“Xitoy – Qirgʼiziston – Oʼzbekiston” temir yoʼli loyihasiga Xitoy egalik qiladi

0
51

“Xitoy – Qirgʼiziston – Oʼzbekiston” temir yoʼli loyihasiga Xitoy egalik qiladi

Qirgʼiziston Jogorku Keneshi 19 iyun kungi yigʼilishida “Xitoy-Qirgʼiziston-Oʼzbekiston” temir yoʼli qurilishi toʼgʼrisidagi uch davlat hukumatlari tomonidan imzolangan bitimni darhol uch oʼqishda qabul qildi.

Transport va kommunikatsiyalar vaziri oʼrinbosari Irisbek Barievning soʼzlariga koʼra, temir yoʼl Torugartdan kirib, Makmal orqali Jalolobodga boradi, soʼngra Oʼzbekistonga oʼtadi.

Temir yoʼl loyihasining qiymati 4 milliard 700 million dollarga baholangan. Loyihani amalga oshirish uchun uch davlat oʼrtasida loyiha tuzuvchi kompaniya tashkil etiladi. Loyihani amalga oshirish uchun Xitoy mazkur kompaniyaga 2 milliard 332 million dollar kredit beradi. Qolgan 1 milliard 187 million dollari Pekin, Bishkek va Toshkent zimmasiga 573 million dollardan tushadi. Xitoyning kompaniyadagi ulushi 51 foizni, tashkil etadi. Qolgan 49 foizi Qirgʼiziston va Oʼzbekiston oʼrtasida 24,5 foizdan taqsimlanadi. Xarajatlar qoplagandan keyin Temir yoʼl Qirgʼizistonga oʼtadi. Uning dastlabki muddati 31 yil qilib belgilangan. Temir yoʼl qurilishiga Xitoyning “China Railway International” kompaniyasi, Qirgʼizistonning “Qirgʼiz temir yoʼli” davlat korxonasi va Oʼzbekistonning “Oʼzbekiston temir yoʼllari” aktsiyadorlik jamiyati masʼul boʼladi.

Temir yoʼlning umumiy uzunligi 480 kilometr boʼlib, uning 311 kilometri Qirgʼiziston hududidan oʼtadi. Mamlakatda 18 ta stantsiya, 81 ta koʼprik, 41 ta tunnel quriladi. Maqmalda temir yoʼl ikki xil kenglikda quriladi va u yerda yuklarni qayta yuklash stantsiyasi quriladi. Temir yoʼl ham yuk, ham yoʼlovchi tashish vazifasini bajara oladi. Temir yoʼl qurilishi joriy yilning avgust oyida boshlanishi aytilmoqda.

Deputat Oʼrmonovning aytishicha, mazkur shartnoma tafsilotlari qonun loyihasida koʼrsatilmagan. Investitsion kelishuv hukumat darajasida koʼrib chiqiladi.

Eslatib oʼtamiz, 20 yildan beri muhokama qilib kelinayotgan Xitoy-Qirgʼiziston-Oʼzbekiston temir yoʼli loyihasi boʼyicha uch tomonlama hamkorlik Shanxay hamkorlik tashkilotining 2022 yil Samarqandda boʼlib oʼtgan sammitida imzolangan edi.

Izoh:

Temir yoʼl yuk tashishda narxi arzonligi boʼyicha dunyodagi eng muhim strategik yoʼnalish hisoblanib, suv transportidan keyingi oʼrinda turadi. Yuqoridan maʼlum boʼlishicha, temir yoʼl qurilishi bilan Xitoyning mintaqadagi taʼsiri, shubhasiz, ortadi. Shu paytgacha temir yoʼl loyihasi Rossiyaning mintaqadagi manfaatlariga zid boʼlgani uchun amalga oshmay turgan edi. Hozirda Ukraina botqogʼiga botib qolgan Rossiya Markaziy Osiyodagi taʼsirini Xitoy bilan boʼlishishga majbur. Xitoy ushbu loyiha bilan cheklanib qolmay, mintaqadagi boshqa davlatlar bilan savdo markazlarini qurish orqali iqtisodiy ekspansiyani oshirishga (yaʼni, yangi hududlar va bozorlarni egallash hamda taʼsir doirasini kengaytirishga) harakat qilmoqda.

Soʼnggi oʼn yil ichida Qirgʼiziston va Xitoy oʼrtasidagi hamkorlik oʼta faol rivojlanib bormoqda. Mamlakatda Xitoyning 300 dan ortiq korxonasi, shuningdek, 200 ga yaqin Qirgʼiziston-Xitoy qoʼshma korxonalari faoliyat yuritmoqda. Togʼ-kon sanoati korxonalarining 80 foizi esa Xitoy kompaniyalariga tegishli. Xitoy kompaniyalari oʼz faoliyati toʼgʼrisida hech qanday hisobot taqdim etmaydi, shuning uchun ular qancha miqdorda kon qazib olayotgani yoki mamlakatdan qancha boylik olib chiqib ketayotgani maʼlum emas. Oʼtgan hafta prezident Sadir Japarov mamlakatdan oltin konlari va rudalarini eksport qilishga ruxsat beruvchi qaror qabul qildi. Bu esa, yana mineral resurslarning behisob chiqib ketishiga yoʼl ochadi.

Koʼrinib turganidek, bir tomondan Xitoydan qarzimiz ortib borayotgan boʼlsa, ikkinchi tomondan aksariyati Xitoyga qarashli korxonalar yer osti boyliklarimizni talon-taroj qilmoqda. Bundan tashqari kredit sifatida Xitoydan olingan qarzlarning aksariyati yana Xitoyga qaytib ketadi. Buning misolini mamlakatimizdagi ikkita yirik loyihada koʼrishimiz mumkin. Bishkek issiqlik elektr stantsiyasini modernizatsiya qilish uchun Xitoy bankidan 386 million dollar, “Datka-Kemin” liniyasini qurish uchun esa, 389 million dollar kredit olindi. Ushbu ikkita yirik loyiha Xitoyning TVEА kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Boshqacha aytganda, Xitoydan kredit olib, oʼziga qaytarib berdik, ammo qarz zimmamizda qoldi.

Demak, yuqorida tilga olingan temir yoʼl loyihasi Oʼzbekiston va Qirgʼizistonning iqtisodiy manfaatlari uchun zarur boʼlsa, bunda Xitoyning iqtisodiy manfaatlariga qoʼshimcha ravishda strategik va siyosiy manfaatlari ham bor. Аniqrogʼi, Xitoy mintaqa davlatlarini ekspansiya qilish orqali mineral resurslar va xomashyoga ega boʼlishni hamda oʼz tovarlari uchun yangi bozorlar ochishni istaydi.

Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo davlatlari Rossiyaning iqtisodiy zaiflashgani tufayli Xitoy bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda. Shunday ekan, Xitoyga qul boʼlib qolmaslik uchun uning iqtisodiy, saqofiy va harbiy bosqinchiligiga qarshi turishimiz lozim. Hokimiyatdagi rasmiylarni ham xalqning xohish-istaklariga boʼysundirish zarur. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi musulmonlar Xitoy bosqinidan va Rossiya hukmronligidan qutulish uchun avvalo birlashishi kerak. Bu birlashish millatchilik, vatanparvarlik kabi vaqtinchalik tuban fikrlar asosida emas, balki barcha sohalar uchun asos boʼladigan Islomiy eʼtiqodga asoslanishi kerak. Faqat mana shu Islomga asoslangan boshqaruv tizimi bizni mustamlakachilar zulmidan himoya qiladi va jamiyatimizning tinch hayot kechirishini kafolatlaydi.

Mumtoz Mavarounnahriy

Izohlar yo'q