بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hadisi Sharif bilan
Duo ibodatning mag‘izidir
Aziz muxlislar, “Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ الدُّعَاءُ مُخُّ الْعِبَادَةِ
Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Duo ibodatning mag‘izidir”, dedilar.
Jomi ut-Termiziyning sharhi «Tuhfatul Ahvaziy»da shunday deyiladi: “مُخُّ” so‘zi zamma bilan kelgan. Bu so‘z miya, suyak iligi, ko‘z qorachig‘i kabi barcha narsalarning o‘zagiga nisbatan ishlatiladi. Buning ma’nosi duo ibodatning o‘zagi va mag‘izi ekanligini belgilashdir. Zero, duo qiluvchi boshqa ishlardan umidini uzganida Allohga duo qiladi. Bu tavhid va ixlosning haqiqatidir. Bu ikkisidan o‘tadigan hech qanday ibodat yo‘q.
Ibn ul-Arabiy aytadi: “Miya a’zolarni harakatga keltiruvchi kuchdir. Duo esa ibodatning miyasidir. U orqali ibodat qiluvchilarning ibodati mustahkamlanadi. Chunki u ibodatning ruhidir”. Ba’zi mufassirlar Alloh Taoloning quyidagi:
إِنَّ الَّذِينَ يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِي
“Albatta Menga ibodat qilishdan kibr-havo qilgan kimsalar” degan so‘zlarini “Ular menga duo qilishdan takabbur qilganlar”, deb tafsir qilishgan.
Aziz birodarlar!
Duo – bu bandaning Robbisiga qiladigan iltijosidir. Duo qilishga undaydigan va targ‘ib qiladigan juda ko‘p oyatlar va hadisi shariflar mavjud. Alloh Taoloning quyidagi so‘zlari shular jumlasidan:
وإذا سألك عبادي عني فإني قريب أجيب دعوة الداع إذا دعان،
“Bandalarim Sizdan (ey Muhammad) Men haqimda so‘rasalar, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarining duosini ijobat qilaman”.
أمن يجيب المضطر إذا دعاه ويكشف السوء ويجعلكم خلفاء الأرض،
“Yoki muztar-nochor odam duo-iltijo qilgan vaqtida (duosini) ijobat qiladigan va (uning) mushkulini oson qiladigan hamda sizlarni yerning xalifa-egalari qiladigan zotmi?!”.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
ما من مسلم يدعو بدعوة ليس فيها إثم ولا قطيعة رحم إلا أعطاه الله بها إحدى ثلاث: إما أن يعجل له بدعوته، وإما أن يدخرها له في الآخرة، وإما أن يصرف عنه السوء مثلها.
“Qaysi bir musulmon gunoh qilmagan va qarindoshlik rishtalarini uzmagan holda Alloh Taologa duo qilsa, Alloh unga shu duosining evaziga uch narsadan birini beradi: Yo so‘ragan narsasini tezda beradi, yo shu duoni uning oxiratiga olib qo‘yadi, yo shu duochalik yomonlikni undan burib yuboradi”.
Musulmon kishiga yaxshilikda ham, yomonlikda ham, yashirin ham, oshkora ham Alloh Taolodan ajr olish uchun duo qilish tavsiya qilinadi. Duo qilishda Alloh Taologa bo‘ysunish va faqat Unga muhtojlik namoyon bo‘ladi. Ba’zilar nega shuncha ko‘p duolar qilinishiga qaramay Falastin yoki Iroq ozod bo‘lmayapti? Nega biz yahudiylarni ertayu kech la’natlasak ham, Allohning azobi ularga tushmayapti? Nega Alloh Amerika va Britaniyadan qasos olmayapti? Nega biz tinmay duo qilsak ham, Alloh Taolo bizdan bunday qimmatchilik, faqirlik va parchalanishni olib tashlamayapti? Doimo “Ey Allohim, holimizni o‘zgartir”, “Allohim, oson qil”, deb duo qilsak ham, nega Alloh Taolo ahvolimizni o‘zgartirmayapti? deb so‘rashi mumkin.
Aziz birodarlar!
Duo sababsiz hech narsaga olib kelmasligini unutmaylik. Boshqacha aytganda, sababini qilmay turib duo qilish bilan vaziyat o‘zgarmaydi. Agar shunday bo‘lganda, Alloh Taolo hech bir harakatsiz g‘alabani ato etgan zotlarning eng munosibi sevimli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bo‘lar edilar. Agar biz haqiqatan ham Falastin, Iroq va boshqa joylarni ozod qilmoqchi bo‘lsak, yahudiylarni yurtimizdan quvib chiqarishni xohlasak, ahvolimizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsak, sevikli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan o‘rnak olib, tinimsiz harakat qilishimiz kerak. Duo qilish va undan ko‘zlangan maqsadga kelsak, duoni Alloh Taoloning amriga itoat qilish bilan savob olish umidida ibodat sifatida qilamiz. Namoz va ro‘za ibodat bo‘lgani kabi, duo ham ibodatdir. Mo‘min inson duo qilib, Alloh Taolodan dunyo va oxiratga oid ehtiyojlari yoki boshqa duolari qabul bo‘lishini so‘raydi. U Zotning amriga bo‘ysunish bilan savob olishga intiladi. So‘zimiz so‘ngida Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi so‘zlarini eslatib o‘tmoqchimiz:
وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَتَأْمُرُنَّ بِالْمَعْرُوفِ وَلَتَنْهَوُنَّ عَنْ الْمُنْكَرِ أَوْ لَيُوشِكَنَّ اللَّهُ أَنْ يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عِقَابًا مِنْ عِنْدِهِ ثُمَّ لَتَدْعُنَّهُ فَلَا يَسْتَجِيبُ لَكُمْ
«Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, sizlar albatta ma’rufga buyurib, munkardan qaytarasizlar, aks holda Alloh sizlarning ustingizga O‘z dargohidan bir jazo yuborur. Keyin duo qilaverasizlar (lekin) U Zot duolaringizni ijobat qilmaydi».
Aziz birodarlar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
23 Jummadul Uvla, 1446h yil.
25 Noyabr, 2024m yil.