بسم الله الرحمن الرحيم
#PleaFromUzbekistan
#صرخة_من_أوزبيكستان
#O‘ZBЕKISTONDAN_FARYOD
O‘zbekistonda sobiq zolim rejim davom etmoqda
Dunyoning turli mintaqalarida davom etayotgan urushlar xalqaro vaziyatni qaltis holatga olib keldi. Ushbu urushlarning ba’zilari super kuchlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashishga yaqinlashtirmoqda. Qolaversa, hal etilmagan iqtisodiy va ijtimoiy muammolar ham odamlarni boshi berk ko‘chaga solib qo‘ydi. Kapitalizmning ochko‘zligi tufayli yuzaga kelgan bu holatlar dunyoning barqarorligiga putur yetkazmoqda. Bunday sharoitda mustamlakachi kofirlar o‘z nufuzini va hukmronligini saqlab qolish uchun butun dunyoda Islom va musulmonlarga qarshi kurashlarini kuchaytirdi. Chunki bugungi kunda kapitalizm va boshqa turli mafkuralar qarshisida turgan haqiqiy muqobil mafkura Islom mafkurasidir. Islomning rahmati va adolatini ko‘rgan har qanday kishi kapitalizmdan darhol voz kechishib, Islomni to‘liq qabul qilishiga hech shubha yo‘q. Shuning uchun mustamlakachilar Islom va musulmonlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bormoqda. Bu kurashda malaylari bo‘lmish, o‘z ta’siri ostidagi musulmon mamlakatlaridagi rejimlarni ham ishga sola boshladilar. Buning yorqin misolini O‘zbekiston rejimi ko‘rsatib turibdi.
O‘zbekiston xalqi Islom diniga mustahkam amal qiladigan xalq bo‘lib, hatto kommunistlarning zulmi ham ularning qat’iyatini sindira olmadi. O‘zbekistonda kommunistlardan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan tog‘ut Karimov Islom diniga qarshi kurash boshladi, hijob va soqolga qattiq choralar ko‘rdi va musulmonlarga nisbatan dahshatli jinoyatlar sodir etdi. Karimov rejimi xalq orasida Hizb-ut-Tahrir fikrlari tarqalib borayotganini ko‘rgach, Hizb a’zolariga nisbatan dushmanligini kuchaytirdi. 1999 yilda oldindan rejalashtirilgan Toshkent portlashlarida Tog‘ut Karimov Hizb-ut-Tahrirni aybladi. O‘shandan beri Hizb a’zolarini shafqatsiz qamoqqa olish, qiynoqqa solish, zulm o‘tkazish va hatto o‘ldirish kampaniyasi davom etib kelmoqda. Aslida Hizb ut-Tahrir 1953 yilda tashkil topganidan beri hech qachon zo‘ravonlikka qo‘l urmagan. Hizbni zo‘ravonlikda ayblash ochiq tuhmatdir. G‘arb va Islomiy o‘lkalardagi unga malay bo‘lgan rejimlar o‘zlarining bu yolg‘on va tuhmatlarini hech qachon isbotlay olmadi. Chunki Hizb ut-Tahrirning Islomni hayotga qaytarish tariqati moddiy ishlarga yo‘l qo‘ymaydi. Shunga qaramay, minglab Hizb a’zolari hibsga olindi. Ular tog‘ut zindonlarida turli vahshiyliklarga guvoh bo‘lishdi. Karimov davrida shahid bo‘lgan Hizb a’zolarining karvoni juda uzun bo‘ldi. Biroq bu sinovlar yigitlarimizning iroda va shijoatini sindira olmadi, aksincha, da’vatda ularning qat’iyatini yana-da mustahkamladi.
Karimovdan keyin Mirziyoyev hokimiyatga keldi. U hokimiyatga o‘rnashib olishidan oldin katta va’dalar berib, zolim Karimovdan ko‘ra xalqqa “muloyimroq” ko‘rinishga harakat qildi. Ammo bugungi kunda Mirziyoyevning va’dalari yolg‘on ekanligi tobora oydinlashib bormoqda. Chunki Karimov rejimini eslatuvchi uslublar amalga oshirilib, yana soqol, hijob, niqobga qarshi choralar ko‘rilmoqda. Shuningdek, Hizb yigitlariga nisbatan tazyiqlar ham kuchaydi. Qonxo‘r Karimovning zulmini davom ettirayotgan O‘zbekiston hukumati Hizb ut-Tahrirning 23 nafar a’zosini yana hibsga oldi. Karimov davrida sudlangan va 1999-2000-yillardan buyon 20 yil umrini qamoqda o‘tkazgan kishilar ustidan, joriy yilning 9 may kuni yana o‘sha avvalgi ayblovlari asosida sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Toshkent, Andijon, Qo‘qon, Qarshi va Samarqand viloyatlarida 16 nafar yigit zo‘ravonlik va terrorchilik aybi bilan qayta hibsga olinib, Toshkentga yuborildi va ular ustidan tergov jarayoni davom etmoqda! Yigitlarni o‘ldirish bilan va qarindoshlari yoki oila a’zolarini qamoqqa olish bilan qo‘rqitish, turmush o‘rtog‘ini zo‘rlash bilan shantaj qilish usullari ham amalga oshirila boshlandi. Bu holatlar Karimov rejimining davom etayotganini tasdiqlab turibdi!
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, mustamlakachi G‘arb bu masalada O‘zbekiston rejimini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. O‘zbek rejimi mustamlakachilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlovi bilan bu vahshiyliklarni amalga oshirmoqda. Chunki inson huquqlari haqida og‘iz ko‘pirtirib kelayotgan Amerika va G‘arb davlatlari O‘zbekistondagi inson huquqlari haqida gapirmaydi. Haqiqatda esa, u yerda minglab odamlar “dinim Islom” degani uchungina qamoqqa olinib, har xil qiynoqlarga duchor qilinmoqda, hatto o‘lim bilan ham yuzlashmoqda. Shubhasizki, bu haqiqatni yoshu qari, hamma biladi. G‘arbni esa, o‘z manfaatlaridan boshqa narsa qiziqtirmaydi, u inson huquqlari va demokratiya haqida umuman o‘ylamaydi. Aksincha, u xalifalikda namoyon bo‘lgan Islomni dushman deb bilib, uni yo‘q qilish uchun bor kuchini sarflamoqda va buning uchun barcha malaylarini ishga solmoqda.
Yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston xalqi Islom dinini mustahkam ushlagan xalq bo‘lib, kommunistlarning zulmi ham ularning qat’iyatini sindira olmadi va bugungi kunda liberalizm terisiga o‘ranib olganlarning zulmiga qarshi turishiga ham shubha yo‘q. Islomga da’vat davom etaveradi. Hukmdorlar esa o‘tgan zolimlarning ahvolidan ibrat olsalar o‘zlari uchun yaxshi bo‘ladi. Alloh Taolo aytadi:
﴿وَالَّذِينَ يُؤْذُونَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ بِغَيْرِ مَا اكْتَسَبُوا فَقَدِ احْتَمَلُوا بُهْتَانًا وَإِثْمًا مُّبِينًا﴾
“Mo‘min va mo‘minalarga biron ayb qilmasalar ham ozor beradigan kimsalar bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar” [33:58].
Yana aytadi:
إِنَّ ٱلَّذِینَ یَكۡفُرُونَ بِـَٔایَـٰتِ ٱللَّهِ وَیَقۡتُلُونَ ٱلنَّبِیِّـۧنَ بِغَیۡرِ حَقࣲّ وَیَقۡتُلُونَ ٱلَّذِینَ یَأۡمُرُونَ بِٱلۡقِسۡطِ مِنَ ٱلنَّاسِ فَبَشِّرۡهُم بِعَذَابٍ أَلِیمٍ
“Allohning oyatlarini inkor qiladigan, payg‘ambarlarni nohaq o‘ldiradigan va odamlar orasidagi adolatga chaqiruvchi zotlarni o‘ldiradigan kimsalarga albatta alamli azob «xushxabar»ini yetkazing!” (3:21).
Hizb yigitlariga keladigan har qanday sinov ularning iymonini mustahkamlaydi. Chunki ular Allohning va’dasi aniq amalga oshadigan va’da ekanligiga qat’iy ishonadilar! Alloh Taolo aytadi:
وَأُخْرَى تُحِبُّونَهَا نَصْرٌ مِنَ اللهِ وَفَتْحٌ قَرِيبٌ وَبَشِّرِ الْمُؤْمِنِينَ
«Va (Alloh sizlarga) yana boshqa sizlar suyadigan (bir ne’matni ham berurki, u) Alloh tomonidan bo‘lgan g‘alaba va yaqin(da ro‘y berguvchi Makka) fathidir. (Ey Muhammad), mo‘minlarga (mana shu) xushxabarni yetkazing! . [61:13].
Qirg‘izistondan Markaziy matbuot bo‘limi uchun yozdi
Horun Abdulhak