Hizb ut-Tahrir – Keniya Xalifalik ag‘darilishining 104 yilligi xotirasida qator tadbirlar uyushtirdi

0
9

Matbuot bayonoti

Hizb ut-Tahrir – Keniya Xalifalik ag‘darilishining 104 yilligi xotirasida qator tadbirlar uyushtirdi

Hijriy 1446 yil rajab oyida Hizb ut-Tahrir – Keniya Xalifalik ag‘darilishining 104 yilligi xotiralari doirasida ommaviy kampaniya boshladi. Rajab avvalida boshlangan ushbu kampaniya ommaviy ma’ruzalar, forumlar va norozilik namoyishlari kabi keng qamrovli tadbirlarni o‘z ichiga oldi. Bundan Ummatga hijriy 1342 yil 28 rajab, milodiy 1924 yil 3 mart kuni Xalifalik ag‘darilganidan beri uning taassufli vaziyatda ekanini eslatish maqsad qilingan.

Xalifalikning yo‘qligi sababli Yer yuzida musulmon aholi ikki milliarddan ziyod bo‘lishiga qaramay, dengiz ko‘pigiga o‘xshab qoldilar. Ummat o‘zining izzat-hurmati, kuch-qudrati va himoyachisini yo‘qotdi. Qonxo‘r G‘arb rejimlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan jinoyatkor yahudiy vujudi G‘azo ahliga qarshi genotsid sodir etdi. Suriyada muborak qo‘zg‘olon tog‘ut Bashar Asadni ag‘darishga muvaffaq bo‘ldi, biroq G‘arb yana liberal va sekulyar rahbariyatni tiklash ustida ishlayapti.

Xalifalikning ag‘darilishi, shubhasiz, Ummatni parchalagan eng yomon zulmat va dardu alam hodisasidir. Ummatni birlashishi o‘rniga parchalanishiga va yerlari bo‘lib tashlanishiga esa mustamlakachilarning Sayks-Piko loyihasi sabab bo‘ldi. Islom qo‘rg‘oni bo‘lmish Shomda to‘kilgan shuncha musulmonlar qoniga islomiy yurtlardagi armiyalarning qoni qaynamadi, ularni mujohidlarga yordam berishga undamadi. O‘zlarini Shomga do‘st ko‘rsatgan rahbarlar shuncha musulmonlarning halok bo‘lishiga sukut qilishdi!

Biz Alloh Subhanahu va Taolodan tezroq Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishimizga yordam berishini so‘rab qolamiz.

﴿وَٱللَّهُ غَالِبٌ عَلَىٰٓ أَمۡرِهِۦ وَلَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعۡلَمُونَ﴾

«Alloh O‘z ishida g‘olibdir lekin odamlarning ko‘plari (buni) bilmaydilar»                                                                                                    [Yusuf 21]

 Sha’bon Muallim

Hizb ut-Tahrirning

Keniyadagi matbuot bo‘limi vakili

Izohlar yo'q