Matbuot bayonoti
Sukut qilib boʼlmas xatarli pretsedent
Qoʼzgʼolon boshlangandan beri xatarli pretsedent shu boʼldiki, 2024 yil 21 dekabr shanba kuni Halabdagi jamoat xavfsizligi xizmati namoyish oʼtkazgan oʼn nafar muslimani oʼgʼirlab ketdi. Аyollar Islomni hokim qilinishini hamda bundan bir yarim yil avval (2023 yil 7 may kuni) Idlibda Joʼloniy tomonidan oʼgʼirlab ketilgan erlari, aka-ukalari va oʼgʼillarining ozod etilishini talab qilib namoyish qilayotgan edilar!
Ey qoʼzgʼolon ahli va ularning orasidagi mujohidlar, talabalar, jurnalistlar, ziyolilar va faollar! Shuncha qurbonliklar shu narsa uchun qilindimi? Shahidlaru muhojirlardan millionlabi shu narsa uchun berildimi?! Аyollarning bu oʼgʼirlanishi Аsad rejimi yaratgan insoniy fojiaga va yillar davomida sodir etgan jinoyatlariga oʼxshaydi.
Yana bir yomon narsa, Damashqda ochiq-sochiq ayollar hech kimning qarshiligisiz bemalol namoyish qilib, sekulyar va erkin jamiyat talab qilishyapti, bu yoqda pokiza hur muslimalar namoyish qilishsa, oʼgʼirlab ketilyapti. Holbuki, ular Аllohning hukmi oʼrnatilishini va bir yarim yildan beri qamoqda qolayotgan oʼz oʼgʼlonlari ozod etilishini talab qilyaptilar, xolos!
Ey qoʼzgʼolon ahli, ey qurbonliklar bergan insonlar!
Bu qoʼzgʼolon togʼut Аsad rejimining hujumlari va tajovuzlariga uchragan va poymol qilingan nomuslarga nusrat berish uchun boshlanmaganmidi?! Iffatli hurlarimizni oʼgʼirlash siyosati qayta boshlanganiga koʼz yuma olamizmi?!
Shom qoʼzgʼoloni, shubhasiz, jinoyatchi Otif Najibning Darʼa shahrining sharafli ayollarini haqorat qilishi ortidan boshlanmaganmidi? Bugunga kelib esa, qonxoʼr rejim agʼdarilganidan keyin birinchi xavfsizlik operatsiyasi pokiza muslimalarni oʼgʼirlashdan boshlandi. Bunday qilmishga sukut qilib qarab turishdan saqlaning. Chunki nomuslarimiz qizil chiziqdir, ularning himoyasi uchun eng qimmatli narsalar va jonlar qurbon etiladi.
Ey qoʼzgʼolon ahli!
Boshlariga tushgan zulmning daf qilinishini talab qilgan oʼn nafar muslimaning oʼgʼirlanishiga, buning muqobilida ochiq-sochiq ayollarning bolalar va ayollarning qotilini qaytib kelishini talab qilib, bemalol namoyish qilishlariga qoʼyib berilishiga rozimisiz?! Bu ochiq-sochiq ayollar qaerda namoyish qilishlarini bilasizmi? Ular Umaviylarning qadimiy shahri Damashqdagi Umaviylar nomi bilan atalgan maydonda namoyish qilishdi!
Hizb ut-Tahrirning
Suriya viloyatidagi
matbuot boʼlimi