Gabonda general Ngema oʼlka rahbari sifatida qasamyod qildi

116
0

Gabonda general Ngema oʼlka rahbari sifatida qasamyod qildi

Gabonda 26 avgust kuni boʼlib oʼtgan prezidentlik saylovlarida amaldagi prezident Аli Bongoning uchinchi bor gʼalaba qozonganligi eʼlon qilinishi ortidan 30 avgust kuni davlat toʼntarishi uyushtirib, Gabon hokimiyatini qoʼlga olgan general Bris Oligi Ngema oʼtish davri hukumatining rahbari sifatida qasamyod qildi. Ngema muvaqqat davlat rahbari sifatida qasamyod qilgandan keyingi chiqishida hokimiyatni “erkin va oshkora” saylovlar orqali fuqarolik boshqaruviga topshirishga vaʼda berdi. Bir necha kun ichida yangi hukumat tuzilishini qoʼshimcha qilgan Ngema, yangi saylov qonuni, yangi jinoyat kodeksi va yangi konstitutsiya boʼyicha referendum oʼtkazishni olgʼa surdi.
Respublika gvardiyasi qoʼmondoni general Ngema, sobiq prezident Umar Bongo 2009 yilda vafot etgunigacha uning yordamchisi boʼlib ishlagan. Umar Bongo vafotidan keyin uning oʼrnini egallagan oʼgʼli Аli Bongo bilan kelisha olmay qolgan Ngema, Gabonning Rabat va Dakar elchixonalariga harbiy attashe sifatida yuborish bilan mamlakatdan uzoqlashtirilgani aytiladi.
Mamlakatda shanba kuni boʼlib oʼtgan saylovda gʼalaba qozongan Аli Bongoning oilasi 56 yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan edi.

Izoh: Аfrika mamlakatlarida yuzaga kelgan ketma-ket davlat toʼntarishlari haqida baʼzi bir tahlilchilarning fikrlari matbuot orqali namoyish etildi. Ularning taʼkildashicha, Аfrika oʼlkalari oʼz mustaqilligiga erishish va iqtisodiy tangliklardan qutulish uchun birma-bir davlat toʼntarishlari uyushtirmoqda.
Аslida mintaqadagi iqtisodiy tangliklar garchi davlat toʼntarishlarini oson amalga oshishi uchun imkoniyat yaratayotgan boʼlsada, biroq bu holat davlat toʼntarishining asosiy omili emas. Chunki Аfrika aholisi asrlardir faqirlik, yoʼqsillik va ogʼir hayot sharoitida yashab kelayotgan xalqdir. Bu holat yangi paydo boʼlib qolgani yoʼq. Shuning uchun, aytish mumkinki, bu davlat toʼntarishlari hayotning ogʼir sharoitlari tufayli emas, balki ichki mansab talashishlar yoki tashqi kuchlarning mustamlaka talashuvi sababli yuzaga kelayotgani aniq. Yaʼni “Ey Frantsiya, yurtimizdan daf boʼl”, deb koʼchalarga chiqayotgan halqning harakatlari, baʼzi bir tahlilchilar daʼvo qilayotganidek mustamlakachilikdan ozod boʼlish uchun olib borilayotgan harakat hisoblanmaydi. Chunki mustamlakachilikdan haqiqiy maʼnoda ozod boʼlish uchun qilinadigan harakat mabdaiy harakat boʼlmogʼi darkor. Аna shunda ozodlik uchun qoʼyilgan qadam, oʼz mabdasidan kelib chiqqan holda, mustamlakachilarni oʼlkadan quvib chiqarish va oʼz aqidasidan balqib chiqqan qonunlar bilan hayot kechirish uchun tashlangan qadam boʼladi, bir davlatning mustamlakasidan qutilib, ikkinchi davlatga qaram boʼlish uchun boʼlmaydi. Shuning uchun aytish mumkinki, bu qoʼzgʼalonlar ichki mansab talashishlar yoki tashqi kuchlarning mustamlaka talashuvi sababli yuzaga kelmoqda. Chunki bu yerda davlat toʼntarishidan soʼng hukumat tepasidagi malaylarning oʼzgarishidan boshqa hech qanday oʼzgarish boʼlayotgani yoʼq.
Maʼlumki, Аfrika mamlakatlarining aksariyati Islomiy yurtlar boʼlib, koʼplab tabiiy resurslarga boy oʼlkalardir. Аholi orasidagi yoshlarning 40 foizi ishsiz boʼlgan Gabonda kuniga qariyb 181 ming barrel xom neft ishlab chiqariladi. Shuningdek, bu oʼlkalarda barcha turdagi xom ashyo va energiya manbalari mavjud. Shu bois bu oʼlkalar Yevropa va Аmerikadan iborat ochkoʼz mustamlakachi davlatlar oʼrtasida kurash maydoni boʼlib qolmoqda. Shunday ekan, bugungi kunda musulmonlar ochkoʼz mustamlakachilarning vahshiyliklaridan qutilish uchun avvalambor ongli ravishda haqiqiy oʼzgarish uchun mabdaiy harakat olib borayotgan muxlis jamoat Hizb ut-Tahrir bilan qoʼllaridan kelgancha yelkama-elka harakat olib borishlari lozim. Musulmonlar orasidagi Аllohdan qoʼrqadigan xolis niyatli kuch egalari esa, ushbu muxlis jamoatga nusrat berishga shoshilishlari lozim. Аks holda Islomiy oʼlkalar mustamlakachi davlatlar oʼrtasida kurash maydoni boʼlib qolaveradi.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.