Prezident Erdogʼan Papaga maktub yoʼlladi

32
0

Prezident Erdogʼan Papaga maktub yoʼlladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʼan katoliklarning Ruhoniy rahbari Papa Frantsiskga Falastin mavzusida maktub yoʼlladi. Maktubni Vatikanda boʼlib oʼtgan yigʼilishda Turkiyada diniy qoʼmita rahbari Аli Erbash Papaga taqdim etdi.

Turkiya va Vatikan oʼrtasidagi tarixiy aloqalarning tobora kuchayib borayotganidan mamnunligini bildirgan Erdogʼanning Papaga yoʼllagan maktubida jumladan shunday deyiladi: “Qatl qilish barcha samoviy dinlar tomonidan taqiqlanganligini anglagan insoniyat, Gʼazodagi xalqaro huquq va xalqaro gumanitar huquq qoidalarning buzilishiga ortiq yoʼl qoʼymasligi kerak. Shuningdek, hatto urush holatida ham daxlsiz hisoblangan kasalxonalar, maktablar, masjidlar va cherkovlarning ataylab bombardimon qilinishiga qarshi ovozlarini koʼtarishlari lozim”.

Prezident Erdogʼan, umumiy insoniy qadriyatlar va dunyo tinchligiga xizmat qilish hamda tinch-totuv yashash va oʼzaro bir-birini tushunish madaniyatini yoyish maqsadida Vatikan bilan dialogni yanada kuchaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Izoh: Turkiya prezidenti Erdogʼanning Falastin mavzusida Papa Frantsiskga maktub yoʼllashi uning xiyonati, ojizligi va sharmandaligining aniq ifodasidir. Chunki avvalambor musulmonlarning muammosini kufr yetakchilariga havola qilishning oʼzi Islom va musulmonlarga nisbatan katta xiyonatdir. Shuningdek, Gʼazo masalasida diniy qoʼmita rahbarini katoliklar papasining huzuriga yuborish hamda maktubda “dinlararo dialogni yanada kuchaytirish”ga urgʼu berish – bu yahudiy vujudining Gʼazodagi qirgʼinlari eʼtiqodiy urush emas, degan tasavvurni paydo qilishga urinish hisoblanadi. Bu ham Islom va musulmonlarga nisbatan xiyonatning yana bir koʼrinishidir.

Аslida prezident Erdogʼan bu maktubni nasroniylar papasiga yozish oʼrniga musulmonlar armiyasining qoʼmondonlariga yozib, Gʼazodagi musulmonlarni yahudiylarning qirgʼinlaridan qutqarishni ulardan talab qilganda edi, haqiqiy musulmon rahbarning pozitsiyasini tutgan boʼlardi. Аmmo Erdogʼan yahudiy vujudi qarshisida ojizlik qildi.

Bundan tashqari, Rim papasi siyosiy ishlardan uzoq ruhoniy shaxsdir. U Gʼazo masalasini hal qilishda hech qanday taʼsirga ega emas. Erdogʼan esa, mintaqada faol siyosatchi sifatida tanilgan yetakchidir. Yaʼni oʼzi hal qilishi kerak boʼlgan siyosiy masalaning yechimini, bu masalaga hech qanday aloqasi boʼlmagan kishiga havola qilish, aniqroq aytganda musulmonlarning masalasini gʼayrimusulmon ruhoniyga shikoyat qilib undan yordam kutish, oʼzini musulmonlar lideri deb biladigan shaxs uchun oʼta sharmandalikdir. Qolaversa Rim papasi bugungacha musulmonlarning qaysi masalasini hal qilib berdi?! Vaholangki u cherkovlardagi ruhoniylarning yosh bolalarga jinsiy tajovuzi masalasini hal qila olmay, nasroniy xalqlardan uzr soʼrashga majbur boʼlmoqda.

Bugungi kunda Islom Ummati, kufr ahliga yalinib, yaltoqlanib emas, balki tahdid qilib maktub yoʼllaydigan rahbarga muxtojdir. Shunday ekan, agar musulmonlar haqiqiy azizlikni istasalar, adolat istab kofir dushmanlarga murojaat qiladigan qoʼgʼirchoq rahbarlardan voz kechib, АQSh va Yevropa davlatlariga tahdidli maktublar yoʼllaydigan Xalifani tiklashlari lozimdir.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.