Hizb o‘zi nima  

0
5

Hizb o‘zi nima  

بسم الله الرحمن الرحيم

Shu kunlarda “hizb o‘zi nima”, “qanday maqsadni ishga oshirish uchun harakat qiladi”, “uning a’zolari kimlar”, “hizbiylar qanday insonlar”, “hizb bo‘lishi shartmi” degan savollar yana ko‘payib qoldi. Shuning uchun hizbni, uning shar’iy hukmini, maqsadini, unga qanday insonlar a’zo bo‘lgan yoki a’zo bo‘lishi mumkinligini qisqacha bayon qilib berishni to‘g‘ri deb bildik.

Hizb – mabda’ga iymon keltirib, uni hayotga olib kelish uchun jiddiy harakat qilayotgan mo‘min-musulmonlardan tashkil topgan siyosiy uyushma. Hizbni tushunish uchun ta’rifdagi har bir so‘zni yaxshi tushunish kerak:

a) Mabda’. Mabda’ o‘zidan tuzum kelib chiqadigan aqliy aqida, u ikki bo‘lakdan: fikrat va tariqatdan tashkil topgan bo‘lib, dunyo hayotida qanday yashash to‘g‘risidagi bir loyiha. Bu umumiy ta’rif bo‘lib, u sotsializmga ham, kapitalizmga ham, Islomga ham to‘g‘ri keladi, ya’ni uchovi ham mabda’.

Islomga nisbatan fikrat – aqida, ya’ni Alloh Taologa, O‘zi bayon qilgan hamma sifatlariga, Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – ni Allohning elchisi ekaniga, Qur’onga va undagi hamma xabarga dunyo hayotining asosi deb ishonish, hamda Alloh Taolo rozi bo‘ladigan hayot tarzi, ya’ni qanday yashasak Alloh rozi bo‘ladi, Alloh bandalaridan qanday yashashlarini talab qilganligi to‘g‘risidagi shar’iy hukmlarning to‘plami.

Tariqat. Alloh Taolo rozi bo‘ladigan o‘sha hayot tarzini amalga oshirish, ya’ni 0 dan boshlab, hayotga olib kelish, uni yo‘q bo‘lib ketishidan, buzilib ketishidan saqlab qolish va Yer yuzidagi Allohning boshqa bandalariga yetkazish yo‘llarini – bir so‘z bilan – tariqat deyiladi.

Islom tariqati ham fikrati kabi, insonlar aqlidan ishlab chiqilgan emas, balki hammasi Alloh Taoloning hukmlaridir. Alloh Taolo har bir narsani hukmlarni bayon qilgan, Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – hamma narsani: fikratni ham, tariqatni ham o‘rgatib, o‘z hayotida amalga oshirib ketgan va Qiyomat kuni shu haqida guvohlik beradi. Undan boshqasini Alloh Taolo qabul qilmaydi, rozi bo‘lmaydi.  Alloh Taolo aytadi:

وَیَوۡمَ نَبۡعَثُ فِی كُلِّ أُمَّةࣲ شَهِیدًا عَلَیۡهِم مِّنۡ أَنفُسِهِمۡۖ وَجِئۡنَا بِكَ شَهِیدًا عَلَىٰ هَـٰۤؤُلَاۤءِۚ وَنَزَّلۡنَا عَلَیۡكَ ٱلۡكِتَـٰبَ تِبۡیَـٰنࣰا لِّكُلِّ شَیۡءࣲ وَهُدࣰى وَرَحۡمَةࣰ وَبُشۡرَىٰ لِلۡمُسۡلِمِینَ

(سُوْرَةُ النَّحْلِ, 89-آية)

Har bir ummatga o‘zidan guvoh olib kelgan kunimizda seni anavilarga (ummatingizga) guvoh qilib keltiramiz. Senga kitobni har bir narsani bayon qiluvchi etib, musulmonlarga hidoyat, rahmat va xushxabar qilib nozil etdik. (Ya’ni, qiyomat kuni har bir ummatga Payg‘ambarini guvoh etganimizdek, seni ham ummatingga guvoh qilib keltiramiz. Senga Qur’oni Karimni nozil qilishdan maqsad har bir narsani bayon qilib berishdir. Qur’on mo‘minlar uchun Allohning rahmatidir, musulmonlar uchun hidoyatdir. Qur’oni Karim mo‘minlar uchun xushxabardir, ularga iymonlari orqasidan keladigan yaxshiliklar xushxabarini beradi) [16:89].

 Yana shunday deydi:

وَأَنَّ هَـٰذَا صِرَ ٰ⁠طِی مُسۡتَقِیمࣰا فَٱتَّبِعُوهُۖ وَلَا تَتَّبِعُوا۟ ٱلسُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمۡ عَن سَبِیلِهِۦۚ ذَ ٰ⁠لِكُمۡ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمۡ تَتَّقُونَ

Albatta, bu Mening to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, unga ergashing. Va boshqa yo‘llarga ergashmang. Bas, sizni uning yo‘lidan adashtirmasinlar. Mana shu sizga qilgan amrki, shoyad taqvo qilsangiz. (Dunyodagi yagona to‘g‘ri yo‘l–Allohning yo‘li. Inson ergashmog‘i lozim bo‘lgan birdan-bir yo‘l–shu yo‘l. Undan boshqa yo‘llarning hammasi noto‘g‘ri yo‘llar. Kim ularga yoki ulardan birortasiga yursa, adashadi. Noto‘g‘ri yo‘lga yurganlar Allohning yo‘lidan adashgan bo‘ladi. Alloh taoloning ushbu narsalarni bajarishga hukm qilishi ham bandalar taqvo qilib, to‘g‘ri yo‘lni topishlari uchundir) [6:153].

Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – dan Oisha r.a. rivoyat qiladi:

من أحدث في أمرنا هذا ما ليس منه، فهو ردٌّ

Kimki bizning shu ishda undan bo‘lmagan narsa qo‘shsa u rad qilingan. Muslim va Buxoriy rivoyatlari. Imom Muslimning yana bir rivoyatida:

من عمل عملًا ليس عليه أمرنا، فهو ردٌّ

Kimki bizni amrimiz bo‘lmagan ishni qilsa u rad qilingandir – degan hadisi kelgan.

Fikrat va tariqatga aloqador shar’iy hukmlarni zaruriylarini “iqtisod nizomi”, “ijtimo nizomi”, “talim-tarbiya nizomi”, “boshqaruv nizomi”, “ichki-tashqi siyosat”, “jazo choralari nizomi”, “sog‘liqni saqlash nizomi” kabi alohida-alohida qilib, kitob shaklida ishlab chiqilgan va ommaga ularni tarqatganmiz, xohlovchilarga, o‘rganib chiqishni maqsad qilganlarga muammo yo‘q. Uni o‘rganishga biz yordam beramiz, inshoAlloh. Bizni Ummatga yetkazishimiz kerak bo‘lgan yashirincha narsamiz yo‘q, hammasi saytlarimizda bor.

 Shuning uchun hizbning qiladigan ishini Kur’on va hadislarga asoslangan holda qisqacha “hizbut tahrirning o‘zgarishdagi manhaji” nomli kitobimizda bayon qilganmiz.

b) Mabda’ga iymon keltirish esa, Alloh Taolo rozi bo‘ladigan hayot tarzi(fikrat)ni, hamda uni hayotga olib kelish, saqlab turish va boshqa xalqlarga yetkazish yo‘li(tariqat)ni mufassal o‘rganib, ugina haq deb, Qur’on va Sunnatdan olinmagan, ularga asoslanmagan boshqa hayot ishlarini botil, nohaq deb ishonishdir. Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – dan Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladi:

الإِيمانُ بضْعٌ وسَبْعُونَ، أوْ بضْعٌ وسِتُّونَ، شُعْبَةً، فأفْضَلُها قَوْلُ لا إلَهَ إلَّا اللَّهُ، وأَدْناها إماطَةُ الأذَى عَنِ الطَّرِيقِ، والْحَياءُ شُعْبَةٌ مِنَ الإيمانِ

Iymon yetmish qancha yoki oltmish qanchadir bo‘lak bo‘lib, eng afzali “la ilaha illAlloh” kalimasi va eng quyisi yo‘ldan zararli narsa olib tashlash, hayo ham iymondan bir bo‘lakdir. Imom Muslim rivoyati.

Shuning uchun Islomga to‘laligicha yoki undagi bir qat’iy hukmni inkor qilish kufr bo‘ladi, unga to‘laligicha ishonish mo‘minlik, taslim bo‘lish musulmonlikdir.

Rosululloh sollalohu alayhi va sallam ogohlantiradi:

لا يُؤمِنُ أحدُكُم حتَّى يكونَ هواهُ تَبَعًا لما جئتُ بهِ

Xohish-istaglari men olib kelgan narsaga tobe’ bo‘lmaguncha birortangiz mo‘min bo‘lolmaysiz. Abdulloh ibn Amr ibn O’s r.a. rivoyat qilgan.

v). Islomni fikrat va tariqatini o‘rganib, uni haq ekaniga ishongan va hayotning hamma sohasiga: ibodat, odob-axloq, shaxsiy, oilaviy, jamoiy, iqtisodiy, ijtimoiy va hokazolarga Islomni olib kelish uchun jiddiy bel bog‘lagan, malomatchilarni gap-so‘zlari, tana-malomatlaridan, zolimlarni zulmidan ko‘rqmasdan yana Islomni to‘laligicha hayotga qaytarishga, Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam va as’hoblarining ishini davom ettirishga ond bergan mo‘min – hizbiydir, ya’ni Islomni boshqalarga yetkazish bilan Rosululloh – sollalohu alayhi va sallam – ning merosxo‘rlaridir.

Hulosa qilib aytsak, HIZB – Islomni o‘rganib, uni to‘laligicha hayotga qaytarishga fikriy-siyosiy ish olib borayotgan mo‘min-musulmonlar jamoati, xozirgi istilohda: islomiy siyosiy partiya – deyiladi.

g). Hizbni tashkil qilish Alloh Taoloning bandalaridan talab qilgan farz hukmidir, uni inkor qilish quyidagi oyatni inkor qilish bo‘ladi:

وَلۡتَكُن مِّنكُمۡ أُمَّةࣱ یَدۡعُونَ إِلَى ٱلۡخَیۡرِ وَیَأۡمُرُونَ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَیَنۡهَوۡنَ عَنِ ٱلۡمُنكَرِۚ وَأُو۟لَـٰۤىِٕكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ

Sizlardan yaxshilikka(ya’ni Islomga) da’vat qiladigan, amri ma’ruf–nahyi munkar qiladigan bir ummat(jamoat) bo‘lsin. Ana o‘shalar ular najot topguvchilardir. [3:104].

O‘zining zimmasiga yuklangan sharafli va buyuk vazifasini bajara oladigan Hizbni tashkil qilish bilan Alloh Taoloning farzi bajariladi. Ya’ni uni tashkil qilish farzi: unga a’zo bo‘lib, jiddiy harakat qilish bilan yoki a’zolarini ko‘payishiga, vazifasini ado qilgunlariga qadar ularga o‘zidagi imkoniyatini ishga solib yordam berish bilan zimmalaridagi Alloh Taoloning farzi ado bo‘ladi. Unga beparvo bo‘lganlar najot topmaydi, ya’ni Alloh Taoloning azobidan qutilolmaydi. Shunday buyuk, asosiy farz, ikki dunyoda najot topishimizdin asosi. Uni yo‘q qilishga urinayotganlarning ahvoli nima bo‘lishini, kimga qarshi chiqayotganini o‘zingiz tasavvur qilib ko‘ring. Allohim o‘shanday insonlar sababli yurtlarimizga balolar yuborishingdan O‘zingdan panoh so‘raymiz.

Demak, oldimizda ikki yo‘l: demokratiya nomi bilan kufr yoki Islom bor, natija do‘zah yoki jannat. Hayoti uchun yo‘llardan birini tanlashga Alloh Taolo bizlarga aql, ixtiyor, imkoniyat berdi hamda jannatga olib boruvchi yagona yo‘l bo‘lgan Kur’on va hadislarni yetkazib qo‘ydi. Alloh Taolo bandalariga zulm qilmaydi:

ذَ ٰ⁠لِكَ بِمَا قَدَّمَتۡ أَیۡدِیكُمۡ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَیۡسَ بِظَلَّامࣲ لِّلۡعَبِیدِ

Bundoq bo‘lishligi, sizning o‘z qo‘lingiz ila qilganingiz tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga zulm qiluvchi emas. [3:182].

Gorib

Izohlar yo'q