Bayden AQSH armiyasini yadroviy urush uchun tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

0
125

Bayden AQSH armiyasini yadroviy urush uchun tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi

AQSH prezidenti Jo Bayden har 4 yilda yangilanib turadigan maxfiy hujjatda Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya bilan ehtimoliy yadro urushiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Amerika armiyasiga topshiriq berdi. Bu haqda “Nyu-York Tayms” gazetasi mart oyida imzolangan “Xitoy tahdidiga qaratilgan maxfiy yadro strategiyasi” nomli hujjatga tayanib xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, Baydenning strategiyasi, xususan Xitoyning rivojlib borayotgan yadro texnologiyalari va qurollariga qaratilgan. Hujjatda Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi ehtimoliy koordinatsion urushga qarshi tayyorgarlik rejasi ko‘rsatilgan. Hujjat maxfiy bo‘lganligi uchun elektron nusxasi olinmagan va u qog‘oz ko‘rinishida faqat taniqli harbiy rahbarlarga topshirilgan.

Izoh:

Amerika ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoda yetakchi davlat maqomini qo‘lga kiritdi. Aniqrog‘ aytganda, dunyoning istalgan mintaqasidagi hodisalarga ta’sir eta oladigan kuchga aylandi hamda buning uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy va harbiy kuchga ega bo‘ldi. AQSH bugungi kunga qadar o‘z mavqeyini saqlab kelmoqda va bu borada itoatkor malay davlatlardan muvaffaqiyatli foydalanmoqda. Xususan, turli mintaqalarda joylashgan harbiy bazalar Amerika qudratining saqlanib qolishida muhim rol o‘ynaydi. Masalan, Amerikaning Iroqqa bostirib kirishida asosiy vazifani uning Turkiyadagi harbiy bazalari bajardi. Hozirda Turkiyaning 16 ta hududida Amerikaning harbiy bazalari mavjud. Shuningdek, dunyoning turli mintaqalarida Amerikaning 800ga yaqin harbiy bazalari mavjud va ularda 320 000dan ortiq amerikalik askarlar xizmat qiladi. AQSH xossatan Xitoyning ta’siri kengayishining oldini olish maqsadida Yaponiyaga 60 920ta, Janubiy Koreyaga 29 220ta askar yubordi. Umuman olganda, 103 mingga yaqin askar Xitoyning Uzoq Sharqdagi ta’sirini cheklash uchun xizmat qiladi.

Ko‘rinib turibdiki, Amerikaning xalqaro maydondagi yetakchilik mavqeini saqlab qolishda mintaqalardagi malay hukmdorlarining roli katta. Iqtisodiy jihatdan esa Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki kabi moliyaviy tashkilotlar Amerikaning dunyodagi iqtisodiy ta’sirini saqlab qolish uchun xizmat qiladi.

Amerika bugungi kunda Xitoy, Yevropa va Rossiyaga qarshi kurashda o‘zining qo‘l-oyog‘iga aylangan yuqoridagi xalqaro tashkilotlardan hamda dunyoning har bir burchagida joylashgan harbiy bazalaridan foydalanadi, qarama-qarshi kuchlarni sindirish yoki chekintirish uchun ularni ishga soladi.

Ayni paytda AQSHga raqib bo‘lgan Angliya, Fransiya, Xitoy va Rossiya kabi mustamlakachi davlatlar ham o‘z ta’sirini saqlab qolish uchun mintaqadagi o‘zlarining harbiy bazalari va tashkilotlaridan foydalanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, malay hukmdorlar dunyoga urush-janjallar va fitnalar tarqatayotgan mustamlakachilar uchun mintaqalarda harbiy bazalar ochishga ruxsat bermaganda edi va ularning harbiy amaliyotlariga yordam bermaganda edi, mustamlakachilarning Islom yurtlaridagi hukmronliklari uzoq davom etmas edi. Ular ushbu harbiy bazalar yordamida musulmonlar yerlariga hujum qilib, yer osti va ustidagi boyliklarini talon-taroj qilmoqdalar.

Demak, bugungi kunda dunyoda hukmronlik qilayotgan adolatsizlikni to‘xtatish uchun Amerika boshlagan mustamlakachilikning ildizini Islomiy mintaqalardan kesib tashlash zarur. Bu qadam avvalambor musulmonlarni, qolaversa butun insoniyatni buzuqlik botqog‘idan qutqaradigan Xalifalik davlatining tiklanishiga yo‘l ochadi. Ana shunda Islom va musulmonlar dunyoga adolatni kafolatlab, farovon hayot baxshida etadi.

Nurdin Asanaliyev

Izohlar yo'q