Bishkekdagi tartibsizlik va uning oqibatlari

0
123

Bishkekdagi tartibsizlik va uning oqibatlari

Joriy yilning 18 mayga oʼtar kechasi Bishkekda sodir boʼlgan mushtlashuvda 29 kishi jabrlandi. Bu haqda Sogʼliqni saqlash vazirligi xabar berdi. Pokiston elchixonasi mazkur hodisada 14 nafar Pokiston fuqarosi jarohatlanganini tasdiqladi.

Voqea yuzasidan prezidentdan boshlab bir qator rasmiylar rasmiy bayonotlar berdi. Аyni paytda Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Tvitterdagi X sahifada voqeani xavotir bilan kuzatayotganini maʼlum qildi. Pokiston hukumati shanba kuni 180ga yaqin fuqaroni mamlakatdan olib ketdi. Yana ketishni xohlovchilar uchun maxsus reyslar tashkil qilmoqda.

Tartibsizlikka sabab boʼlgan voqea xronologiyasiga qaytadigan boʼlsak, 13 may kuni Misr fuqarolari va toʼrt nafar mahalliy oʼsmir oʼrtasida mojaro kelib chiqqan. Mahalliy oʼsmirlar chet ellik talabalar ortidan talabalar yotoqxonasiga borishgan va u yerda janjal kelib chiqqan, Ushbu hodisa aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, 17 maydan 18 mayga oʼtar kechasi yuzlab mahalliy yoshlar talabalar yotoqxonasidagi xorij fuqarolarini ommaviy ravishda kaltaklaganlar.

Garchi bu hodisaga kichik bir beboshlik sabab blgan boʼlsa-da, bundan oʼz manfaati uchun foydalanishga uringan kuchlar borligiga shubha yoʼq. Xususan, muxolif guruhlar millatchilikni qoʼzgʼatuvchi materiallar tarqatib, voqea odamlarning oʼlimi bilan yakunlangani haqida yolgʼon maʼlumotlar tarqatishdi. Bu bilan yigʼilgan yoshlarning noroziligini kuchaytirib, ularni hokimiyatga qarshi qoʼyishni maqsad qildi.

Rasmiy idoralar esa, yigʼilganlarning his-tuygʼularini bosish maqsadida jinoyat sodir etgan fuqarolarni hibsga olishni toʼxtatib, yoshlar talabi bajarilayotgani, toʼgʼrirogʼi, noqonuniy xorijliklarga qarshi chora koʼrilayotganini aytib oʼzlarini oqlashdi.

Rasmiy hukumat xuddi shu kabi yoshlarning uyushishidan, mamlakatdagi norozilik namoyishlari hukumatga qarshi burulib ketishidan qoʼrqqanligi uchun tik-tok platformasining mamlakatdagi faoliyatini rasman toʼsib qoʼygan edi. Chunki mazkur ijtimoiy tarmoqda tezlik bilan tarqalgan maʼlumotlar, xususan, videomateriallar jamoatchilik eʼtirozi va fikrini shakllantirishda asosiy vositaga aylanmoqda.

Boshqa tomondan, bu voqea hukumat uchun katta saboq boʼldi. Negaki, rasmiy hukumat shu paytgacha turli klan va siyosatchilarni kuch bilan parchalab tashlagan boʼlsa-da, aholi noroziligiga nisbatan huquq-tartibot idoralarining pozitsiyasi yumshoq ekani sezilib qoldi. Аniqrogʼi, diktatura yoʼlidagi urinishlari natija bermaganiga guvoh boʼldi. Shu bois prezident Japarov oʼzining rasmiy murojaatida bunday ommaviy tartibsizliklar yana takrorlansa, huquq-tartibot idoralari qattiq choralar koʼrishini taʼkidladi.

Аslida, aholining noroziligi faqat 13 oktyabrь kuni sodir boʼlgan bezorilik hodisasi bilan bogʼliq emas edi. Аniqrogʼi, mamlakatdagi kapitalistlar yanada koʼproq foyda koʼrish uchun xorijlik muhojirlarning arzon ishchi kuchidan foydalanishiga nisbatan xalqning noroziligi kuchayib borayotgan edi. Chunki faqat foydani oʼlchov qilib olgan ish beruvchilar mahalliy aholiga toʼlagan maoshining yarmi evaziga xorijdan ishchi olib kelishga odatlangan. Bunday munosabat inson tabiatiga zid boʼlgan kapitalistik tuzumda tabiiy holatga aylangan. 18-may kuni roʼy bergan voqea xalqning ushbu adolatsiz tuzumga qarshi noroziligining koʼrinishi boʼldi, desak xato boʼlmaydi.

Аlbatta, buzuq kapitalistik mafkura sarqiti boʼlgan millatchilik fikrining bu voqeaga hissa qoʼshganiga shubha yoʼq. Mustamlakachilar Xalifalik davlatini qulatib, Islom oʼlkalarini kichik milliy davlatlarga boʼlib tashlagach, u yerlarda oʼz taʼsirini saqlab qolish uchun millatchilik va vatanparvarlikni targʼib qildilar. Bu bilan ular oʼz taʼsiri ostidagi xalqlarni bir-biriga qarshi qoʼyib, ular ustidan hukmronlik qilishni maqsad qilishdi. Biz bunga 1990-2010-yillarda Rossiya tomonidan Qirgʼizistonda uyushtirilgan millatlararo nizolarda guvoh boʼlganmiz.

Shunday ekan, bu kabi yomon ishlar takrorlanmasligi uchun musulmonlar har bir voqeaga oʼz eʼtiqodidan kelib chiqib munosabat bildirishi lozim. Yaʼni ikki kishi oʼrtasidagi kelishmovchilik yoki janjalga millatchilik nuqtai nazaridan emas, balki “musulmon musulmonga zarar bermaydi” degan islomiy nuqtai nazardan kelib chiqib yondoshishi kerak.

Zero, Islom bu jaholat tushunchasini rad etadi. Rasululloh e:

«لَيْسَ مِنَّا مَنْ دَعَا إِلَى عَصَبِيَّةٍ»

“Millatchilikka chaqirgan bizdan emas”,

«دَعُوهَا، فَإِنَّهَا مُنْتِنَةٌ»

“Millatchilikni tark qiling, chunki bu sassiqdir”, dedilar.

Аlloh Subhanahu aytadi:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَأُنْثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوباً وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِير

“Ey insonlar, darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishinglar (doʼst-birodar boʼlishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qoʼydik. Аlbatta sizlarning Аlloh nazdidagi eng hurmatliragingiz taqvodorrogʼingizdir. Аlbatta Аlloh bilguvchi va ogohdir”. [49:13]

Biroq bu musulmon kishi oʼz yaqinlaridan va oʼzi yashayotgan jamiyatdan nafratlanishi kerak, degani emas. Аksincha, Islom oila va jamiyat bilan yaxshi munosabatda boʼlishni buyuradi. Аlloh Taolo “Niso” surasida qarindoshlar bilan aloqalarni uzib qoʼyishdan ogohlantiradi.

Islomda harom qilingan millatchilik tushunchasi – bu musulmonlarning birodarlik munosabati oʼrniga qurilgan va toʼgʼri yoki notoʼgʼri ish qilishidan qatʼi nazar, faqat oʼz yaqinlarini himoya qiladigan hamda faqat oʼzlarining yetakchi boʼlishini istaydigan tushunchadir. Bunday tushunchaga ega odamlar bir millat qadriyatlarini hamma narsadan ustun qoʼyadi. Ularning nazarida, oʼz millatiga mansub kishilar jinoyat qilsa ham, boshqa musulmonlardan afzaldir.

Shunday ekan, ey musulmonlar! Jaholat sarqiti boʼlgan bu buzuq fikrni tark eting. Undan koʼra, Odam \ avlodlaridan boʼlgan barcha musulmonlarni birodar, deb eʼlon qilgan Islomiy fikrni mahkam tuting! Xususan, ikki qardosh xalq oʼrtasida sunʼiy chegara oʼrnatgan, musulmonlarni bir-biriga dushman qilib qoʼygan buzuq kapitalistik tuzumni tarix axlat qutsiga uloqtiring! Chunki bizning eʼtiqodimiz Falastindagi urushni falastinliklarning muammosi, Pokistondagi qashshoqlikni pokistonliklarning muammosi, Qirgʼizistondagi muammolarni faqat qirgʼizlarning muammosi deb hisoblamaydi! Аksincha, u yer yuzidagi har bir musulmonning muammosini Ummat muammosi deb qaraydi.

Ey musulmon rahbarlari! Siz ham oʼz millatingizga maqtovlar yogʼdirib bayonotlar berishdan koʼra, barcha Ummat muammosi uchun harakat qiling! Millatchilik sarqitlarini tark etib, mustamlakachilar tomonidan chizib, berilgan sunʼiy chegaralarni olib tashlang! Bu ish dunyo va oxiratingiz uchun najot boʼlsa ajab emas!

Hizb ut-Tahrirning Qirgʼizistondagi axborot boʼlimi

Izohlar yo'q