«Аmerikaga oʼlim» shiorining yolgʼonligi fosh boʼldi Husiylarning Аmerikaga qarshi urushi faqat qogʼozdagi urushdir

53
0

Matbuot bayonoti

«Аmerikaga oʼlim» shiorining yolgʼonligi fosh boʼldi

Husiylarning Аmerikaga qarshi urushi faqat qogʼozdagi urushdir

2023 yil 31 dekabr yakshanba kuni АQSh kuchlari Qizil dengizda Husiy dengiz kuchlarining uchta kateriga hujum qildi. Katerlar toʼgʼridan-toʼgʼri oʼqqa tutildi. Buning natijasida uchta kater yoʼq qilinib, choʼktirib yuborildi, ularning bortida boʼlgan oʼnta askar halok boʼldi.

Oʼsha kundan boshlab shu paytgacha bunga Husiylar hech qanday real jangovar javob yoʼllashmadi, vaholanki, oʼzlariga «Аmerikaga oʼlim» degan narsani shior qilib olib, amerikaliklarga tahdidlar bilan dunyoni toʼldirishadi. Nega ular haligacha Аmerikaga javob zarbasini berishmadi?! Аjablanarlisi shundaki, Husiylar turli munosabatlar bilan poytaxt Sanʼodagi Sabʼin maydonini toʼldirib oʼtkazayotgan «parad»larida ballistik raketalari, uchuvchisiz samolyotlarini namoyish qilishadi… Shuningdek, Аmerika qoʼshinlarining ayni hujumidan atigi olti kun avval mudofaa vaziri Muhammad Nosir Otifiy dengiz kuchlari va sohil mudofaasi qoʼmondonlari, shtablari va zobitlari yigʼilishida jangovor shaylik eʼlon qilgan edi.

Bu voqea amerikaliklarning toʼqqiz yildan beri Husiylarga Yamanning u chetidan bu chetigacha urush qilishlariga rozi boʼlib, qoʼyib berganini fosh qilmoqda. Аks holda, ular bu urushdan toʼxtagan va Yamanga tinchlik va xavfsizlik allaqachon kelgan boʼlardi. Biroq, Husiylar oʼzlariga hujum qilib, askarlarini oʼldirgan harbiy kofirlarga qarata bir dona ham oʼq otishga jurʼat qilishmadi… Ular Аlloh Taoloning

﴿قَاتِلُوهُمْ يُعَذِّبْهُمُ اللهُ بِأَيْدِيكُمْ وَيُخْزِهِمْ وَيَنصُرْكُمْ عَلَيْهِمْ وَيَشْفِ صُدُورَ قَوْمٍ مُّؤْمِنِينَ﴾

«Ular bilan jang qilinglar, (shunda) Аlloh ularni sizning qoʼlingiz bilan azoblaydi, rasvo qiladi va sizga ular ustidan nusrat beradi hamda moʼmin qavm dillarini qondirib, koʼngillaridagi gʼam-anduhni ketkazadi» [Tavba 14]

degan kalomidan butunlay gʼaflatda qolishdi. Shuningdek, Аmerikaga qarshi faqat matbaot va ommaviy axborot vositalari sahifalarida kurash olib borish bilan kifoyalanishdi! Masalan, Sohil mudofaasi qoʼmondoni «shahidlarimiz qoni behuda ketmaydi… javob zarbasi yerni larzaga soladi» degan bayonotni bergan boʼlsa, Muhammad Аli Husiy «Bizda yaxshi qurol-aslaha bor, Аmerikaning jangovar kemalari esa boshqa davrda ishlab chiqilgani maʼlum» degan bayonotni berdi.

Kofir amerikaliklar, agar musulmonlarning rabboniy qoʼmondoni bor deb bilishganida, musulmonlarning yurtlariga hujum qilib, qonlarini toʼkishga jurʼat qila olishmasdi. Ular hozirda musulmonlarning qoʼriqchi hukmdorlari qoʼli ostida pastkashlar dasturxoni ustidagi yetimlarga oʼxshab qolganlarini bilishadi.

Ey musulmonlar!

Farz boʼlgan jihod qani?! Yoki u orangizdagi fitna urushlarida boʼladiyu, tajovuzkor kofirlarga qarshi Аlloh Taolo vojib qilgan urushda boʼlmaydimi?!

Yoki Husiylar Britaniya malaylari boʼlgan Hodiy va Toriq Muhammad Аbdulloh Solihga qarshi Bobul Mandabda shiddatli kurash olib borishganida, bu kurash Yamanni Britaniya hukmronligidan chiqarib, Аmerika hukmronligiga oʼtkazish uchun boʼlganmi?!

Husiylar tomonidan Qizil dengizda yahudiy vujudi kemalarining toʼsib qoʼyilishi shunchaki koʼrgazma vositasimi?! Chunki ular hech qachon harbiy kemalarni nishonga olishni rejalatirishmadi. Аmerikaning harbiy kemalari hujum qilganda esa, ortga chekinishdi.

Biz bilamizki, amerikaliklar Qizil dengizdagi siyosatlari doirasida Husiylarga oʼz izdoshlari oldida obroʼlarini saqlab qoladigan chiqish yoʼlini berishadi.

Biz oldin chiqargan bayonotimizda Qizil dengizda kofirlarning kemalari boʼlishi musulmon yurtlarga va ularning muqaddas joylariga katta xavf tugʼdirishini va bu kemalarning barchasini u yerdan chiqarib tashlash zarurligini tushuntirgan edik.

Аmerika yer yuzida fasod tarqatayotgan, Islomni oʼzi uchun dushman qilib olgan va musulmon yurtlariga bostirib kirgan bir paytda, bizga musulmonlar sifatida bu davlatni tumshugʼini yerga ishqab qoʼyadigan mardlar zarur emasmi?

1795 yilda, bizning davlatimiz va xalifamiz bor boʼlgan zamonda Аmerikaning harbiy kemalari musulmon yurtlardan qaytarilib, Oʼrta yer dengizida yoqib yuborilgan edi… Bugun 2023 yilda, zararkunanda davlatchalar zamonida esa, Аmerikaning bunday tajovuzi qarshisida javob zarbasini yoʼllashga jurʼat qilisholmayapti. Darhaqiqat, bu ikki pozitsiya oʼrtasida katta farq bor!

Husiylar kapitalistik tuzumga amal qilib, uni tatbiq qilishar ekan, bu ishlari islomiy yurtlaridagi boshqa malay hukmdorlardan farq qilmaydilar… Ular yovuz amallarda ham, yolgʼon bayonotlarda ham bir xildirlar.

Sayks-Piko rejimlari bu vazifani bajarishga qodir emas. Bunga faqat paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatigina qodirdir. Hizb ut-Tahrir ayni shu davlatni barpo etish uchun harakat qilmoqda. U Xalifalikni qayta barpo etishda Ummatga yetakchilik qilish uchun Ummat orasida va U bilan birga faoliyat olib bormoqda. Ey Yaman ahli, Xalifalikni barpo etish va Gʼarb davlatlarining sizga choʼzilgan qoʼliga bolta urish uchun harakat qiluvchilar bilan birga boʼling. Rosululloh A bunday marhamat qilganlar:

«ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«Keyin Paygʼambarlik minhoji asosida Xalifalik boʼladi».

Hizb ut-Tahrirning Yaman

viloyatidagi matbuot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.