Jogorku Kenesh Qirgʼiziston havo hududini Rossiyaga berish tashabbusini shoshilinch tarzda qoʼllab-quvvatladi

0
208

Jogorku Kenesh Qirgʼiziston havo hududini Rossiyaga berish tashabbusini shoshilinch tarzda qoʼllab-quvvatladi

Jogorku Kenesh 11 oktabr kuni Rossiyaning Kantdagi aviabazasi yaqinidan 5 gektar yer ajratishga qaratilgan qonunni bir ovozdan maʼqulladi. Bu qonun Rossiya prezidentining rasmiy tashrifi oldidan shoshilinch ravishda qabul qilindi va unga sovgʼa sifatida taqdim etildi.

Ushbu hujjat doirasida Rossiya Kant shahri hududidagi rus aviabazasi joylashgan tumanda havo hujumidan mudofaa boʼlinmalarini joylashtirishni rejalashtirmoqda. Аniqroq aytganda, mamlakat havo hududi Rossiyaning qoʼliga topshirildi.

Maʼlumki, Qirgʼizistondagi Rossiyaning birlashgan harbiy bazasi bir necha obʼektlarni oʼz ichiga oladi. Ular “Kant” aviabazasi, Qorakoʼl shahridagi sinov bazasi, Chaldibar qishlogʼidagi aloqa punkti va Mayluu-Suu shahridagi avtonom seysmik stantsiyadir. Rossiya prezidentining avvalgi rasmiy tashrifi chogʼida mazkur muassasalar hududi kengaytirilgan edi.

Аfsuski, bu gal deputatlar nafaqat yer, balki mamlakat havo hududini ham Rossiyaga berishni yoqlab ovoz berishdi. Rossiyaning mamlakatdagi harbiy taʼsirining kuchayishi oʼz navbatida Qirgʼiziston xavfsizligi uchun xatarli ekanligiga shubha yoʼq. Chunki mustamlakachilar egallab olgan joylarini hech qachon ixtiyoriy ravishda tark etishmaydi. Qolaversa, Qirgʼiziston Rossiya boshchiligidagi MDH, YeOII, KXShT kabi tashkilotlarga qoʼshilib olgan. Boz ustiga, hukumat diktatura oʼrnatish maqsadida Rossiya qonunlaridan nusxa koʼchirmoqda. Bu tabiiy ravishda Rossiyaga qaramlikni yana-da oshiradi.

Shariat nuqtai nazaridan qaraganda, Islomiy oʼlkalarda xorijliklarning josuslik qilishlari va bazalar qurishlariga yoʼl qoʼymaslik kerak. Аfsuski, mamlakatimiz rahbarlari bu haqda oʼylab ham koʼrishmaydi. Shunday ekan, musulmon xalqimiz oʼz dinini yaxshilab oʼrganishlari va shu bilimlari asosida barcha musulmonlarni birodarga aylantiradigan va oʼlkamizdan mustamlakachi kofirlarni quvib chiqaradigan xalifalik davlatini barpo etish yoʼlida fikriy-siyosiy kurash olib borishlari zarur. Faqat mana shu davlatgina musulmonlarni zulmdan qutqaradi va kofirlarni oʼz inlariga quvib yuboradi!

Mumtoz Movaroannahriy

Izohlar yo'q