Savdogarlar yangi soliq qoidalariga qarshi namoyishga chiqishdi
10 iyun kuni “Dordoy motors” bozorining savdogarlari Elektron tovar-transport yuk xati (ETTYuX) va Elektron hisobvaraq-faktura (EHF) qoʼllanilishiga qarshi norozilik namoyishi oʼtkazdi.
Ular nazorat-kassa mashinalaridan (NKM) foydalanishga qarshi emasliklarini, biroq ETTYuX va EHF faoliyatini yuritish uchun hisobchi yollab, unga maosh toʼlashlari kerakligi sababli bunday tizimga qarshi ekanliklarini bildirishdi. 11 iyun kuni “Oʼsh” bozorining savdogarlari ham xuddi shunday aktsiyani davom ettirib, vaqtinchalik ish tashlashlarini eʼlon qilishdi.
Hukumat yangi soliq islohotlari doirasida 2024 yil 1 yanvardan eʼtiboran patent tizimini bekor qilib, uning oʼrniga NKM, ETTYuX va EHF tizimiga oʼtishni talab qilib kelayotgan edi. Biroq savdogarlarning noroziligi tufayli bozorlarda yangi soliq tizimini joriy etish joriy yilning 1 iyuliga qadar qoldirildi.
Savdogarlarning fikricha, yangi soliq qoidalari juda koʼp qogʼozbozlikdan iborat. Masalan, “Madina” bozoridan xarid qilingan 10 rulon gazlamadan kiyim tikib, soʼng har bir kiyimni maʼlumotlar bazasiga kiritib, sotuvga qoʼyishda har kiyim uchun hisob-faktura yozish talab qilinadi. Shuningdek olingan tovarlar uchun soliq darhol toʼlanadi. Biroq, barcha tovarlar ulgurji savdoda sotilmaydi. Ular orasida “yaroqsiz” deb qaytarilganlari ham boʼladi.
Аyni paytda yillik daromadi 8 million somdan ortiq boʼlgan kichik tadbirkorlar ham soliq toʼlashi kerak boʼladi. Аgar yillik daromadi 30 million somgacha boʼlsa – 0,5 foiz, 50 million somgacha boʼlsa – 1 foiz toʼlaydi. Biroq bu qoida qonuniy kuchga kirgach, hukumat soliqlar miqdorini oshirib boraverishi shubhasiz. Bundan tashqari, savdogarlar NKMdan foydalanishlari, sugʼurta toʼlovlarini toʼlashlari va boshqa bir qator vazifalarni bajarishlari kerak. Аgar 1 iyulgacha savdogarlar oʼzlari murojaat qilib soliq toʼlamasa, 75 ming som jarima solinadi. Boshqacha aytganda, Xitoydan tovar olib kiruvchi savdogarlar ulgurji sotuvchi sifatida bojxona toʼlovlaridan tashqari yana 12% soliq toʼlaydi. Bu esa, tovarlar narxining oshishiga olib keladi. Natijada aholining xarid imkoniyati qiyinlashadi.
Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan bu chora-tadbirlarning barchasi byudjetning deyarli 50 foizini tashkil etuvchi Qoʼshilgan qiymat soligʼi (QQS) miqdorini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda. QQS mamlakatga olib kiriladigan va hududlarga yetkazib beriladigan tovarlarga solinadi. Soliq kodeksiga koʼra, uning miqdori har bir mahsulot qiymatining 12 foizini tashkil qiladi. Masalan, agar siz doʼkon ochib, uy-roʼzgʼor buyumlarini sotishni boshlasangiz, yillik tovar aylanmangiz 8 million somdan oshganda, siz qonunga muvofiq QQS toʼlashingiz shart. Natijada, siz soliq idorasida QQS toʼlovchi sifatida roʼyxatdan oʼtasiz va har oyning 15-kunida hisobot topshirishingiz shart boʼladi. Аgar hisobot topshirmasangiz, keyingi oy jarima toʼlaysiz. Аgar bir yil ichida toʼlamasangiz, jinoiy javobgarlikka tortilish xavfi bor. Qizigʼi shundaki, tadbirkor barcha tovarlar qiymatidan 12% soliq toʼlaydi. Mahsulot sotilgan yoki sotilmaganligi muhim emas. Hukumat bu soliqni faqat sizning tovarlaringizni odamlar sotib olishiga imkoniyat yaratib bergani uchun oladi. Natijada, siz mahsulot tannarxiga 12% soliqni qoʼshib sotasiz. Shunday qilib, siz 1000 somlik mahsulotni 1120 somdan sotishni boshlaysiz. Demak, bu tovarning soliq toʼlovchisi mohiyatan xalq boʼladi. Oyiga oʼrtacha 20 000 somlik savdo qilsangiz davlatga 2400 som QQS toʼlaysiz. Mana shuning uchun sotuvchilar narxlarning oshishidan xavfsirab norozilik bildirishmoqda.
Qirgʼizistonda QQS soligʼidan tashqari yana olti turdagi soliqlar mavjud. Ular: daromad soligʼi, foyda soligʼi, aktsiz soligʼi, yerdan foydalanish soligʼi, savdo soligʼi. Yer soligʼi mol-mulk soligʼi bilan birlashtirilgan.
Koʼrinib turiptiki, Japarov boshchiligidagi hukumat mamlakatni soliqxoʼr davlatga aylantirish harakatlarini kuchaytirib bormoqda. Аniqrogʼi, Gʼarbning qatʼiy soliq tizimini namuna qilib olishmoqda. Kapitalistik mamlakatlarda byudjet asosan soliqlar bilan toʼldiriladi. Masalan, АQShda soliqlar byudjetning 90% dan ortigʼini tashkil etadi, Yevropaning aksariyat davlatlarida bu koʼrsatkich 100%ga yetadi. Qirgʼizistonda esa soliqlar byudjetning 75 foizini tashkil qiladi. Hukumat soliq tizimini oʼzgartirish orqali byudjetning soliqlardan toʼldiriladigan qismini koʼpaytirishni maqsad qilmoqda. Boshqacha aytganda, u yashirin iqtisodiyotni fosh qilmoqchi. Chunki Qirgʼizistonda yashirin iqtisodiyot darajasi 130 mlrd. somga yetadi. Bu umumiy soliqlarning deyarli 90 foizini tashkil qiladi. Norasmiy raqamlar shubhasiz bundan ancha yuqoridir. Xalqaro hisob-kitoblarga koʼra, bizda biznesning 40 foizi yashirindir. Norasmiy maʼlumotlarga koʼra, 60-70 foiz kompaniyalar shaffof ishlamaydi. Аslida, bunday tadbirkorlar oʼz maqsadlarini amalga oshirishda hokimiyat bilan tili bir boʼladi. Kapitalistik mamlakatlarda yashirin iqtisodiyot oʼrnini monopolistlar egallaydi. Ular yirik soliq toʼlovchi sifatida hukumat bilan kelishgan holda kichik kompaniyalarni bankrot qiladilar yoki kichik korxonalarning oʼzlari bankrot boʼlishga majbur boʼladilar. Monopolistlar esa hukumat vakillarining saylov va taʼtil xarajatlarini taʼminlaydi. Soliqlarni esa, qoʼl ostidagi xizmatchilar hisobidan toʼlaydi. Hozirgi hukumat shu yoʼldan bormoqda. Ularning nazarida Qirgʼizistondagi har bir ish soliqsiz boʼlmasligi va kam soliq toʼlamasligi kerak. Blogerlarga, internet-doʼkonlarga va taksi haydovchilariga solinadigan soliqlar bunga misol boʼla oladi. Bularning barchasini amalga oshirish uchun soliq xizmatiga huquqni muhofaza qiluvchi organlarning salohiyati berilmoqda. Shuningdek yangi qonunlarga koʼra, soliq xodimi yigʼilgan soliqning 3 foizini ish haqi sifatida oladi. Bu esa, soliqchi ish haqining koʼpayishi uning yigʼadigan soliqqa bogʼliqligini anglatadi. Bu bilan soliqchilar qaerdan boʼlmasin, koʼproq soliq yigʼishga harakat qiladilar.
Davlatning bunday soliq siyosati xalqaro moliya tashkilotlari eʼtiboridan chetda qolmadi. Masalan, Jahon banki Qambar-Ota-1 GESi qurilishi uchun 500 million dollar kredit ajratishga qaror qildi. Bunday qarorning yagona sababi – elektr energiyasi narxining koʼtarilishi va uni har yili inflyatsiyadan kelib chiqib oshirish qaroridir. Jahon banki talablarini qondirish maqsadida hukumat 1 maydan eʼtiboran elektr energiyasi narxini shoshilinch ravishda 10,8 tiyinga oshirdi. 1 iyundan eʼtiboran umumiy maydoni 80 kvadrat metrdan ortiq boʼlgan uylar uchun isitish va issiq suv narxini uch baravar oshirishga qaror qildi. Binobarin, mamlakatda aholi yelkasiga yuklangan soliq siyosati kapitalizm va uning qoʼl-oyogʼiga aylangan moliyaviy tashkilotlarning mevasidir.
Bunga muqobil ravishda, Islom tuzumida davlat oʼz ishlarini yuritish uchun soliq solishga ehtiyoj boʼlmaydi. Zero, u oʼz faoliyatini amalga oshirish uchun yer va koʼchmas mulk kabi davlat aktivlaridan foydalanadi. Аholining umumiy manfaatlari bilan bogʼliq ehtiyojlar uchun omma mulki hisoblangan umumiy mulkdan sarflaydi. Masalan, maktablar, universitetlar, shifoxonalar, yoʼllar, aeroportlar qurilishi umumiy xalq manfaati uchun boʼlib, bularga umumiy mulkdan sarflanadi. Yaʼni, oltin, neft, gaz, temir, uran kabi tabiiy boyliklardan olingan foyda shu sohalarga sarflanadi.
Qolaversa, Islom boylikning bir hovuch odamlarning qoʼlida toʼplanishiga yoʼl qoʼymaydi. Shu bilan birga, kambagʼal va muhtoj odamlar soliq toʼlab, qiyin ahvolda qolmaydi. Balki daromadi maʼlum miqdorga yetgan kishilardangina zakot olinadi. Musulmonlar Zakotni ibodat sifatida mamnuniyat bilan berishadi. Zakotdan yigʼilgan mol-mulklar baytulmoldagi boshqa mol-mulkka aralashtirilmaydi, alohida saqlanib, Аlloh Taolo “Tavba” surasida aytgan sakkiz toifa kishiga taqsimlanadi. Аlloh taolo aytadi:
إِنَّمَا الصَّدَقَاتُ لِلْفُقَرَاءِ وَالْمَسَاكِينِ وَالْعَامِلِينَ عَلَيْهَا وَالْمُؤَلَّفَةِ قُلُوبُهُمْ وَفِي الرِّقَابِ وَالْغَارِمِينَ وَفِي سَبِيلِ اللَّهِ وَاِبْنِ السَّبِيلِ فَرِيضَةً مِنْ اللَّهِ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ
“Аlbatta, sadaqalar (yaʼni, zakotlar) Аlloh tomonidan farz boʼlgan holda, faqat faqirlarga, miskinlarga, sadaqa yigʼuvchilarga, koʼngillari (Islomga) oshna qilinuvchi kishilarga, boʼyinlarni (qullarni) ozod qilishga, qarzdor kishilarga va Аlloh yoʼlida (yaʼni, jihodga ketayotganlarga) hamda yoʼlovchi musofirlarga berilur. Аlloh bilim va hikmat sohibidir”. (Tavba: 60).
Islomda davlat kamdan-kam hollarda, toʼgʼrirogʼi, Аlloh Taolo davlat va Ummatga farz qilib qoʼygan ishlarni bajarish uchun zarur boʼlgandagina musulmonlar orasidan boy kishilardan qarz olishi mumkin. Baʼzan davlat boy musulmonlardan faqat maʼlum bir ehtiyojni qondirish uchun zarur boʼlgan miqdorda soliq olishi mumkin. Masalan, Rasululloh e Tabuk gʼazotiga zarur boʼlgan mablagʼ uchun musulmonlarga murojaat qildilar. Shunda Usmon G bu ogʼir yilning mashaqqatlarini yengil qilish uchun ming dinor berdi.
Islomda soliq solish joiz boʼlishi uchun quyidagi shartlar topilishi kerak:
– Kutilmagan holatni bartaraf qilish yoki maʼlum bir ehtiyojni qondirish uchun baytulmoldagi mablagʼ yetarli boʼlmagan holda;
– Bunday vaziyatda xarajat qilish baytulmol va musulmonlarga farz ekanligi haqida sharʼiy nass boʼlishi kerak;
– Solingan soliq ushbu holat uchun zarur miqdordan oshmasligi kerak;
– Bu soliq faqat asosiy va kamoliy ehtiyojlaridan ortiqcha mol-mulkka ega boʼlgan boylarga solinishi kerak.
Demak, Islomdagi bunday soliq qoʼshilgan qiymat soligʼi, daromad soligʼi, foyda soligʼi, aktsiz soligʼi, yerdan foydalanish soligʼi, savdo soligʼi kabi doimiy ravishda olinmaydi. Islomda doimiy ravishda soliq yigʼish joiz emas. Shuning uchun kapitalistik tuzumning soliqqa asoslangan iqtisodiy tuzumini Islomning iqtisodiy tuzumiga qiyoslash katta xatodir. Prezident, Bosh vazir va Muftiy boshchiligida chaqirilayotgan soliqlar Islomda harom qilingan! Shunday ekan, musulmonlar bunday soliqchilarning zulmidan qutulish uchun dunyo va oxiratda azizlikka yetkazuvchi Аllohning hukmlari bilan yashashga shoshilishlari kerak!
Mumtoz Maveranahriy