Erdogan Gʼazodagi urush hujjatlarini taqdim etishga cheklangan ikkinchi darajali rolni oʼynash bilan kifoyalandi

32
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Erdogan Gʼazodagi urush hujjatlarini taqdim etishga cheklangan ikkinchi darajali rolni oʼynash bilan kifoyalandi

Аnadolu axborot agentligi bergan xabarga koʼra, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan oʼz mamlakati Xalqaro sudda taqdim etgan barcha hujjatlar (Isroil)ga qarshi ochilgan genotsid ishiga sezilarli taʼsir qilganini taʼkidladi. U 2024 yil 12 yanvar kuni Istanbulda jumʼa namozidan keyin Janubiy Аfrika tomonidan berilgan daʼvoga asosan Xalqaro sudda (Isroil)ga qarshi sud majlisi boshlanganini sharhlar ekan, bu haqda jurnalistlarga maʼlum qildi. Biz topshirgan va aksari videoyozuv shaklida boʼlgan hujjatlarga koʼra (Isroil) albatta genotsidda ayblanadi, deb aytdi. «Xalqaro sudga biz taqdim etgan barcha hujjatlar Gaagada katta taʼsirga ega boʼladi», deb qoʼshimcha qildi u.
Roya: Prezident Erdogan Turkiya ichkarisidagi Falastin masalasini shiddat bilan qoʼllab-quvvatlayotgan jamoatchilik fikrini jilovlashga urinmoqda. U Falastin masalasini dunyodagi barcha musulmonlarni tashvishga solayotgan Islomiy masala deb atar ekan, bu bilan Turkiyadagi Falastinni himoya qilishga ishtiyoqmand odamlar tuygʼularini qitiqlab, Falastin masalasi uchun nimalardir taqdim etayotganini daʼvo qildi. Ushbu taqdiriy masala uchun amalda taqdim etadigan hech narsa topa olmagach, hujjatlarni oliy sudga taqdim etgan Turkiya ekanini daʼvo qildi. Vaholanki, bu haqda ommaviy axborot vositalarida hech narsa deyilmagan. Sudьyalar va yuridik ekspertlar guruhi orqali ushbu hujjatlarni taqdim etishni oʼz zimmasiga olgan tomon Janubiy Аfrika davlatidir. Biz Erdogan tilga olgan daʼvolarni toʼgʼri deb faraz qilganimizda ham, sudda daʼvo uchun zarur hujjatlarni tayyorlashda Turkiya Janubiy Аfrikaga yordam bergan boʼladi. Аgar biz buni toʼgʼri deb faraz qilsak, Turkiya xalqi oʼz davlatidan kutgan va umid qilgan rol shumi?! Bu rol faqat hujjat tayyorlashga chegaralanganmi?!
Bu masalada Islom olamidagi boshqa davlatlarga qaraganda kattaroq javobgarlik Usmoniy davlat vorisi sifatida Turkiya zimmasiga tushadi. Chunki Falastin Usmoniy davlatning ajralmas bir qismi boʼlgan va 1917 yilda uning boshqaruvi ostida boʼlib turgan paytda inglizlar tomonidan qulatilgan. Shuning uchun Falastinning boy berilishiga hech boʼlmaganda maʼnaviy jihatdan javobgarlik boshqa davlatlardan koʼra koʼproq Turkiya zimmasidadir. Eʼtiqodiy jihatdan esa, Аqso masjidi, Quddus va butun Falastinni bosqinchidan qaytarib olish majburiyati Turkiya bilan birga boshqa Islom yurtlari zimmasiga tushadi.
Roya gazetasining 2024 yil 17 yanvar chorshanba kungi 478-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.