Mahalliy saylov: Xalq demokratiyani rad etmoqda

0
62

Mahalliy saylov: Xalq demokratiyani rad etmoqda

Qirg‘izistonda 17 oktabr kuni mahalliy kengashlarga saylov bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining avtomatik sanash tizimidagi ma’lumotlarga ko‘ra, saylovda 1 million 150 ming 931 nafar fuqaro ishtirok etdi. Bu esa, umumiy saylovchilarning 28 foizidan kamini tashkil etadi.

Saylov 33ta shahar, jumladan Bishkek va O‘sh shahrida hamda 231ta qishloq kengashida bo‘lib o‘tdi. 33ta shahar kengashidagi 1000ga yaqin o‘rin uchun 5000ga yaqin nomzod kurash olib bordi. 231 qishloq kengashida 10 mingga yaqin fuqaro 5 mingdan ortiq mandat uchun kurash olib bordi.

Bundan avval, bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha 28 aprel kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylovda saylovchilarning 25 foizidan kamrog‘i ishtirok etgan edi. O‘tgan yili Lenin tumanida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylovda saylovchilarning atigi 13,95 foizi ovoz bergan. Bu Qirg‘izistonda eng kam ishtirok etgan saylov bo‘ldi.

2017 yilgi prezidentlik saylovida esa, saylovchilarning 56 foizi ishtirok etgan bo‘lsa, 2021 yilgi prezidentlik saylovida atigi 39,75 foiz saylovchi ishtirok etdi. 2020 yilgi Jogorku Kenesh sayloviga saylovchilarning 56,2 foizi, 2021 yilda esa 34,93 foizi ishtirok etdi.

Darhaqiqat, saylovlarda ishtirok etayotgan fuqarolar soni xalqning demokratik tuzumga bo‘lgan ishonchining ko‘zgusidir. Aniqrog‘i, yuqoridagi holat Qirg‘izistondagi saylovchilarning asosiy qismi saylovni boykot qilganini ko‘rsatmoqda! Chunki xalq demokratiyadan ham, bir-biridan farq qilmaydigan hukumatlardan ham, faqat amaldorlar va boylar manfaatiga xizmat qiladigan saylovlardan ham bezor bo‘ldi. Buning sababi shundaki, Qirg‘iziston “mustaqil” bo‘lganidan beri iqtidorni egallagan hukumat mamlakatni kuchsizlantirish va xalqni qashshoqlashtirishdan boshqa ish qilmadi. Saylov yoki davlat to‘ntarishi yo‘li bilan kelgan hokimlar bu jihatdan bir-biridan hech farq qilmaydi. Bundan tashqari korrupsiya, adolatsizlik va axloqsizlik ham keng tarqaldi. Buning asosiy sababi, shubhasizki, ular yuritayotgan demokratik tuzumdir. Chunki demokratiya faqat yolg‘onlardan iborat. Masalan, demokratiya – bu xalq boshqaruvi, deyishadi. Ularga ko‘ra, Xalq o‘zini to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqara olmagani uchun bir rahbarni o‘zlaridan vakil sifatida saylaydi. Biroq, amalda buning iloji yo‘qligini ko‘rib turibmiz. Aniqroq aytganda, saylov puli borlar va hukumat vakillarining manfaatini ko‘zlab o‘tkaziladi. Qonunlar ham mana shu bir hovuch kimsalar manfaati uchun ishlayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz.

Demokratik tuzum tarafdorlari ham ko‘pchilik ovoz hal qiluvchi kuchga ega ekanligini ta’kidlaydilar. Biroq Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan saylovlar buning quruq safsata ekanligini isbotladi. Agar ular aytganlaridek, “ko‘pchilik”ning fikri inobatga olinsa, 60-70 foiz saylovchilar qatnashmagan saylov natijasi bekor qilinishi kerak bo‘lar edi.

Shuningdek, ular “saylangan rahbar barcha xalqning yetakchisidir”, deyishadi. Bu ham haqiqatdan uzoqdir. Zero, demokratik davlatda partiyalar yetakchi va muxolif partiyalarga bo‘linadi. Natijada jamiyat ham hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi va unga qarshi turuvchi sifatida ikkiga bo‘linadi. Bunday vaziyatda bir tomonning talabi bajarilmasligi tabiiy. Misol uchun, LGBTga va qimorxonalarga qarshi nutqlari va namoz o‘qishi tufayli ko‘pchilikning ovozini qo‘lga kiritgan nomzodni olib ko‘raylik. U lavozimga kirishishi bilanoq saylovchilarning ushbu yo‘nalishdagi talablarini bajarishga, aniqrog‘i, LGBT vakillari faoliyatini va qimor o‘yinlarini taqiqlovchi qonunlarni amalga oshirishga harakat qiladi. Bu bilan jamiyatning bir qismi bo‘lgan ozchilikni ta’qib qilishga to‘g‘ri keladi. Ammo mamlakatimiz demokratik tuzum asosida boshqarilgani sababli kazinolar ochilishiga ruxsat berilgan, LGBT vakillariga jinsiy erkinlik ta’minlangan. Natijada ko‘pchilikning talablari qondirilmay qolaveradi. Demek, ko‘rinib turibdiki, musulmonlar asta-sekin saylovlar orqali g‘alaba qozonadi, degan fikr yolg‘ondan boshqa narsa emas.

Darhaqiqat, demokratik tuzum Islomga mutlaqo ziddir. Islomda insonning qonun chiqarishiga aslo o‘rin yo‘q. Alloh Taolo aytadi:

فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا فِي أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا

Yo‘q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o‘z o‘rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to‘la taslim bo‘lmagunlaricha-bo‘yinsunmagunlaricha zinhor mo‘min bo‘la olmaydilar.

Islom shariatida tanlov va saylovlarga oid alohida hukmlar mavjud bo‘lib, ular G‘arb tuzumidagi saylovlardan va musulmon mamlakatlarida qo‘llanilayotgan iflos tuzumlardan tubdan farq qiladi. Islom shariatida saylovlar hech qanday bosim va majburlovsiz erkin o‘tkaziladi. Har bir inson, agar u o‘zini layoqatli deb bilsa yoki boshqa musulmonlar uni layoqatli deb hisoblasa, saylovda o‘z nomzodini qo‘yish va saylanish huquqiga egadir. Bunda Islom va uning hukmlari saylovlar uchun asos bo‘lishi shart bo‘ladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, biz musulmonlar demokratiyadagi saylov degan yolg‘onga aldanmasligimiz va u bilan mashg‘ul bo‘lmasligimiz kerak. Shuningdek, unga jalb qilish uchun qilingan sa’y-harakatlarga keskin qarshilik ko‘rsatishimiz lozim. Zero, jinoiy rejimning parlamenti yoki hukumati ishlariga ishtirok etish jinoyatchilarning umrini uzaytiradi. Chunki saylovlar bizni buyuk maqsaddan chalg‘itadigan o‘yindir. Buyuk maqsad – bu bugungi buzuqlik va korrupsiyaga botib qolgan rejimni qo‘llab-quvvatlayotgan imperialistik tuzimni ag‘darib, o‘ning o‘rniga Islomni hayotga qaytarishdir. Alloh Taolodan Islom ummatini to‘g‘ri o‘zgartirish ne’mati bilan siylashini, hukmdorlarning hiyla-nayranglari va aldashlarini bizdan uzoq qilishini so‘raymiz.

 Mumtoz Mavarunnahriy

Izohlar yo'q