Bishkekda oilaviy zoʼravonlikka uchragan xotin-qizlar uchun markaz tashkil etiladi
Qirgʼizistonda jinsiy va oilaviy zoʼravonlikdan jabr koʼrgan xotin-qizlarga yordam koʼrsatadigan markaz tashkil etiladi. Bu haqda vazirlar mahkamasi xabar berdi.
Hukumat qoshidagi Gender rivojlanish milliy kengashi ushbu masala boʼyicha yigʼilish tashkil qildi. Yigʼilish Qirgʼiziston vazirlar mahkamasi raisining oʼrinbosari Edil Baysalov boshchiligida boʼlib oʼtdi. Mazkur yigʼilishda xotin-qizlarga nisbatan zoʼravonlik bilan bogʼliq shov-shuvli holatlar muhokama qilinib, xotin-qizlarga nisbatan zoʼravonlikka qarshi kampaniyaning chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Kampaniya 25 noyabrdan boshlanadi.
Yigʼilish yakunida Vazirlar Mahkamasining “jinsiy va oilaviy zoʼravonlikdan jabr koʼrgan xotin-qizlar uchun Bishkek shahrida yordam koʼrsatish markazi ochish” toʼgʼrisidagi qaror loyihasini tayyorlash Аholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga topshirildi.
Izoh: Bunday tadbirlar faqat bitta maqsadda, u ham boʼlsa, goʼyoki xotin-qizlarga gʼamxoʼrlik qilish niqobi ostida muslima xotin-qizlarni gʼarblashtirish va Islomiy asosga qurilgan oilalarni parchalash maqsadida amalga oshiriladi. Chunki Gʼarb oila va jamiyatni bino qilishda muslima xotin-qizlarning roli alohida ahamiyatga egaligini hamda oila parokanda boʼlsa, Islomiy jamiyat yemirila boshlashini yaxshi biladi. Shuning uchun Gʼarb barcha Islomiy oʼlkalarda muslima xotin-qizlarni Islomdan uzoqlashtiradigan va uni Gʼarbning tuban, badboʼy tushunchalari bilan bulgʼaydigan uyushmalar va harakatlar tashkil qilgan. Ularning vazifasi “Xotin-qizlar huquqini muhofaza qilish” yoki “Jabr koʼrgan xotin-qizlarga yordam koʼrsatish” kabi usti yaltiroq shiorlar bilan muslima xotin-qizlarga Gʼarb saqofatini va tushunchalarini singdirishdir. Toki buning natijasida buzuq fikrga ega boʼlgan muslima xotin-qizlar oʼzini gʼarb andozasiga solsin va musulmon jamiyatda “koʼz qorachigʼidek saqlanadigan duru-gavhar” maqomini yoʼqotib, narxi tushib ketgan matoga aylansin.
Eʼtiborli jihati shundaki, Musulmonlar yurtlaridagi xotin-qizlarni Gʼarb usuli asosida ozod qilib unga mutlaq erkinliklar berishga va uni Gʼarbdagi kabi yalangʼoch xotin-qizlarga aylantirishga qaratilgan tadbirlar davlat rasmiylari boshchiligida, yaʼni qonun himoyasida olib borilmoqda. Hatto mamlakatda gender tenglikni rivojlantirish uchun hukumat qoshida milliy kengash ham tashkil qilingan. Bu esa, or-nomusni yoʼq qilishga qaratilgan bunday iflos harakatlarga hukumatning oʼzi bosh-qosh boʼlayotganini anglatadi. Shunday ekan, musulmonlar bunday illatlardan butkul qutilish uchun mavjud tuzumlarning barchasini rad etib, Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik tuzumini barpo etish uchun harakat qilmoqlari lozim. Xalifalik davlati nafaqat xotin-qizlar va oilalarni, balki butun insoniyatni demokratiya botqogʼidan qutqaradi.
Аbdurahmon Odilov