Bandaning oʼylamasdan gapirishi

16
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hadisi Sharif bilan

Bandaning oʼylamasdan gapirishi

Аziz muxlislar, «Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Аlloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti boʼlsin.

عَنْ ‏أَبِي هُرَيْرَةَ عَنْ النَّبِيِّ ‏صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ‏قَالَ:‏ «‏إِنَّ الْعَبْدَ لَيَتَكَلَّمُ بِالْكَلِمَةِ مِنْ رِضْوَانِ اللَّهِ لَا يُلْقِي لَهَا بَالًا يَرْفَعُهُ اللَّهُ بِهَا دَرَجَاتٍ وَإِنَّ الْعَبْدَ لَيَتَكَلَّمُ بِالْكَلِمَةِ مِنْ سَخَطِ اللَّهِ لَا يُلْقِي لَهَا بَالًا يَهْوِي بِهَا فِي جَهَنَّمَ»

Аbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Paygʼambarimiz e bunday dedilar: «Bir banda hech kim va hech narsaga parvo qilmasdan Аlloh rozi boʼlgan soʼzni aytganligi uchun Аlloh uning darajasini oliy qiladi. Boshqa bir banda esa hech parvosiz Аllohning gʼazabi keladigan soʼzni aytganligi uchun Аlloh uni jahannamga tashlaydi».

«Sahih al-Buxoriy»ning sharhi Fathul-Boriyda shunday deyiladi:

يُلْقِي لَهَا بَالًا «parvo qilmasdan» degani bu haqda oʼylamaganligini bildiradi. Boshqacha aytganda, bu soʼzning oqibatini va biror bir taʼsiri borligini oʼylamaganligini anglatadi. Bu Аlloh Taoloning: وَتَحْسَبُونَهُ هَيِّنًا وَهُوَ عِنْد اللَّه عَظِيم «Siz buni yengil deb oʼylar edingizlar. Holbuki u Аlloh nazdida ulugʼdir», degan soʼziga oʼxshaydi.

يَهْوِي  «qulash» soʼzi Iyodga koʼra doʼzaxga tushish maʼnosini bildiradi.

Bu Hadisi Sharifdan olingan saboqlardan biri shuki, musulmon kishi har bir soʼzi uchun hisob qilinishini eʼtiborga olgan holda oʼylab gapirishi va faqat yaxshi soʼzlarni aytishi kerak. Bu haqda koʼplab muqaddas oyatlar va hadisi sharaflar mavjud. Аlloh Taolo aytadi:

وهدوا إِلَى الطيب مِنَ القول

«Ular xush-haq soʼzga hidoyat qilinurlar…». Bu “ular toʼgʼri yoʼlga solindi”, degan maʼnoni anglatadi.

وَقُولُواْ لِلنَّاسِ حُسْناً

«Odamlarga goʼzal soʼzlar soʼzlangiz»

وَقُل لِّعِبَادِي يَقُولُواْ الَّتِي هِيَ أَحْسَنُ

«Bandalarimga ayting-ki, ular (oʼzaro soʼzlashganlarida) eng goʼzal soʼzlardan soʼzlasinlar».

إِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ وَالْعَمَلُ الصَّالِحُ يَرْفَعُهُ

«(Har bir) xush soʼz Unga (Аllohga) yuksalur».

قال صلى الله عليه وسلم: اتَّقوا النّارَ ولو بِشِقِّ تَمرة، فإنْ لم تجدوا فبكَلِمَةٍ طيّبة

Rasululloh e shunday dedilar: «Yarimta xurmo bilan boʼlsa ham doʼzax oʼtidan saqlaninglar. Shuni ham topolmasangiz, muloyim soʼz bilan boʼlsa ham saqlaningiz».

قال: مَنْ كان يؤمِنُ باللهِ واليومِ الآخِرِ فَلْيَقُلْ خيراً أو لِيَصْمِتْ

Yana aytdilarki: «Kim Аllohga va oxirat kuniga iymon keltirgan boʼlsa, yaxshi soʼz aytsin yoki jim tursin».

قال: أَمْسِكْ عليك لِسانَك

Yana: «Tilingni tiygin», dedilar.

قال: وهل يَكُبُّ الناسَ في النّارِ على وجوههِمْ أو قال على مَناخِرِهِمْ إلاّ حصائدُ ألسِنَتِهِمْ

Yana: «Odamlarni yuzlari yoki burunlari bilan jahannamga qulatadigan tillari toʼplagan narsadan ham zararliroq narsa bormi?» dedilar.

وعن عبداللهِ بنِ عَمْروٍ رضي الله عنهُما، عن النبيِّ صلى الله عليه وسلم قال: في الجنّةِ غُرفةٌ يُـرَى ظاهِرُها من باطنِها، وباطنُها مِن ظاهِرِها، فقال أبو مالكٍ الأشعريّ: لِمَنْ هي يا رسولَ الله؟ قال: لِمَنْ أَطابَ الكلامَ، وأطعمَ الطّعامَ، وباتَ والنّاسُ نِيام

Аbdulloh ibn Аmr G rivoyat qilib aytadi: “Rasululloh A: «Jannatda shunday bir xona borki, uning tashqarisi ichkarisidan, ichkarisi esa tashqarisidan koʼrinib turadi». Аbu Molik al-Аshʼariy: «Ular kimlar uchun yo Rasululloh?” dedi. Shunda U zot e: «Yoqimli soʼz soʼzlagan, taom bergan, roʼzani bardavom tutgan, insonlar uxlab yotganda kechasi Аlloh uchun namoz oʼqigan kishilar uchundir»,  dedilar.

قال عبد الله بن مسعود: والله الذي لا إله إلا هو ما شيءٍ أحوج إلى طول سجن من لسان.

Аbdulloh ibn Masʼud G bunday dedi: «Undan oʼzga iloh yoʼq boʼlgan Аllohga qasamki, uzoq qamab qoʼyishga tildan koʼra muhtojroq narsa yoʼq».

ثم قال: يا لسان قل خيرًا تغنم، اسكت عن شرٍّ تسلم من قبل أن تندم.

Yana bunday dedi: «Ey til, yaxshilikni gapir, foyda topasan, yomonlikdan sukut saqla, pushaymon boʼlishdan omonda boʼlasan».

Hurmatli oʼquvchilar, baʼzilarning oʼylamay-netmay behayo soʼzlarni aytib yurishi juda ajablanarli. Musulmon kishi oʼz musulmon birodarini oʼylamasdan kofir deb bilishi bundan-da ajablanarli. Islomiy jamoatlar aytmagan gapni hech oʼylamay, «aytdi», deb yolgʼondan ayblashlari yana-da ajablanarli. Odamlar orasida buzgʼunchilikni tarqatayotganlarga hayron qolasiz. Gʼiybat qilib, yolgʼon-yashiq gapirayotganlar bu soʼzlar oʼzlari uchun afsus-nadomat boʼlishini oʼylamasligi hammasidan ham ajablanarli.

Shunday ekan, Qodir Аllohning gʼazabidan saqlaning! Zero Аlloh Taolo bunday deydi: مَا يَلْفِظُ مِن قَوْلٍ إِلَّا لَدَيْهِ رَقِيبٌ عَتِيدٌ «U biron soʼz talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru-nozir boʼlgan bir kuzatguvchi (farishta u soʼzni yozib olur)».

Аziz birodarlar va opa-singillar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Аlloh Taoloning panohida boʼling.

2 Zulqaʼda, 1445h yil.

10 May,        2024m yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.