Uyg‘urlar ham eng yaxshi Ummatning bir bo‘lagi, ularni ham unutmang

0
43

Matbuot bayonoti

Uyg‘urlar ham eng yaxshi Ummatning bir bo‘lagi, ularni ham unutmang

Xalifalik davlati ag‘darilganining 104 yilligi xotirasida dunyoning barcha tarafidan Ummatning zulmga uchrayotganligi haqida xabarlar kelishda davom etmoqda. Falastindan Shomgacha, Sudandan Misrgacha hamda Xitoydagi uyg‘ur musulmonlarning hayotlarining har jabhasida uning zulmga uchraganligi haqida xabarlar ko‘paymoqda.

Xitoy Sharqiy Turkistondagi uyg‘ur musulmonlariga qilayotgan zulmlarini yashirish uchun qalin devorlar qursa-da, ba’zan o‘sha dard-alamning aks-sadosi bizga qadar yetib kelmoqda. Ibodat qilishlari taqiqlangan, har bir qadami nazorat qilinib, shaxsiy daxlsizlik huquqi tortib olingan bu odamlar sukutli hayqiriqlar bilan yashash uchun kurashmoqdalar. Bu xabarlar musulmonlarni himoya qiladigan Xalifalik davlatiga bizning naqadar muhtoj ekanimizga kundan-kunga tobora ko‘proq ishonchimizni orttirmoqda.

Joriy oyning yigirmanchi kuni Bi-Bi-Si «Tailanddagi mahbus uyg‘urlar Xitoyga deportatsiya qilinishdan qo‘rqmoqdalar» nomli maqola nashr qildi. Ma’lumki, 2014 yil Tailand Xitoydagi repressiyadan qochib kelgan uyg‘ur musulmonlaridan 48 nafar erkakni qamoqqa olgan edi. Turkiyada 2015 yildan beri yashayotgan bir muslima ham o‘shalardan biridir. Tailand unga uch nafar farzandi bilan Tailanddan chiqib ketishiga ruxsat bergan, eriga esa ruxsat bermagan. U ham erining Xitoyga deportatsiya qilib yuborilishidan qo‘rqmoqda va uni qaytib ko‘rolmasligini aytmoqda.

Tailand – xabarlarga ko‘ra – 2015 yil repressiyadan qochib kelgan musulmon uyg‘urlarni ushlab, niqob kiydirib, oyoq-qo‘llarini zanjirband qilib suratga olgan va yirik sondagi xitoylik politsiya kuchlari hamrohligida Xitoyga deportatsiya qilgan. Keyinchalik ulardan hech qanday xabar bo‘lmadi, yashirin sud qilinib, uzoq yillarga hukm qilingani to‘g‘risida gaplar tarqaldi.

Xitoyda «Qur’on o‘qish, o‘rgatish yoki Islom ahkomlarini o‘rganish» uzoq yillik qamoq jazosi bilan jazolanishi mumkin bo‘lgan jinoyat hisoblanadi. Uyg‘ur musulmonlarining huquqlari shafqatsizlarcha oyoq osti qilinmoqda. U yerdagi musulmon ayollar feministik harakatlar va xalqaro miqyosda ayollar huquqlarini himoya qilishni da’vo qiladigan CEDAW kabi tashkilotlarning doirasidan tashqarida. O‘tgan iyun oyida Xitoy 49 yoshli Selixon Ruziy ismli muslimani o‘zining va qo‘shnilarining bolalariga Qur’ondan faqat namozlik uchun ta’lim bergani sababli qamoqqa olib, o‘n yetti yil qamoq jazosiga hukm qildi! «Selixon qonunga xilof ravishda diniy faoliyat qilganligi sababli qamaldi», deydi Buloqsuv shahar partiya qo‘mitasidan bir rasmiy ayol!

Xitoyda muslimalar atigi Qur’on oyatlari uchun uzun yillarga qamalmoqda. Vaholanki, bu insonning xalqaro qonunda kafolatlangan tabiiy huquqidir. Ammo bu xalqaro qonun matnlaridan faqat Islom va musulmonlarga hujum qilishda foydalanishyapti. Erkaklar ham qamoqqa olinib, o‘zlari qochib kelgan jahannamga majburan deportatsiya qilinmoqda, buni butun dunyo ko‘rib-eshitib turibdi. Ularning diniy marosimlarini bajarishdan iborat asosiy huquqlariga nisbatan bu ochiqdan-ochiq hujumga e’tiroz bildiruvchi hech kim yo‘q. Bir paytning o‘zida, kuni-kecha mujohidlar o‘nlab yillar davomida xalqni dahshatli qiynoqlarga duchor qilgan Suriya rejimini ag‘darib tashlashga muvaffaq bo‘lganda, butun G‘arb hukumatlari u yerdagi kichik millatlar huquqlari uchun qanday safarbar bo‘lganiga guvoh bo‘ldik.

Ha, musulmonlarni dunyodagi butun davlatlar itdek talayotganligi hamda inson huquqlari va ozchilik etnik huquqlar kabi shiorlarni faqat butga aylantirib olib, istagan vaqtda ularga sig‘inishayotgani, manfaatlariga to‘g‘ri kelmay qolganda esa o‘zlari ezib-yanchib ketishayotganligi har qanday aqli raso kishi uchun sir bo‘lmay qoldi.

Biroq, biz musulmonlarchi? Ularning dushmanligi va munofiqligi endi yaqqol ko‘zga tashlandi. Ular bizning haq-huquqimizni tan olmay, qadr-qimmatimizni oyoq osti qilishlarini bilamiz. Bularning barchasiga qaramay, ulardan yordam kutayotgan yoki bizga sevinch ko‘rsatishini o‘ylaydiganlar bormi?

Musulmon uyg‘urlar Ummatning boshqa xalqlari kabi yetimdirlar. Mudom, musulmonlarning bitta davlati barpo etilmas, hokimiyatlari qaytarilmas, kuch-qudratlari ularni mudofaa qilib, zulmni daf qilmas ekan, dushman ularni itdek talayveradi. «Ahad, Ahad», deya takrorlagan Bilol roziyallohu anhuning Umayya ibn Xalafning qamchisidan qutqargan narsa ikkinchi Aqaba bay’ati, Badr takbirlari, u yerdagi mujohidlar qilichlari va Islom davlatining baland ko‘tarilgan roya-bayroqlari bo‘lgan. Bugun Ummat berayotgan shuncha qurbonliklar va zolim hukmdorlar o‘z farzandlariga nisbatan qilayotgan shuncha jinoyatlar, shubhasiz, yaqinda Islom qal’asi bo‘lmish roshid Xalifalikni barpo etish yo‘lini yorituvchi nurga hamda zolimlarni yoqadigan va qiyomatgacha ularga la’nat yog‘dirib turadigan olovga aylanadi.

﴿وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هُوَۖ قُلۡ عَسَىٰٓ أَن يَكُونَ قَرِيبٗا﴾

«U (kun) qachon bo‘lur?» deb (so‘raydilar), «shoyadki yaqin bo‘lsa», deb ayting!»                                                                                                      [Isro 51]

 Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot

bo‘limi ayollar qanoti

Izohlar yo'q