G‘azo kelishuvi: Kim g‘alaba qozondi?

41
0

G‘azo kelishuvi: Kim g‘alaba qozondi?

Bosqinchi yahudiy hukumati G‘azodagi urushni to‘xtatish va mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha Hamas bilan tuzilgan kelishuvni ma’qulladi. Hujjat 19 yanvar, yakshanba kuni kuchga kiradi va mahbuslarni ozod qilish jarayoni boshlanadi.

Qatarda 17 yanvarga o‘tar kechasi tomonlar kelishuvning yakuniy jarayonini imzoladilar. Kelishuv shartlariga ko‘ra, birinchi bosqichda (Isroil) armiyasi G‘azodan o‘z qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketadi, XAMAS esa 33 nafar mahbusni ozod qiladi. Shuningdek yahudiy qamoqxonasidagi ba’zi falastinliklar ham ozod qilinadi. Ayni paytda g‘azoliklarning uylariga qaytishi ham mumkin bo‘ladi va mintaqaga gumanitar yordam yetkazish uchun imkoniyat yaratiladi.

Ikkinchi bosqichda urushni butunlay to‘xtatish bo‘yicha (Isroil) va XAMAS o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Shuningdek qolgan mahbuslar, jumladan, harbiylar ham ozod qilinadi va otashkesim bo‘yicha vaqtinchalik kelishuv doimiy kelishuvga aylanadi.

Uchinchi bosqichda halok bo‘lgan mahbuslarning jasadlari oilalariga topshiriladi va G‘azo sektorini qayta qurish ishlari boshlanadi.

Izoh:

Albatta, bu urushda Ummat sha’nini himoya qilib, dushmanga bo‘ysunmagan va faqat Allohgagina tavakkul qilgan g‘azolik musulmon mujohidlar g‘olib bo‘lishdi…

Birodarlarining dardiga sherik bo‘lib, 8 oktabrdan buyon maydonlarni to‘ldirgan musulmonlar g‘olib bo‘lishdi…

Dunyoda insoniy qadriyatlarini yo‘qotmagan va zulmga qarshi jim qarab turmagan insonlar g‘olib bo‘lishdi…

Bu urushda mag‘lub bo‘lgan taraf esa temir gumbazi ishga yaramagan va bir hovuch musulmonlar oldida zaifligi oshkor bo‘lib sharmanda bo‘lgan yahudiy vujudidir…

465 kundan buyon o‘zining katta qo‘shinlarini kazarmalarda saqlab, go‘daklar, ayollar, qariyalar qirg‘in qilinishiga ko‘z yumib kelgan Islomiy o‘lka rahbarlari ham bu urushda mag‘lub bo‘lishdi…

Zolimning zulmiga sherik bo‘lgan va uni qo‘llab-quvvatlagan G‘arb davlatlari ham mag‘lub bo‘lishdi…

Yana bu urushda bosqinchi yahudiy vujudi bilan diplomatik, savdo va iqtisodiy hamkorlikni davom ettirgan musulmon o‘lkalarining hukumatlari mag‘lub bo‘lishdi…

Ha, 465 kundan beri G‘azoni hamda Abu Ubayda va uning safdoshlarini yolg‘iz tashlab qo‘yganlar endi uyalmay g‘alaba bilan tabriklashmoqda. Holbuki, Alloh Taolo barcha ishdan xabardordir:

وَاللَّهُ يَعْلَمُ مَا تُسِرُّونَ وَمَا تُعْلِنُونَ

“Alloh yashirgan narsalaringizni ham, oshkor qilgan narsalaringizni ham bilur”. (Nahl: 19).

Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.