Qirg‘iziston hukumati masjid va madrasalarni yopishda davom etmoqda!

0
64

Qirg‘iziston hukumati masjid va madrasalarni yopishda davom etmoqda!

Bishkek shahrida 60 nafar bolaga diniy ta’lim bergan “Iymon” madrasasining faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Bishkek shahar ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi. Madrasaning yopilishiga binoning holati sanitariya talablariga javob bermasligi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi yil boshidan beri Bishkekda va viloyatlarda o‘nlab masjid, madrasa va yozgi ta’tilda bolalarga diniy ta’lim beriladigan maskanlar yopilganini e’lon qildi. Bundan tashqari, fuqarolar yoki yuridik shaxslar diniy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun Diniy komissiyada ro‘yxatdan o‘tishlari shartligi qayd etilgan.

Izoh:

Qirg‘iziston hukumati allaqachon masjid va madrasalarga reydlar uyushtirib, “rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan”, degan bahona bilan 71ta masjid va 30ta madrasani yopib tashladi, 39ta diniy maskan va ziyoratgohlarga jarima soldi. 48ta masjid va 40ta madrasa yong‘in xavfsizligi talablarini buzganlikda ayblanib, ular ustidan dalolatnoma tuzilgan bo‘lsa, 55 ta masjid va 6 ta diniy ta’lim muassasalariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Aslida, hukumatning diniy qadriyatlarga qarshi bunday kurash olib borishi o‘zlari ulug‘lab kelayotgan konstitutsiyaga va xalqaro qonunlarga ziddir. Aniqrog‘i, demokratiyadagi din erkinligi va shaxs erkinligi insonga har qanday dinga e’tiqod qilish va har qanday imkoniyatdan foydalanishni kafolatlaydi. Bu “qadriyat” dunyoviy davlatning konstitutsiyaviy qonunidir. Xususan, musulmonlar masjid va madrasalarni asosan jamoat xayriyalari hisobidan quradilar. Bugungi kunda chor tarafni fasod qoplab olgan bir paytda musulmonlar farzandlariga o‘z dinini o‘rgatish uchun madrasalarga oshiqadi. Ayniqsa, yozgi ta’tilda bolalarning vaqtini behuda o‘tkazmaslik uchun diniy maskanlarga jo‘natish an’anaga aylangan. Biroq hukumat turli bahonalar bilan amalga oshirayotgan taqiqlar dinga qarshi kurashdan boshqa narsa emas.

Aslini olganda musulmonlar Islom hukmlariga mustamlakachi kofirlar va ularning malay hukmdorlari ruxsat bergani uchun yoki insonga erkinlik berilgani uchun amal qilmaydi. Aksincha, Allohning amri deb amal qilishadi. Shunday ekan, bu xoin rahbarlarga murojaat qilib aytamizki, Allohdan qo‘rqing va Islomga yuzlaning! Aslida sizning vazifangiz Islomiy qadriyatlarga qarshi kurashish emas. Aksincha, masjidlar qurish va u yerlarda shart-sharoitlar yaratib qo‘yishdir! Madrasalar ochib, musulmon yoshlarga o‘z dinlarini o‘rgatishdir! Lekin, afsuski, siz Allohning nazdida aziz bo‘lishni tanlash o‘rniga mustamlakachilarga malaylik qilish bilan horlikni tanlamoqdasiz! Modomiyki, to‘g‘ri yo‘lga qaytmas ekansiz, bu dunyoda xorlikdan qutila olmaysiz. Shubhasizki, oxiratdagi azob bundan ham qattiqroq bo‘ladi!

Nurdin Asanaliyev

Izohlar yo'q