Go‘zal hisoblanadigan xulqlar

0
542

بسم الله الرحمن الرحيم

XULQLAR

Go‘zal hisoblanadigan xulqlar

Yaxshi qo‘shnichilik qilish:

Alloh Taolo aytadi:

 وَٱعۡبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَلَا تُشۡرِكُوا۟ بِهِۦ شَیۡـࣰٔاۖ وَبِٱلۡوَ ٰ⁠لِدَیۡنِ إِحۡسَـٰنࣰا وَبِذِی ٱلۡقُرۡبَىٰ وَٱلۡیَتَـٰمَىٰ وَٱلۡمَسَـٰكِینِ وَٱلۡجَارِ ذِی ٱلۡقُرۡبَىٰ وَٱلۡجَارِ ٱلۡجُنُبِ وَٱلصَّاحِبِ بِٱلۡجَنۢبِ وَٱبۡنِ ٱلسَّبِیلِ وَمَا مَلَكَتۡ أَیۡمَـٰنُكُمۡۗ

– „Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota-onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz“.              [4:36]

Ibn Umar va Oisha r.a. rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar s.a.v:

«مَا زَالَ جِبْرِيلُ يُوصِينِي بِالْجَارِ حَتَّى ظَنَنْتُ أَنَّهُ سَيُوَرِّثُهُ»

«Jabroil menga hadeb qo‘shni xaqida tavsiyalar beraverganidan qo‘shni ham meros oladigan bo‘lsa kerak, degan gumongacha borib yetdim», deganlar (muttafaqun alayh).

Abu Shurayh Xuzoiy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar s.a.a:

«مَنْ كَانَ يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ فَلْيُحْسِنْ إِلَى جَارِهِ …»

«Kim Allohga va Oxirat kuniga ishonsa, qo‘shnisiga yaxshilik qilsin», deganlar. Buxoriy rivoyatida:

«فَلْيُكْرِمْ جَارَهَ»

«qo‘shnisini siylasin», deyiladi (muttafaqun alayh).

Anas r.a. dan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambar s.a.v:

«وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ, لاَ يُؤْمِنُ عَبْدٌ حَتَّى يُحِبَّ لِجَارِهِ أَوْ لأَخِيهِ مَا يُحِبُّ لِنَفْسِهِ»

«Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, bir banda o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsasini qo‘shnisi yoki birodari uchun ham yaxshi ko‘rmaguncha, mo‘min bo‘lmaydi», deganlar. Muslimdan.

Abdulloh ibn Amr r.a. dan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambar s.a.v:

«خَيْرُ الأَصْحَابِ عِنْدَ اللَّهِ خَيْرُهُمْ لِصَاحِبِهِ, وَخَيْرُ الْجِيرَانِ عِنْدَ اللَّهِ خَيْرُهُمْ لِجَارِهِ»

«Allohning nazdida do‘stlarning yaxshisi do‘sti uchun yaxshi bo‘lganidir, Allohning nazdida qo‘shnilarning yaxshisi qo‘shnisi uchun yaxshi bo‘lganidir», deganlar. Ibn Huzayma, ibn Hibbon, Ahmad va Doramiy rivoyatlari. Hokim uni Muslim shartiga ko‘ra, sahih, degan.

Sa’d ibn Abu Vaqqos r.a. rivoyatida Payg‘ambar s.a.v. shunday deganlar:

«أَرْبَعٌ مِنْ السَّعَادَةِ: الْمَرْأَةُ الصَّالِحَةُ, وَالْمَسْكَنُ الْوَاسِعُ وَالْجَارُ الصَّالِحُ وَالْمَرْكَبُ الْهَنِيءُ …»

«To‘rt narsa saodat nishonasidir: Soliha ayol, keng uy, yaxshi qo‘shni va qulay ulov». Bu hadisni ibn Hibbon o‘zining «Sahih»ida chiqargan. Ahmad uni sahih sanad bilan rivoyat qilgan.

Nofe’ ibn Horis rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar s.a.v:

«مِنْ سَعَادَةِ الْمَرْءِ الْجَارُ الصَّالِحُ وَالْمَرْكَبُ الْهَنِيءُ وَالْمَسْكَنُ الْوَاسِعُ»

«Yaxshi qo‘shni, qulay ulov va keng uy kishining baxtidir», deganlar. Ahmad rivoyati. Munziriy va Haysamiy, uning odamlari sahih hadisning odamlaridir, degan.

Abu Zarr r.a dan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambar s.a.v:

«يَا أَبَا ذَرٍّ, إِذَا طَبَخْتَ مَرَقَةً فَأَكْثِرْ مَاءَهَا, وَتَعَاهَدْ جِيرَانَكَ»

«Ey Abu Zarr, sho‘rva pishirsang, suvini ko‘proq quy, qo‘shnilaring bilan baham ko‘r», deganlar. Muslimdan.

Abu Hurayra r.a. dan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambar s.a.v:

«يَا نِسَاءَ الْمُسْلِمَاتِ, لاَ تَحْقِرَنَّ جَارَةٌ لِجَارَتِهَا وَلَوْ فِرْسِنَ شَاةٍ»

«Ey musulmon ayollari, ayol kishi qo‘shni ayolni haqir sanamasin, garchi ular qo‘y boquvchi bo‘lsalar ham» deganlar, (muttafaqun alayh).

Oisha r.a. rivoyat qiladilar: Ey Rasululloh, mening ikki qo‘shnim bor, qaysi biriga narsa beraman, deb so‘ragan edim,

«إِلَى أَقْرَبِهِمَا مِنْكِ بَابًا»

«qaysi birining eshigi senga yaqinroq bo‘lsa, o‘shanisiga», deb javob berdilar. Buxoriydan.

Omonatdorlik:

Alloh Taolo aytadi:

إِنَّ ٱللَّهَ یَأۡمُرُكُمۡ أَن تُؤَدُّوا۟ ٱلۡأَمَـٰنَـٰتِ إِلَىٰۤ أَهۡلِهَا

– „Albatta, Alloh sizlarni omonatlarini o‘z egalariga topshirishga buyuradi“.     [4:58]

Huzayfa r.a. rivoyat qiladi:

«جَاءَ أَهْلُ نَجْرَانَ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالُوا: ابْعَثْ لَنَا رَجُلاً أَمِينًا, فَقَالَ لأَبْعَثَنَّ إِلَيْكُمْ رَجُلاً أَمِينًا حَقَّ أَمِينٍ, فَاسْتَشْرَفَ لَهُ النَّاسُ, فَبَعَثَ أَبَا عُبَيْدَةَ بْنَ الْجَرَّاحِ»

«Najron ahli Payg‘ambar s.a.v. ning oldilariga kelishib, bizga bir omonatdor odamni yuboring, deyishdi. Shunda Payg‘ambar s.a.v. sizlarga haqiqiy omonatdor odamni yuboraman, dedilar. Hamma o‘sha bo‘lishga intilardi. Shunda u kishi Abu Ubayda ibn Jarrohni yubordilar» (muttafaqun alayh).

Abu Zarr r.a. rivoyat qiladi:

«قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ, أَلاَ تَسْتَعْمِلُنِي, قَالَ فَضَرَبَ بِيَدِهِ عَلَى مَنْكِبِي, ثُمَّ قَالَ: يَا أَبَا ذَرٍّ, إِنَّكَ ضَعِيفٌ, وَإِنَّهَا أَمَانَةُ, وَإِنَّهَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ خِزْيٌ وَنَدَامَةٌ, إِلاَّ مَنْ أَخَذَهَا بِحَقِّهَا, وَأَدَّى الَّذِي عَلَيْهِ فِيهَا»

«Men: «Ey Rasululloh meni ham hokim qilmaysizmi?», dedim. U kishi yelkamga urib: «Ey Abu Zarr, sen zaifsan. Hokimlik omonatdir, kimki uni yetarli darajada e’tibor bilan qabul qilib olib, ustiga yuklangan burchni ado etmasa, qiyomat kunida u sharmandalik va nadomatdir», dedilar». (Muslimdan).

Huzayfa ibn Yamon r.a. dan rivoyat qilinishicha, u kishi shunday dedi: Bizga Payg‘ambar s.a.v. ikki hadisni aytgan edilar, men ulardan bittasini ko‘rdim, ikkinchisini esa kutyapman. Payg‘ambarimiz s.a.v. bizga shunday dedilar:

«أَنَّ الأَمَانَةَ نَزَلَتْ فِي جَذْرِ قُلُوبِ الرِّجَالِ …»

«Omonat er kishilarning qalbi to‘riga joylangan…» (muttafaqun alayh)

Abu Hurayra r.a rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar s.a.v. atroflaridagi ummatga shunday deganlar:

«اِكْفِلُوا لِى بِسِتٍّ أَكْفِلُ لَكُمُ الْجَنَّةَ, قُلْتُ: مَا هُنَّ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ قَالَ: اَلصَّلاَةُ, وَالزَّكَاةُ, وَالأَمَانَةُ, وَالْفَرْجُ, وَالْبَطْنُ, وَاللِّسَانُ»

«Menga olti narsaga kafolat beringlar, men sizlar uchun jannatga kafil bo‘laman. Men: «Ular qaysilar, ey Rasululloh?», deb so‘ragan edim: «Namoz, zakot, omonat, farj(avratni zino kabi haromlardan saqlash), qorin(ni harom taomlardan saqlash) va til(ni g‘iybat, yolg‘on, faxsh gap-so‘zlar kabi haromlardan saqlash)» deb javob berdilar». Tabaroniy rivoyati. Munziriy, uning isnodi bo‘laveradigan, degan. Haysamiy uni, hasan, degan.

Omonat shar’iy takliflardir. Yana bir qavlda: ularga(ya’ni shar’iy takliflar: erni oiladagi vazifasi, ayolni oilasi oldidagi, ota-onani farzandlari oldidagi, farzandlarni ota-onasiga bo‘lgan vazifasi, bir jamoa amiri yoki uning a’zolarining vazifasi, ishchilarni ishlatishlik, birovlar qo‘l ostidagi ishchi-xizmatchilik, do‘stlik, qarishdoshlik, o‘qituvchilik, olimlik, boshqalarga Islomni o‘rgatuvchi da’vatchi, boshqalarni mol-mulkini saqlab beruvchi, sovdogarning do‘konidagi sotuvchi, sirlarini qabul qiluvchi, omma mulkini jamlovchi, hullas, barcha ishlardagi shar’iy talablarga) itoat qilishdir, deyilgan. U hamma buyruq va taqiqlarni o‘z ichiga oladi. Xalifa, voliy, hokim, qozi, sho‘ro majlisining a’zosi, lashkar amiri, elchi, namoz o‘qiguvchi, ro‘za tutuvchi, haj qiluvchi, zakot beruvchi, da’vat etuvchi, odamlarga ezgulikni o‘rgatuvchi, tolibi ilm, muftiy, vaqfning mutavallisi, baytul-molning egasi, sotuvchi, chamalovchi, zakotlar bo‘yicha ish yurituvchi, xirojiy yerlarning boshqaruvchisi, mujtahid, muhaddis, muarrix, siyosat yozuvchi, o‘ljalar bo‘yicha ish yurituvchi, korxona mudiri, vakolat berish vaziri, ijro etish vaziri, tarjimon, maktabdagi bolalar o‘qituvchisi, oilasini boshqarayotgan erkak, erning uyiga qarab turgan xotin, tabib, doya, dori sotuvchi, emizuvchi, sherikchilik qiluvchi, ijaraga oluvchi, dorul-xilofatning mudiri, uning qo‘l ostidagi mudirlar – savdo-sotiq mudiri, mehmonxona mudiri, garaj mudiri, oshxona mudiri, qo‘riqlash bo‘limi mudiri, ovlovchi, xotini tarafiga o‘tayotgan kishi, sir saqlovchi, axborotchi, xabarlar teruvchi, ishi taqozosi bilan telefon va internetda odamlarning xabarlarini eshitadigan jurnalist va boshqalarning – hamma-hammasining gardaniga omonat yuklangandir. Demak, omonatning sha’ni ulug‘, maydoni kengdir. Oz yo ko‘p bo‘lsin, katta yo kichik bo‘lsin, mukallafning zimmasi undan xoli bo‘lmaydi. Omonatdor bo‘lish bilan odam har bir ishga, har tomonlama “ishonchli inson” sifatiga ega bo‘ladi.

Izohlar yo'q