O‘ziga o‘t qo‘ydi!

60
0

Matbuot bayonoti

O‘ziga o‘t qo‘ydi!

Vetnam urushi paytida buddist rohiblarning o‘zlarini yoqib yuborishining dahshatli misoli sifatida, 2024 yil 26 fevral kuni AQSH havo kuchlarida xizmat qilayotgan bir askar poytaxt Vashingtondagi «Isroil» elchixonasi oldiga kelib, o‘zini yoqib yubordi… U o‘zining «endi qaytib genotsidga qo‘l urmasligi»ni bildirdi. Olovda yonar ekan, «Ozod Falastin!», deya faryod qildi… Bu adolat uchun qayg‘uli va umidsiz faryoddir. Shuningdek, G‘azoda davom etayotgan genotsidda Qo‘shma Shtatlarning ishtiroki tufayli chuqur ma’naviy iztirobning aks-sadosidir. Ushbu o‘ziga o‘t qo‘yish harakati bizga 1963 yildagi rohiblarning urush azob-uqubatlariga qarshi norozilik sifatida o‘zlarini o‘zlari yoqishlarini eslatmoqda. Bugun AQSH askarining bu ishi urushga qarshi norozilikkina emas, balki uning G‘azoda davom etayotgan vahshiy qatli omga boshqa toqat qilolmay qolganligi uchun yuborilgan kuchli noma hamdir.

Yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlashga Qo‘shma Shtatlar havo kuchlarining ham aralashayotgani aniq bo‘lib, bu hech qanday isbot talab qilmaydi. «The Intercept» axborot sayti nashr qilgan maqolaga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar G‘azodagi qator havo bombardimonlarni aniq nishonga olishda salmoqli hissa qo‘shmoqda. Ushbu hujumlar oqibatida halok bo‘lganlar soni dahshatli raqamga, 30 mingdan ziyodga yetdi… Ha, o‘zini yoqqan uchuvchi Qo‘shma Shtatlarning tinimsiz davom etayotgan bu genotsidda bevosita qo‘li borligini aniq bilgan. Uning yahudiylar elchixonasi oldiga kelib, o‘zini o‘zi yoqqanligi shunday bir nomaki, u Amerika sodir etayotgan bu vahshiyliklarni, eng muhimi, bu genotsidda AQSH hukumatining mablag‘ va qurol-yarog‘ bilan qo‘llab-quvvatlash rolini butun dunyoga ochib bermoqda.

Qo‘shma Shtatlarning ushbu kurashdagi roli shunchaki harbiy qo‘llab-quvvatlashga cheklanmaydi. Balki u qattol yahudiylarga bombalar va o‘q-dorilar yetkazib bermoqda… Vaholanki, Amerika bu qurollarning tinch aholini nishonga olishda qo‘llanishini ham, bu yahudiylar olib borayotgan «qatli om strategiyasi»ning bir qismi ekanligini ham juda yaxshi biladi. Tinch aholini nishonga olishga qaratilgan bu hamkorlik G‘arb qarashlarini ochib bermoqda… Zero, G‘arb musulmonlarga «arzon vujud» sifatida qaraydi. Bu kabi hodisalarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishi yoki yoritilmasligi xuddi shunday tashvish-xavotirlarni keltirib chiqaradi. Masalan, asosiy ommaviy axborot vositalarining o‘z joniga qasd qilgan uchuvchi voqesiga hamda Qo‘shma Shtatlarning genotsidda qo‘li borligiga sukut qilishi bu jinoyatda Oq uy siyosatiga mos keladi. Voqea haqida xabar bermaslik aksariyati genotsidga qarshi bo‘lgan Amerika jamoatchiligidan vaziyatning asl mohiyatini yashirish uchundir. Jamoatchilikning qarshiligiga qaramay, Bayden ma’muriyati qonxo‘r yahudiylarni qurol-aslaha bilan ta’minlashda va uning jinoyatlarini xalqaro maydonda himoya qilishda davom etmoqda.

Musulmon yurtlaridagi qo‘shinlar sukut qilib, quloqlarini berkitib olishdi! Musulmon bo‘lmasa ham, genotsid borasidagi til biriktiruvga qarshi pozitsiyani egallagan bu askarning mardligi esa musulmon armiyalar qo‘mondonlarining harakatsizligi bilan butunlay teskari kelmoqda. Bu askar garchi Islom diniga amal qilmagan esa-da, shuningdek, unda musulmon qo‘shinlarga ilhom bahsh etuvchi jihodiy aqida yo‘q bo‘lsa-da, biroq u namoyish etgan mardlik va yuksak axloq islomiy yurtlardagi armiya qo‘mondonlarini sharmanda qilmoqda. Chunki uning tutgan pozitsiyasi mazlumlarni madofaasi uchun birinchi liniyada turishi kerak bo‘lganlarda jasorat yo‘qligini ko‘rsatdi. Faqat Xalifalikning siyosiy rahbariyatigina armiyalarimizdan musulmonlarni bostirishda emas, ularning nomusini mudofaa qilishda foydalanadi.

Ajnabiy mamlakatning askari Falastin xalqiga nisbatan bevosita diniy bog‘liqligi bo‘lmay turib, qanday qilib musulmon qo‘shinlari qo‘mondonlari ko‘rsatmagan jasorat va axloqni namoyon qilishi mumkin? – degan tabiiy savol tug‘iladi. Bunday teskarilikdan nafaqat harbiy hamkorlikdagi omadsizlik, balki musulmon qo‘shinlar qo‘mondonlaridagi omadsizlik ham fosh bo‘lmoqda. Chunki davom etayotgan genotsid qarshisida qo‘mondonlarning sukut va harakatsizliklari nafaqat Alloh Subhanahu va Rosuli Aga xiyonatdir, balki shu bilan birga, musulmon harbiyda yaqqol namoyon bo‘lishi shart bo‘lgan erkaklik jasoratini ham yo‘qqa chiqarmoqda. Bu amerikalik askar ko‘rsatgan mardlikka butun olam ayblarimizni aks etuvchi oyna sifatida qarashi kerak. Musulmon armiyalari qo‘mondonlari uchun Alloh Taolo yo‘lida haqiqiy jihodni boshlash, mazlumlarni mudofaa qilish va zulm qarshisida turish ruhini o‘zlarida gavdalantirish vaqti allaqachon keldi.

﴿وَمَا لَكُمْ لاَ تُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللهِ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالنِّسَاء وَالْوِلْدَانِ الَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا أَخْرِجْنَا مِنْ هَـذِهِ الْقَرْيَةِ الظَّالِمِ أَهْلُهَا وَاجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيّاً وَاجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيراً﴾

«(Ey mo‘minlar), sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va «Parvardigoro, bizni egalari zolim bo‘lgan bu shahardan ozod qil va bizga o‘z huzuringdan bir do‘st bergin, bizga o‘z huzuringdan bir yordamchi qilgin», deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat bo‘lgan bechoralar(ni ozod qilish) yo‘lida jang qilmayapsizlar?!» [Niso 75]

Hizb ut-Tahrirning Amerikadagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.