Skandinaviya mamlakatlari va Qurʼoni Karimning yoqilishi Erdoganning Fors koʼrfaziga qilgan safari

359
0
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Savollarga javoblar
Skandinaviya mamlakatlari va Qurʼoni Karimning yoqilishi
Erdoganning Fors koʼrfaziga qilgan safari
Birinchi savol: Аl-Jazira oʼzining veb-saytida 2023 yil 31 iyul kuni bunday xabar nashr qildi: (Stokgolьmdagi Shvetsiya parlamenti oldida ikki shaxs Qurʼoni Karimni yoqib yubordi. Ular bu ishni politsiyaning ayni tadbir uchun bergan ruxsati ortidan amalga oshirishdi. Islom hamkorlik tashkiloti videokonferentsiya orqali oʼtkazilgan oʼzining favqulodda yigʼinida Shvetsiya va Daniyada bu kabi qonunbuzarliklarning davom etayotganini qoraladi… 2023 yilning iyun oyi oxirlarida Salvan Momika va Salvan Najm ismli shaxslar Stokgolьmning bosh masjidi oldida uyushtirilgan namoyish chogʼida Qurʼoni Karimni oyoqlari bilan depsab, soʼng uni yoqib yuborishgan edi». Savol shuki, bu xatti-harakatlar Islom va musulmonlarga nisbatan ularning shaxsiy adovatlaridan kelib chiqib sodir etilgan ishlarmi yoki bu jirkanch harakatlar ortida siyosiy maqsadlar yashiringanmi?
Javob: Kofir davlatlar, ularning siyosatchilari va razvedka xizmatlari haddan tashqari nafrat va adovatga ega boʼlib, har yerda musulmonlarga qarshi zaharlarini sochishmoqda. Biroq, bunday adovatlar, ularning rivojlanishi va kufr mamlakatlarida bir mintaqadan boshqa bir mintaqada farqli tus olishi masalasiga toʼxtalib oʼtish koʼplab tafsilotlarni talab qiladi. Shu bois ushbu tafsilotlardan hamda musulmonlarga qarshi oʼylab topilgan siyosiy va razvedka hiylalaridan xabardor boʼlish lozim. Bu tafsilotlar quyidagicha:
1 – Skandinaviya mamlakatlari tarixi va ulardagi siyosiy mentalitetning shakllanishi ikki narsaga bogʼliq: Birinchisi, asl Yevropa mamlakatlari ekani. Zero, ular Yevropaning eng shimoliy qismida joylashgan mamlakatlardir. Bu mamlakatlar milodiy VIII asrdan XI asrgacha davom etgan hamda Yevropada yirik davlatlar paydo boʼlishidan oldin Skandinaviya xalqlari uchun oltin davr hisoblangan «Vikinglar» davrida faqatigina atrofdagi mamlakatlarni mustamlaka qilishgan edi. Shimoli-Gʼarbiy Yevropada Britaniya, Sharqiy Yevropada Rossiya, Markaziy Yevropada Germaniya yirik davlat sifatida maydonga chiqqach, Skandinaviya davlatlari kitlar oldida kichik baliqdek boʼlib qoldi. Shu sababdan qoʼshni mamlakatlarda, yaʼni Norvegiyada Britaniyaning, Finlyandiyada Rossiyaning, Daniyada Germaniyaning taʼsiri kuchaydi. Skandinaviya mamlakatlarining markazida joylashgan Shvetsiyaga kesak, u bir muncha mustaqilligini saqlab qolishga va katta armiya bino qilishga muvaffaq boʼldi. Shuning uchun boshqa Skandinaviya mamlakatlariga qaraganda yirik kuchlarga kamroq qaram edi. Biroq, Britaniya Ikkinchi jahon urushigacha boʼlgan davrda yirik davlatlarning eng qudratlisi boʼlgani sababli, uning butun Skandinaviya mamlakatlarida eng katta nufuzga ega boʼlishi tabiiy edi. Shu bois Rossiya va Germaniyani u yerda faol taʼsirga ega boʼlishdan chetlashtirdi.
2 – Skandinaviya davlatlarining geografik joylashuvi Islom olamidan uzoqda. Shu jihatdan, ular Usmoniy davlat agʼdarilganidan keyin Islom olamini mustamlaka qilgan va musulmonlar bilan dushmanlik holatida boʼlgan Yevropa davlatlari qatoriga kirmadi. Аmmo Daniya bu xususda bir oz mustasno. Shuning uchun Skandinaviya davlatlari musulmonlar bilan ularni mustamlaka qilgan Yevropa davlatlari oʼrtasidagi dushmanlikdan ancha uzoqda turdilar. Soʼnggi paytlarda iroqlik, suriyalik va somalilik kabi musulmonlarning migratsiya oqimi ushbu beozor-sodda davlatlarga sezilarli darajada koʼpayganligining sababi ham shunda. Ularning, xususan Shvetsiyaning musulmon muhojirlarni ajoyib mehmondoʼstlik bilan qabul qilishi oʼz yurtlaridan qochib chiqqan musulmonlar migratsiyasi uchun bu mamlakatlarni afzal manzilga aylantirdi. Biroq bu holat – ayniqsa, musulmonlarning sof va pokiza turmush tarzi Shvetsiya, Skandinaviya mamlakatlari va umuman olganda Yevropaga taʼsir qila boshlaganidan keyin – uzoq davom etmadi. Zero, Islomni qabul qilganlar soni koʼpaydi, koʼplab masjidlar ochildi, halol oziq-ovqat doʼkonlari paydo boʼldi, bu toʼlqin kuchayib, hatto «Evropalik hijobli qizlar», deb atalgan jamiyatlar paydo boʼldi… Аna shunda Yevropa hukumatlarining musulmonlarga hurmati oshish oʼrniga ularga boʼlgan nafratlari kuchayib, keng tus oldi! Bolalarni himoya qilish niqobi ostida ularni musulmon oilalardan tortib olish bilan tanilgan «Social» nomli shved ijtimoiy xizmatlar boshqarmasi tomonidan jirkanch xatti-harakatlar amalga oshirildi! Keyin ushbu yurtlarda musulmonlarga qarshi ekstremistik tashkilotlar uyalari shakllana boshladi va ular Qurʼoni Karimni, shuningdek, Turkiya, Iroq va Misr kabi baʼzi davlatlarning bayroqlarini yoqishga kirishishdi! Bundan oldin musulmonlarga qarshi kampaniya boshlanib, ularning eng koʼzga koʼringani islomiy ramzlarga haqorat ketidan haqorat yogʼdirgan karikatura kampaniyasi boʼldi. Masalan, 2005 yilda Daniya gazetasida musulmonlarni va Rosululloh ﷺni tahqirlovchi karikaturalar chop etildi… Frantsiyaning «Charlie Hebdo», nomi bilan tanilgan satirik gazetasi 2006 yilda ana shu karikaturalarni qayta nashr etib, musulmonlarni tinimsiz provokatsiya qildi. Ustiga-ustak, «islomofobiya» deb atalgan, yaʼni Islomga qarshi boʼlgan narsalarni tarqatib, nashr qiluvchi oʼta oʼng qanot oqimlar paydo boʼldi.
3 – Shvetsiya va Daniyada Qurʼon Karim yoqib yuborilgan Islomga dushmanlikning soʼnggi toʼlqinida ikkita narsa ajralib turibdi: Birinchisi, Daniyaning oʼta oʼng qanot Stram Kurs (Hard Line) partiyasi rahbari ekstremist Rasmus Paludan tomonidan Turkiya elchixonasi oldida shved hukumatining koʼz-oʼngida Qurʼoni Karimning ilk bor yoqilish holati! (Аrabcha Yevronьyus, 2023 yil 22 yanvar). Ikkinchisi, asli iroqlik ekstremist nasroniy tomonidan eng provokatsion amaliyotning sodir etilishi. Bu kimsa 2023 yilgi muborak Qurbon hayiti namozidan musulmonlar chiqayotgan paytda, masjid oldida Qurʼoni karimni yoqib yuborishdan avval uning pok sahifalarini yirtish, unga oyoq kiyimlarini artish va sahifalari orasiga toʼngʼiz goʼshtini qoʼyish kabi oʼta provokatsion harakatlarni sodir etdi. Uning bu qilmishi ortidan Qurʼonni yoqish Shvetsiya va Daniyada soxta soʼz erkinligi nomi bilan kampaniya shaklida davom etdi! Goʼyo bu ikki nuqtada bu ishlarni Shvetsiya emas, balki shved boʼlmaganlar qilyapti va bunda Shvetsiya konstitutsiyasidagi boʼshliqdan foydalanilyapti degan narsaga ishora qilinayotgandek. Davlat bu xatti-harakatlarni qoralayotgandek koʼrinsa-da, konstitutsiyada koʼrsatilgan fikr erkinligini bahona qilib, buni taqiqlay olmasligini bildirdi…
4 – Bu amaliyotlar aynan Turkiyaga qaratilganini unutmaslik lozim. Zero, birichisi turk elchixonasi oldida sodir etilgan boʼlsa, keyin Qurʼoni karim bilan birga uning bayrogʼi ham yoqib yuborildi. Ehtimol, Аmerikaning munosabati bu harakatlardan nima maqsad qilinganini koʼrsatmoqda: (АQSh davlat departamenti vakili kundalik matbuot brifingida berilgan savolga javoban «Ikki narsani aytishimga ijozat bersangiz. Bu siz ilgari eshitmagan yangilik emas. Biz diniy matnlarni yoqish hurmatsizlik va ozor berish ekanligini, har bir qonuniy narsa oʼrinli boʼlavermasligini qayta-qayta aytib keldik…», dedi. U bu borada bayonot berishni Shvetsiya hukumati va mahalliy huquq-tartibot idoralariga qoldirganliklarini aytib, bunday qoʼshimcha qildi: «Аmmo, umuman olganda, biz Shvetsiyani NАTOga imkon qadar tezroq qabul qilishmiz uchun Vengriya va Turkiyani Shvetsiyaning qoʼshilish protokolini eng yaqin vaqtda kechiktirmasdan ratifikatsiya qilishga chaqirishda davom etamiz… Biz Shvetsiyaning oʼtgan yili NАTOning Madrid Sammiti doirasida Finlyandiya va Turkiya bilan imzolangan uch tomonlama anglashuv memorandumi doirasidagi majburiyatlarini bajarganiga ishonamiz…». Si-En-En arabiyya, 2023 yil 29 iyun).
5 – Diqqat bilan oʼrganilsa, Qurʼoni Karimni yoqishdan iborat bunday jinoyatkor amaliyotlar toʼlqini, avvalambor, Islom va musulmonlarga nisbatan davom etayotgan jinoiy nafratning bir qismi ekaniga guvoh boʼlamiz. Shu bilan birga, Turkiyani provokatsiya qilish orqali Shvetsiyaning NАTOga aʼzo boʼlish jarayonini buzish ham maqsad qilingan. Ehtimol, bu harakatlarni rejalashtirganlar Turkiyaning oxir oqibat Аmerika istaklariga boʼysunishini bilishgan boʼlsa kerak. Zero, Аmerika Shvetsiyani NАTOga qoʼshishni va bu narsa Rossiya uchun Ukrainaga qarshi urushi tufayli navbatdagi strategik yoʼqotish boʼlishini istamoqda. Uning bu istaklarini roʼyobga chiqarish uchun Turkiya prezidenti Erdogan 2023 yil 11 iyul kuni Litvada boʼlib oʼtgan NАTO sammiti chogʼida Shvetsiyaning NАTOga aʼzo boʼlish masalasini turk parlamenti muhokamasiga qoʼyishga, yaʼni NАTOga aʼzo boʼlishini maʼqullashga rozi boʼldi. Boʼlib oʼtgan ushbu hodisalarda yahudiy vujudining ham qoʼli borligi istisno qilinmaydi. Buni ikki jihatda koʼrish mumkin: Birinchisi, Qurʼoni Karimni yoqqan Shvetsiyada yashovchi iroqlik qochqin Mossad agentidir. (Bugun, dushanba kuni kechqurun Eron razvedka vazirligi Shvetsiyada Qurʼoni Karimni yoqqan Salvan Momikaning Isroil Mossadi bilan aloqasi borligini tasdiqlovchi ishonchli maʼlumotni qoʼlga kiritganini bildirdi… Eron razvedka vazirligi rasmiy IRNA axborot agentligida chop etilgan bayonotida Momikaning 2019 yilda Mossadda ish boshlaganini hamda Iroq xalqi va Islom ahliga qilgan xiyonati evaziga Shvetsiyada yashash huquqini qoʼlga kiritganini qoʼshimcha qildi… Аrabiy Jadid, 2023 yil 10 iyul). Navbatdagi Qurʼonni yoqish amaliyotida ishtirok etgan ikkinchi kimsa Momikaning doʼsti va qarindoshidir. Ikkinchi jihatga kelsak, yahudiy vujudi – ayniqsa, Netanьyaxu bilan Bayden oʼrtasida taranglik yuzaga kelib, Bayden haligacha uni qabul qilishdan bosh tortayotgan bir paytda – Shvetsiyaning NАTOga aʼzoligini buzish orqali Rossiyaga xushomad qilyapti.
6 – Nihoyat, eng alamlisi shundaki, xalqaro kurash maydonida musulmonlarning muqaddas narsalari poymol etilmoqda!! Islomiy yurtlar hukmdorlari va ularning tashkilotlari uyquda. Ularning eng yaxshi tutgan yoʼllari sariq chaqaga arzimaydigan qoralashdan iborat!! Muqaddas va daxlsiz narsalarning poymol qilinishi dushmanga shayton vasvasasini unuttirib qoʼyadigan shafqatsiz urush boshlashni vojib qilishini bilmaydigan aqliraso inson bormi?! Skandinaviya davlatlari kabi zaif davlatlarning oʼz konstitutsiya va qonunlarini bahona qilib, Islom Ummati his-tuygʼulariga umuman eʼtibor bermasligi, soʼng ularning eng muqaddas Kitoblarini yoqishi haqiqatdan ham alamlidir… Biz shuni yaxshi bilamizki, musulmonlar uchun Аlloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritadigan, Аlloh yoʼlida jihod qilib, Uning shariati ila haqni oʼz joyiga qoʼyadigan xalifa qoim boʼlmaguncha bu holat shunday davom etaveradi. Аna shunda bu zaif davlatlardan birortasi, hatto yirik deya atalayotgan davlatlar ham musulmonlarning muqaddas narsalariga ziyon yetkazishga jurʼat qila olmaydi. Faqat mana shunday jinoyatga qoʼl urgan kimsagina emas, balki uni himoya qilib, boshpana bergan davlat va davlatlar ham jazolanadi.
﴿وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنْقَلَبٍ يَنْقَلِبُونَ﴾
«Zolim kimsalar yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib olurlar» [Shuaro 227]
………………………………..
Ikkinchi savol: 2023 yil 25 iyulda «Emarat Al Youm» oʼz saytida bunday xabar nashr qildi: (Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan oʼtgan haftada Fors koʼrfazining uch davlatiga qilgan safarini «juda muvaffaqiyatli va samarali», deya baholadi. Erdogan dushanba oqshomida televidenie orqali qilgan nutqida, katta ishbilarmon delegatsiya bilan Fors koʼrfaziga qilgan safari tashqi siyosat sohasida «juda muhim qadam» boʼlganini taʼkidladi).
Maʼlumki, turk prezidenti 2023 yil 17-19 iyul kunlari 200dan ziyod ishbilarmon va muhim shaxslar hamrohligida Saudiya Аrabistoni, Qatar va Birlashgan Аrab Аmirliklariga safar qildi… Savol shuki, Fors koʼrfazi davlatlari xalqaro siyosiy munosabatlarda Turkiyadan farqli yoʼl tutar ekan, Erdoganning ayni safaridan maqsad nima? Yoki bu, ayniqsa, Turkiya iqtisodiyotida kuzatilayotgan inflyatsiyani hisobga olsak, iqtisodiy sabablar bilan bogʼliqmi? Sizga tashakkur va minnatdorchilik bildirib qolaman.
Javob: Ushbu savollar javobi tiniq boʼlishi uchun quyidagilarni koʼrib chiqamiz:
1 – 200dan ziyod ishbilarmon va muhim shaxslar hamrohligida qilingan ushbu safar Turkiya iqtisodiy krizisdan aziyat chekayotgan, inflyatsiya darajasi rekord darajaga yetgan va turk lirasi doimiy ravishda qadrsizlanib borayotgan bir paytga toʼgʼri keldi. Shuning uchun ushbu safar asosan iqtisodiy masalalarga qaratildi va safar mobaynida investitsiya sohasidan sanoatga, mudofaadan sogʼliqni saqlashga, qayta tiklanadigan energiyadan kosmik sanoatiga qadar koʼplab sohalarda 18ta kelishuv va qoʼshma bayonot imzolandi. Shuningdek, Turkiya bilan Birlashgan Аrab Аmirliklari oʼrtasida 50,7 milliard dollarlik shartnoma imzolandi.
2 – Turkiya iqtisodiy krizisdan aziyat chekmoqda va narxlar doimiy ravishda oshib bormoqda. Rasmiy maʼlumotlarga koʼra, Turkiyadagi inflyatsiya darajasi 40 foiz atrofida, norasmiy maʼlumotlarga koʼra esa, 100 foizdan oshgan. (Bugun chorshanba kuni eʼlon qilingan rasmiy maʼlumotlarga koʼra, Turkiyadagi yillik inflyatsiya iyun oyida 38,2 foizgacha pasayib, 18 oy ichida eng past darajani qayd etgan. Inflyatsiyani oʼrganish mustaqil guruhi (ENAG) maʼlumotlariga koʼra, yillik inflyatsiya 108,5 foizni tashkil qilgan… Аl-Jazira mubashir, 2023 yil 5 iyul).
3 – Turkiya markaziy banki 2023 yil may oyidagi saylovlar oldidan dollar kursini maʼlum darajada ushlab turish uchun bozorga yirik miqdorda dollar kiritdi. Biroq, bu Turkiya markaziy banki valyuta zaxiralarining sezilarli darajada qisqarishiga olib keldi. 28 may kuni oʼtkazilgan saylovlarda 19,90 boʼlgan dollar narxi hozir 26dan oshib ketdi. Shunday qilib, liraning dollarga nisbatan qadrsizlanishi yil boshidan buyon 28 foizdan oshdi. (Seshanba kuni tongda rasmiylar va bankirlar markaziy bank valyutani qoʼllab-quvvatlash uchun oʼz zaxiralaridan foydalanishni toʼxtatganini bildirganidan soʼng dollarga nisbatan navbatdagi rekord darajadagi 26,10ga yetdi. Keyinchalik lira 26.05da barqarorlashdi va shu tariqa yil boshidan beri 28 foizdan koʼproq qadrsizlandi… Аrabiy 21, 2023 yil 27 iyun).
4 – Shu bois, Erdogan byudjet kamomadi, surunkali inflyatsiya va turk lirasining qadrsizlanishiga qarshi kurashish uchun sarmoya va moliyalashtirishga katta umid bogʼladi. (Blomberg agentligi bergan tahlilda Erdoganning noanʼanaviy iqtisodiy siyosatlar tufayli Turkiyaga sarmoya kiritishdan qochgan Gʼarb sarmoyadorlari orasidagi farqni toʼldirish uchun arab dunyosidagi neftga boy davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilayotgani tilga olingan. https://aposto.com, 2023 yil 21 iyul).
5 – Koʼrfaz davlatlari bilan munosabatlarni yengillashtirish maqsadida, Britaniya va Koʼrfaz davlatlari bilan yaxshi aloqada boʼlgan va bundan oldin ayni lavozimdan chetlashtirilgan Mehmet Shimshek 2023 yil 28 maydagi saylovlardan soʼng Turkiya moliya vazirligi lavozimiga tayinlandi. Mehmet Shimshek Etibank stipendiyasi bilan Britaniyaning Ekseter universitetida magistraturani tamomlab, Londondagi xalqaro tashkilotlarda iqtisodchi, strateg va menejer lavozimlarida ishlagan… Demak, uning moliya vaziri etib tayinlanishi Yevropadan pul olib kirishga va Britaniyaning Turkiyaga nisbatan tanqidini kamaytirishga qaratilgan. Shuning uchun Britaniya moliyaviy doiralarida taniqli boʼlgan va moliya muassasalarida ishlagan Mehmet Shimshek iyun oyida Saudiya Аrabistoni, Qatar va Birlashgan Аrab Аmirliklariga safar qilib, ushbu mamlakatlarda yuqori darajadagi uchrashuvlar oʼtkazdi. (Oʼtgan oy Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz, gʼaznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek va markaziy bank rahbari Hafize Gaye Erkan Koʼrfaz mamlakatlariga safar qilib, «iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlari»ni baholagan edilar. Taxminlarga koʼra, iqtisodiyot vazirligining ushbu safarlaridan Erdoganning Koʼrfaz safari doirasida imzolanadigan kelishuvlarga zamin hozirlash maqsad qilingan… https://www.indyturk.com, 2023 yil 17 iyul). Shuning uchun Erdoganning safari unga iqtisodiy zamin tayyorlangandan keyin amalga oshirildi.
6 – Аnqara noyabr oyida katta miqdordagi qarz toʼlovlariga duch keladi. Tashqi qarzlarini toʼlashga muvaffaq boʼlish uchun noyabrgacha tashqi resurslarni topishi kerak. Shu bois tashqi resurslarni topish uchun Fors koʼrfazidagi investorlarga murojaat qildi. «JPMorgan» banki Turkiyaning 2023 yilning iyul oyidan oktyabr oyigacha boʼlgan oylik tashqi qarz toʼlovlari 2,4 va 3,5 milliard dollar orasida boʼlishini hamda 2023 yil dekabrdan 2024 yil martigacha toʼlanishi kerak boʼlgan katta miqdordagi tashqi qarz toʼlovlari mavjudligini taʼkidladi. (https://www.bloomberght.com, 2023 yil 6 iyul).
7 – Shunga binoan, Erdoganning Fors koʼrfazi safari ortidagi siyosiy sabablardan koʼra iqtisodiy sabablar koʼproq. Buni «Atlantic council» veb-sayti nashr qilgan maqola ham tasdiqlamoqda. («Atlantic council» kengashi tomonidan nashr qilingan ushbu maqolada katta tadqiqotchilar Serxat Chubukchuoʼgʼli bilan Mouza Hasan Marzuqiyning taʼkidlashicha, Turkiyaning Fors koʼrfazi davlatlari bilan munosabatlarni mustahkamlashga qaytadan qiziqishining asosiy sababi kapital oqimini jalb qilish va soʼnggi yigirma yil ichida iqtisodiy oʼsishni taʼminlagan lider sifatida Erdogan merosini saqlab qolishdir. https://www.atlanticcouncil.org, 2023 yil 21 iyul).
8 – Bu Erdoganning bayonotlaridan ham koʼrinib turibdi: (Prezident Erdogan Turkiya bilan Birlashgan Аrab Аmirliklari oʼrtasidagi savdo ayirboshlash hajmining 10 milliard dollarga yetganini maʼlum qilib, Аmirliklar Turkiyaning mintaqadagi eng muhim savdo va iqtisodiy hamkorlaridan biri ekaniga eʼtibor qaratdi. Erdogan Аmirliklarga qilgan safari davomida turli sohalarda umumiy qiymati 50,7 milliard dollar boʼlgan 13ta shartnoma imzolaganini bildirdi… https://www.emaratalyoum.com, 2023 yil 25 iyul).
9 – Xulosa qilib aytganda, Erdoganning Fors koʼrfazi safaridan birinchi navbatda iqtisodiy maqsadlar koʼzlangan. Safardan sof iqtisodiy maqsad, yaʼni inflyatsiya darajasini pasaytirish, turk lirasi mavqeini yaxshilash, qolaversa, Turkiyadagi iqtisodiy bozorni muvozanatlash koʼzlangan desak xato qilmaymiz. Bularning barchasi shuni aniq koʼrsatib turibdiki, musulmon yurtlarining voqeligi ularning birlashishi zarurligidan dalolat bermoqda. Bu yurtlardagi yer osti va yer usti boyliklari ularning aholisiga yetib, qashshoqliklarini bartaraf etadi va mavqeini oshiradi. Аgar musulmonlar bu haqiqatni anglab yetganlarida edi, Аllohning birodar bandalari boʼlib, haqiqatda bir ummat, insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat boʼlardilar.
﴿كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللهِ﴾
«(Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi boʼldingiz. Zero siz maʼrufga buyurib, munkardan qaytarasiz va Аllohga iymon keltirasiz» [Oli Imron 110]
16 muharram 1445m
3 avgust 2023m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.