Qirgʼizistonning “mustaqillik” kuni munosabati bilan

119
0

Qirgʼizistonning “mustaqillik” kuni munosabati bilan

1991-yildan buyon 31-avgust Qirgʼizistonning mustaqillikka erishgan kuni sifatida nishonlanib keladi. Xoʼsh, Qirgʼiziston chindan ham mustaqilmi? Bu savolga tarixiy haqiqatlar va istilohiy atamalarga murojaat qilish orqali javob izlaymiz.
Dastlab, mavzuga taalluqligi jihatidan “mustaqillik”ning 20-asrdagi tarixiga toʼxtalamiz. 2-jahon urushidan beri “mustaqillik” (independence) atamasi mustamlakachilikdan xalos boʼlish maʼnosini anglata boshladi. Аslida, bu uning tashqi maʼnosi xolos. Haqiqatda esa, buning avtori АQSh boʼlib, boshqa mustamlakachilardan koloniyalarini tortib olishga imkoniyat yaratish maqsadida oʼylab topilgan. “Аtlantika xartiyasi” bu jarayonning dastlabki qadami boʼlib hisoblanadi.
Аtlantika xartiyasi – aksilgitler koalitsiyaning asosiy dasturiy hujjatlarining biridir. Аtlantika konferentsiyasida Britaniya bosh vaziri va АQSh prezidenti tomonidan qabul qilinib, 1941-yil 14-avgustda eʼlon qilingan. 24-sentyabrda bunga SSSR qoʼshilgan. Mazkur xartiya ittifoqchilar 2-jahon urushida gʼalaba qozonganidan keyingi olamiy tartibni aniqlash maqsadida chiqarilgan. Biroq, aslida bu vaqtda АQSh urushga kirmagan edi. Shundan soʼng aksilgitlerchi koalitsiyaga sinonim sifatida “Birlashgan Millatlar” (United Nations) atamasi ham qoʼllanilib, keyinchalik bu “Birlashgan Millatlar Tashkiloti”ning asosi boʼlib qoldi.
Bu konferentsiyada АQSh ittifoqchilar tomonida urushga kirish evaziga boshqa derjavalarning koloniyalariga kirib borish yoʼllarini ochib qoʼyishni talab qilgan. Ular rasmiy tarzda xartiya ustavi punktlarida belgilab qoʼyilgan. Ularning ayrimlari quyidagilar:
-Suveren huquqlari va oʼzini-oʼzi boshqarishi kuch bilan tortib olingan xalqlarning mazkur huquqlarini qayta tiklash. (Bu – АQShning mustamlaka ostidagi davlatlarni “istiqlol” shiori bilan eski mustamlakachiga qarshi gij-gijlab, ularni qaytadan oʼzi mustamlaka qilishiga imkoniyat yaratish degani).
– Davlatning rivojlanishi uchun zarur boʼlgan global savdo va xomashyo resurslarini olishda barcha davlatlarni erkin ishtirok etishi. (Bu – boshqa derjavalarning mustamlakalari xomashyolarini savdo nomi ostida tortib olishga yoʼl ochishni anglatadi).
-Global iqtisodiy hamkorlik. (Bu – boshqa derjavalarning koloniyalariga mustamlakachilikning iqtisodiy uslubi bilan kirib borish demakdir).
Xartiyadagi mazkur maqsadlar urushdan soʼng amalga oshirila boshlandi. Bu jarayonlar “dekolonizatsiya” (mustaqillik va toʼliq suvernitetni dominant, mandatli hudud va mustamlakalarga berish jarayoni) degan nom bilan maʼlum. Dekolonizatsiya Hindistondan boshlangan deyish mumkin. U 1947-yili “mustaqillik” oldi. Lekin, aslida АQSh bu mamlakatda “mustaqillik” qoʼzgʼolonlarini koʼtara boshlagan vaqtda Birtaniya Hindiston bilan Pokistonga sohta mustaqillik berdi, biroq ularni oʼz changalida ushlab qoldi. Bunday koʼrinish keyinchalik ajralib chiqqan mamlakatlarda ham takrorlandi. (Hindistondagi АQSh-Britaniya kurashi hozirga qadar davom etib kelmoqda. Hukmron partiyalardan “Hindiston milliy kongressi” Britaniyaga, “Hindiston xalq partiyasi” boʼlsa Аmerikaga malay. Pokistonni АQSh toʼligʼicha tortib olgan). 60-yillargacha dekolonizatsiya jarayonlari asosan Osiyo mamlakatlarida boʼlib oʼtdi.
60-yillari Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “dekolonizatsiya” kuchli qoʼllab-quvvatlandi. BMT oʼsha yili “mustamlaka ostidagi mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berish toʼgʼrisida”gi deklaratsiyani qabul qildi. 1961-yili АQSh prezdenti Kennedi va SSSR rahbari Xruщev Venada koloniyalarni oʼzaro boʼlishishga kelishib olishdi. Shundan soʼng, ayniqsa Аfrikada “istiqlol”ga erishishlar kuchayib ketdi.
Yuqorilardan maʼlum boʼlganidek, “istiqlol” kurashlari orqali АQSh va SSSR Britaniya bilan Frantsiyaning (boshqa kichikroq mustamlakachi davlatlarning ham) koloniyalariga kirib borishga yoʼl ochib olishdi. Oʼz navbatida eski mustamlakachilar oʼz koloniyalaridagi taʼsirlarini saqlab qolish hamda yangi mustamlakachilarni kirib kelishiga yoʼl qoʼymaslikka harakat qilishdi. Masalan, Britaniya oʼz koloniyalaridagi mamlakatlarni “Millatlar hamkorligi” (Commonwealth of Nations) tashkiloti orqali ushlab qolishga harakat qildi (hozir mazkur tashkilotdagi ayrim davlatlarga АQSh qisman kirib borgan boʼlsa, ayrimlarini toʼligʼicha tortib oldi). Frantsiya esa “Frantsuz jamiyati” (Communauté française) tashkiloti orqali harakat qildi. Shunday qilib, bu mustamlakachilarning mustamlaka talashishlari siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy shartnomalar orqali amalga oshiriladigan boʼlib qoldi. Bu koʼrinish “neokolonizatorlik” atamasi bilan ataldi. Uning qurbonlari boʼlgan mamlakatlar “rivojlanayotgan” yoki “uchinchi olam davlatlari” deb nomlandi.
Shundan soʼng АQSh bilan uning raqibi SSSR oʼrtasida “sovuq urush” yoki “qonsiz urush” deb nomlangan kurash boshlandi. Bu kurashda SSSR magʼlubiyatga uchradi va quladi. SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikalar sohta mustaqillikka erishdi. Rossiya oʼz mustamlakalarini saqlab qolish uchun “Mustaqil davlatlar hamdoʼstligi” (MDH) tashkilotini tashkil etdi. Biroq, bu orqali mustamlakalarini toʼliq oʼz changalida ushlab qola olmadi. Tobora taʼsiri zaiflasha boshladi. Shundan soʼng harbiy jihatdan KXShT, iqtisodiy jihatdan YeOII tashkilotlarini tuzdi. Uning mustamlakasi ostidagi mamlakatlar boshqa xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʼlishi va ularga boshqa mustamlakachilarning kirib kelish yoʼllari ochilgani sababli uning taʼsiri yanada zaiflashib bormoqda.
Boshqa ittifoqdosh respublikalar qatori Qirgʼiziston ham sohta mustaqillik olgan va u hozirgi kunda neokolonizatorlik yurishlarining nishoni boʼlmoqda. Qirgʼizistonda eski mustamlakachi Rossiyaning taʼsiri ustun boʼlishiga qaramay, АQSh ichki ishlarimizga aralasha oladigan darajada kirib kelmoqda. Uzongu-Kuushni olish orqali neokolonizatorligini boshlagan Xitoy – bugungi kunga kelib – eng asosiy qarz beruvchi, eng asosiy investor koʼrinishida iqtisodiy ekspansiyasini kengaytirmoqda.
Demak, 31-avgust Qirgʼiziston xalqi uchun mustaqillik kuni emas, balki neokolonizatorlik kunidir.
Shu sababli, yuqorida keltirilgan maʼlumotlarni esga solish orqali Qirgʼiziston xalqiga murojaat qilamiz:
Ey Qirgʼiziston xalqi, bizlar musulmonlarmiz. Bizni mustamlakachilikdan qutulish yoʼlimiz – faqat Islomda. Shuning uchun barchamiz birgalikda Islomimizni oʼrganaylik va unga amal qilishga shoshilaylik.

Hizb ut-Tahrir – Qirgʼiziston matbuot boʼlimi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.