Qayta saylov: demokratiyaga ishonch qolmadi

0
62

Qayta saylov: demokratiyaga ishonch qolmadi

28 aprelь kuni Qirgʼizistonning uchta mintaqasi – Oʼsh, Botken va Qora-Suvda bir mandatli saylov okruglari boʼyicha navbatdan tashqari parlament saylovlari boʼlib oʼtdi. Ushbu uch okrugdan saylangan sobiq deputatlar oʼz mandatlarini topshirdi. Bunga ularning bojxona xizmati raisining sobiq oʼrinbosari Rayimbek Matraimov bilan aloqasi sabab boʼlgani aytilmoqda.

Markaziy saylov komissiyasining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, bir mandatli Oʼsh okrugidan Jogorku Kenesh deputati sayloviga nomzod Bekmurza Ergeshov 43,80 foiz (9698 kishi) ovoz toʼplab gʼalaba qozongan. Qora-Suv okrugida 36,16 foiz (7601 kishi) ovoz bilan Ilimbek Kubanichbekov gʼalaba qozondi. Ikkala okrugda ham saylovchilar soni 20 foizga yetmagan. Botken okrugida esa, Baktiyar Kalpaev 40,97 foiz ovoz bilan gʼalaba qozondi. Bu viloyatda saylovchilarning 24,38 foizi (27 396 kishi) ovoz berdi.

Oʼtgan yili Lenin okrugi boʼyicha navbatdan tashqari saylovda 124 908 saylovchidan atigi 17 423 nafari (13,95%) ovoz bergan edi. Bu Qirgʼizistonda eng kam saylovchi ishtirok etgan saylovlardan biri boʼldi. 2017 yilgi prezidentlik saylovida saylovchilarning 56 foizi ishtirok etgan boʼlsa, 2021 yilgi prezidentlik saylovida atigi 39,75 foiz saylovchi ishtirok etgan. 2020 yilgi Jogorku Kenesh sayloviga saylovchilarning 56,2 foizi, 2021 yilda esa 34,93 foizi ishtirok etgan. 2020 yilda 3,5 million saylovchi ovoz bergan boʼlsa, 2021 yilda saylovchilar soni 3 million 700 ming nafarga yetdi.

          Darhaqiqat, saylovlarda ishtirok etayotgan fuqarolar soni aholining demokratik tuzumga boʼlgan ishonchining koʼzgusidir. Аniqrogʼi, yuqoridagi holat Qirgʼizistondagi saylovchilarning asosiy qismi saylovni boykot qilganini koʼrsatmoqda! Chunki xalq demokratiyadan ham, bir-biridan farq qilmaydigan hukumatlardan ham, faqat amaldorlar va boylar manfaatiga xizmat qiladigan saylovlardan ham charchadi. Buning sababi shundaki, Qirgʼiziston “mustaqil” boʼlganidan beri iqtidorni egallagan hukumat mamlakatni kuchsizlantirish va aholini qashshoqlashtirishdan boshqa ish qilmadi. Saylov yoki davlat toʼntarishi yoʼli bilan kelgan hokimlar bu jihatdan bir-biridan hech farq qilmaydi. Nafaqat har bir soha tanazzulga yuz tutdi, balki korruptsiya, adolatsizlik va axloqsizlik ham keng tarqaldi. Buning asosiy sababi, shubhasizki, ular yuritayotgan demokratik tuzumdir. Chunki demokratiya faqat yolgʼonlardan iborat. Masalan, demokratiya – bu xalq boshqaruvi, deyishadi. Ularga koʼra, Xalq oʼzini toʼgʼridan-toʼgʼri boshqara olmagani uchun bir rahbarni oʼzlaridan vakil sifatida saylaydi. Biroq, amalda buning iloji yoʼqligini koʼrib turibmiz. Аniqroq aytganda, saylov puli borlar va hukumat vakillarining manfaatini koʼzlab oʼtkazilayotganini hamda qonunlar mana shu bir hovuch kimsalar manfaati uchun ishlayotganiga guvoh boʼlib turibmiz.

Shuningdek, ular yana “Demokratiya – bu erkinlik”, deb daʼvo qilishadi. Аslida, bu xalqni aldashdan boshqa narsa emas. Zero, ozodlik qulning xoʼjayinidan ozod boʼlishini anglatadi. Boshqacha qilib aytadigan boʼlsak, ozod inson xohlagan paytda xohlagan ishini qila oladi. Bunday erkinlik jamiyatda boʼlishi mumkin emas. Chunki jamiyatda inson qonun-qoidaga boʼysunishga majburdir, qonunga boʼysunmaganlar esa jazolanadi. Shuning uchun ham Gʼarb mutafakkirlari demokratiyaga “qonun ruxsat bergan chegaralar doirasida hohlagan narsani qilish huquqi”, deya yangicha taʼrif berishdi. Bu taʼrifga koʼra masalaga qaraydigan boʼlsak, tarixdagi barcha jamiyatlar qandaydir qonun asosida yashab, qonun ruxsat bergan chegaralar doirasida oʼzlari xohlagan narsani qilganlar. Demak, hech narsa oʼzgargani yoʼq. Faqat qonun doirasidagi erkinliklar kengaydi xolos. Аniqrogʼi, halol-haromga qaramay yeb-ichish, xohlagan narsasiga sigʼinish, erkak-erkakka va ayol-ayolga uylanish, hatto hayvonlarga ham uylanishga ruxsat berildi. Korruptsiya, sudxoʼrlik, oʼgʼirlik bilan yashashga imkoniyat yaratildi. Qadimgi feodallar va quldorlar singari, bugungi kunda ham qonunlarni ozchilikdan iborat kapitalistlar chiqaradigan boʼlishdi.

Demokratik tuzum tarafdorlari ham koʼpchilik ovoz hal qiluvchi kuchga ega ekanligini taʼkidlaydilar. Biroq Qirgʼizistonda boʼlib oʼtgan saylovlar buning quruq safsata ekanligini isbotladi. Аgar ular aytganlaridek, “koʼpchilik”ning fikri inobatga olinsa, 60-70 foiz saylovchilar qatnashmagan saylov natijasi bekor qilinishi kerak boʼlar edi.

Shuningdek, ular “saylangan rahbar barcha aholining yetakchisidir”, deyishadi. Bu haqiqatdan uzoqdir. Zero, demokratik davlatda partiyalar yetakchi va muxolif partiyalarga boʼlinadi. Natijada jamiyat ham hukumatni qoʼllab-quvvatlovchi va unga qarshi turuvchi sifatida ikkiga boʼlinadi. Bunday vaziyatda bir tomonning talabi bajarilmasligi tabiiy. Misol uchun, LGBTga qarshi nutqi va namoz oʼqishi tufayli koʼpchilikning ovozini qoʼlga kiritgan nomzodni olib koʼraylik. U lavozimga kirishishi bilanoq saylovchilarning ushbu yoʼnalishdagi talablarini bajarishga, aniqrogʼi, LGBT vakillari faoliyatini taqiqlovchi qonunlarni amalga oshirishga harakat qiladi. Bu bilan jamiyatning bir qismi boʼlgan ozchilikni taʼqib qilishga toʼgʼri keladi. Аmmo mamlakatimizda konstitutsiyaning manbai demokratik tuzum boʼlgani sababli jinsiy erkinlik taʼminlangan. Natijada koʼpchilikning talablari qondirilmay qolaveradi. Demek, koʼrinib turibdiki, musulmonlar asta-sekin saylovlar orqali gʼalaba qozonadi, degan fikr yolgʼondan boshqa narsa emas.

Mana shunday hiyla-nayranglardan hafsalasi pir boʼlgan musulmonlarni ovoz berishga majburlab, jarima solishga harakat qilishmoqda. Masalan, deputat Tazabek Ikromov saylovda qatnashmagan fuqarolarga nisbatan jarima solish toʼgʼrisidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʼygan edi. Soʼng noyabrь oyi oxirida uni qaytarib oldi. Bu tashabbusni Prezident Japarov ham Xalq qurultoyi yigʼilishida tilga olib oʼtdi. Bu esa, demokratlar daʼvo qilayotgan “tanlash erkinligi” afsona ekanligini yaqqol koʼrsatib turibdi. Shunday ekan, bunday aldovlar tuzogʼiga tushib qolishdan ehtiyot boʼlishimiz kerak. Umar roziyallohu anhu: “Musulmon kishi aldamaydi ham, aldanmaydi ham”, dedilar. Rasululloh ﷺ bunday dedilar:

«لَا يُلْدَغُ الْمُؤْمِنُ مِنْ جُحْرٍ وَاحِدٍ مَرَّتَيْنِ»

– Moʼmin bir teshikdan ikki marta chaqtirmaydi.

          Darhaqiqat, bugungi demokratik tuzum Islomga mutlaqo ziddir. Islomda insonning  qonun chiqarishiga aslo oʼrin yoʼq. Аlloh Taolo aytadi:

فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا فِي أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا

Yoʼq, Parvardigoringizga qasamki, to ular oʼz oʼrtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, toʼla taslim boʼlmagunlaricha-boʼyinsunmagunlaricha zinhor moʼmin boʼla olmaydilar.

          Islom shariatida tanlov va saylovlarga oid alohida hukmlar mavjud boʼlib, ular Gʼarb tuzumidagi saylovlardan va musulmon mamlakatlarida qoʼllanilayotgan iflos tuzumlardan farq qiladi. Islom shariatida saylovlar hech qanday bosim va majburlovsiz erkin oʼtkaziladi. Har bir inson, agar u oʼzini layoqatli deb bilsa yoki boshqa musulmonlar uni layoqatli deb hisoblasa, saylovda oʼz nomzodini qoʼyish va saylanish huquqiga egadir. Bunda Islom va uning hukmlari saylovlar uchun asos boʼlishi shart boʼladi.

      Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, biz musulmonlar saylov degan yolgʼonga aldanmasligimiz va u bilan mashgʼul boʼlmasligimiz kerak. Shuningdek, unga jalb qilish uchun qilingan saʼy-harakatlarga keskin qarshilik koʼrsatishimiz lozim. Bunday jinoiy rejimning parlamenti yoki hukumati ishlariga ishtirok etish jinoyatchilarning umrini uzaytiradi. Chunki saylovlar bizni buyuk maqsaddan chalgʼitadigan oʼyindir. Buyuk maqsad – bu bugungi buzuqlik va korruptsiyaga botib qolgan rejimni va ularni qoʼllab-quvvatlayotgan imperialistik tuzimni agʼdarib, oʼning oʼrniga Islomni hayotga qaytarishdir. Аlloh Taolodan Islom ummatini toʼgʼri oʼzgartirish neʼmati bilan siylashini, hukmdorlarning hiyla-nayranglari va aldashlarini bizdan uzoq qilishini soʼraymiz.

          Mumtoz Maveranahriy

Izohlar yo'q