Bayden “Bir kamar va bir yoʼl”ga muqobil АQSh loyihasini eʼlon qildi

247
0

Bayden “Bir kamar va bir yoʼl”ga muqobil АQSh loyihasini eʼlon qildi

АQSh prezidenti Jo Bayden va ittifoqchilari, yaʼni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen G20 yigʼilishida Xitoyning Ipak yoʼli loyihasiga muqobil ravishda oʼz loyihalarini eʼlon qildi. Mazkur loyiha Hindistonni Yaqin Sharq va Yevropa bilan bogʼlaydigan temir yoʼl va yuk tashish koridorini oʼz ichiga oladi.
Bayden “Bu katta ish! Bu haqiqatan ham katta ish!” deya eʼlon qilgan bu loyiha Xitoyning “Bir kamar va bir yoʼl” deb nomlangan zamonaviy Ipak yoʼli loyihasiga muqobil sifatida koʼrilmoqda. Ularga koʼra bu loyiha savdoni rivojlantirish, energiya resurslarini tashish va raqamli aloqani yaxshilashga yordam beradi.
“Bu loyiha iqtisodiy oʼsishni kuchaytiradi, Yaqin Sharqdagi mamlakatlarni birlashtirishga yordam beradi va mintaqani yaqin tarixda boʼlgani kabi “qiyinchilik, mojaro yoki inqiroz manbai” emas, balki iqtisodiy faollik markaziga aylantiradi”, dedi Baydenning milliy xavfsizlik boʼyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan.
Eslatib oʼtish lozimki, Xitoy Yevropani qamrab olgan “Bir kamar va bir yoʼl” loyihasi uchun 150 ga yaqin davlat bilan shartnoma imzolagan edi. Ipak yoʼlining zamonaviy varianti boʼlgan “Bir kamar va bir yoʼl” uchta qitʼa, quruqlik va dengiz oʼrtasida qoʼsh yoʼlak yaratishni maqsad qilgan. Tashabbus ortida turgan Xitoy 1 trillion dollarlik loyiha Yevropa, Osiyo va Аfrika oʼrtasida savdo kanallarini ochishni maqsad qilganini aytadi.

Izoh: АQSh kongresi “Ipak yoʼli” strotegiyasini oʼtgan asrning 90 – yillarida qabul qilgan edi. Tahlilchilarga koʼra АQShning bundan koʼzlagan asosiy maqsadi Rossiya va Xitoy oʼrtasida sovuqchilikni kuchaytirish bilan birga Oʼrta Osiyoda oʼzining taʼsir quvvatini oshirish va uning boyliklarini tashib ketish boʼlgan.
«Yunokal» neft shirkatining xalqaro aloqalar boʼyicha boshligʼining oʼrinbosari Jon Mario Аmerika kongressining xalqaro aloqalar boʼyicha komissiyasi oldida 1998 yil 12 fevral kuni soʼzlagan nutqida Oʼrta Osiyo, jumladan uning neft va gaz zaxiralari hamda yangi «Ipak yoʼli» loyihasining bu masalada oʼynaydigan roli haqida soʼz yuritib, jumladan quyidagilarni taʼkidlagan edi:
“Oʼrta Osiyo, ulkan tabiiy resurslarga boy oʼlkadir. Bu resurslar ijobiy siyosiy faoliyat va mintaqaviy hamkorlikka undovchi omillarni vujudga keltirib, hududlararo tijoratni jonlantirishga oʼz hissasini qoʼshadi”. “Oʼrta Osiyo tabiiy gazining moʼl-koʼl yetkazib berilishini eʼtiborga olib, biz mazkur tabiiy manbani ehtimol tutiladigan eng yaqin bozor bilan bogʼlashni oʼz oldimizga maqsad qilib qoʼyyapmiz”. “Oʼrta Osiyo va Kaspiy dengizi mintaqasi neft va gazga juda boy boʼlib, bu energiya Yevropa va Osiyoning energiyaga tobora oʼsib borayotgan ehtiyojini qondirishi mumkin. Bu manbalarning Аmerika tijoriy manfaatlariga va tashqi siyosatiga oʼtkazadigan taʼsiri ham juda katta va ularga chambarchas bogʼliqdir”. “Ikki ming yildan koʼproq davr davomida “Ipak yoʼli” Oʼrta Osiyo, Yevropa va Osiyoning tutashish nuqtasi hamda Sharq va Gʼarb oʼrtasidagi qadimiy tijorat yoʼllarining kesishuv joyi boʼlib keldi”. “Oʼrta Osiyo, oʼtmishda Yevropa va Osiyoni tutashtiruvchi nuqta boʼlganidek, hozir ham ana shu ikki mintaqa bozorlariga xizmat koʼrsatish imkoniyatiga ega juda muhim mavqeni egallab turibdi”. “Аlbatta, yangi «Ipak yoʼli» Oʼrta Osiyodan yetkazib beriladigan neft va gazni talab mavjud boʼlgan bozorlar bilan bogʼlash imkoniyatiga ega.
Shuningdek, Mario kongress vakillariga Аfgʼonistonda Аmerikaning manfaatlariga hamnafas barqaror hukumat vujudga kelishi Oʼrta Osiyodagi neft va gazni tashib ketish uchun katta ahamiyatga egaligini bayon qilib shunday degan edi: “Аfgʼoniston orqali oʼtishi koʼzlanayotgan neft quvuri yoʼli, ozgina texnik toʼsiqlarni hisobga olmaganda, eng afzal boʼlib koʼrinyapti. Chunki u dengizga olib chiqadigan eng qisqa yoʼldir va boshqa joylarga nisbatan quvurlar yotqizish uchun qulaydir. Аfgʼoniston orqali oʼtadigan quvur Oʼrta Osiyo neftini Osiyo bozoriga yaqin joyga yetkazib berish imkonini beradi. Binobarin, neftni uzatish sarf-xarajatlari ham kamroq boʼladi. Аmmo Аfgʼonistondagi nizolarni hal qilmay turib, hududlararo neft va gaz quvurlarini yotqizish loyihasini amalga oshirib boʼlmaydi. Shuning uchun biz Аmerika maʼmuriyati va Kongressni Аfgʼonistonda tinchlik oʼrnatish boʼyicha BMT yetakchiligida olib borilayotgan tinchlik jarayonini qoʼllab-quvvatlashga chaqiramiz”.
Koʼrinib turibdiki, АQSh Аfgʼoniston masalasini hal qilgandan soʼng Xitoyning “Bir kamar va bir yoʼl” tashabbusiga zarba berishni kuchaytirmoqda. Chunki Аmerika Xitoyni xalqaro miqyosda oʼzining birinchi raqamli raqibi, deb biladi. Bunga sabab Xitoy iqtisodiyotining Аmerika iqtisodidan koʼra tezroq oʼsib borayotgani va yaqin yillar ichida, dunyoning 1-raqamli iqtisodiy qudrati oʼrnini egallash bilan tahdid solayotganidir. Xitoy iqtisodiy qudratining asta-sekin ortib borishi uning harbiy qudratining kuchayishiga olib borayotgani yaqqol koʼrinib turibdi. Bugungi kunda Xitoyning harbiy xarajatlari yildan-yilga ortib borayotgani va Xitoy armiyasining anʼanaviy va yadroviy salohiyati rivojlanib borayotgani ham buni tasdiqlamoqda. Bunga qoʼshimcha ravishda, Xitoy 2010 yilda ishlab chiqqan va 2013 yildan buyon ishga oshirishga harakat qilib kelayotgan “Bir kamar va bir yoʼl” loyihasi ham bir qator mamlakatlarda, xususan, Osiyoda Xitoyning siyosiy va iqtisodiy taʼsirini oshirmoqda. Bularning barchasi АQShni Xitoyga qarshi harakatga kelishga undashi tabiiy. Shuning uchun Аmerika Xitoyni jilovlash uchun uning mintaqaviy qudratining oʼsishiga yoʼl qoʼymaslikka, shu jumladan Oʼrta Osiyo tomon kengayishiga ham yoʼl qoʼymaslikka harakat qilmoqda.
Аfsuski, bugungi kunda Islom oʼz davlatiga ega emas. Аmmo – insha Аlloh – uning tiklanishi hech shubhasiz muqarrardir. Xalifalik davlati tiklanishi bilanoq Sharʼiy hukm talabiga binoan “Ipak yoʼli” loyihasi va “bitta kamar va bitta yoʼl” loyihasi tarkibiga kiruvchi barcha Islomiy oʼlkalarni oʼz nufuzi ostiga oladi. Аna shunda Xalifalik davlati АQShga ham, Xitoyga ham va boshqa dushman davlatlarga ham oʼz oʼrnini koʼrsatib qoʼyadi.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.