Da’vatni ko‘tarib chiquvchilardan birining vafoti

0
16

Ta’ziya

Da’vatni ko‘tarib chiquvchilardan birining vafoti

Bu kecha Islom va musulmonlarning er kishilaridan va Hizb ut-Tahrirning Liviyadagi birinchi qaldirg‘ochlaridan biri muhandis Ali Muhammad Kajijiy Parvardigori huzuriga rehlat qildi. Alloh Taolodan ustozni hamda u kishidan oldin o‘tgan Muhammad Muhazzib Hifof, Hasan Kurdiy, Abdulloh Mislotiy, Abdurahmon Bayyuz, Solih Navvol, Xalifa Kamishiy, Abdulloh Hammuda, Mojid Qudsiy, Amr Nomiy, Muhammadumar Naos kabi ko‘plab marhum ustozlarni rahmat qilib, jannatiga doxil aylashini so‘raymiz. Ularning barchasi Allohning dini borasida ahd-paymonlarini o‘zgartirmadilar va uni foniy dunyo uchun sotmadilar. Biroq biz ularni Allohga gunohdan pok deb, ko‘rsatmoqchi emasmiz. Zero, qalblardagi barcha sirlarni bilguvchi U zotning O‘zidir.

Darhaqiqat, ustoz Kajijiy rohimahullloh tog‘ut qarshisiga chiqqan va bu dunyo vasvasasiga tushmay, dunyo faqat Allohning qo‘lida, boshqa hech kimning qo‘lida emas, deya inongan zotlardan biri edi. Darvoqe, qamoqda uning rabboniy ishonchini sindirishga 15 yil urinishgandan so‘ng, tog‘utlarning eng kattasi «ey Kajijiy, ra’yingni o‘zgartirdingmi?», deb so‘raydi. Shunda ustoz «Sen ra’y biladigan kishilardan emassanki, sen bilan bahs qilsam!», deya tarixda qoluvchi so‘zni aytadi. Bu javobidan so‘ng u do‘stlari bilan yana 15 yil qamoqda qoldi. Bu zotan Lavhul mahfuzda yozilgan edi.

Barchamiz Allohning bandalarimiz va albatta u zotga qaytguvchilarmiz. Boqiylik yolg‘iz Allohga xos, barchamiz bu dunyoni tark etguvchimiz. Alloh shayxni O‘zining keng rahmatiga burkasin va bepoyon jannatiga doxil qilib, u yerda ahboblari bilan birgalikda Muhammad mustafo ﷺning Havzi atrofida birlashtirsin. Ahli-oilasini, yaqinlarini va ahboblarini sabri jamil ila siylasin.

Hizb ut-Tahrirning markaziy

matbuot bo‘limi

Izohlar yo'q