Abujahlning o‘ldirilishi

41
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hadisi Sharif bilan

Abujahlning o‘ldirilishi

Aziz muxlislar, “Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

Imom an-Navaviy «Sahihi Muslim»ga yozgan sharhining “Abu Jahlning o‘ldirilishi” bo‘limida shunday deydi:

حدثنا علي بن حجر السعدي أخبرنا إسماعيل يعني ابن علية حدثنا سليمان التيمي حدثنا أنس بن مالك قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: “من ينظر لنا ما صنع أبو جهل؟ فانطلق ابن مسعود فوجده قد ضربه ابنا عفراء حتى برك، قال: فأخذ بلحيته فقال آنت أبو جهل؟ فقال: وهل فوق رجل قتلتموه أو قال قتله قومه؟ قال: وقال أبو مجلز: قال أبو جهل: فلو غير أكار قتلني

Ali ibn Hajar As-Sa’diy bizga Anas ibn Molik roziyallohu anhudan, u esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan quyidagi hadisni rivoyat qilib aytadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Abujahlga nima bo‘lganini kim bilib keladi?” dedilar. Ibn Mas’ud ketdi. U Afraning ikki o‘g‘li Abujahlni jarohatlab, cho‘kkalatib qo‘yganini ko‘rdi. Ibn Mas’ud uning soqolidan tutib: “Sen Abu Jahlmisan?” – dedi. Abu Jahl: “Siz o‘ldirgan (yoki qavmi o‘ldirgan) kishidan ustunroq odam yo‘qmi? Meni dehqondan boshqasi o‘ldirsa yaxshi bo‘lardi” — dedi.

“Siz o‘ldirgan (yoki qavmi o‘ldirgan) kishidan ustunroq odam yo‘qmi?”, degani “Siz meni o‘ldirishingizdan or qilmayman”, deganidir.

“Meni dehqondan boshqasi o‘ldirgani yaxshi bo‘lardi”. “أكار” dehqondir. Arablar jang maydonida dehqon tomonidan o‘ldirilishni o‘zlari uchun haqorat sanashgan. Abujahl bu bilan uni o‘ldirgan ansoriy Afraaning ikki o‘g‘liga ishora qildi. Ular dehqonchilik va xurmo daraxtini yetishtirish bilan shug‘ullanar edi. Buning ma’nosi, “meni o‘ldirgan odam dehqon emas, harbiy bo‘lganida yaxshi bo‘lardi, ana shunda men uchun hech qanday tahqir bo‘lmasdi, deganidir.

Aziz birodarlar!

Biz bu eng yaxshi Ummatga nima bo‘layotganini tushunishga harakat qilmoqdamiz. Abujahl uzoqdan turib, qora qalbi va chang bosgan aqli bilan go‘yo xalqqa: “Ey odamlar, men sizlarga sulton bo‘ldim, zalolatingizdan keyin butlaringizni sindirib, menga sig‘ining. Chunki men har doim ham ko‘rinavermayman. Shuning uchun, meni ko‘rguningizgacha, minbarda sabr bilan kuting. Farzandlaringizni nonsiz, xotinlaringizni ersiz qoldirib, menga ergashing va Allohning bu ne’matiga shukr qiling. U meni tarix yozishga yubordi. Mensiz tarix yozilmaydi”, deya nasihat qilayapti-yu, xalq esa uni ma’qullab, olqishlayotgandek.

Ey musulmonlar!

Johiliyat takrorlanadigan bir holat bo‘lib, u ma’lum bir davrga yoki Abu Jahlga bog‘liq emas. Alloh Taoloning yo‘lidan og‘ib, Alloh Taolo insonlarni yaratgan tabiatga zid hayot kechirayotgan har qanday qavm johiliyat qavmi sanaladi.

Bugun Ummat boshdan kechirayotgan bu jaholat Makka davridagi jaholat va zulmatdan ham battarroqdir. U davrda arablar qizlarini tiriklayin ko‘mish, zino qilish, ichkilik ichish kabi vahshiyliklar qilishiga qaramay, ularning o‘zlari mahkam tutgan va faxrlanadigan ezgu amallari, odob-axloqlari bor edi. Saxiylik, mardlik, sabr-toqat, yordamsevarlik, va’daga vafo, nomus kabi. Qur’oni Karim bu johiliyatni tasvirlab, uning ko‘zga ko‘ringan tomonlari va fasodlarini bayon qildi. Unda adolatsizlik, jinoyat, takabburlik, isrofgarchilik, zalolat, gumon, fasod, yerni vayron qilish, qon to‘kish, haqni masxara qilish, boshliqlariga ko‘r-ko‘rona itoat qilish, va nafsiga ergashish kabi sifatlar bayon qilingan. Qur’ondagi ushbu ta’rif orqali johiliyat qavmi Allohga iymon keltirishni rad etadigan, xulq-atvori Allohning yo‘lidan toygan qavm ekanligini bilib olamiz. Ko‘chmanchi Arablar qavmi azaldan savodsiz qavmmi yoki hozirgi atom, elektron va koinotni zabt etish davrida yashayotgan qavm tuban bo‘lib qolganmi? Ya’ni, Qur’ondagi bu ta’rif bilan biz Abu Jahlning ahvoli bizning mamlakatlarda: Yaman, Sudan, Hindiston, Pokiston … va boshqa barcha mamlakatlarda hamon takrorlanayotganini ko‘ryapmiz.

Ey musulmonlar!

Abu Jahlni birinchi marta Afraning ikki o‘g‘li o‘ldirdi. Demak, kim Abu Jahlni ikkinchi marta o‘ldirsa, ikkinchi johiliyatni o‘ldirgan bo‘ladi va johiliyat xarobalari ustida adolatli davlat barpo etib, uning azob-uqubatlaridan Ummatni qutqargan bo‘ladi. Allohdan zulmat va jaholatni Islom olamidan tezroq olib tashlashini va musulmonlar o‘lkalarini Qur’oni Karim bilan hukm yuritadigan bitta Xalifa bayrog‘i ostida birlashtirishini so‘raymiz. Allohumma Amin.

Aziz birodarlar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

11 Rajab, 1446h yil.

11 yanvar, 2025m yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.