Xalifalik qulatilganining 104 yilligi xotirasida Hizb ut-Tahrir o‘tkazgan global tadbirlar

0
11

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Xalifalik qulatilganining 104 yilligi xotirasida Hizb ut-Tahrir o‘tkazgan global tadbirlar

Xalifalik qulatilganining 104 yilligida musulmonlar boshiga tushgan musibat va ofatlar davom etmoqda. Og‘ir kechmishlar kuchayib, Ummat qalbidagi yaradan qon oqar ekan, Xalifalik yo‘qligida musulmonlarning o‘z kuch-qudratlari manbasini yo‘qotganligi kundan-kunga ochiq namoyon bo‘lmoqda. Rosuli akram ﷺdan o‘rnak olib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun siyosiy va fikriy yo‘lda jiddiy ish olib borayotganlar hamda Allohga, Uning Rosuliga va Ummatga ahd berganlar aslo charchoq bilmaydilar, umidsizlikka tushmaydilar va Alloh Payg‘ambarlik manhajini g‘olib qilmaguniga yoki ular shu yo‘lda halok bo‘lgunlariga qadar unga xiyonat qilmaydilar. Butun dunyodagi Hizb ut-Tahrir a’zolari ushbu qayg‘uli xotirada norozilik namoyishlariga chiqdilar. Ular eksklyuziv chiqishlar qilib, videomurojaatlar yo‘lladilar, bayonotlar berdilar, shuningdek, konferensiya va boshqa tadbirlarni o‘tkazdilar.

Bu qayg‘uli xotirada Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ushbu tadbirlarni atroflicha yoritish uchun global kampaniya boshladi. Ushbu kampaniya markaziy matbuot bo‘limi mudiri muhandis Salohiddin Azzozaning nutqi bilan boshlandi. U o‘z nutqida: «Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik butun dunyo va insoniyat xaloskoridir», nomi ostidagi kampaniyani e’lon qildi.

Ayollar qanoti «Musulmonlar Xalifasigina bosib olingan yerlarimizni ozod qiladi, yurtlarimizni birlashtiradi va bayrog‘imizni ko‘taradi», degan mazmundagi nutq bilan qatnashdi. Shuningdek, «Xorlik kishanlarini qachon parchalaysizlar, Ummatga mehr-shafqat ko‘rsatish, diningizga sadoqatli bo‘lish va Robbingizni rozi qilish uchun Xalifalikni qo‘llab-quvvatlamaysizmi», deya armiyalarga murojaat yo‘lladi.

Markaziy matbuot bo‘limi Voqiya telekanali orqali «Xalifalik yo‘qligidagi o‘zgarmas asoslar» deb nomlangan global media konferensiya uyushtirdi. Unda ustoz Adnon Mizyon boshchiligida bir guruh Xalifalikni barpo etish da’vatini ko‘tarib chiquvchilar ishtirok etdi.

Birinchi nutq muhandis Bohir Solihning «Ularning diniga ergashmaguningizgacha…» deb nomlangan nutq bo‘ldi. Uning nutqida kelgan eng muhim gaplar shu ediki, G‘arb Islomni inkor etish va dindan qaytishdan boshqa hech narsani qabul qilmaydi va hech narsaga rozi bo‘lmaydi. Uning musulmon yurtlaridagi maqsadlarini ikki narsada ifodalash mumkin: Birinchisi, Islomning hokimiyatga qaytmasligini kafolatlash. Ikkinchisi, o‘zining doim yurtlarimiz mustamlakachisi va boyliklarimizni talon-toroj qiluvchi bo‘lib qolishini kafolatlash.

«Ozchiliklar va ayollar huquqlari», deb nomlangan ikkinchi nutqni hurmatli singlimiz Rano Mustafo so‘zladi. U o‘z nutqida: «G‘arb ayolning yuksak mavqeini hamda oila va jamiyat qurishdagi muhim rolini anglab yetdi. Shuning uchun o‘qlarini unga qaratdi», dedi.

«Dindagi pasayish va bosqichma-bosqichlik manhaji», deb nomlangan uchinchi nutqni Uztoz Ahmad Sufiy so‘zladi. Unda quyidagi so‘zlar kelgan: «Xushomadgo‘ylik qilish, ahkomlarni bosqichma-bosqich tatbiq etish, zaiflik qilish va prinsiplardan chekinish Payg‘ambarlik manhajidan emas. Aksincha, hozirgi boshqaruv tuzumi qulagandan keyin Islom bilan hukm yuritish Payg‘ambarlik manhajidan hisoblanadi».

Professor Muhammad Malkoviy so‘zlagan «Faqat Xalifalik tub yechimdir», nomli to‘rtinchi nutqda shunday keladi: «Shuning uchun bu Ummatning o‘g‘lonlari va yoshlarini Islom quvvatini qayta tiklash yo‘lida jiddiy mehnat qilish va tinimsiz kurash olib borish uchun bizni qo‘llab-quvvatlashga va biz ongli ravishda chizgan yo‘ldan borishga chaqirishdan to‘xtamaymiz».

Quvvat ahliga quyidagicha murojaat yo‘llandi: «Musulmonlardan va ularning yurtlaridan xavf-xatarlarni daf etish uchun tayyorgarlik ko‘rishingiz kerak. Xavf-xatarlarni bartaraf etish va agar kerak bo‘lsa, urushga tayyorgarlik ko‘rish uchun ichki va tashqi rejalar ishlab chiqilishi lozim. Mamlakatni va fuqarolarni barcha xavf-xatarlardan himoya qilish uchun yurtning ichki ahvolini va tashqi ahvolni tushunishingiz kerak».

Muborak Falastin zamini: Hizb ut-Tahrirning ayollar qanoti turli nomlar ostidagi bir qator nutqlarni taqdim etdi. Ushbu qayg‘uli xotirada turli mintaqalarda ko‘plab nutqlar so‘zlandi, masjidlarda darslar o‘tkazildi va juma xutbalari o‘qildi.

Hizb ut-Tahrirning Iordaniya viloyatidagi matbuot bo‘limi «Xalifalik qulatilganining xotirasi bizga ko‘z yoshi to‘kish va motam tutishni emas, balki Xalifalikni qayta barpo etish uchun jiddiy mehnat qilish zarurligini eslatadi» sarlavhasi ostida matbuot bayonoti chiqardi.

Xalifalik qulatilganining 104 yilligi xotirasida Hizb ut-Tahrir – Keniya hijriy 1446 yil rajab oyida ommaviy kampaniya o‘tkazdi. Shu oy boshida boshlangan ushbu kampaniyada ommaviy ma’ruzalar, seminarlar va norozilik namoyishlarini o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazildi.

Livanga kelsak, Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati Tripoli shahrida «Shom yurtidagi o‘zgarishlar… Xavotirlar va xushxabarlar», deb nomlangan konferensiya o‘tkazdi. Konferensiya bir nechta mavzular atrofida aylandi. Ular:

«O‘zgarishlar davridagi siyosiy ko‘z-qarash», Muhandis Salohiddin Azoza.
«Zolimlar qulaganidan keyingi bosqich», Hizb ut-Tahrirning Suriya viloyatidagi matbuot bo‘limi a’zosi ustoz Nosir Shayx Abdulhay.
«Yangi vujud (tuzilma)lar muammolari», Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi a’zosi doktor Ahmad Qasos.
«O‘zgarishlar va Turkiyaning roli», Hizb ut-Tahrirning Turkiya viloyatidagi markaziy aloqalar qo‘mitasi raisi ustoz Abdulloh Imomo‘g‘li.
«Rajab oyi, Ummat va uning najoti yo‘lida harakat qiluvchilar», Hizb ut-Tahrir a’zosi ustoz Ahmad Sufiy.
«Yakuniy bayonot», Hizb ut-Tahrirning Livan viloyatidagi matbuot bo‘limi raisi doktor Muhammad Ibrohim.

Kanadaga kelsak, Kanadaning Toronto shahriga tutash Missisauga shahrida o‘tgan yanvar oyining 18 sanasida «Xalifalikni barpo etish oldidagi to‘siqlarni bartaraf etish», nomi ostida konferensiya o‘tkazilishi kerak edi. Ammo Kanada hukumati Amerika bilan hamkorlikda konferensiyani oldini olish uchun axborot hujumini uyushtirdi.

Pokistonda Hizb ut-Tahrirning Pokiston viloyatidagi matbuot bo‘limi «Bir Ummat… Bitta Xalifalik», deb nomlangan yangi video turkumini tayyorladi.

Sudanda Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati Xalifalik qulatilgani xotirasida «Xalifalik – Ummatning o‘zgartirish loyihasi, qolaversa, farzlar tojidir» deb nomlangan navbatdagi «Ummat masalalari forumi»ni o‘tkazdi. Ular ushbu qayg‘uli xotira munosabati bilan bir qator vizual nutqlar uyushtirdilar.

Markaziy matbuot bo‘limi a’zosi bo‘lgan aka-uka va opa-singillarimiz Roya gazetasida yozgan maqolalarida hamda matbuot bo‘limi sahifalarida qoldirgan izohlarida Ummatga Xalifalik qulatilgan ushbu fojiali kunni, Xalifalik uchun harakat qilish vojibligini va ushbu buyuk farzni ado etmaslikning haromligini eslatdilar.

Bir qator gazeta va axborot agentliklari ushbu kampaniya haqidagi, ayniqsa, Kanadada o‘tkazilishi belgilangan konferensiyaning bekor qilinishi haqidagi xabarlarni berdi.

Xulosa: Hizb ut-Tahrir Xalifalikning buyuk to‘foniga to‘sqinlik qilayotganlarni ogohlantirib aytadi: agar oxiratni hisobga olmasangiz hamda unga kirganlarga dog‘langan yog‘ kabi yuzlarni quydiruvchi suv beriladigan jahannamdan qo‘rqmasangiz, bilingki, sizlardan kim Xalifalikka dushmanlik qilib, unga qarshi chiqsa, Xalifalik undan shu dunyoning o‘zida hisob so‘raydi. Xalifalik bilan uning o‘rtasida ikki sharq masofa bo‘lsa ham, u o‘zi uchun panoh topa oladigan joy topa olmaydi.

Roya gazetasining 2025 yil 19 fevral chorshanba kungi 535-sonidan

Izohlar yo'q