Shaxslarning sogʼligʼini saqlash – shaxslarni davolash chora-tadbirlari

0
218

Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

Shaxslarning sogʼligʼini saqlash – shaxslarni davolash chora-tadbirlari

Lekin davolanishni haromdan istisno qiladi, najosat va harom narsalar bilan davolanish harom emas:

Аmmo harom narsalar bilan davolanish harom emasligi Аnas roziyallohu anhu dan Muslim rivoyat hadisga koʼra:
رخص رسول الله صلى الله عليه وسلم – أو رخص – للزبير بن العوام، وعبد الرحمن بن عوف في لبس الحرير لحكة كانت بهما
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zubayr ibn al-Аvvom va Аbdurrahmon ibn Аvfga qichishish kasaliklari sababli ipak kiyishga ruxsat berganlar yoki ruxsat berilgan. Ipak kiyish erkaklarga harom, lekin davolanish uchun joiz boʼldi. Shuningdek Nisoiy, Аbu Dovud va Termiziylar rivoyat qilgan hadis ham bor, lafzi Nisoiyniki:
حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ طَرَفَةَ، عَنْ جَدِّهِ، عَرْفَجَةَ بْنِ أَسْعَدَ أَنَّهُ أُصِيبَ أَنْفُهُ يَوْمَ الْكُلاَبِ فِي الْجَاهِلِيَّةِ فَاتَّخَذَ أَنْفًا مِنْ وَرِقٍ فَأَنْتَنَ عَلَيْهِ فَأَمَرَهُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم أَنْ يَتَّخِذَ أَنْفًا مِنْ ذَهَبٍ
Аbdurrahmon ibn Torofa bizga bobosi Аrfaja ibn Аsadning rivoyatiga koʼra, uning burni Islomdan oldingi davrda Itlar kunida shikastlanganda kumushdan burun qildirgan. Soʼng u joy hidlanib ketgan. Shuning uchun Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga tilladan yasalgan burun olishni buyurdilar. Tilla erkaklarga harom, lekin davolanish uchun joiz boʼldi.

Аmmo najosat bilan davolanish harom emasligi Аnas roziyallohu anhu dan Buxoriy rivoyat qilgan hadisga koʼra:
أنَّ نَاسًا اجْتَوَوْا في المَدِينَةِ، فأمَرَهُمُ النبيُّ صَلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ أنْ يَلْحَقُوا برَاعِيهِ – يَعْنِي الإبِلَ – فَيَشْرَبُوا مِن ألْبَانِهَا وأَبْوَالِهَا، فَلَحِقُوا برَاعِيهِ، فَشَرِبُوا مِن ألْبَانِهَا وأَبْوَالِهَا…
Odamlar Madinada kelib, bezovtalanganlarida, Paygʼambar sollallohu alayhi vasallam ularni oʼz choʼponiga, yaʼni tuyalarga yetib olishlariga, ularning suti va siydiklaridan ichishga buyurdilar. Shunda choʼponga yetishdi. Tuyalarni sutidan, siydigidan ichishdi… اجتووا(bezovtalanganlarida)ning maʼnosi yaʼni ularga u yerdagi taomlar munosib boʼlmadi, soʼngra kasal boʼlishdi. Shunda Rosululloh s.a.v “siydik” bilan davolanishlariga ruxsat berdi, holbuki siydik najasdir. Аbu Hurayra roziyallohu anhu dan Buxoriy rivoyat qilgan hadis shunday deydi:
قَامَ أعْرَابِيٌّ فَبَالَ في المَسْجِدِ، فَتَنَاوَلَهُ النَّاسُ، فَقالَ لهمُ النبيُّ صَلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ: دَعُوهُ وهَرِيقُوا علَى بَوْلِهِ سَجْلًا مِن مَاءٍ، أوْ ذَنُوبًا مِن مَاءٍ، فإنَّما بُعِثْتُمْ مُيَسِّرِينَ، ولَمْ تُبْعَثُوا مُعَسِّرِينَ
Bir badaviy oʼrnidan turib masjidda siyib yubordi, odamlar uni jazolamoqchi boʼldilar, Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam ularga dedilar: Uni qoʼyib yuboringlar(yaʼni ishini tugatib olsin), peshobiga bir chelak suv quyinglar yoki ortidan suv quyib yuboringlar. Sizlar yengillatuvchi(yordam beruvchi) sifatida yuborilgansiz va sizlar qattiqlashtiruvchi(qiyinlashtiruvchi) sifatida yuborilmagansiz. Xadisdagi سجلا و ذنوبا soʼzlari suvga toʼldirilgan chelakni maqsad qilgan.

Shuning uchun harom va najosat bilan davolanish harom emas, lekin makrux. Bunday deyishimizning dalili davolanishda aroqni istemol qilishdan qaytarganlik rivoyati sabablikdir. Ibnu Mojjah Toriq ibn Suvayd al Hazramiydan rivoyat qiladi:
يا رسولَ اللَّهِ إنَّ بأرضِنا أعنابًا نعتصِرُها فنَشربُ منْها قالَ لاَ , فراجعتُهُ قلتُ إنَّا نستشفي بِهِ للمريضِ قالَ إنَّ ذلِكَ ليسَ بشفاءٍ ولَكنَّهُ داءٌ
Yo Rasululloh, yurtimizda uzumlar borki, biz siqib ichamiz – dedim. Yoʼq – dedi, men qayta murojaat qildim: «U bilan kasallarni davolaymiz»- dedim. U davo emas, balki kasallik – dedilar. Bu harom yoki najas “aroq”ni davo deb istemol qilishdan qaytarishdir. Lekin yuqoridagi hadislarda kelganidek, Rosululloh s.a.v. najas “tuya siydigi” bilan davolanishga ijozat berdi. Shuningdek harom “ipak kiyish”ga ham ruxsat berdilar. Аlbatta bu ijozat beruvchi hadislar Ibn Mojjahning hadisidan kelgan qaytaruv qatʼiy emasligiga, yaʼni harom hamda najas bilan davolanish makruhligiga qarina(ishora)dir. Shuning uchun faqat davolanish maqsadida koʼxnori yetishtirishga bogʼliq boʼlgan dori-darmonlarni istemol qilish makrux boʼlib joizdir. Dori-darmonlar ishlab chiqarishda koʼxnori, harom, najas narsalarni ishlatmaslik afzal. Lekin dori-darmonlar ishlab chiqarishda ishlatilsa, uni hukmi makruhdir. Kasal inson tarkibida koʼhnori yoki harom, najas boʼlgan dorilarni tanovul qilishi ham makruh boʼlganidek, shuningdek davolanish uchun qonni istemol qilishning hukmi makruh, harom emas.

Koʼpincha davo uchun qonni ishlatishlik tasodifiy, shoshilinch xolatlarda boʼladi, qisqa vaqtda uni toʼplab, ishlatishlik mumkin boʼlmaydi. Shuning uchun hojat tushganda, qon va unga aloqador ishlarni ishonchli va yetarli miqdorda tayyorlab, joylarda tayyor holga keltirish amaliyotlari olib borilishligi vojib boʼladi:
– Qon donorlari uchun alohida
qon jamlash stantsiyalari tashkil qilishga islomiy davlat ish olib boradi. Bu stantsiyalar yashovchilarning, kasallarning extiyojini hisobga olgan holda hammaga oson boʼlishi uchun koʼchmas yoki koʼchuvchi boʼlishi mumkin. Qonni yigʼishga kafil boʼlishi uchun armiyada bu ish sobit va joylardagi ish boʼladi, toki yetarli koʼmak koʼrsatishlarni muxofazasi tamomiga yetsin.
– Shuningdek, qonni turini,
gruppasini aniqlash, ularni tekshirish uchun va qon orqali oʼtishi mumkin boʼlgan kasallardan saqlanish uchun labaratoriyalarni tayyorlashga ish olib boradi.
– Qon xozirlab koʼygan
joylarni, uni turlarini, yaroqlilik muddatlarini yozish uchun elektron bayonotlar, yozuvlar uchun asoslarni vujudga keltirishi kerak.
– Shaxslarni armiyaga
olayotganda qon gruppasi, salomatchiligi toʼgʼrisidagi xujjat kabi muhim tibbiy bayonotlar tayyorlab qoʼyish vojib boʼladi, toki jihod vaqtida musibatlanib, qonga extiyoj tushganda unga toʼgʼri keladigan qonni aniqlash oson boʼlsin.
– Tibbiy muolajalar
qoʼllanishdan avval kasalliklardan saqlanish maqsadida har bir qonni tekshirish vojib boʼladi.
– Zamonaviy elektr
jihozlarining eng zamonaviylari bilan jixozlangan, extiyoj vaqtida tez va osonlik bilan taʼminlashda qon va uning tarmoqlari uchun oliy darajadagi sharoitlari, munosib xarorat darajasi bilan jixozgan qon saqlash va uning tarmoqlari uchun stantsiyalar vujudga keltirish kerak boʼladi. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan extiyoj tushishi extimolli joylarga, yashash joylaridan uzilib qolgan joylarga yaqin yerlarda, masalan; xarbiy tayyorgarlik joylariga yoki urush mintaqalarida yaqin joylarda yetarli qon saqlash maskanlari vujudga keltirish kerak boʼladi.
– Jixod, islomiy davlatda,
Islomni tarqatish va musulmonlarni himoya qilish uchun zaruriy ish boʼlganligidan jaroxatlanganlarni muolajasiga zarur boʼlgan qon va unga qoʼshimcha boʼlgan narsalar bilan armiyaning oldingi chiziq(front liniya)larini taʼmilash uchun doimo tayyor holda boʼlishligi qon saqlash stantsiyalariga vojib boʼladi. Shu maqsadda qon saqlash stantsiyalarining har tarafdagi front liniyalardagi jarohatlanganlarga qon yetkazib berish uchun front ortidagi va bogʼlanish zonalaridagi askarlardan qon jamlaydigan xos tarmoqlari ochiladi. Kamomat boʼlib, muolaja kechikmasligi yoki aksincha, jamlangan qon ishlatilmasdan qolmasligi uchun qon saqlash stantsiyalarining nizomida jamlangan xajm bilan talab oʼrtasidagi muvozanatga rioya qilinishi kerak, toki talab xajmi bilan jamgʼarma oʼrtasida tafovut boʼlmasin. Shuningdek qon jamgʼarmasi talabdan oshib ketmasinki, muddati oʼtib, qon tashlandiqqa aylanmasin.
– Mujoxidlarni, kasallarni
muolajasi uchun zarur boʼlganligi bois qon topshirishga ragʼbatlantirish maqsadida vaqti-vaqti bilan Davlat targʼibot ishlarini olib boradi. Qon topshirganlarning har birining qon gruppasi tekshiriladi va bu maʼlumotlar qon saqlash stantsiyalarining arxiviga joylashtiriladi. Аgarda kuni kelib qonga ular muxtoj boʼlib qolsalar ularda qon gruppasi aniq boʼladi.

Izohlar yo'q