Falastin tuproqlaridan voz kechib, uning ahliga xiyonat qilganlar Falastin vakili bo‘la olmaydi

0
13

Matbuot bayonoti

Falastin tuproqlaridan voz kechib, uning ahliga xiyonat qilganlar Falastin vakili bo‘la olmaydi

2024 yil 1 dekabr, yakshanba kuni Falastin ma’muriyati «Falastin qabilalari», deb atalgan bir guruh insonlarni «Falastin qabilalari Falastin ozodlik tashkilotini yagona qonuniy vakil deb biladilar» nomi ostida bir joyga to‘plab, ularni suratga oldi. «Wafa» axborot agentligiga ko‘ra, bu tadbir «Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya qo‘mitasi kotibi Shayx Husaynning ko‘rsatmalari asosida hamda Ozodlik tashkiloti kotibiyati tomonidan maqsadimiz xalqimizning barcha qatlamidir, deya o‘tkazilayotgan qator uchrashuvlar doirasida bo‘ldi».

Ushbu tadbir Falastin ma’muriyatining shubhali bir paytda Falastin ozodlik tashkiloti «qonuniyligini» qayta tiklashga qaratilgan muvaffaqiyatsiz urinishidir. Go‘yo u G‘azo sektorida yangi rol o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rayotgandek, bundan juda umidvor bo‘lib turibdi. O‘zi taklif qilayotgan xizmatlar bilan G‘azo ustidan nazorat o‘rnatishga harakat qilmoqda. U, shuningdek, yahudiy jinoyat mashinasi Amerika qurollari bilan amalga oshira olmagan narsani Falastin ahli va uning qo‘llab-quvvatlovini o‘ziga niqob qilib olish orqali tamomiga yetkazmoqchi.

Bu yerda asl voqelikni yoritib o‘tmoq lozim:

1 – «Yagona qonuniy vakil» shiori Ozodlik tashkilotining Falastinning aksar qismidan yahudiy vujudi foydasiga voz kechishdan iborat ulkan xiyonati uchun bir niqobdir. To‘g‘rirog‘i bu narsa Ozodlik tashkilotiga faqatgina shu jirkanch jinoyatni amalga oshirish uchun berilgan.

2 – Falastin ahli Falastin tuproqlarining bir qarichidan ham voz kechishga rozi bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Ozodlik tashkiloti yig‘ilgan odamlarga quyidagi savollarni berishga ham jur’at eta olmaydi: Ozodlik tashkilotining Isro va Me’roj zaminining 80 foizidan voz kechganligiga bu to‘plangan insonlar rozi bo‘ladilarmi?! Umar ibn Xattob roziyallohu anhu fath qilgan va Salohiddin rohimahulloh ozod qilgan bu zamindan voz kechishga ulardan birortasi rozi bo‘ladimi?! Sahobalar, fotihlar, xaloskorlar va mujohidlar qoni bilan sug‘orilgan Falastinning eng olis mintaqalarining bir qarichidan bo‘lsa ham voz kechishga rozi bo‘ladilarmi?

3 – Falastin Mahmud Abbos, Husayn Shayx yoki ularga o‘xshaganlarning tomorqasi emas. Ular bu masalaga parazitlardek yopishib oldilar. Aslida Falastin xalqi u yoqda tursin, hatto falastinlik bitta bolakaydan ham vakil bo‘la olmaydilar.

4 – Falastin xirojiy yer bo‘lib, Islom Ummatining mulkidir. Yer yuzidagi hech bir kimsa uning bir qarichidan ham voz kechishga haqqi yo‘q. Falastin ma’muriyati bosqinchi vujud bilan imzolagan har bir shartnomalar Ummat oyoqlari ostida yanchib tashlanadi.

5 – Biz Falastin o‘g‘lonlarini ushbu zamin va uning ahliga xiyonat qilishda musobaqalashayotgan kimsalar tuzog‘iga ilinishdan va bu jinoyatchilarga biror shaklda aldanib qolishdan ogohlantiramiz. Ularga ergashish ushbu zamin haqiqatini zarracha o‘zgartirmaydi. Aksincha, ularning izidan borgan har bir kishiga xoinlik va malaylik tamg‘asi bosiladi.

6 – Shubhasiz, bir kun kelib, G‘azo va butun muborak zamin ozod etilib, Allohning izni ila yahudiylar va salibchilar iflosligidan tozalanadi. Yaqinda bu yerda na xoinlarga joy qoladi, na til biriktiruvchilarga va na ularning yordamchilariga.

﴿وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هُوَۖ قُلۡ عَسَىٰٓ أَن يَكُونَ قَرِيبٗا﴾

«U (kun) qachon bo‘lur? deydilar. Shoyadki yaqin bo‘lsa, deb ayting!»   [Isro 51]

 Hizb ut-Tahrirning muborak

Falastin zaminidagi

matbuot bo‘limi

Izohlar yo'q