“E’tiqod erkinligi va diniy uyushmalar haqida”gi qonundan ko‘zlangan maqsad
Hozirgi paytda kapitalizm butun dunyoga hukmini o‘tkazmoqda. Mustamlakachilar Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning qoshidagi tashkilotlar, shuningdek ulardan kelib chiqqan xalqaro tashkilotlar orqali dunyo xalqlarini kapitalizm changalida ushlab turishibdi. Ular kapitalizmga muqobil tuzum maydonga chiqishini oldini olish uchun profilaktik dasturlarni amalga oshirmoqda. Har bir davlatning konstitutsiyasi va qonunlari yuqoridagi tashkilotlarning talablaridan chetga chiqmaydi. Bu talablarning eng muhimi davlatlarning “dunyoviy” bo‘lishi, ya’ni din hayotdan ajratilgan davlat bo‘lishidir. Islom kapitalizm o‘rnini bosadigan muqobil hayot nizomi bo‘lganligi sababli, mustamlakachi kofirlar unga dushman ko‘zi bilan qarashadi. Shuning uchun ular Islomning hayot maydoniga qaytishiga qarshi – goh ochiq, goh hiyla-nayrang bilan – qattiq kurashadilar. Biz to‘xtalib o‘tmoqchi bo‘lgan qonun ham ana shu kurash doirasida yuzaga kelgan.
Qirg‘iziston ham “dunyoviy” davlat, bu konstitutsiyada ham, diniy konsepsiyada ham va ushbu “din to‘g‘risidagi qonun”da ham yozib qo‘yilgan (qirg‘izchada “ilayik” deyiladi). Boshqa dunyoviy davlatlarda bo‘lgani kabi Qirg‘izistonda ham taxtni egallagan hukumatlar – davlatning dunyoviy asoslarini mustahkamlash maqsadida – Islomga qarshi qonunlar qabul qilishadi.
Qirg‘izistonda keng tarqalib borayotgan Islomga qarshi kurashish maqsadida ilk bor 1991 yil Akayev davrida “E’tiqod erkinligi va diniy uyushmalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Biroq, bu qonun qabul qilinganiga qaramay, musulmon xalqning o‘z diniga intilishi kuchayib boraverdi. Shu bois 2006 yil Bakiyev davrida maxsus diniy konsepsiya ishlab chiqildi, keyin 2008 yilda ushbu konsepsiyaga moslashtirilib, “e’tiqod erkinligi va diniy uyushmalar to‘g‘risida”gi qonun yanada kuchaytirilgan shaklda yangidan qabul qilindi. 2011 yil Atambayev davrida yuqoridagi qonunga qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa, 2012 yilda qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi. Keyin 2014-2020 yillar uchun diniy konsepsiya qabul qilindi. 2019 yil Jeyenbekov davrida yana bir o‘zgarish kiritildi. Hozirgi hukumat davrida esa, 2002 yilning bahorida yuqoridagi qonunga yana bir o‘zgartirish kiritilib, so‘ngra o‘sha yilning kuzida “Qirg‘izistonning 2021-2026-yillarga mo‘ljallangan diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” qabul qilindi. Endilikda mazkur konsepsiya doirasida “E’tiqod erkinligi va diniy uyushmalar to‘g‘risida”gi yangi qonun taklif qilinib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu konsepsiyalarning barchasida asosiy yo‘nalish “davlatning dunyoviy asoslarini mustahkamlash”ga qaratilgan. Shuningdek yuqoridagi barcha qonunlar Islomga karshi ishlab chiqilgan.
Shu o‘rinda, bir oz chekinish qilsak. Kapitalizmdagi o‘lchov – bu manfaatdir. Masalan, kapitalistik tushunchaga ega bo‘lgan kishi qachonki, manfaat keltirsagina haqiqatni aytadi, zarar keltirsa, aytmaydi. Agar yolg‘on gapirish manfaatli bo‘lsa, u aldashdan charchamaydi. Bu ko‘rinish bizning bugungi dunyoni boshidan oxirigacha qamrab olgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib, bizda mavjud qonunlargacha shunday… Hukmdorlarning “g‘amxo‘rlik bilan boshqaramiz” deb; zulm bilan boshqarishi; «sog‘lig‘ingizni himoya qilamiz” deb, meditsinani biznesga aylantirib olishi va hokazo. Bularning barchasi “tashi yaltiroq, ichi qaltiroq” so‘zlardir. Hozirda prezident boshchiligida muhokama qilinayotgan ushbu “Din to‘g‘risidagi qonun” ham turli nayranglar, aldovlar, ko‘zbo‘yamachiliklar bilan o‘ralgan. Ushbu maqolada imkon qadar ushbu qonunda mavjud bo‘lgan ayrim vaziyatlardagi ko‘zbo‘yamachiliklarni fosh qilishga va undan ko‘zlangan maqsadlarni, kutilayotgan natijalarni hamda uning hayotimizga ta’sirini ayrim moddalar misolida sodda qilib yoritirib berishga harakat qilamiz, inshaAlloh.
Mazkur qonunning ayrim moddalarini muhokama qilsak:
1-bob
4-modda:
2 bandning oxirgi abzasida bunday deyiladi: “…diniy tashkilotlarga ergashuvchilar …ularni identifikatsiya qilish (shaxsini aniqlash)ga ruxsat beradi”.
Bundan muslimalarning niqob kiyishini taqiqlash nazarda tutilgan. “Identifikatsiya” bahonadan boshqa narsa emas. Masalan, qonun ijro qilinsa, musulmon opa-singillarimiz ko‘chada niqob kiyib yurolmaydi. Lekin, ayni paytda, ko‘chada har qanday odam, istalgan maqsadda, shaxsini aniqlashga imkon bermaydigan maska taqib yurishi mumkin!
Aslida, niqob kiyish ham shar’iy ray bo‘lib, bu rayga amal qilgan muslimalar uchun niqob kiyish vojibdir. Demak, ushbu moddaning mazmuni Islomiy ko‘rinishlarga qarshi kurashning namunasidir.
Shu moddaning 11 bandi, 5 kichik bandida: dinni yoyish yoki tanitish maqsadida turar-joy va noturar joylarga borish taqiqlanadi.
Bu yerda, aniq, “Tablig‘” jamoatidagi birodarlarning da’vati nishonga olingan. Davlat mulozimlarining “biz da’vatga qarshi emasmiz” degan gaplarida ham ushbu da’vat e’tiborga olinadi. Biroq, ularning “qarshi emasligi” odatiy aldovlardan biridir. Bunga protestantlarning ham kiritilishi faqat haqiqiy sababni yashirish uchundir (turar joylarga boradigan protestantlar juda ozchilikni tashkil qiladi). Aslida, bir paytlar Islomning hayot nizomi sifatida odamlarga yetib borishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda odamlarni shaxsiy ibodat va axloq kabi amallar bilan chalg‘itish maqsadida Qirg‘izistonda “Tablig‘” jamoatining faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan edi. Vaqt o‘tishi bilan bu ruxsat etilgan jihatdan ko‘plab Islomiy ko‘rinishlar xalq orasida tarqalgach, kofirlar “Tablig‘”ni ham taqiqlash haqida o‘ylab qolishdi va Qirg‘iziston hukumatidan uni taqiqlashni talab qilishdi. Biroq, hozirgacha uni taqiqlash bo‘yicha qilingan harakatlar natija bermadi. Shuning uchun, uning kuchini parchalash maqsadida “Yaqin inkor” o‘ylab topilib, ana o‘sha guruh taqiqlandi. Endilikda xalqda salbiy kayfiyat uyg‘otadigan “Tablig‘ yoki da’vat taqiqlanadi” degan gap-so‘zlardan qochib, so‘z o‘yinlari ishlatilgan moddalar orqali “Tablig‘” tarafdorlarining faoliyatiga cheklov qo‘ymoqchi bo‘lishyapti. Bunday cheklovchi bandlar nafaqat ushbu moddada, balki qonunning boshqa joylarida ham mavjud. Bu haqda ham o‘z o‘rnida aytib o‘tamiz. Bu usul qushning qanoti va dumini kesib, “mana endi uchaver” degan ertakga o‘xshaydi.
5-modda:
Mazkur moddaning 3 bandida: “Diniy tashkilotlarning faoliyati qonunlarga zid bo‘lmasa, davlat unga aralashmaydi” deyilgan. Bu “diniy tashkilotlar kapitalistik qonunlar qafasiga qamalgan”, degan ma’noni anglatadi. “Davlat dinga aralashmaydi” degan gap ham ularning odatdagi yolg‘onlaridan biridir. Bu tuzumda din mana shunday qonunlar bilan butunlay nazoratga olinadi.
Ushbu moddaning 7 bandining 1-4 barcha kichik bandlari “an’anaviy Islom”ni saqlab qolish va “mo‘tadil Islom”ga to‘siq qo‘yishga qaratilgan. Shu o‘rinda yuqoridagi atamalarning ma’nolariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Bu “an’anaviy Islom” (traditional islam, or. traditsionniy islam) degani quyidagicha: Kapitalistik mustamlakachilar musulmon o‘lkalarini bosib olgach, Islom dinining shaxslarga oid ayrim jihatlarini urf-odat sifatida bajishga ruxsat bergan. Masalan, nikoh, janoza, namoz, ro‘za kabi. Keyinchalik ushbu “an’anaviy Islom”ga amal qilgan musulmonlar ko‘plagan kurash va fidoyilik bilan siyosatga aralashishga harakat qila boshladi. Jamiyatda ularning tarafdorlari ko‘paya bo‘shlagach, kofirlar odamlarni haqiqiy Islomdan chalg‘itib, uning yuzaga chiqishini kechiktirish maqsadida “mo‘tadil Islom” (modern islam, or. umerenniy islam, وسطية – vasatiyya) loyihasini ishga solishdi. Bu bilan namoz o‘qib, ro‘za tutgan musulmonlar uchun Islomiy shiorlarni ko‘tarish, xalqning Islomiy tuyg‘ularini qo‘zg‘ash orqali siyosatga kirishish imkoniyati ochildi. Boshqacha aytganda, saylovda ishtirok etishga va u orqali davlat idoralariga kirishga ruxsat berildi. Lekin o‘z shartlariga ko‘ra, ya’ni Islom asosida emas(!), faqat demokratiya asosida siyosat yuritishga ruxsat berildi. Masalan, hokimiyatga kelmoqchi bo‘lsa, “hokimiyatning uch tarmog‘i”ni tan olishi kerak. Boshqaruvda respublika nizomidan, ya’ni prezidentlik yoki parlament boshqaruvidan boshqasini tanlay olmaydi. Qonun chiqarishda parlamentdan, sud tizimida esa, demokratik sud tizimidan boshqa tanlov yo‘q. Shu yo‘l bilan hokimiyatga erishgach, ularini saylagan xalqni ham mana shunday demokratik hayotdan rozi bo‘lishga chorlab, unga bo‘ysundirishadi. Bular mustamlakachilar atamasida “mo‘tadil Islomchilar” deb ataladi, Islomning ko‘proq qismini talab qilayotganlar esa ularning nazarida “radikal” bo‘lishadi. Undan ham ko‘prog‘ini yoki to‘liq Islomni tatbiq etishni talab qilganlarga “Terrorchi” yoki “ekstremist” tamg‘asi bosiladi.
Hozirda “an’anaviy Islom”ning bosh homiysi Rossiya hisoblanadi. “Mo‘tadil Islom”niki esa Amerikadir. Qo‘shma Shtatlar boshqa kuchlar bilan nufuz talashishda bir necha bor ushbu loyihadan foydalanib, muvaffaqiyatni qo‘lga kirita oldi. Buning eng yorqin misoli Turkiyadagi Erdo‘g‘on rejimidir. AQSH Islomiy shiorlarni ko‘targan, ammo demokratik asosda harakat qilgan Erdog‘an va uning partiyasini hokimiyatga olib kelish orqali Angliyaning Turkiyadagi ta’sirini zaiflashtirdi va Turkiyani o‘z o‘qi atrofida aylanishga majbur qildi.
Qirg‘izistonda “mo‘tadil Islom”ning ko‘rinishlari allaqachon qayd etilgan. Unda o‘zining shaxsiy musulmonchiligida – boshqa befarq musulmonlarga nisbatan – Islomga yaxshiroq amal qilgan kishilar prezidentlikka nomzod bo‘lib, parlamentga deputat bo‘lishdi, ba’zilari esa davlat mulozimlariga aylanishdi. Keyingi saylovlarda ham ishtirok etishga imkon berilsa, ularning soni albatta ortishi aniq. Albatta, bu tendensiya hozirgi hukumatni xaafsiratmay qo‘ymaydi. Zero, saylovchilar safida Islomiy tuyg‘uga ega insonlar tobora ommalashib bormoqda. Hukumatning o‘ziga kelsak, u hatto “an’anaviy Islom”dan ham uzoqlashib bormoqda, demak “mo‘tadil Islom”dan ancha yiroqlashib qolgan. Qolaversa, Amerika hokimiyatni almashtirishda “mo‘tadil Islom”dan foydalangani bois, hozirgi hukumat buni ham oldini olishga harakat qilmoqda. Boshqacha aytganda, ular bir tosh bilan ikki qushni urmoqchi bo‘lishyapti: birinchisi, Islomiy ko‘rinishlar tarqalishining oldini olish; ikkinchisi, AQSHning foydalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik. Ammo shuni aytish kerakki, Amerika ham Islomning dushmani, u ham Islomiy ko‘rinishlarning tarqalishini istamaydi. U “mo‘tadil Islom”ni “an’anaviy Islom”dan keyin kelishini va haqiqiy Islomga yaqinlashtiradigan keyingi qadam ekanligini biladi, shuning uchun u musulmonlarning “an’anaviy Islom”da qotib qolishini yoki kerak bo‘lsa, Islomning butunlay yo‘q bo‘lib ketishini istaydi. Biroq ular musulmonlarning haqiqiy Islomga talpinishini boshqa tarafga burish uchun, istamasalarda “an’anaviy Islom”ga, undan keyin “mo‘tadil Islom”ga yo‘l berishga majbur. Amerikaning Islomga dushmanligini mana shu qonunga qarab ham bilib olish mumkin. Bundan avvalgi “Xorijiy vakil” va “OAV haqidagi” qonunlar bo‘yicha Amerika boshchiligidagi g‘arbliklar hech qanday shovqin ko‘tarmadi, hokimiyatga ham hech qanday bosim o‘tkazmadi. Hozir esa “din haqidagi qonun” bo‘yicha ham birorta g‘arblik lom-mim degani yo‘q. Agar ertaga qayg‘urib chiqsalar ham, protestantlarni himoya qilish uchun chiqishadi.
(Eslatib o‘tamiz, “mo‘tadil Islom”ning ayrim unsurlari hozirgi hukumatning taxtga kelishida ham ko‘zga tashlangan. Yangi hukumatning faol tarafdorlarining aksariyati miting maydonida Islomiy shiorlar ko‘tarib, juma namozini o‘qishgan edi).
Ushbu moddaning 9 kichik bandida: deputatlar, munitsipal va davlat xizmatchilari tomonidan siyosiy maqsadlarga erishish uchun diniy ritorikadan foydalanishi taqiqlanadi, deyiladi. Bu esa, xalqqa so‘zi o‘tadigan ta’sirli odamlar dinga bitta bo‘lsa ham hissa qo‘shmasligi kerak, degan ma’noni anglatadi. Ularga din haqida og‘iz ochish ham mumkin emas. “Siyosiy maqsad” degan gap esa, so‘z o‘yinidan boshqa narsa emas. Xullas, ertaga nutqingizga diniy so‘zlarni aralashtirib yuborsangiz, bu so‘zni siyosiy maqsadda foydalanding, deb sizni ayblash hech ham qiyin bo‘lmaydi.
10 kichik bandda esa: …Din va diniy qarashlardan foydalangan holda mamlakatda boshqaruv darajasini pasaytirishga qodir bo‘lgan qarorlar qabul qilish va harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi, deyiladi.
Buning ma’nosi shuki, kazino to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganda ko‘plab dindor fuqarolar bunga qarshi chiqishdi. Garchi, to‘xtata olmasalar ham, mardlik bilan e’tiroz bildirishdi. Endi bunday ishlarga qarshi chiqish taqiqlanadi. Yana bir misol, qishlog‘ingizda aroq zavodi qurilmoqchi bo‘lsa-yu, qishloq ahli “Bu ishingizni to‘xtating, bu shariatda harom” deb chiqsa, qonunni buzgan bo‘ladi va javobgarlikka tortiladi.
6 modda:
7 band: Xususiy va diniy maktablardan tashqarida diniy ta’limning barcha bosqichlaridan dars o‘tish taqiqlanadi. Ushbu qismda nazarda tutilgan talablarni buzganlikda ayblangan shaxslar Qirg‘iziston Respublikasining huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Bu Sovet Ittifoqi davrida ham dinning saqlanib qolishiga hissa qo‘shgan “hujra” shaklidagi madrasalarni taqiqlash demakdir. Hatto masjid va namozxonlarda “muallimus saaniy”ni ham dars berish mumkin bo‘lmay qoladi. Shuningdek, qo‘shnilarning farzandlarini to‘plab, Islom asoslarini o‘rganish yoki Qur’on o‘qish kabi ishlar ham taqiqlanadi. Va yana, bu modda “Salafiy”, “Nurchi”, “Ixvon”, “Hizmet” va hokazolar kabi ochiq yoki yashirin bo‘lishidan qat’i nazar, barcha birodarlarning darslarini taqiqlaydi. Bu faqat boshlanishi. Bulardan keyingi kutilayotgan qadamlar ham bor. Agar birodarlar darsni davom ettiraverishsa, ularga avvaliga “radikal” tamg‘asi yopishtiriladi. So‘ngra “ekstremistlar” ro‘yxatiga kiritilib, faoliyati cheklanadi. Yuqoridagilarning barchasi musulmon birodarlardir. Ular ta’lim muassasalarida diniy ta’lim olishga qodir bo‘lmagan, diniy ma’lumotlarga chanqoq musulmon birodarlariga Islom tarixi, Islomdagi ibratli kishilar qissalari va hokazolardan umumiy ta’lim berishadi. Endi bularning barchasi taqiqlanadi.
9-band: Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari u yoki bu xorijiy diniy ta’lim muassasalarida faqat Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolariga oid yo‘llanma beruvchi din ishlari bo‘yicha vakolatli davlat organi va markaziy boshqaruv organi bilan kelishilgan holda diniy ta’lim olishlari mumkin.
Agar kelishuv bo‘lmasa, u yerdan olib kelgan diplomi yaroqsiz deb hisoblanadi. Aslida, fuqarolarning chet elda ta’lim olishini xususiy homiylar va o‘zlari moliyalashtiradi. Ular turli xavf-xatarlarni bo‘yniga olib o‘qib kelishadi. Endi shuni ham din ishlari komissiyasi va muftiyot ruxsati bilan qilish kerak bo‘ladi. Aks holda o‘qishni tamomlagach, diniy sohada xizmat qila olmaydi. Chunki uning diplomi yaroqsiz hisoblanadi. Biroq, ushbu qonunning boshqa moddalarining ma’nosiga ko‘ra (ularni ham o‘z navbatida muhokama qilamiz), agar sizning diplomingiz yaroqsiz bo‘lsa, davlat ichida biron bir diniy faoliyat bilan shug‘ullana olmaysiz.
2-bob
8-modda:
5 bandda: Diniy uyushmalarning o‘z maqomida nazarda tutilgan hududdan tashqarida noqonuniy diniy faoliyati Qirg‘iziston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi. Diniy uyushma ushbu qonun talablarini muntazam ravishda buzgan taqdirda, din ishlari bo‘yicha vakolatli davlat organi uni tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega, – deyiladi.
Masalan, bir tuman masjidida xalqga diniy nasihat qilish maqsadida diniy uyushma tashkil etilgan bo‘lsa, bu uyushma boshqa tumanlardagi musulmonlarga nasihat qila olmaydi. Agar nasihat qilsa va diniy ishlar komissiyasi tomonidan ogohlantirilgandan keyin ham davom ettirsa, komissiya bu uyushmani tarqatib yuboradi. (Mazkur qonun talablariga ko‘ra, diniy uyushma tuzish tartibi juda murakkabdir. Lekin komissiya uni bir zumda tarqatib yuborishi mumkin).
6 bandda (loyihada 2 band deb xato yozilgan): …Din ishlari bo‘yicha vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlarning vakili bo‘lmagan din peshvolariga ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida chiqishi taqiqlanadi, – deyiladi.
Demek, bu bandga ko‘ra, avval muftiyotdan ruxsat olgan holda tashkilot tuzib, so‘ng Din ishlari bo‘yicha komissiyaning tekshiruvi va ro‘yxatidan o‘tgandan keyingina ommaviy axborot vositalari yoki internet tarmoqlarida chiqish mumkin. Busiz chiqish mumkn emas. Shu o‘rinda prezident ishtirok etgan qonun muhokamasiga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Unda prezident: “El-yurtda obro‘-e’tiborli, ijtimoiy tarmoqlarda millionlab ishtirokchiga ega Sadibakas Doolov va Maqsat hoji kabi allomalarimiz Olimlar kengashida yo‘q ekan. Ular ham ulamolar kengashiga a’zo bo‘lib, keyin ishga kirishsa yaxshi bo‘lardi”, dedi. Aslida bu gapning ostida “yo ulamolar kengashiga a’zo bo‘lasilar yoki komissiya va muftiyot ruxsati bilan tashkilot tuzib, keyin internet tarmoqlarida chiqa olasilar, boshqa yo‘l yo‘q” degan ma’no yotadi.
12 modda:
12 bandda: Xalq punktlaridagi diniy obyektlar soni Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan chegaradan oshmasligi kerak – deyiladi.
Masalan, bu bandga ko‘ra, qaysi hududda masjidlar soni qancha bo‘lishini hukumat cheklab qo‘yadi. Din keng tarqalgan hududlarda qurilgan masjid va madrasalar sonini kamaytirishga yo‘l ochiladi.
16-modda:
Ushbu modda “voizni ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta o‘tkazish)” deb ataladi. Prezident ishtirokidagi muhokamada “voiz” so‘zini “nasihatgo‘y” so‘zi bilan almashtirilganiga guvoh bo‘ldik. Ta’kidlash joizki, biz loyihaning xalqning qo‘lidagi versiyasiga qarab ushbu muhokamani olib boryapmiz. Negaki, prezidentning dunyoviy jamoasi va olimlar ishtirokidagi muhokamadan keyingi versiyasi bizda yo‘q. Biroq loyihaning asosiy maqsadida va uning moddalaridan ko‘zlangan maqsadlarda o‘zgarish bo‘lishi kutilmaydi, muhokama jarayonida bunga guvoh bo‘ldik. Ba’zi atamalar yoki yakuniy ma’nolar so‘z o‘yinlari orqali o‘zgartirilishi mumkin. Shuning uchun qo‘limizdagi variant ham muhokama uchun yaroqlidir.
1-band: Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari va’zgo‘ylik ishlarini Qirg‘iziston Respublikasi hududida yoki uning chegaralaridan tashqarida olib borish uchun qaydnomadan o‘tishlari shart.
Oliy va maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lganlargina nasihatgo‘y bo‘la oladi.
Nasihatgo‘ylar Qirg‘iziston Respublikasida maxsus ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilot nomidan chiqishadi. Rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilot nomidan chiqqan nasihatgo‘ylarning diniy faoliyati taqiqlanadi, – deb belgilangan.
Aslida, da’vat qilish, shuningdek yaxshilikka buyurib, yomon ishlardan qaytarish har bir musulmon zimmasidagi farzdir. Buni tushungan har bir musulmon bunday amallarni avvaldan bajarib kelishgan. Endi esa bu ishlarga cheklov kiritilmoqda. Bu cheklovlardan biri oliy va maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lishbo‘lsa, ikkinchisi Qirg‘iziston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotga a’zo bo‘lishdir. Agar bular bo‘lmasa, da’vat qilish ham, amru ma’ruf va nahiy munkar qilish ham man qilinadi. Vaholangki da’vat, amru ma’ruf va nahiy munkar qilish har bir musulmonning bo‘ynidagi farz bo‘lib, uni tark etgan kishi – xuddi namozini tark etgan kishi kabi – gunohkor bo‘ladi.
Masalan, hozir siz ko‘chada tanishingiz bilan uchrashsangiz, uni da’vat qilishingiz mumkin, ammo bu modda buni man qiladi. Yoki siz mast holdagi do‘stingizni uchratib qolsangiz, uni aroqning haromligidan ogohlantirib, “aroq ichishni tashlab, namoz o‘qishni boshla” deb, yaxshilikka buyurib, yomon ishlardan qaytarishingiz mumkin. Ammo agar ushbu modda kuchga kirsa, bu ishlarni qilish Jinoyat kodeksiga muvofiq huqubuzarlik hisoblanadi. Ko‘chada Qalbida dinga adovati bor eng ahmoq pastkash ham sizni ayblaydigan bo‘lib qoladi.
Ushbu bandda yana: Ommaviy axborot vositalari va turli internet resurslari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar orqali nasihat qilayotgan diniy peshvolar va din xodimlari diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organlarida akkreditatsiyadan o‘tishi hamda din ishlari bo‘yicha vakolatli organning hisob qaydnomasidan o‘tishi shart – deyiladi.
Eslatib o‘tamiz, mutasaddilar “Biz da’vatga qarshi emasmiz, faqat uyma-uy kirib da’vat qilish usuliga qarshimiz. Uyma-uy aylanib da’vat qilish boshqa fuqarolarning huquqlarini buzish bo‘ladi, shuning uchun boshqa usullar bilan, masalan, ijtimoiy tarmoqlar orqali da’vat qilavering”, – deyishgan edi. Ushbu banddan ularning qanday qilib xalqni aldaganliklari aniq ko‘rinib turibdi. Bu bandga ko‘ra, endi da’vat qilishni istagan har bir fuqaro avvalgidek ijtimoiy tarmoq orqali da’vat qila olmaydi. Buning uchun u oliy va maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak va buning ortidan muftiyotning akkreditatsiyasidan hamda diniy komissiyaning ro‘yxatidan o‘tgan tashkilotning a’zosi bo‘lishi kerak.
Xuddi shu bandda yana: diniy ehtiyojlarni qondirish jarayonida yuzaga keladigan dindorlarning savollariga faqat diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlarining maxsus vakolatiga ega mutaxassislar javob berishga haqlidir – deyiladi.
Misol uchun, agar siz akkreditatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotning a’zosi bo‘lsangiz va internetda onlayn dars o‘tayotgan bo‘lsangiz, shu paytda sizga savol kelib qolsa, garchi siz bilgan masala bo‘lsa ham, savollarga javob berishingiz taqiqlanadi. Chunki siz muftiy tomonidan savollarga javob berish uchun tayinlangan odam emassiz. Fatvolarda ham xuddi shunday. Aslida, shariatga ko‘ra, o‘zingiz yaxshi bilgan masalada olim sanalasiz, uni bilmaganlarga yetkazish va o‘rgatish sizning zimmangizda vojibdir.
Ushbu moddaning 2 bandiga binoan, siz da’vatchi sifatida bir yildan keyin yana qayta ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Boshqacha aytganda siz har yili qayta ro‘yxatdan o‘tishingiz shart. Binobarin, internetga kirish uchun ruxsat olganingizdan keyin ham hukumat manfaatlariga qarshi gapiradigan bo‘lsangiz, ruxsatingiz Diniy komissiya tomonidan tezda bekor qilinadi yoki kelgusi yilda da’vat qilish sizga taqiqlanadi.
Qonun tashabbuskorlarining uni mustahkamlash va asoslashga qaratilgan ayrim bayonotlari haqida
Bu qonun Din ishlari bo‘yicha komissiya tomonidan taklif qilingan. Bu esa, qonunni hukumat joriy qilganligini anglatadi. Yuqorida biz ushbu qonunning maqsadini ayrim moddalar misolida tushuntirdik. Bu qonun Islomga qarshi kurashning bir qismi sifatida qabul qilinayotgani aniq ko‘rinib turibdi. Biroq, shunga qaramay, ushbu qonunning tashabbuskorlari, ya’ni hukumat vakillari hali ham bu haqda usti yaltiroq so‘zlar bilan maqtashdan to‘xtamayapti. Ular xalqning Islomiy tuyg‘ularini salbiy ma’noda qo‘zg‘atmaslik uchun shunday qilyapti. Masalan, ular: Biz dinga qarshi emasmiz, aksincha, dinga yordam bermoqchimiz. Diniy sohada chalkashlik borligini ko‘rib, uni tartibga solmoqchimiz. Buning uchun barcha musulmonlarni bir markazga – muftiyotga bo‘ysundirishga kelishdik, – deyishmoqda. Bu so‘z ham navbatdagi yolg‘ondan boshqa narsa emas. Aslida, nafaqat hozir, balki avvaldan musulmonlarni muftiyatga bo‘ysundirish bo‘yicha ishlar bo‘lib kelmoqda. Muftiyning kelib chiqish tarixi ham shuni ta’kidlab turibdi. Mustamlakachilar musulmon o‘lkalarni bosib olgach, musulmonlarni mustamlakachilar qonunlariga bo‘ysundiradigan, ularga qarshi chiqmaydigan, mustamlakachilarning har qanday qarorlariga shariatdan yo‘l topib beradigan, musulmonlarning tuyg‘usini ba’zi individual Islomiy amallar bilan tinchlantirib turadigan bir tashkilot tuzdilar. Bu tashkilot – aynan mana shu muftiyotdir. Uni tuzishdan ko‘zlangan maqsad hamon bir xil. Muftiyot ustida turgan hukumatning ham, hukumatning ustida turgan mustamlakachilarning ham maqsadlari o‘sha-o‘sha, o‘zgargani yo‘q.
Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, hukumat: “bu qonun Qirg‘izistondagi Islomdan boshqa yana barcha dinlarga ham qaratilgan” deb, bu qonunning Islomga zid ekanligini yashirmoqchi bo‘layapti. Masalan, “diniy sohada tartibsizliklar juda ko‘p, shuning uchun ularning barchasi uchun markaziy boshqaruv organi bo‘lishi kerak”, deb muftiyotga alohida e’tibor berib, barcha musulmonlarni uning hukmi ostiga kirgizmoqchi bo‘lyapti. Ayni paytda, xristian dinining bir qismi bo‘lgan pravoslav cherkovi va har bir protestant tashkilotiga alohida konfessiya sifatida qaraladi, ularning barchasi bo‘ysunadigan markaziy organ yo‘q, ularning har biri alohida. (Aslida mustamlakachilar protestantlarni jamiyatni bo‘lib tashlash maqsadida mamlakatga kiritishgan, ulardan har birining alohidaligi ham shu maqsadga xizmat qiladi).
Qirg‘iziston sotsializmdan kapitalizmga o‘tganidan beri davlat dinni diniy komissiya orqali nazorat qilib, muftiyotning qo‘li bilan uni “jilovlab” kelmoqda. Lekin bunday to‘siqlarga qaramay, musulmon xalqmizning o‘z diniga intilishi ortib bormoqda. Shuning uchun hozirgi hukumat va ularning xo‘jayinlari din ustidan nazoratni yanada kuchaytirish va undan ham katta to‘siqlarni qo‘yish maqsadida ushbu qonun orqali diniy komissiya va muftiyotni avvalgidan ko‘ra yana-da kuchaytirishga harakat qilmoqda. Biroq, bu vakolat ham turli xil yaltiroq so‘zlar bilan oqlanmoqda.
Prezident va uning dunyoviy jamoasi, shuningdek olimlar ishtirok etgan mazkur qonun muhokamasida: “Hizbut-tahrir, Yaqin inkor kabi radikal tashkilotlarga qarshi hibslar bilan kurashish yaxshi natija bermas ekan. Endi muftiyot tushuntirish ishlari orqali ular bilan kurashadi, – degan gaplar aytildi. Bu ham yolg‘on-yashiq gapdan boshqa narsa emas. Bu tashkilotlarga nisbatan Jinoyat kodeksidagi jazolar bekor qilinib, keyin shunday deyilsa, yarashardi. Yana, mazkur qonun jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan bir vaqtda, Ichki ishlar vazirligi “ekstremistlar”ga nisbatan jazoni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taklif qilmoqda.
Shuningdek rasmiylar “davlatga xavf tug‘dirmasligi uchun diniy sohani mana shunday tarzda nazorat qilish kerak”, deyishmoqda.
Aslida Qirg‘izistondagi din sohasida musulmonlar tarafidan hech qanday tahdid yo‘q. Toki mustamlakachilar nufuz uchun kurashida yoki hukumatlar taxt uchun kurashida ba’zi musulmonlarning mazhabparastligidan foydalanmas ekan, musulmonlar tomonidan – Islom tabiatiga ko‘ra – bunday tahdidlar bo‘lmaydi. Masalan, mustamlakachilik o‘zaro mustamlaka nizolarida mahalliy hukumatlar esa o‘z nizolarida separatizm, millatchilik, mintaqaviylik omillarini maxsus tashkil qilib, nizolar keltirib chiqaradi. Mana shular orasida mazhabparastlikdan ham foydalanadilar. Yana ular mustamlakachilik maqsadida olib borayotgan urushlarini mintaqaviy yoki mahalliy mazhab urushlari deb ko‘rsatib, odamlarning ko‘zini bo‘yashadi. Masalan, AQSH va Britaniya nufuz talashishidan kelib chiqqan Eron-Iroq mojarosi shia-sunniy urushi sifatida ko‘rsatilgani kabi. Yoki Afg‘onistondagi Tolibon bilan ISHID-Xuroson o‘rtasidagi ziddiyatlarning so‘fiy-salafiy kelishmovchiligi sifatida ko‘rsatilishi kabi va hokazo.
Hozirgi paytda dunyoni BMT orqali imperializm nazorat qilmoqda, dedik. Shu sababli, dunyodagi barcha ta’lim muassasalarining dasturlari ularning siyosatiga muvofiq va YUNЕSKO nazorati ostida tuziladi. Shular qatorida barcha mamlakatlardagi barcha diniy maktablarning dasturlari shu tarzda tuzilgan. Masalan, o‘sha ta’lim muassasalaridagi ta’lim mazhabchilik yo‘lalishida beriladi. Shuning uchun o‘sha ta’lim muassasalarida tahsil olgan “ulamolar” va ularning izdoshlari o‘zaro mazhabchilik asosida bahslashayotganini ko‘rasiz. Masalan, Qirg‘izistonda “paypoqqa mas’h tortish” masalasi salafiy birodarlar bilan boshqalar orasida oxiri ko‘rinmas mavzu bo‘lib qolmoqda. Darhaqiqat, agar bu mavzuga haqiqiy Islomiy nuqtayi nazardan yondashiladigan bo‘lsa, bu masala musulmonlar uchun umuman muhokama mavzusi bo‘lmas edi. Zero, Islomdagi ra’y tushunchasiga ko‘ra, kimki qaysi ra’iyga ergashsa, uning uchun o‘sha yechim shar’iy hukmga aylanadi. (Bir shart bilanki, bu yechim mujtahid tomonidan ijtihod qilingan shar’iy ray bo‘lishi kerak). Boshqacha aytganda kimki paypoqqa mas’h tortish mumkin, degan rayga ergashsa, bu uning uchun shar’iy hukmga aylanadi va agar shunday qilsa, gunohkor bo‘lmaydi. Boshqa musulmonlar esa, uning shar’iy hukmga amal qilayotganini hisobga olib, unga hurmat bilan qarashlari kerak. Paypoqda Mas’h tortish mumkinmi yoki yo‘qmi, degan masala mujtahidlar o‘rtasida oqilona muhokama bilan, ya’ni shar’iy dalillar bilan muhokama qilinadi. Bu mustamlakachilar tiqishtirgan mazhabchilik emas, balki mazhab ushlashga mos keladigan Islom talablaridan biridir.
Agar mustamlakachilar yoki ularga xizmat qilayotgan hukmdorlarimiz mazhabparastlikdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish maqsadida uni qo‘zg‘amasalar, bu borada musulmonlar o‘rtasida nizolar bo‘lmaydi. Hatto ataylab o‘zaro ixtilofni qo‘zg‘atayotganlarida ham Musulmonlar bu borada ehtiyot bo‘lib, katta mojarolardan uzoqlashishga harakat qiladilar. Qirg‘iziston hukumatining va muftiyotning “hanafiy mazhabi”ga tarafkashlik qilishi mustamlakachilar tiqishtirgan mazhabparastlikni amalga oshirishdan boshqa narsa emas.
Bundan farqli ravishda mustamlakachilar va mahalliy hukumatlar musulmonlarni “an’anaviy Islomchilar”, “mo‘tadil Islomchilar”, “radikallar”, “ekstremistlar”ga bo‘lib, bir-biriga karshi gij-gijlamoqda. Keyin ularni “dindorlar o‘zaro tafriqaga bo‘linmoqda, deb ayblamoqda. Masalan, Qirg‘izistonda “Tablig‘” jamoati harakat olib borar edi. Biz u jamoat tarafdorlari o‘rtasida hech qanday nizo chiqqanini ko‘rmaganmiz. Keyinchalik davlat ba’zi cheklovlar kiritib, unga bo‘ysunmaganlarni ajratib, ularga “Yaqin inkor” deb nom berdi. Shundan so‘ng avvallari bir safda bo‘lgan birodarlari ularni kaltaklaydigan bo‘lishdi. Ko‘pchilik imomlar masjidlardan haydaldi.
Asosan musulmonlar orasidagi Hizb, Ixvon, Nurchi, Tablig‘ va shular kabi boshqa jamoalar musulmonlar orasida bo‘linishni aks ettirmaydi. Shuning uchun, butun dunyo mamlakatlarida Hizb a’zolari bor, Ixvon ham, boshqalari ham shunday. Ular Islomga asoslangan partiyalar yoki jamoalardir. Musulmonlarning Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Pokiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlarga bo‘linishi – mana shu haqiqiy bo‘linishning ko‘rinishidir. U yerdagi musulmonlar mustamlakachilar chizib bergan chegaralar uchun bir-birlariga qarshi jang qilishadi, bu chegaralarning tashqarisidagi musulmonlarga haqiqiy birodar sifatida yordam bermaydi, masalan, G‘azodagi vaziyatga bir qarang…
Xulosa o‘rniga
Bu qonun loyihasi Qirg‘iziston musulmonlari uchun Allohning sinovlaridan biridir.
Alloh Taolo aytadi:
أَمْ حَسِبْتُمْ أَنْ تَدْخُلُوا الْجَنَّةَ وَلَمَّا يَأْتِكُمْ مَثَلُ الَّذِينَ خَلَوْا مِنْ قَبْلِكُمْ مَسَّتْهُمْ الْبَأْسَاءُ وَالضَّرَّاءُ وَزُلْزِلُوا حَتَّى يَقُولَ الرَّسُولُ وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ مَتَى نَصْرُ اللَّهِ أَلَا إِنَّ نَصْرَ اللَّهِ قَرِيبٌ
“Yoki (ey mo‘minlar), sizlardan ilgari o‘tgan zotlar ibrati sizlarga kelmay turib jannatga kirishni o‘yladingizmi? Ularga balo va musibatlar (ustma-ust) kelib, shunday larzaga tushgan edilarki, hatto payg‘ambar va iymonli kishilar: «Axir qachon Allohning yordami keladi?» deyishgan edi. (Shunda) ularga bunday javob bo‘lgan edi: «Ogoh bo‘lingizkim, Allohning yordami yaqindir”. [2:214]
Bu imtihonda har kim va har bir taraf Alloh oldida o‘z imkoniyati va qobiliyatiga ko‘ra javobgardir.
Ba’zilar “Hukumat rasmiylarini ham kofir xo‘jayinlari majburlashyapti-da”, deyishadi. Ha, ehtimol shundaydir. Biroq bu, majburlasa shunday qilaversa bo‘ladi, degani emas. Shariatga murojaat qilishi kerak. Bunday da’vat, amru ma’ruf va nahiy munkarni ta’qiqlash kabi ishlarni ataylab qilgan kishi, kufr ishini qilgan bo‘ladi. Boshqalarning majburlashiga bo‘ysunib kilsa, fosiqlik qilgan bo‘ladi. Majburlashga qarshi turib, bunday munkar ishlarni qilishdan bosh tortsa, ulug‘ ajrlarga erishadi, inshaAlloh.
إِنَّ الَّذِينَ قَالُوا رَبُّنَا اللَّهُ ثُمَّ اسْتَقَامُوا تَتَنَزَّلُ عَلَيْهِمْ الْمَلَائِكَةُ أَلَّا تَخَافُوا وَلَا تَحْزَنُوا وَأَبْشِرُوا بِالْجَنَّةِ الَّتِي كُنْتُمْ تُوعَدُونَ ۩ نَحْنُ أَوْلِيَاؤُكُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَفِي الْآخِرَةِ وَلَكُمْ فِيهَا مَا تَشْتَهِي أَنفُسُكُمْ وَلَكُمْ فِيهَا مَا تَدَّعُونَ
“Albatta: «Parvardigorimiz Allohdir», deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toat-ibodat qilishda) to‘g‘ri — ustivor bo‘lgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib, (derlar): «Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar! Bizlar hayoti dunyoda ham, oxiratda ham sizlarning do‘stlaringizdirmiz. Sizlar uchun (jannatda) ko‘ngillaringiz tilagan narsalaringiz bordir va sizlar uchun u joyda istagan narsalaringiz bordir”. [41:30-31]
Bunday munkar amallarni qilayotganlarni nahiy munkar qilib, ma’rufga buyurish barcha mo‘minlarga, xususan, ulamolarga farzdir. Mana shunda ular Payg‘ambarlarning vorislari bo‘ladilar.
العلماء ورثة الأنبياء، وإن الأنبياء لم يورثوا ديناراً ولا درهما، وإنما ورثوا العلم، فمن أخذ به أخذ بحظ وافر
“Ulamolar Payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinor ham, dirham meros qoldirmaganlar. Balki ilmni meros qoldirganlar. Kim uni olsa, to‘la nasibasini olibdi».
Yuqorida muftiyot haqida aytib o‘tgan edik. Biroq, bu muftiyotda faqat fosiqlar o‘tiradi, degani emas. O‘sha maqomdandan foydalanib, dinga xizmat qilib qolaylik, deganlar ham bor. Marhum ustoz Chubak hoji muftiyotda ishlab yurganida ko‘p haqiqatlarni gapirdi, tik turib munkarga qarshi kurashdi. Alloh ustozni rahmatiga olsin, oxiratda Paygambarlar va Siddiqlar bilan birga qilsin. Xozirgi muftiylar ham ustoz Chubak hoji kabi haqiqatni ayta olsalar mansablarini yaxshilikka ishlatgani uchun ajr-savoblarini oladilar inshaAlloh.
: بدأ الإسلام غريبًا وسيعود غريبًا كما بدأ فطوبى للغرباء، قيل يا رسول الله من الغرباء؟ قال: الذين يصلحون إذا فسد الناس وفي لفظ يصلحون ما أفسد الناس من سنتي، وفي لفظ: يحيون ما أمات الناس من سنتي
«Islom g‘arib bo‘lib boshlandi, yana o‘sha boshlangan paytdagidek g‘ariblikka qaytadi. G‘ariblarga Tubo (jannat) bo‘lsin». «Yo Rosululloh, g‘ariblar kimlar? – deb so‘raldi. Payg‘ambarimiz: odamlar buzilgan paytda isloh qiladigan kishilar, deb javob berdilar». Boshqa lafz bilan kelgani esa: «Odamlar buzgan sunnatimni isloh qiladigan-o‘nglaydigan kishilar», dedilar. Yana bir boshqa lafz bilan kelgani “Odamlar o‘ldirgan sunnatimni tiriltirgan kishilar», dedilar. (Muslim rivoyati).
Allohdan haqiqatni tan olmagan muftiyot xodimlarining yomonliklaridan panoh so‘rashimiz kerak.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qildilar: “Oxir zamonda qorilarning qurtlari bo‘ladi. Kim o‘sha zamonga yetib borsa, toshbo‘ron qilingan shaytondan va o‘shalardan panoh so‘rasin. Ular sassiqdirlar. Keyin salla-choponlar paydo bo‘ladi. U kunda riyodan uyalinmaydi. U kunda dinni mahkam ushlagan odam cho‘g‘ni ushlagan bilan bab-barobar bo‘ladi. Dinini mahkam ushlaganning savobi ellik kishining savobidek bo‘ladi”. Sahobalar: Yo Rasulalloh, bizdan ellik kishining ajrimi yoki ulardanmi? deb so‘rashdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan», deb javob berdilar.
Suhbatimiz yakunida tarixdan bir rivoyatga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.
Abbosiy Xalifa al-Mansur davrida Damashq Umaviylardan tortib olindi. Unga xalifaning amakisi Abdulloh boshchilik qilib, qirg‘in qildi. So‘ng Abdulloh xalq oldiga chiqib: “Menga e’tiroz bildiradiganlar bormi?” — deb so‘radi. Shunda yonidagilar: “Yo‘q, Bildirsa ham, Avzoiy bildiradi”, deyishdi. Avzoiy o‘sha davrning mashhur olimlaridan edi. Sulton Avzoiyni chaqirtirdi. Askarlar Avzoiyni keltirgani borishganda, Avzoiy: “Hasbunalloh va ne’mal vakil (bizga Allohning O‘zi kifoya, U qanday ham ajoyib vakildir), meni bir oz kutib turing, dedi. Keyin borib, g‘usl qildi, kiyimlarini ichidan kafanini ham kiyib, sulton huzuriga jo‘nadi. Yo‘lda o‘ziga-o‘zi – ey Avzoiy, hozir senga haq so‘zni aytmoq oni keldi, Allohning yo‘lida malomatchining malomatidan qo‘rqma», dedi. U sulton huzuriga kirgach, zabardast askarlar ikki saf bo‘lib turishibdi, ular qilichlarini sug‘urgandilar, Avzoiy sulton oldiga yetgunicha qilichlari ostida kirib bordi. Sulton taxtda o‘tirgandi, qo‘lida kaltak, peshonasida g‘azab tuguni bor edi. Avzoiy bu haqda shunday deydi: “Xayolimga ahli oilam ham, molim ham, ayolim ham kelgani yo‘q, balki Rahmonning arshini, hisob kunida odamlar bilan yakkama-yakka turishini esladim”. Sulton yuzida g‘azab bilan: Ey Avzoiy, biz to‘kkan va oqizgan qonlar to‘g‘risida nima deysan? — deb so‘radi. Avzoiy: Ibn Mas’ud Rosululloh Aning bunday deganlarini rivryat qiladi:
«لاَ يَحِلُّ دَمُ امْرِئٍ مُسْلِمٍ يَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ، وَأَنِّي رَسُولُ اللهِ إلاَّ بِإِحْدَى ثَلاَثٍ: الثَّيِّبُ الزَّانِي، وَالنَّفْسُ بِالنَّفْسِ، وَالتَّارِكُ لِدِينِهِ الْمُفَارِقُ لِلْجَمَاعَةِ»
«Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga, mening Allohning Rosuli ekanligimga guvohlik keltirgan musulmon kishining qoni halol emas. Magar uch kimsaniki bundan mustasno: turmush qurgan zinokor erkak yoki ayol, jonga jon (qasosda), (musulmonlar) jamoasidan ajralib chiqib, dindan chiqqan bo‘lsa».
Agar sen o‘ldirgan kishilar shulardan bo‘lsa, to‘g‘ri qilibsan. Agar ulardan bo‘lmasa, ularning qoni sening bo‘yningdadir”. Shunda sulton jahli chiqib, qo‘lidagi tayog‘ini uloqtirdi. Shunda Avzoiy bo‘yniga qilich kelishini kutib, sallasini qo‘liga oldi. Atrofida turgan vazirlar ham qon sachramasligi uchun kiyimlarini yig‘ishtirishib, shimarib olishdi. Sulton yana: Biz tortib olgan mol-mulk to‘g‘risida nima deysan? — deb so‘radi. Avzoiy: “mollar agar halol bo‘lsa – hisob, harom bo‘lsa – jazodir!!, dedi. Sulton: “mana bu badra (oltin to‘la qopcha)ni ol, dedi. shunda Avzoiy qopchani olib, chiqib ketar ekan, saf tortgan o‘sha askarlar boshlari uzra oltinlarni sochib ketdi, keyin bo‘shagan qopchani uloqtirib chiqib ketdi. Tashqariga chiqqach: «Hasbunalloh va ne’mal vakil, biz buni kirayotib ham aytdik, chiqayotib ham» dedi.
Alloh taolo aytadi:
(#qç7n=s)R$$sù} 7pyJ÷èÏZÎ/ z’ÏiB «!$# 9@ôÒsùur öN©9 öNæhó¡|¡ôJt Öäþqß (#qãèt7¨?$#ur tbºuqôÊÍ «!$# 3 ª!$#ur rè @@ôÒsù {AOÏàtã
«Ularga Allohning ne’mati va fazli ila, yomonlik yetmasdan qaytdilar, Allohning rizoligini istadilar, Alloh ulug‘ fazl-marhamat sohibidir» [3:174]
Xizb ut Taxrir Kirgizstan
18 jumodulavval 1446h.
20-noyabr, 2024-y.