Din va Vaqf ishlari vaziri Hizb ut-Tahrir mehmoni

0
14

Matbuot bayonoti

Din va Vaqf ishlari vaziri Hizb ut-Tahrir mehmoni

Hijriy 1446 yil 21 jumodulavval, milodiy 2024 yil 23 noyabr shanba kuni Sudan Din va Vaqflar ishlari vaziri doktor Umarbaxit Muhammad Odam Hizb ut-Tahrirning Port-Sudandagi idorasiga tashrif buyurdi. Mehmonni Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati delegatsiyasi kutib oldi. Hizb ut-Tahrirning markaziy aloqalar qo‘mitasi raisi ustoz Nosir Rizo (Abu Rizo) amirligidagi ushbu delegatsiyaga uning yordamchisi ustoz Muhammad Jome (Abu Ayman) va Hizbning Sudandagi rasmiy notig‘i Ibrohim Usmon (Abu Xalil) hamrohlik qildi.

Ustoz Nosir o‘z nutqi avvalida vazir tashrifini olqishladi va uni delegatsiya bilan tanishtirgach, Hizb ut-Tahrirni ta’riflab, uning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun faoliyat olib boruvchi siyosiy Hizb ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, Xalifalik farz ekanini, Hizb Xalifalik davlatini barpo etishda Nabiy ﷺning tariqatlariga amal qilib, Islomga asoslangan uyushma tuzganligini, so‘ng fikriy va siyosiy kurash orqali jamiyat bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishini, keyin esa kuch-qudrat ahlidan nusrat talab qilishini ta’kidladi.

Keyin ustoz Nosir Rizo Amerika boshchiligidagi G‘arbning masjidlar va diniy idoralarni o‘zining nafs-havosiga muvofiq faoliyat qildirishni rejalashtirayotgani, kofirning diniy xitobni o‘zgartirishni ko‘zlayotgani haqida gapirdi.

Keyin doktor Umarbaxit Muhammad so‘z yuritib, Hizb ut-Tahrir roliga yuksak baho berdi. Biroq u hozirgi vaqtda Sudan armiyasi tarafida turish kerakligini ta’kidladi. Ana shunda ustoz Nosir Rizo ushbu urushning shar’iy va siyosiy jihatlarini yoritib berdi.

Uchrashuv yakunida mana shunday uchrashuvlarni davom ettirish kerakligiga alohida e’tibor qaratdilar.

Ibrohim Usmon (Abu Xalil)

Hizb ut-Tahrirning Sudan

viloyatidagi rasmiy notig‘i

Izohlar yo'q