Qaysi safda turishning vaqti keldi

0
8

Qaysi safda turishning vaqti keldi

بسم الله الرحمن الرحيم

Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi Hizb ut-Tahrir va uning a’zolarini yaqindan tanishga harakat qilib, so‘ng o‘zlaridagi mavjud ma’lumotlarga tayangan holda xulosalarini ommaga e’lon qildi. Bu e’londan, Hizbda aholiga zarar yetkazadigan portlovchi moddalar, avtomat, snayper miltiq kabi odamlarni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan qurollar, kimyoviy moddalar va ularni tayyorlaydigan laboratoriyalar mavjud emasligi ayon bo‘ldi.

Hizb yigitlari tarqatgan varaqalarda Sadir Japarov boshchiligidagi hukumat taklif qilgan “Din ishlari to‘g‘risida”gi qonunning har bir moddasi bo‘yicha shar’iy fikrlar bayon etilgan. Bunday fikr bildirish har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqidir. Hatto qonun jamoatchilik muhokamasida bo‘lgan paytda, fikr bildirish prezidentning talabi bo‘lgani ham barchaga ma’lum. Shunday ekan, prezidentning talabi bo‘yicha harakat qilish jinoyat emas, aksincha, unga hurmat ko‘rsatishdir.

Qolaversa, Hizb haqida aytilgan “Uni Angliya moliyalaydi”, “Unga katta miqdorda dollar keladi”, “Hizb a’zolari pul uchun ishlaydi” kabi gaplar o‘z ham isbotini topmadi. Aksincha, bu so‘zlar yolg‘on va tuhmat ekani, Hizbning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun uning a’zolari halol mehnat bilan topgan mablag‘larining bir qismini bajonidil berishi va shu orqali Hizbning xalqaro miqyosdagi moddiy faoliyati ta’minlanishi ma’lum bo‘ldi. (Ma’lumki, har bir harakat faoliyat olib borish uchun moddiy jihatga muhtojdir va usiz da’vat ishini olib bora olmaydi.) Biroq, Hizb yigitlari bu pullarni boy bo‘lgani uchun yoki daromadlari o‘zlaridan ortib qolgani uchun bermaydilar. Aksincha, ularning ko‘plari, garchi kambag‘al va miskin bo‘lsalar ham, Alloh Taoloning roziligini umid qilib va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbati tufayli U zotning sa’y-harakatlarini davom ettirish uchun hamda jannatga erishish va jahannamdan saqlanish uchun berishadi. Ular bu bilan, garchi muhtoj bo‘lsalar ham, Allohning so‘zini oliy qilishga hissa qo‘shadilar. Alloh Taolo aytadi:

وَیُؤۡثِرُونَ عَلَىٰۤ أَنفُسِهِمۡ وَلَوۡ كَانَ بِهِمۡ خَصَاصَةࣱۚ وَمَن یُوقَ شُحَّ نَفۡسِهِۦ فَأُو۟لَـٰۤىِٕكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ

“…garchi o‘zlarida ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘zlarini qo‘yib (o‘zgalarni) afzal ko‘rurlar. Kimki o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o‘shalar najot topguvchi zotlardir”. [59:9].

Yana aytadi:

إِنَّ ٱللَّهَ ٱشۡتَرَىٰ مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِینَ أَنفُسَهُمۡ وَأَمۡوَ ٰ⁠لَهُم بِأَنَّ لَهُمُ ٱلۡجَنَّةَۚ

“Albatta, Alloh mo‘minlarning jonlarini va mollarini ulardan jannat barobariga sotib oldi”. [9:111]. (Bu savdoda mo‘min sotuvchi kabi bo‘lsa, xaridor esa Allohdir. Inson mo‘min bo‘lish bilan joni va molini Allohga sotadi. Joni va molini Alloh yo‘lida sarflagani uchun Alloh Taolo mo‘min bandasiga jannatni ato etadi. Bu oldi-berdi bilan savdo nihoyasiga yetadi. Shuning uchun mo‘min-musulmon kishi savdoni buzmaslik uchun Alloh yo‘lida joni va molini berishga tayyor bo‘lishi kerak).

Quyidagi oyatda Alloh Taolo jahannamdan saqlanishga buyuradi:

یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ قُوۤا۟ أَنفُسَكُمۡ وَأَهۡلِیكُمۡ نَارࣰا وَقُودُهَا ٱلنَّاسُ وَٱلۡحِجَارَةُ عَلَیۡهَا مَلَـٰۤىِٕكَةٌ غِلَاظࣱ شِدَادࣱ لَّا یَعۡصُونَ ٱللَّهَ مَاۤ أَمَرَهُمۡ وَیَفۡعَلُونَ مَا یُؤۡمَرُونَ

“Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va axli-oilalaringizni o‘tini odamlar va toshlar bo‘lgan do‘zaxdan saqlangizki, u (do‘zax) ustida qattiqdil va qattiqqo‘l, Alloh o‘zlariga buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat o‘zlariga buyurilgan narsani qiladigan farishtalar turur”. [66:6]

Endi Hizb ut-Tahrirni ekstremizm va terrorizmda ayblab, qonun yo‘li bilan taqiqlashga to‘xtalib o‘tsak. O‘zining xiyonati bilan tanilgan Asqar Akayev hukumati Rossiya talabiga ko‘ra 2003 yilda mahkama qarori bilan Hizbni “ekstremistik harakat” deb e’lon qilgan va faoliyatini taqiqlagan edi. Chunki u o‘zining korrupsiyaga doir ishlarini, noqonuniy mulklari va Rossiya manfaati uchun qilayotgan xiyonatlarini Hizb ommaga oshkor etishidan qo‘rqardi. Shundan so‘ng Akayev xuddi Stalin 1937 yilda xalq qahramonlarini “bosmachi” deb qoralaganidek, ommaviy axborot vositalari orqali Hizb a’zolarini xalq dushmani sifatida ko‘rsata boshladi. Ular “Yevropa davlatlari manfaati yo‘lida xalqqa zarar yetkazadi”, “beqarorlik yaratishni maqsad qiladi”, “xorijiy davlatlardan ularga dollar keladi” kabi yolg‘on ayblovlar bilan kechayu kunduz qoralandi.

Bugungi kunda ham Akayev siyosatini davom ettirayotgan va uning yolg‘onlariga ergashib, Hizbga dushmanona munosabatda bo‘layotganlar bor. Biroq, Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasining so‘nggi paytlarda olib borgan ishlari Hizbga qo‘yilgan ayblovlar yolg‘on ekanligini isbotladi. Hizb 30 yil davomida biror marta terrorchilik harakatini sodir qilmagani, bunday harakatlarga hozirlik ko‘rmagani va qurol ko‘tarmasligi ayon bo‘ldi.

Ayni paytda Hizb ut-Tahrirni “ekstremizm”da ayblash navbatdagi yolg‘on ayblov ekanligini alohida ta’kidlash lozim. Yaqin tarix buni tasdiqlab turibdi. Qirg‘izistonda uch marta amalga oshirilgan xalq qo‘zg‘olonida hokimiyat tepasida turganlar o‘z lavozimlarini tashlab qochib ketishdi. Biroq qulay vaziyat tug‘ilgan bo‘lishiga qaramay, Hizb xalq bilan chambarchas bog‘langan bo‘lsa-da, hokimiyatni qo‘lga olishga urinmadi. Aslida bu holat ular aytganidek, hokimiyatni qo‘lga olmoqchi bo‘lgan “ekstremistlar” uchun qulay fursat hisoblanadi. Agar Hizbning maqsadi hokimiyatni egallab, xalqni beqarorlashtirish bo‘lsa, nima uchun bunday imkoniyatdan unumli foydalanmadi?!

Buning sababi shuki, Hizb bu tarzda hokimiyatga kelishni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tariqatlariga zid deb hisoblaydi. U zotning tariqatlariga ko‘ra, hokimiyatga kelish kuch bilan, aldov yoki “ekstremistik” yo‘llar bilan emas, faqatgina xalqning qo‘llab-quvvatlashi bilan mumkindir. Qur’on va Sunnatdan olingan bu yo‘l o‘zgarmagan va qiyomatgacha ham o‘zgarmaydi ham. Bu yo‘l “Hizb ut-Tahrirning o‘zgarishdagi manhaji” kitobida batafsil bayon qilingan.

Bu tariqatga ko‘ra, biz huquq-tartibot idoralari xodimlariga ham, hokimiyat vakillariga dushman sifatida qaramaymiz. Bizning yagona dushmanimiz mustamlakachi kofirlardir.

Ayni paytda qirg‘iz mentalitetida huquq-tartibot idoralari xodimlari xalqqa zulm qilish va jazolashda ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishadi. Ayniqsa, dindor odamlarga qarshi ish olib borishda ulardan yomonlik keladi, deb bilmaydi. Chunki qirg‘izlardagi “yetti otasini tanish” urfi u kimning farzandi ekanligini yashirishga imkon bermaydi.

Shunday ekan, sud va prokuratura ham xuddi milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi kabi haqiqatni xalqqa yetkazishi lozim. Aniqrog‘i, xoin hukumatning 2003 yilda chiqargan noqonuniy qarorini bekor qilib, xalqqa xizmat qilgan mard yigitlarimizni ozod qilishlari kerak. Shunda ommaviy axborot vositalari ham xalqqa yolg‘on ma’lumotlarni emas, haqiqatni tarqata boshlaydi. Natijada Qirg‘iz jamiyatining kufr va Islom o‘rtasidagi kurashda qaysi safda turishi sharaf va nusratga loyiq ekani ayon bo‘ladi, inshaalloh.

Turkiston

Izohlar yo'q