Turkiy davlatlar tashkiloti kimning manfaatiga xizmat qiladi?

0
19

Turkiy davlatlar tashkiloti kimning manfaatiga xizmat qiladi?

6 noyabr kuni Qirg‘izistonda Turkiy davlatlar tashkilotining 11 sammiti bo‘lib o‘tadi. Prezident ma’muriyatining ma’lum qilishicha, ushbu yig‘ilish “Turk dunyosi: iqtisodiy integratsiya, barqaror rivojlanish, barcha uchun raqamli kelajak va xavfsizlik” mavzusida o‘tkaziladi.

Sammit doirasida tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari dolzarb masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, shuningdek, bir qator ko‘p tomonlama hujjatlarni, jumladan, Sammitning yakuniy deklaratsiyasini imzolaydi.

Sammitda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari hamda kuzatuvchi davlatlarning rahbarlari ishtirok etadi.

Turkiy davlatlar tashkiloti 2009 yilda tuzilgan bo‘lib, 2018 yildan buyon Vengriya, 2021 yildan boshlab Turkmaniston tashkilotda kuzatuvchi sifatida ishtirok etib kelmoqda.

  Izoh:

Turkiy davlatlar tashkilotining asosiy maqsadi turkiy xalqlarni birlashtirish orqali Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiya va Xitoy ta’siridan uzoqlashtirishdir. Bunday siyosat Amerika manfaati uchun tashkilotga og‘alik qilayotgan Turkiya orqali amalga oshirilmoqda. Erdog‘an bu tashkilot orqali ichki siyosatda millatchilik tuyg‘ularini uyg‘otib, xalqlarning dastagini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda. Natijada tashqi siyosatda AQSHning Markaziy Osiyodagi ta’siri kuchayadi. Ayniqsa, Ukraina urushidan keyin Markaziy Osiyo mintaqasining strategik ahamiyati ortib bormoqda. Shu bois mintaqa davlatlari ko‘p vektorli siyosat bahonasida G‘arb bilan hamkorlikni bosqichma-bosqich kuchaytirmoqda. Xususan, Rossiya ham ayni paytda o‘ziga qo‘yilgan sanksiyalardan qochish uchun muqobil savdo yo‘llarini izlab, Turkiya orqali G‘arb bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor.

Biroq, aslida, barcha mustamlakachilarning maqsadi bir xil bo‘lib, ular faqat kuchsiz davlatlarni mustamlaka qilishni, boyliklarini talon-taroj qilishni, aholisini arzon ishchi kuchi sifatida ishlatishni xohlaydi. Turkiy Davlatlar Tashkiloti esa, hech qachon musulmonlar haqida qayg‘urmaydi va ularni himoya qilishga qodir ham emas. Hatto Xitoy zulmi ostida ezilayotgan turkiy uyg‘ur musulmonlarini ham himoya qilib chiqa olmaydi. Bu tashkilotga a’zo davlatlarning har biri allaqachon Xitoyning uyg‘ur birodarlarimizga nisbatan olib borayotgan zulmkor siyosatini bir ovozdan Xitoyning ichki ishi deb e’lon qilgan. Falastin masalasida ham quruq shiorlar va qoralovchi bayonotlardan nariga o‘ta olmayapti.

Shuning uchun musulmonlar har bir voqeaga o‘z aqidasidan kelib chiqib munosabat bildirishlari zarur. Boshqacha aytganda, musulmonlarning birlashishi shariatimiz taqiqlagan millatchilik va turkiylik asosida emas, balki butun insoniyatga taroqning tishlariday teng munosabatda bo‘lgan Islom asosida bo‘lishi lozim.

Shuning uchun biz musulmonlar bugungi xalqaro maydondagi hech qanday tashkilotni tan olmasligimiz kerak. Chunki ularning barchasi yuqoridagi mustamlakachi davlatlarning manfaati uchun tuzilgan. Biz bu tashkilotlar o‘rniga nafaqat musulmonlarni balki butun insoniyatni mustamlakachilik zulmatidan Islom nuriga olib chiqadigan davlatni qurishga harakat qilishimiz lozim! Bu davlatda Islomiy o‘lkalar o‘rtasida chegara to‘siq muammosi bo‘lmaydi. Aksincha, barcha Islomiy o‘lkalar adolatli Xalifa qo‘li ostida har qanday tahdidga qarshi bir tan bo‘lib kurashadilar! Bu davlat yaltiroq so‘zlarga, millatchilik yoki boshqa qadriyatlarga asoslanmaydi. Aksincha, Allohning qonuniga asoslanib, darhol Uning hukmini o‘rnatishga kirishadi. Mana shunda Islomiy yurtlarni talon-taroj qilayotgan, musulmonlar qonini suvdek oqizayotgan kofirlarga sichqonning uyi ming tanga bo‘lib qoladi. Shunday ekan, biz musulmonlar kofirlarning hiyla-nayranglariga va sassiq millatchilik g‘oyalariga aldanmay, Islom davlatini barpo etish uchun harakat qilishimiz kerak!

Mumtoz Mavarounnahriy

Izohlar yo'q