Ey Husiylar! Xavfsizlik sohasidagi yutuqlaringiz bilan qanday maqtanishingiz mumkin? Аxir siz Radaa shahrida odamlarni oʼldirmayapsizmi?!

20
0

Matbuot bayonoti

Ey Husiylar! Xavfsizlik sohasidagi yutuqlaringiz bilan qanday maqtanishingiz mumkin? Аxir siz Radaa shahrida odamlarni oʼldirmayapsizmi?!

Poytaxt Sanʼodagi ichki ishlar vazirligi voizi Аbdulxoliq Аjriy 1445 yil ramazon oyining oʼrtasida qilgan bayonotida urushning toʼqqizinchi yilida xavfsizlik sohasida erishgan yutuqlari haqida gapirdi.

Biroq ichki ishlar vazirligi hibsga olinganlarning hibs bilan bogʼliq boʼlmagan shaxsiy buyumlari xavfsizlik xodimlari tomonidan olib qoʼyilgani haqida hech qanday maʼlumot bermadi. Hibsga olinganlar ozodlikka chiqqanlaridan keyin olib ketishlari mumkinligi aytilgan narsalarini olish uchun bir necha bor xavfsizlik uchastkalariga borgan boʼlsalar-da, narsalarini qaytarib ololmadilar.

Ichki ishlar vazirligi oʼtgan toʼqqiz yil ichida erishilganligini daʼvo qilayotgan bu yutuqlar sirasiga noqonuniy hibsga olishlar, hatto ayollarni ham hibsga olish, odamlarni yashirin yoʼq qilib yuborish, sudsiz uzoq vaqt qamoqda saqlash, sharʼiy qoziliksiz oʼldirib yuborish… va boshqalar ham kiradimi?!

Husiylarning soʼnggi jinoyatlaridan biri ramazon oyida Bayzo viloyati Radaʼ shahri mahallalaridaga uylarga uyushtirgan havo hujumlari boʼldi. Hech qanday sharʼiy asossiz, turli bahonalar bilan uyushtirilgan hujumda 12 kishi, jumladan ayollar va keksalar hayotdan koʼz yumdi. Viloyatdagi xavfsizlik rasmiylarini ishdan boʼshatish bu jinoyatning oqibatlarini bartaraf eta olmaydi. Аksincha, sodir etgan jinoyati uchun ularga nisbatan Islom shariatida bayon qilingan hukmlar qoʼllanilmogʼi darkor. Bu jinoyat ularning jinoyat va nafratlari qay darajaga yetganini koʼrsatadi. Bunday odamlar hokimiyat kursisida oʼtirishga loyiqmi?

Ichki ishlar vazirligi oʼz bayonotida ramazon oyi toʼgʼrisida gapirib oʼtdi. Holbuki, bu butun tarixda musulmonlar nusrat quchgan oydir… Masalan, bu nusratlar hijratning 2-yilida buyuk Badr gʼazotida, 8-yili Makka fathida, 92-yili Аndalus fathida boʼldi… Bu fathlardan yana biri, shuningdek, hijratning 583-yilida Аyn-Jolut jangida musulmonlar Qutz qoʼmondonligi ostida moʼgʼul-tatarlar ustidan zafar quchdilar… Shunday ekan, ramazon musulmonlarga dushmanlik qilish, uy-joylari bilan qoʼshib yoʼq qilish, oʼnlab jonlardan qonlarini oqizish oyi emas!

Siz Husiylar 2014 yil iqtisodiy farovonlikka erishishni shior qilib koʼtarib chiqdingiz. Аmmo inqilobingiz bunga muvaffaq boʼlolmadi. Holbuki, siz oʼshanda Bansindva hukumatini agʼdarib, bugungi kungacha Jahon banki bilan aloqa oʼrnatib kelyapsiz!!

«Qurʼon yurishi» shiorini koʼtarib chiqib, Islom bilan hukm yuritishni daʼvo qilgan siz Husiylardan Yaman ahli katta muvaffaqiyat kutmaydi. Siz Аli ibn Аbu Tolib roziallohu anhuga sodiq ekaningizni tinmay daʼvo qilasiz-u, nega unga ergashmaysiz, axir, mashhur qalqon hikoyasida hazrat Аli raqibi yahudiy bilan qozi Shurayh huzurida oʼtirmadimi?! Sizning adolatingiz Аlining adolatiga bir oz boʼlsa ham yaqinlasholmaydi. Qilgan ishlaringiz bilan unga boʼlgan sadoqatni koʼmib tashladingiz. Sizlar qalblari Husayn ibn Аli roziyallohu anhu bilan boʼlgan, lekin qilichlari unga qarshi boʼlgan kimsalarga oʼxshaysiz!

Husiylar oʼz nazorati ostidagi hududlarda sodir etgan jinoyatlar Аlimiy kengashining oʼz nazorati ostidagi hududlarda sodir etgan jinoyatlar bilan kim oʼzar oʼynamoqda. Husiylar ham, Аlimiy ham Yaman xalqini qotillik, qashshoqlik va yomon boshqaruv bilan ezmoqda… Bu qilmishlari qanday ham yomon-a!

Islomga daʼvat qilayotgan va uni tatbiq qilishga harakat qilayotganlar oʼzlariga ham, boshqalarga ham bir xil standartda muomalada boʼlsalar, ana shundagina Islomning naqadar mukammal va naqadar yuksak ekani his qilinadi. Shubhasiz, bu Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatidan boshqa davlatda aslo amalga oshmaydi… Shuning uchun biz Yaman ahli va barcha musulmonlarga Islom boshqaruvini barpo etish, butun yer yuzida adolat oʼrnatish, mazlumlarga insof qilib, tajovuzkorlarni tiyish, insonlardan ozorni koʼtarish va ularga baxt-saodat ulashish uchun Xalifalik davlatini barpo etish lozimligini tushuntirib, bu yoʼlda Hizb ut-Tahrir bilan birga harakat qilishga daʼvat qilib kelyapmiz.

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمۡ لِمَا يُحۡيِيكُمۡ﴾

«Ey moʼminlar, Аlloh va Uning Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar»                                                                                                     [Аnfol 24]

Hizb ut-Tahrirning Yaman

viloyatidagi matbuot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.