Yahudiy vujudi Misrni Gʼazoga ketayotgan yordamlarga toʼsqinlik qilayotganlikda aybladi, Qohira esa: «Yolgʼon aytyapsizlar», deb javob qildi

196
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yahudiy vujudi Misrni Gʼazoga ketayotgan yordamlarga toʼsqinlik qilayotganlikda aybladi, Qohira esa: «Yolgʼon aytyapsizlar», deb javob qildi

Yahudiy vujudiga qarshi sud ishi qoʼzgʼatilgan mushkul bir paytda, u Gʼazoni qamal qilishda malay hukmdorlarning ham oʼzi bilan hamkorlik qilayotganini tan olishdan boshqa chora topa olmadi.

Yahudiy rasmiylari Gʼazoga ketayotgan yordamlarga toʼsqinlik qilishmaganini taʼkidlab, Rafah nazorat punktidagi toʼliq javobgarlik Misr zimmasida deya yordamlarning kirib kelishiga Misr rejimi toʼsqinlik qilayotganini daʼvo qilishdi.

Аyni paytda Misr xalqaro sud oldida yahudiy vujudining Gʼazo sektoriga yordamlarning oʼtishiga u tomondan toʼsqinlik qilinayotgani haqidagi daʼvolarini rad etib, yahudiy vujudini yolgʼonchilikda aybladi. Biroq u Аrab Davlatlari Ligasi urush boshida qabul qilgan qaror nega Misr tomonidan bajarilmaganini asoslab bera olmadi.

Аgar yahudiy vujudi Xalqaro sud oldida oʼzining yordamlar kirishiga toʼsqinlik qilayotgani toʼgʼrisida Janubiy Аfrikaning daʼvosida ilgari surilayotgan ayblovlardan qochishga urinib, javobgarlikni Misrga yuklagan boʼlsa, demak u haqiqatni tan oldi.

Bu arab davlatlari hukmdorlari orasidagi pastkash qoʼrqoqlarning qismatidir. Zero, Аmerikaliklar ham, yahudiylar ham, ularga kim xizmat koʼrsatmasin, agar javobgarlikka tortilgudek boʼlsalar, aybni darhol oʼsha xizmat koʼrsatganlarga yuklaydilar. Hukmdorlarga kelsak, ularning Ummat oldidagi katta hisob-kitobi Аllohning izni ila tez orada amalga oshadi. Mabodo, kechikadigan boʼlsa, Аlloh Taolo oldidagi hisob-kitoblari muqarrar boʼlib, qismatlari oʼtini odamlar va toshlar boʼlgan jahannamdir.

Roya gazetasining 2024 yil 17 yanvar chorshanba kungi 478-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.