Matbuot bayonoti
Idlibda qon toʼkilishini munosabatlarni normallashtiruvchilar va xalqaro hamjamiyat emas, balki roshid Xalifalik toʼxtadi
Xomsdagi harbiy kollejda oʼtkazilayotgan bitiruv marosimiga uchuvchisiz samolyotlar bilan uyushtirilgan hujum kamida 89 kishining hayotiga zomin boʼldi. Bu hujumdan keyin jinoyatchi rejim va unga sodiq kuchlar soʼnggi bir necha kun ichida Idlib va Halab yaqinidagi kamida 15ta qishloq va shaharga shiddatli va tizimli ravishda artilleriya va raketa hujumlarini amalga oshirdi. Hujumlar bozorlar, aholi punktlari va bir qancha maktablarga taʼsir qildi. Fuqarolik mudofaa markazi va elektr stantsiyasi hujumga uchrashi oqibatida koʼplab hudud va shaharlar qorongʼilikda qoldi.
Ushbu dahshatli hujumlar natijasida 81 nafar tinch aholi, shu jumladan 27 nafar bola va 19 nafar ayol yaralandi. Payshanba va juma kunlari taxminan 15 kishi halok boʼldi. Bir vaqtning oʼzida juda koʼp raketalarni tushishi koʼpchilikning, ayniqsa, tunni uylar zinapoyasi ostida uxlab oʼtkazgan yosh bolalarning vahima va qoʼrquvga tushishlariga sabab boʼlgan. Mana, xalqaro hamjamiyatning qasddan sukut saqlashi manzarasida Аrab Ligasidagi oʼz oʼrnini qayta egallagan jinoyatchi rejim qoʼlidan begunoh kishilarning qoni hamon oqib turibdi. Mana, malay rejimlar Shom togʼuti bilan munosabatlarni normallashtirish uchun kim oʼzarga musobaqalashganidan keyin ularning basharalari ochilib qoldi. Bularning barchasi Shom qoʼzgʼolonini yangi bosqichga koʼchirdi. Bu bosqichda dunyo hayotini istaganlar Аllohni va oxiratni istaganlardan ajraladi. Аlloh Taolo aytadi:
﴿الم * أَحَسِبَ النَّاسُ أَنْ يُتْرَكُوا أَنْ يَقُولُوا آمَنَّا وَهُمْ لاَ يُفْتَنُونَ * وَلَقَدْ فَتَنَّا الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ فَلَيَعْلَمَنَّ اللهُ الَّذِينَ صَدَقُوا وَلَيَعْلَمَنَّ الْكَاذِبِينَ﴾
«Аlif, Lom, Mim. Odamlar: «Iymon keltirdik», deyishlari bilangina, imtihon qilinmagan hollarida, qoʼyib qoʼyilishlarini oʼyladilarmi?! Holbuki Biz ulardan avvalgi (iymon keltirgan barcha) kishilarni imtihon qilgan edik-ku!! Bas (shu imtihon vositasida) albatta Аlloh («Iymon keltirdik» deb) rost soʼzlagan kishilarni ham, yolgʼonchi kimsalarni ham aniq bilur» [Аnkabut 3]
Mana, ozod qilingan Idlib va uning chekka hududlari muborak qoʼzgʼolon asoslariga, berilgan va hamon berilayotgan qurbonliklarga sodiqligi toʼlovini toʼlamoqdalar. Xalqaro hamjamiyat eʼtiborsizligi fonida Suriyada yuz berayotgan voqealar xalq irodasini sindirish va qoʼzgʼolon alangasini oʼchirishdan boshqa narsa emas. Chunki ichki va tashqi til biriktiruvlar natijasida qoʼzgʼolon duch kelayotgan qiyinchiliklarga qaramay, shuningdek, Shom togʼutining qoʼzgʼolon yillari davomida boy bergan hududlarni qayta nazoratiga olishiga olib kelgan bir qator konferentsiya va kelishuvlar orqali kofir Gʼarb qoʼzgʼolon ustidan nazoratni kuchaytirganiga qaramay uning alangasi kuchaymoqda.
Ozod qilingan hududlarda dindoshlarimiz boshdan kechirayotgan qiyinchiliklarni hisobga olib, Shom jallodi bilan munosabatlarni normallashtirgan va normallashtirayotgan barcha xoin rejimlarga shunday deymiz: Muborak Shom zaminida begunohlarning pokiza qonlari hamon oqmoqda. Shunday ekan, inkor etishni, oqlashni va pand berishni bas qiling! Shafqatsiz urush mashinasidan Shomdagi bolalar va ayollar qanday azob chekayotganini koʼrmayapsizmi?! Ey odamlarning qiyinchiliklariga, koʼz yoshlari va toʼkilayotgan qonlariga befarq boʼlganlar, sizlarni ham, tugab borayotgan rejimni ham aslo oqlab boʼlmaydi. Chunki sizlarning asosiy tashvishingiz Shomdagi xolis va taqvodor kishilar irodasini sindirish, ularning qalbidagi qoʼzgʼolon ruhini oʼchirish yoʼlida ishboshchilaringizga itoat etish boʼlib qoldi.
Barchangizga aytamizki, biz til biriktirgan, xiyonat qilgan va musulmonlar qoniga botgan malay rejimlardan, shuningdek, eng yuqori darajada ikkiyuzlamachilik qilgan xalqaro hamjamiyatdan musulmonlarni qutqarishini kutmaymiz. Shom Suriyasi, majruh Gʼazo, qaygʼuga botgan Yaman, parchalangan Sudan, Аfgʼoniston, Mali, Sharqiy Turkiston, Kashmir va bulardan boshqa musulmon yurtlardagi mazlumlarga yordam berilishi ham ulardan kutilmaydi.
Kuch-qudrat sohibi boʼlgan xolis kishilarga, qurbon bergan va qurbon berishni davom ettirayotgan xalq bazasiga nido yoʼllab aytamizki, Islomiy hayotni qayta tiklash va roshid Xalifalikni barpo etish uchun faoliyat olib borayotganlarni qoʼllab-quvvatlang. Xalifalik butun dunyo uchun foydali boʼlgan yechim yadrosidir. Zero u, Аqsoni va barcha musulmon yurtlarni buzgʼunchi kofirlar hukmronligidan ozod qiladi, Ummatning ulugʼligini va Uning dushmanlar qalbidagi haybatini qayta tiklab, Uni birlashtiradi. Xalifalik Rosululloh ﷺ barpo etgan davlatning davomchisi boʼlib, U zot bu haqda:
«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»
«Soʼng paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʼladi», deya bashorat qilganlar.
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot
boʼlimi ayollar qanoti