonlar uchun umumiy rahbarlikdir.
Xalifalik mabdaga, ya’ni odamlar munosabatlarining eng mayda tafsilotlarigacha tartibga soluvchi keng qamrovli hayot tuzumi balqib chiqadigan aqidaga asoslangan davlatdir. Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:

﴿ٱلۡيَوۡمَ أَكۡمَلۡتُ لَكُمۡ دِينَكُمۡ وَأَتۡمَمۡتُ عَلَيۡكُمۡ نِعۡمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ ٱلۡإِسۡلَٰمَ دِينٗاۚ﴾

«Bugun sizlarga diningizni komil qildim, ne’matimni benuqson, to‘kis qilib berdim va sizlar uchun (faqat) Islomni din qilib tanladim»                                                                                   [Moida 3]

﴿وَنَزَّلۡنَا عَلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبَ تِبۡيَٰنٗا لِّكُلِّ شَيۡءٖ وَهُدٗى وَرَحۡمَةٗ وَبُشۡرَىٰ لِلۡمُسۡلِمِينَ﴾

«(Qiyomat kuni) har bir ummat orasidan o‘zlaridan bo‘lgan bir guvohni (ya’ni, payg‘ambarni) keltirurmiz. Sizni esa (ey Muhammad), ana u (o‘z ummatingizga) guvoh qilib keltirdik va sizga — hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun xushxabar bo‘lgan Kitobni – Qur’onni nozil qildik»                                                                       [Nahl 89]

Islom Ummati yangi paydo bo‘lgan Ummat emas. Konstitutsiya va qonunlarda boshqalarga qaram ham emas. Uning qonunchiligi koinot, inson va hayotni yaratgan, ilmi har bir narsani qamrab oluvchi Zot tomonidan nozil qilingan. Ya’ni odamlar qonunchiligidan farqli o‘laroq, xohish-istaklardan xoli qonunchilikdir. Chunki odamlar qonunchiligida ma’lum bir jihatga, ya’ni neft va qurol kompaniyalari yoki ochko‘z sarmoyador va kapitalistlarga xizmat qiluvchi qonunlarnigina topasiz. Alloh Taolo aytadi:

﴿وَلَوِ ٱتَّبَعَ ٱلۡحَقُّ أَهۡوَآءَهُمۡ لَفَسَدَتِ ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَٱلۡأَرۡضُ وَمَن فِيهِنَّۚ بَلۡ أَتَيۡنَٰهُم بِذِكۡرِهِمۡ فَهُمۡ عَن ذِكۡرِهِم مُّعۡرِضُونَ﴾

«Agar Haqiqat — Qur’on ularning havoi nafslariga ergashsa edi (ya’ni unda: «Allohning sheriklari bor», degan gap kelsa edi), albatta osmonlar, yer va ulardagi bor jonzot buzilib-halok bo‘lgan bo‘lur edi. Yo‘q, Biz ular uchun eslatma keltirdik, Ular esa o‘zlariga (kelgan) eslatmadan yuz o‘girguvchidirlar»                                                   [Mo‘minun 71]

Islom musulmonlarga o‘z aqidasini himoya qiluvchi, shariatini tatbiq etuvchi, risolatini ko‘tarib chiquvchi, dinni kamchilikdan saqlovchi va unga majburiylik sifatini beruvchi davlatni barpo etishni farz qiladi. Chunki u Islomni kitoblar ichidagi fikrlardan aqida va qonunchilik sifatida aniq voqelikka va majburiy qonunchilikka ko‘chiradi hamda davlatning boshqa davlatlar bilan bo‘lgan munosabatlarini tartibga soladi. Davlat juz’iy narsa emas, balki butun Islomni, hayot tuzumini va undan davlat kelib chiqadigan dinni ifodalaydi. Shuning uchun Islom davlatini Islomni to‘liq va kamchiliksiz qabul qilganlargina barpo qiladilar. Rosululloh ﷺ aytadilar:

«إنَّهُ لَا يَقُومُ بِدِينِ اللهِ إِلَّا مَنْ حَاطَهُ مِنْ جَمِيعِ جَوَانِبِهِ»

«Allohning dinini uni har tomondan qamrab olgan kishilargina barpo qiladilar».

Shuning uchun sahobai kiromlar o‘z Payg‘ambarlari ﷺga xursandchilikda ham, xafachilikda ham, og‘ir kunlarda ham, yengil kunlarda ham quloq solib, itoat etishga, mol-dunyo va o‘g‘lonlarni qurbon qilishga, har qanday sharoitda bo‘lsa ham haqni bajarishga, Allohning yo‘lida malomatchining malomatidan ta’sirlanmasliklariga, Allohdan boshqa hech kimdan qo‘rqmaslikka bay’at berdilar.

Islom davlati oyoqqa qalqib, yer yuzidagi arab va ajamlarning zolimlari bilan yuzma-yuz keldi va xalqlarni Allohning diniga kiritdi. Ular shu davlatda saodatli hayot kechirdilar va mag‘lub bo‘lganlar:

﴿إِن نَّتَّبِعِ ٱلۡهُدَىٰ مَعَكَ نُتَخَطَّفۡ مِنۡ أَرۡضِنَآۚ﴾

«Ular (ya’ni Quraysh kofirlari): «(Ey Muhammad), agar bizlar sen bilan birga to‘g‘ri yo‘lga ergashsak, o‘z yerimizdan ajralurmiz»        [Qasos 57]

deb aytganlaridan keyin dunyoning xo‘jayinlariga aylandilar.

Xalifalik ularning so‘zlarini birlashtirdi, dushmanlarini mag‘lub etdi, shon-shuhrati va sha’nini tikladi, dini va or-nomusini saqladi, yerlarini himoya qildi, yer-yuzini ularning hukmronligiga bo‘ysundirdi va Parvardigorlarini rozi qildi.

Yer yuzidagi tog‘utlar bilan uzoq davom etgan kurashdan keyin Islom dushmanlari musulmonlar kuch-qudratining manbai Xalifalik ekanligini anglab yetishdi. Chunki Xalifalik qulatilsa, Islom yo‘qoladi va musulmonlar halokatga uchraydi. Shuning uchun musulmonlik va arablik niqobini kiygan, dunyo matosini ta’ma qilgan xoinlar yordami bilan Xalifalikni qulatishdi.

Xalifalik zavol topishi bilan Islom munosabatlardan g‘oyib bo‘ldi va hayotda hech qanday ta’sirga ega bo‘lmagan ruhoniylik diniga, kutubxonalarda saqlanadigan nazariy dinga aylandi. Shunday qilib, musulmonlar dinlarini ham, dunyolarini ham boy berdilar.

Xalifalik zavol topishi bilan Ummatning jismi yolg‘ondan «davlat» deya nomlangan vujudchalarga bo‘linib ketdi. Aqida va din o‘rnini vatanparvarlik egalladi. Ong g‘oyib bo‘ldi va aqllar qul qilindi.

Xalifalik qulashi bilan yahudiy vujudi Ummat tanasiga joylashtirilgan saraton o‘simtasi sifatida o‘rnatildi. U Ummat dushmanlari nayzasining uchiga, Uning birlashishi va uyg‘onishi oldidagi to‘siqqa aylandi.

Xalifalik qulashi bilan dushmanlarimiz musulmonlarning chegaralarini tortib, konstitutsiyalarini ishlab chiqib berdi, hukmdorlarini o‘zlari o‘rnatib, ularni jirkanch siyosiy doira bilan o‘rab oldi. Musulmonlarga shafqatsizlarcha hujum qiladigan xavfsizlik kuchlarini yolladi. Ongsizlikni yoyish va haqiqatlarni buzib ko‘rsatish uchun yolg‘on tarqatuvchi ommaviy axborot vositalarini, ikkiyuzlamachi matbuot xodimlarini yaratdi. Ular uchun shunday jamoalarni yaratdiki, ular islomiy ko‘chalarni mazmunsiz, islomiy qarashlardan xoli va odamlarni rejimga bo‘ysundiruvchi shiorlar bilan to‘ldirdi. Shuning uchun bu jamoalar rejimning xiyonati va buzg‘unchiligini yashiradigan, kamchiligini to‘ldiradigan xavfsizlik klapani bo‘lib qoldi. Qo‘zg‘olonlar boshlangan paytda turli uslublar bilan aksilqo‘zg‘olonlarni, jumladan rejim tarafdorlariga bog‘langan qurolli qo‘zg‘olonlarni yaratdi.

Xalifalik qulashi bilan odamlarning ishlarini g‘amxo‘rlik bilan boshqaruvchi davlat yo‘qoldi, yurtni va fuqarolarni himoya qiladigan armiyalar o‘g‘irlandi. Yurtlar bosib olindi, qonlar to‘kildi, muqaddas joylar bulg‘andi va ozod ayollar zo‘rlandi. Armiyalar kazarmalarda kishanlanib, yo‘qotishlarni hisob-kitob qiladigan kuzatuvchiga aylandi.

Xalifalik qulashi bilan boyliklar talon-toroj qilindi, soliq va bojlar joriy qilindi. Natijada qashshoqlik kuchaydi, ishsizlik tarqaldi, ta’lim izdan chiqdi, aqllar buzildi, razolat tarqaldi va fazilat yo‘qoldi.

Xalifalik qulashi bilan biz siyosiy qarorimizni yo‘qotdik. Davlatlarimiz dini va xalqiga tajovuz qiladigan bosqinchi rejimlarga aylandi. Biz azob-uqubatlarimizni yaratgan xalqaro nizom oldida tilanchi bo‘lib qoldik. Uchinchi dunyo davlatlarining tubida kamsitilgan va qadrsiz bo‘lib qoldik. Xalifalik qulashi bilan musulmonlar dunyosini ham, oxiratini ham yo‘qotdilar. Ularning yurtlari dushman mustamlakachining ta’siri ostidagi mintaqalarga va ekin maydoniga aylandi.

Usiz uch kundan ortiq yashashimiz harom qilingan Xalifalik va uning mazmun-mohiyati mana shudir. Rosululloh ﷺ aytadilar:

«وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ، مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»

«Kim bo‘ynida bay’ati bo‘lmagan holda o‘lsa, johiliyat o‘limida o‘ladi».

Musulmonlarni birlashtiradigan, dushmanlarini mag‘lub etadigan, dinni saqlaydigan, Parvardigorlari shariatini hukmron qiladigan, ularning jonlari, or-nomuslari va muqaddas joylarini himoya qiladigan Xalifalikning qaytishiga faqatgina kofirlar va manfaatparast xoin malaylar hamda odamlardan Allohdan qo‘rqqanidan ko‘ra qattiqroq qo‘rqadigan qo‘rqoq kimsalargina dushmanlik qiladi.

Musulmon kishi ojizlikni bahona qilmasligi kerak. Agar qalblarda iymon va xalq bazasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan samimiy, ongli siyosiy yetakchilik jamlansa, garchi yer yuzidagi barcha kuchlar ularga qarshi birlashsa ham, Alloh ularga nusrat beradi.

Alloh ular bilan birga bo‘lgan… Payg‘ambarlari o‘z sohibiga:

«مَا ظَنُّكَ بِاثْنَيْنِ اللهُ ثَالِثُهُمَا»

«Uchinchisi Alloh bo‘lgan ikki kishidan nega gumon qilasiz?!», deb aytgan… Parvardigorlari ularga

﴿وَلَيَنصُرَنَّ ٱللَّهُ مَن يَنصُرُهُۥٓۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ﴾

«Albatta Alloh O‘ziga (ya’ni diniga) yordam beradigan zotlarni g‘olib qilur. Shubhasiz Alloh kuchli, qudratlidir»                           [Haj 40]

﴿وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنكُمۡ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَيَسۡتَخۡلِفَنَّهُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ كَمَا ٱسۡتَخۡلَفَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمۡ دِينَهُمُ ٱلَّذِي ٱرۡتَضَىٰ لَهُمۡ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّنۢ بَعۡدِ خَوۡفِهِمۡ أَمۡنٗاۚ يَعۡبُدُونَنِي لَا يُشۡرِكُونَ بِي شَيۡ‍ٔٗاۚ﴾

«Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan zotlarni (yer yuziga) xalifa qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun O‘zi rozi bo‘lgan (Islom) dinini g‘olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so‘ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo‘yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar» [Nur 55]

﴿إِن يَنصُرۡكُمُ ٱللَّهُ فَلَا غَالِبَ لَكُمۡۖ وَإِن يَخۡذُلۡكُمۡ فَمَن ذَا ٱلَّذِي يَنصُرُكُم مِّنۢ بَعۡدِهِۦۗ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلۡيَتَوَكَّلِ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ﴾

«Agar sizlarga Alloh nusrat bersa, hech kim sizlardan g‘olib bo‘lmas. Va agar sizlarni yordamsiz qo‘ysa, Undan o‘zga hech bir zot yordamchi bo‘lmas. Iymon keltirgan zotlar Allohning o‘zigagina suyansinlar!» [Oli Imron 160]

deya marhamat qilgan qavm qanday mag‘lub bo‘lsin?!

Roya gazetasining 2024 yil 5 fevral chorshanba kungi 533-sonidan

Izohlar yo'q