Japarov ko‘p qutbli siyosat olib borayotganini ma’lum qildi

0
43

Japarov ko‘p qutbli siyosat olib borayotganini ma’lum qildi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov hukumat tashqi siyosatda ko‘p qutbli siyosat olib borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u 16-oktabr kuni “Kabar” agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Hokimiyatga kelganimdan beri 4 yil davomida tashqi siyosatda ko‘p qutbli siyosat olib boraman. Kerak bo‘lsa, kuni kecha Yevropa Ittifoqi bilan ham hamkorlik bitimini imzoladik. MDHga a’zo boshqa davlatlar bilan ham yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz. So‘nggi 4 yilda MDH davlatlarining ayrim a’zolari bilan tovar ayirboshlash hajmi 7 barobar oshdi. Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 4 milliard dollardan oshdi”, dedi Japarov.

Eslatib o‘tamiz, Sadir Japarov 8 oktabr kuni “Rossiya-1” telekanali jurnalistining, “Rossiya bilan MDH davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarga G‘arbning qarashlari” haqidagi savoliga javob berar ekan, Rossiyaning boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishiga G‘arb davlatlari “ko‘rsatma bermasligi”ni ta’kidlagan edi.

“Ko‘p qutbli siyosat” so‘zi katta davlatlarning bosimidan qochish uchun asosan zaif davlatlarning rahbarlari tomonidan qo‘llaniladigan so‘zdir. Bu so‘z “Rossiya, Xitoy, AQSH, Yevropa kabi barcha katta davlatlarni rozi qilish uchun ularga mustamlakachilik eshiklarini teng ochish”, ma’nosini anglatadi.

Ma’lumki, bugungi kunda “ko‘p qutbli siyosat” mustamlakachi G‘arbning manfaatiga ishlamoqda. Zero, bu siyosat AQSH va Yevropa ta’sirining mamlakatga kirib kelishiga hamda Rossiya va Xitoyning ta’sirini siqib chiqarishiga yo‘l ochadi. Chunki Rossiya Qirg‘izistonni o‘zining mulki deb biladi. Har doim uni o‘ziga qaram holatda ushlab turishni xohlaydi. Shu maqsadda o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan MDH, KXTSH, SHHT, YEOII tashkilotlaridan unumli foydalanib kelmoqda. Lekin siyosiy va iqtisodiy zaifligi tufayli Xitoy va boshqa katta davlatlarning Qirg‘izistonga kirib kelishiga qattiq to‘sqinlik qila olmayapti. Biroq hokimiyatga kim kelmasin, u Rossiyaning roziligini olishga majbur. Aks holda, Rossiya yangi kelgan hukumatni Akayev, Bakiyev, Atambayev va Jeyenbekovlarning ahvoliga solib qo‘yishi mumkin.

AQSH esa, Qirg‘izistonda Rossiyadek ta’sir kuchiga ega bo‘lmasa-da, biroq ayrim malay kadrlarini hokimiyatga olib kelish orqali hamda ommaviy axborot vositalari va nodavlat tashkilotlar kabi “qo‘l-oyoq”lari orqali o‘z ta’sirini kengaytirib bormoqda. Shuningdek u o‘z ta’sirini yoyish uchun BMT, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, YUNISEF kabi xalqaro tashkilotlardan unumli foydalanmoqda. Bundan tashqari, 2018 yildan buyon Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirgan C5+1 sammitini o‘tkazib kelmoqda. Aslida AQSH Qirg‘izistonga qarata olib borayotgan siyosatini Rossiya va Xitoyga nisbatan strategik siyosati doirasida olib boradi. AQSHning Rossiyaga nisbatan strategiyasi, uning mustamlakalarini tortib olib, o‘zini kichik davlatga aylantirib qo‘yishdir. Xitoyga nisbatan strategiyasi esa, uni o‘z iniga qamab, tashqariga kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Hozirgi vaqtda Xitoy tahdidi Rossiyaga nisbatan kuchliroq bo‘lgani uchun AQSHning Xitoyga qarata axborot hujumi kuchayib bormoqda.

Xitoy esa Qirg‘izistonda, uzoq vaqtdan beri odatlangan sekin kirib borish siyosatini olib bormoqda. Shu maqsadda mintaqadagi qashshoq davlatlar qatori Qirg‘izistonni ham qarz bilan o‘ziga bog‘lab olmoqda. So‘nggi paytlarda SHHT tashkilotida o‘z ta’sirini kuchaytirib, Markaziy Osiyoda nafaqat iqtisodiy, balki xavfsizlik sohasida ham o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqara boshladi. Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi, mamlakatdagi deyarli barcha mineral resurslarning mushrik Xitoy kompaniyalari tomonidan o‘zlashtirilishi va aqlli kameralarning o‘rnatilishi bunga misol bo‘la oladi.

So‘nggi yillarda Yevropa Ittifoqi ham Qirg‘izistonda o‘z ta’sirini kuchaytirishga harakat qilmoqda. Ayniqsa, Ukraina urushidan keyin Yevropa Rossiyani zaiflashtirish uchun bor kuchini ishga solmoqda. Uning Qirg‘izistonga nisbatan qilgan harakatlari Rossiyaning kuchsizlanishi bilan bog‘liq. Japarov yuqorida tilga olgan shartnoma ham shu qulay vaqtda imzolandi.

Demak, Japarovning o‘zini oqlashi asosan Yevropa va Amerika boshchiligidagi xalqaro tashkilotlarga qaratilgan. Aniqrog‘i, u yangi shakllanayotgan iqtisodiy hamkorlik va investitsilarning to‘xtab qolishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Qirg‘iziston mana shu mustamlakachi davlatlarning talon-tarojlari ostida kun kechirmoqda. Shu bois mustamlakachilarning qo‘g‘irchoqlariga aylangan hukumat va muxolifatning deyarli barcha vakillariga nisbatan xalqning ishonchi yo‘qoldi. Kim qaysi davlatning malayi, kim populizm qilyapti, xalq buni yaxshi biladi. Faqat ko‘pchilik o‘sha siyosatchilar taklif qilayotgan yo‘ldan boshqa yo‘lni ko‘ra olmayapti. U boshqa yo‘l – Islomdir. Allohning irodasi bilan Qirg‘izistonda Islomiy ko‘rinishlar keng tarqalmoqda. Bunda har bir da’vatchi musulmonning va har bir Islom ummatining mehnati va hissasi katta. Shuning uchun yuqoridagi barcha yirik davlatlar birlashib, ushbu Islomiy doirani bo‘lib tashlashga qo‘llaridan kelgancha harakat qilmoqdalar. Xususan, “Mo‘tadil Islom”, “An’anaviy Islom” kabi turli loyihalar orqali Islomning siyosiy mohiyatini pardalashga harakat qilmoqdalar. Shuning uchun musulmonlar ularning tuzoqlariga tushib qolmay, iymoniy muhitini saqlab qolishga harakat qilishlari lozim. Har bir musulmon barcha ishlarini o‘z aqidasidan kelib chiqqan shariat hukmlar asosida ado etish bilan iymonini muhitini saqlab qolishi mumkin.

Mumtoz Mavarounnahriy

Izohlar yo'q