Koʼchar va koʼchmas mulklarni majburiy sugʼurta qilish

46
0

Koʼchar va koʼchmas mulklarni majburiy sugʼurta qilish

Moliya bozorini tartibga solish va nazorat qilish xizmati koʼchar va koʼchmas mulkni majburiy sugʼurta qilish tizimini joriy etishni taklif qildi. Tegishli qonunlarga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʼyildi. Unga koʼra, koʼchmas mulkni roʼyxatga olish va garovga qoʼyish uchun sugʼurta polisini talab qilish masalasi koʼrib chiqilmoqda.

Shuningdek, taklif etilayotgan qonun loyihasida sugʼurta majburiyati avtomobil egalariga, hamda avtomobillarni vaqtincha foydalanishga (ijaraga, lizingga) olgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi belgilandi.

Boshqa davlatda roʼyxatdan oʼtgan avtomobillarni Qirgʼizistonda majburiy sugʼurta qilish rejasi oʼtgan yilning 1-aprelidan kuchga kirgan. Undan avval Qirgʼizistonda roʼyxatdan oʼtgan shaxsiy avtomobillarni 2024 yilning 1-yanvaridan boshlab majburiy sugʼurta qilish boʼyicha qonun qabul qilingan edi. Jamoatchilikning qarshiligi tufayli hukumat ushbu qonunni keyinga surishga majbur boʼldi.

Qonunga koʼra, sugʼurta polisiga ega boʼlmagan haydovchilar 3000 som, muassasalar esa 13000 som miqdorida jarimaga tortiladi. Davlat moliya nazorati muassasasining maʼlum qilishicha, sugʼurta polisining boshlangʼich narxi 1680 som boʼlib, uning narxi avtomobilning turi, haydovchining yoshi va tajribasi, yoʼl-transport hodisalariga qanchalik duch kelganiga qarab oʼzgarib turadi.

          Hozir Qirgʼizistonda 1ta davlat kompaniyasi va 9ta xususiy kompaniya haydovchilarga sugʼurta polisini rasmiylashtirish litsenziyasiga ega. Statistik maʼlumotlarga koʼra, Qirgʼizistonda 1 million 400 ming avtomobil bor. Bularning har biridan 2000 somdan olinsa, oʼrtacha 2 milliard 800 million som undiriladi. Bu miqdor kompaniyalarning yillik daromadi hisoblanadi. 2022 yilda 11 oy ichida oʼrtacha 6500ta yoʼl-transport hodisasi qayd etilgan boʼlib, ushbu hodisalar oqibatida 10 ming kishi jarohatlangan va 600 kishi halok boʼlgan, ulardan 70 nafari yosh bolalardir. Endi ushbu hisobda qancha toʼlov toʼlanishini hisoblab chiqamiz:

Halok boʼlgan 570 kishiga 300 ming somdan 171 million som boʼladi.

Аgar 70ta yosh bolani “nogiron bola” toifasiga kiritsak, 200 ming somdan 14 million som boʼladi.

Endi qolgan 400 kishini nogironlar guruhiga qoʼshib, koʼrib chiqsak:

1-guruh nogironini 100ta deb hisoblasak, ularga 200 ming somdan 20 mln. som boʼladi.

2-guruh nogironini ham 100ta deb hisoblasak, ularga 150 ming somdan 15 mln. som boʼladi.

3-guruh nogironini 200ta deb hisoblasak, ularga 100 ming somdan 20 mln. som boʼladi.

2% soliq  56 mln. som boʼladi.

Operatsiyalarga 4 million som sarflansa, jami boʼlib: (171+14+20+15+20+56+4) 300 million som chiqim boʼladi.

         Endi 2 milliard 800 million daromaddan 300 million xarajatlarni olib tashlasak,  2 milliard 500 million qoladi. Bu kompaniyaning yillik daromadidir.

          Bundan tashqari, kompaniyaning bankrot boʼlishiga yoʼl qoʼymaslik uchun toʼlovlar maʼlum miqdorda cheklangan. Masalan, birovning qimmatbaho mashinasiga 1 million somlik shikast yetkazsangiz, sizni sugʼurta qilgan kompaniya atigi 150 ming som toʼlaydi. Qolganini oʼzingiz toʼlashingiz kerak. Demak, OSАGO qonun loyihasi odamlarni himoya qilish uchun emas, balki xalq mablagʼlarini kapitalistik kompaniyalarga yigʼib berish uchun ishlab chiqilganligi ochiq-oydin koʼrinib turibdi.

Shuningdek, mamlakatimizda 7,6 milliondan ortiq uy-joy mavjud. Hukumat uning 60 foizini sugʼurta qilishni koʼzlamoqda. Mintaqalarda uy-joy sugʼurtasi yiliga 600 som, Bishkek va Oʼshda esa 1200 som qilib belgilangan.

Аslini olganda, bunday qonunlar xalqning qonini soʼrish uchun kapitalistlar tomonidan oʼylab topilgan loyihalardir. Qirgʼizistondagi maʼmuriyat ana shunday loyihalarni amalga oshirish orqali kapitalistlarga xizmat qilib kelmoqda. Ular “Xalqga yengillik” niqobi ostida xalqning mablagʼlarini kapitalistik shirkatlarga qoʼsh-qoʼllab topshirmoqda.

          Eng muhimi, majburiy sugʼurta musulmonlar uchun haromdir. Majburiy sugʼurta shartnomasini koʼzdan kechiradigan boʼlsak, uning ikki jihatdan shariatga zid ekanligi ayon boʼladi:

          Birinchidan, bu bir kelishuvdir. Chunki bu ikki tomon oʼrtasidagi shartnoma boʼlib, taklif va qabul qilishni oʼz ichiga oladi. Taklif sugʼurta qildiruvchi tomonidan, qabul esa kompaniya tomonidan boʼladi. Demak, bu bitim shariatga toʼgʼri kelishi uchun bitimning shartlari sharʼiy boʼlishi kerak. Sharʼiy bitim narsaning oʼzi yoki manfaati asosida tuziladi. Аmmo davlat ilgari surayotgan sugʼurta majburiy boʼlganligi uchun haydovchilar bundan manfaatdor emas, ular buni taklif ham qilmagan.

          Ikkinchidan, kompaniyaning alohida shartlar ostida sugʼurta qildiruvchiga vaʼda berishi kafolatning bir turi hisoblanadi. Sugʼurtada ushbu kafolat shartlarining hech biri topilmaydi. Shuning uchun – xoh hayot, xoh mol-mulk, xoh boshqa narsa boʼlsin – sugʼurtaning barcha turi, sharʼan haromdir. Chunki u botil kelishuvdir. Sugʼurta kompaniyasining kelishuv talabi bilan beradigan vaʼdasi ham sharʼan botildir. Shunga koʼra, bunday kelishuv va vaʼda orqali olingan mablagʼlar nosharʼiy yoʼl bilan olingan daromad hisoblanib, uni yeyish haromdir.

Shunday ekan, Qirgʼiziston hukumati musulmonlarning mablagʼlarini kapitalistlarga topshirish oʼrniga ishlab chiqarishga, sanoatga, zavod va fabrikalar qurishga yoʼnaltirishi lozim!

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.