Idoriy jihoz – Ummat manfaati

0
64

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hadisi Sharif bilan

Idoriy jihoz – Ummat manfaati

Aziz muxlislar, «Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

روى مسلم في صحيحه قال حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى وَأَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ وَأَبُو كُرَيْبٍ قَالَ يَحْيَى وَاللَّفْظُ لَهُ أَخْبَرَنَا وقَالَ الْآخَرَانِ حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ عَنْ الْأَعْمَشِ عَنْ أَبِي سُفْيَانَ عَنْ جَابِرٍ قَالَ بَعَثَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِلَى أُبَيِّ بْنِ كَعْبٍ طَبِيبًا فَقَطَعَ مِنْهُ عِرْقًا ثُمَّ كَوَاهُ عَلَيْهِ:

Muslim o‘zining “Sahih”ida shunday deydi: “Yahyo ibn Yahyo Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ubay ibn Ka’bga tabib yubordilar. Tabib uning tomirini kesib, so‘ngra jarohatini kuydirib davoladi”.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davlat rahbari sifatida Ummat manfaatlarini boshqarganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam odamlarning ishlari bilan shug‘ullanar, muammolarini hal qilar, munosabatlarini tartibga solar, ehtiyojlarini qondirar edilar. Bu ishlarni o‘zlari bajarardilar yoki bu ishlarni boshqarish uchun kotib tayinlardilar. Bunday idoriy ishlar odamlarning hayotini osonlashtirgani va qiyinchiliklarini bartaraf qilgani uchun idoriy ishlar qatoriga kiradi.

Yuqoridagi hadisi sharifda insonlarning muhim ehtiyojini qondirish vazifasi bajarilganligi ta’kidlandi. Bu davolanishga bo‘lgan ehtiyojdir. Zero, tibbiyot odamlarning asosiy ehtiyojlaridan biridir. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bemorlarni davolaydigan va sog‘liklarini tiklash uchun ularga zarur dori-darmonlarni beradigan shifokorlarni tayinlaganlar. Davolanish fuqarolarning muhim manfaatlaridan biri bo‘lib, Xalifa bu masalada ularga g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Odamlarning sog‘ligi va sog‘ayib ketishi uchun zarur bo‘lgan hamma narsani, ya’ni shifokorlar, shifoxonalar, dori-darmonlar, tibbiy asboblar, laboratoriyalar va davolanish uchun zarur bo‘lgan barcha materiallar, jihozlar va mutaxassislar bilan ta’minlash davlatning vazifasidir.

Inson manfaatlari ko‘p va xilma-xil bo‘lib, tibbiy ehtiyojlar bilangina cheklanmaydi. Ta’lim-tarbiya, yo‘l qurilishi, transport vositalari, suv, yaylov, elektr va issiqlik ta’minoti, qishloq xo‘jaligi uskunalari va texnikasi, jumladan, kombaynlar, o‘rim-yig‘im mashinalari, urug‘lar, ko‘chatlar va pestitsidlar bilan ta’minlash, dehqonlarga zaruriy bozor sharoitlarini yaratib berish ham Ummat manfaatlaridandir. Shuningdek, savdogarlar, ishlab chiqaruvchilar va boshqa hunarmandlar va tadbirkorlar uchun sharoit yaratib berish ham shular jumlasidan. Ummatning manfaatlari, aytib o‘tilganidek, ko‘p va xilma-xil hamda cheksiz va son-sanoqsizdir. Lekin ta’kidlamoqchi bo‘lgan narsa shuki, ushbu manfaatlar haqida qayg‘urish Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning amallariga asoslangan davlatning vazifalaridandir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga tabib hadya qilinganida, u zot uni hamma musulmonlarga qarashli qilib qo‘ydilar,  uni o‘zi uchun shaxsiy tabib qilib olmadilar. Bu esa tabobat Ummat manfaatlarining bir bo‘lagi ekanligiga dalolatdir.

Ta’lim masalasida:

روى الحاكم في المستدرك على الصحيحين عن ابن عباس رضي الله عنهما، قال: »كان ناس من الأسارى  يوم بدر ليس لهم فداء، «فجعل رسول الله صلى الله عليه وسلم فداءهم، أن يعلموا أولاد الأنصار الكتابة» هذا حديث صحيح الإسناد ولم يخرجاه

Hokim «Mustadrak»da Ibn Abbos roziyallohu anhudan shunday deganligini rivoyat qiladi: “Badr kunida asirlar orasida fidya to‘lashga qurbi yetmagan odamlar bor edi. Shunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam  ansorlar bolalariga yozishni o‘rgatishlarini ularning fidyasi qilib belgiladilar”. Bu hadis isnodiga ko‘ra sahihdir, lekin ikki shayx (Buxoriy, Muslim) rivoyat qilmagan.

Fidya Ummatga tegishli o‘ljalardan biri bo‘lgani uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning amallaridan, ta’lim musulmonlar manfaatlarining bir bo‘lagi, deb tushunsa bo‘ladi.

Tadbirkorlik sohasiga kelsak:

روى أبو داوود في سننه عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ: “أَنَّ رَجُلًا مِنْ الْأَنْصَارِ أَتَى النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَسْأَلُهُ فَقَالَ: أَمَا فِي بَيْتِكَ شَيْءٌ؟ قَالَ: بَلَى حِلْسٌ نَلْبَسُ بَعْضَهُ وَنَبْسُطُ بَعْضَهُ وَقَعْبٌ نَشْرَبُ فِيهِ مِنْ الْمَاءِ، قَالَ: ائْتِنِي بِهِمَا، قَالَ: فَأَتَاهُ بِهِمَا فَأَخَذَهُمَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِيَدِهِ وَقَالَ: مَنْ يَشْتَرِي هَذَيْنِ؟ قَالَ رَجُلٌ: أَنَا آخُذُهُمَا بِدِرْهَمٍ، قَالَ: مَنْ يَزِيدُ عَلَى دِرْهَمٍ مَرَّتَيْنِ أَوْ ثَلَاثًا؟ قَالَ رَجُلٌ: أَنَا آخُذُهُمَا بِدِرْهَمَيْنِ، فَأَعْطَاهُمَا إِيَّاهُ وَأَخَذَ الدِّرْهَمَيْنِ وَأَعْطَاهُمَا الْأَنْصَارِيَّ وَقَالَ: اشْتَرِ بِأَحَدِهِمَا طَعَامًا فَانْبِذْهُ إِلَى أَهْلِكَ وَاشْتَرِ بِالْآخَرِ قَدُومًا فَأْتِنِي بِهِ، فَأَتَاهُ بِهِ فَشَدَّ فِيهِ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عُودًا بِيَدِهِ ثُمَّ قَالَ لَهُ: اذْهَبْ فَاحْتَطِبْ وَبِعْ وَلَا أَرَيَنَّكَ خَمْسَةَ عَشَرَ يَوْمًا، فَذَهَبَ الرَّجُلُ يَحْتَطِبُ وَيَبِيعُ فَجَاءَ وَقَدْ أَصَابَ عَشْرَةَ دَرَاهِمَ فَاشْتَرَى بِبَعْضِهَا ثَوْبًا وَبِبَعْضِهَا طَعَامًا، فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: هَذَا خَيْرٌ لَكَ مِنْ أَنْ تَجِيءَ الْمَسْأَلَةُ نُكْتَةً فِي وَجْهِكَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، إِنَّ الْمَسْأَلَةَ لَا تَصْلُحُ إِلَّا لِثَلَاثَةٍ لِذِي فَقْرٍ مُدْقِعٍ أَوْ لِذِي غُرْمٍ مُفْظِعٍ أَوْ لِذِي دَمٍ مُوجِعٍ”.

Abu Dovud «Sunan»ida Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Ansorlardan bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, bir narsa berishni so‘radi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam undan, uyingda hech narsa yo‘qmi, deb so‘radilar. U, birini kiyganda, birini yoyib qo‘yadigan kiyimim va suv ichadigan idishim bor, dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘sha ikki narsani olib kel, dedilar. U narsalarni olib keldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam u ikki narsani qo‘llarida ushlab turib, shularni kim sotib oladi? – dedilar. Bir kishi: Men bir dirhamga sotib olaman, dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: Kim bu bir dirhamga ikki yoki uch dirham qo‘shishi mumkin? dedilar. Bir kishi, men ularni ikki dirhamga olaman, dedi. Unga narsalarni berib, ikki dirhamni oldilar-da, ularni ansoriyga berib, biriga oilang uchun narsa olib borib tashla, ikkinchisiga esa bir bolta sotib olib, mening yonimga kel, dedilar. U bolta sotib olib keldi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam unga o‘z qo‘llari bilan sop qildilar. Keyin, endi borib, o‘tin qilib sot, seni o‘n besh kungacha ko‘rmayin, dedilar. Ansoriy o‘tin qilib sotishga ketdi. U kelgan paytida o‘n dirham ishlab topgandi. Bir qismiga kiyim-kechak, bir qismiga oziq-ovqat sotib oldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Qiyomat kuni tilanchilik yuzingda dog‘ bo‘lib kelganingdan ko‘ra, bu sen uchun yaxshiroqdir. Tilanchilik faqat uch kishiga, o‘ta ketgan kambag‘al yoki juda ko‘p qarzi bor yoki fidya to‘lay olmaydigan kishi to‘g‘ri keladi dedilar” .

Yo‘l masalasida:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z davrida tortishib qolingan yo‘lning kengligini yetti gaz qilib belgilaganlar.

فقد روى البخاري عَنْ عِكْرِمَةَ: سَمِعْتُ أَبَا هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَال  قَضَى النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا تَشَاجَرُوا فِي الطَّرِيقِ بِسَبْعَةِ أَذْرُعٍ

Imom Buxoriy Ikrima roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Men Abu Hurayra roziyallohu anhuning «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning, agar yo‘l xususida ixtilof qilsangizlar, uning kengligini yetti gaz qilib belgilang, deb hukm qilganlarini eshitdim”.

Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yo‘lni o‘zlashtirib olishdan qaytardilar:

أخرج الطبراني في الصغير عن الحكم بن الحارث السلمي: سمعت رسول الله صلى الله عليه وآله وسلم يقول: «من أخذ من طريق المسلمين شبرا طوقه الله يوم القيامة من سبع أرضين

Tabaroniy “As-Sag‘ir” kitobida Hakam ibn Al-Horis as-Sulamiydan shunday rivoyat qiladi: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Kimki yo‘ldan bir qarich yerni (o‘zlashtirib) olsa, qiyomat kuni Alloh uning bo‘yniga yetti qat yerning javobgarligi yuklab qo‘yadi”, degan so‘zlarini eshitganman.

Qishloq xo‘jaligiga kelsak:

روى مسلم في صحيحه عَنْ عُرْوَةَ بْنِ الزُّبَيْرِ أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ الزُّبَيْرِ حَدَّثَه أَنَّ رَجُلًا مِنْ الْأَنْصَارِ خَاصَمَ الزُّبَيْرَ عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي شِرَاجِ الْحَرَّةِ الَّتِي يَسْقُونَ بِهَا النَّخْلَ، فَقَالَ الْأَنْصَارِيُّ سَرِّحْ الْمَاءَ يَمُرّ،ُ فَأَبَى عَلَيْهِمْ فَاخْتَصَمُوا عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِلزُّبَيْرِ: اسْقِ يَا زُبَيْرُ ثُمَّ أَرْسِلْ الْمَاءَ إِلَى جَارِكَ ُ

Muslim o‘zining “Sahih”ida Urva ibn Zubayr roziyallohu anhudan Abdulloh ibn Zubayr unga shunday hadis aytib berganini rivoyat qiladi: “Ansorlardan bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida xurmo daraxtini sug‘orish uchun Zubayrning chegarasini kesib o‘tgan ariq ustida Zubayr bilan tortishib ketdi. Ansoriy: “Suvning yo‘lini och, o‘tsin», dedi. Zubayr bosh tortdi. Natijada ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida bahslashib ketishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zubayrga: “Ey Zubayr, oldin o‘zing sug‘orgin-da, keyin suvni qo‘shningga yubor”, dedilar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam musulmonlarning manfaatlarini mana shunday tartibga solib, ularning idoriy ishlarini yengil va oson hal qilganlar. Bu borada ayrim sahobalarning yordamidan ham foydalanganlar. Shunga ko‘ra, odamlar manfaatlari bilan shug‘ullanadigan bir jihoz bo‘lib, uni Xalifaning o‘zi boshqaradi yoki uni boshqarishga bir iqtidorli mudir tayin qiladi. Hizb-ut-Tahrir Xalifaning og‘irini yengil qilish maqsadida, ayniqsa, hozirgi kunda manfaatlarning tarmoqlari kengayib, ko‘payib ketganligi sababli, odamlar manfaatlari bilan shug‘ullanadigan bir jihoz tashkil qilishni va unga odamlar qulay yashashlari uchun munosib vositalar qo‘llay oladigan, odamlarni kerakli xizmatlar bilan ta’minlay oladigan bir iqtidorli kishini mudir etib tayinlashni tabanniy qildi.

Bu jihoz boshqarmalar, bo‘limlar va idoralardan tashkil topadi. Fuqarolik, aloqa, pul chiqarish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, ish bilan ta’minlash, yo‘l qurilishi va hokazo, bular yuqori idoraga bo‘ysunadi.

Idoriy jihoz o‘zi va o‘ziga qarashli bo‘linmalarni boshqarish uchun javobgardir. Bo‘lim ham o‘zi va o‘ziga qarashli bo‘limlarning ishi uchun javobgardir. Bu boshqarmalar, bo‘limlar va idoralar davlat ishlarini boshqarish hamda odamlar manfaatlarini himoyalash uchun tashkil qilinadi.

Bu bo‘limlar va idoralarning ishlari muammosiz ketishini ta’minlash uchun ularga mas’ullar tayinlash lozim. Shunga ko‘ra, har bir boshqarmaga uni boshqaradigan bosh rahbar tayinlanib, u o‘ziga tobe bo‘lgan barcha bo‘limlar va idoralarni nazorat qilib turadi. Har bir bo‘lim va idoraga ham shu bo‘lim va idora ishlariga bevosita javobgar bo‘luvchi bir rahbar tayinlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, erkak yoki ayol, musulmon yoki nomusulmon bo‘lishidan qat’iy nazar fuqarolikni olgan har bir iqtidorli odam idoriy jihozdagi biror boshqarmaga boshliq etib tayinlanishi yoki xizmatkor bo‘lishi mumkin. Bu ijaraga doir hukmlardan olingan. Zero, davlatdagi mudirlar va amaldorlar yollangan kishilardir. Yollash xususidagi dalillar umumiy ma’noda kelgani uchun erkak yoki ayol, musulmon yoki nomusulmon bo‘lishidan qat’iy nazar, har bir fuqaro yollanishi mumkin. Alloh Taolo aytadi:

فَإِنْ أَرْضَعْنَ لَكُمْ فَآَتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ.

“Endi agar (taloq qilgan ayollaringiz) sizlar uchun (bola) emizsalar (ya’ni o‘zlarining sizlardan bo‘lgan bolalarini emizsalar), u holda ularning (emizganliklari uchun) ajr-haqlarini beringlar!”. Bu yerdagi buyruq musulmongagina xos bo‘lmay, umumiy ma’noda kelgan

وروى البخاري عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: “قَالَ اللَّهُ: ثَلَاثَةٌ أَنَا خَصْمُهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، رَجُلٌ أَعْطَى بِي ثُمَّ غَدَرَ، وَرَجُلٌ بَاعَ حُرًّا فَأَكَلَ ثَمَنَهُ، وَرَجُلٌ اسْتَأْجَرَ أَجِيرًا فَاسْتَوْفَى مِنْهُ وَلَمْ يُعْطِ أَجْرَهُ”

Buxoriy Abu Hurayradan rivoyat qilishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Alloh Taolo aytadi: Uch toifa odam borki, qiyomat kunida Men ularning dushmaniman: Mening nomim bilan qasam ichib, so‘ng xiyonat qilgan kimsa, ozod odamni sotib yuborib pulini yegan kimsa, kishini yollab, undan to‘la foydalanib uning ish haqqini bermagan kimsa”.

Bu hadisi sharifda ish haqini bermaslik haqida so‘z borar ekan, mutlaq aytilgan. Faqat musulmon yoki erkak kishiga tegishli bo‘lgan muqayyad qilib aytilmagan. Umumiy va mutlaq kelgan.

Bu Xalifalikdagi Idoriy jihoz Ummat manfaatlarini osonlik bilan hal qiladigan jihoz ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun davlat bu borada yengil qonunlar qabul qiladi hamda malakali rahbarlarni tayinlaydi. Poraxo‘rlik va qarindosh-urug‘chilik tufayli odamlarning hayotini og‘ir ahvolga solib qo‘yayotgan hozirgi tuzumning qiyinchiliklariga hech qachon qaytmaymiz, InshaAlloh.

Allohim, bizlarga Xalifalik davlatini tezlashtirgin va uning g‘amxo‘rliklaridan bizga ham nasib etgin…

Aziz birodarlar va opa-singillar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

27 Zulhijja, 1445h yil.

03 Iyul,           2024m yil.

Izohlar yo'q