بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Musulmonlar qiynalayotgan taʼlim muammolarini hal qilishning yagona yechimi
Musulmonlar qiynalayotgan taʼlim muammolarini hal qilishning yagona yechimi Xalifalik davlatini barpo etish uchun harakat qilishdir. Chunki uni barpo etish birinchidan farzdir. Qolaversa, Xalifalik davlati oʼzi hukm surgan asrlarda Islom Ummatini shon-shuhrat choʼqqisiga va butun insoniyatning yetakchisiga aylantirishga muvaffaq boʼlib, hamma sohada birinchi boʼldi. Davlatning taʼlim dargohlaridan barcha sohalardagi olimlar, siyosatchilar va yetakchilar yetishib chiqdi. Shu tariqa Islom jamiyatining asoslarini oʼrnatdi. U davlat arboblarini, armiya qoʼmondonlarini, fiqh va ilm dargʼalarini chiqarib, butun olamni jaholat zulmatidan Islom nuriga olib chiqdi. Bu bilan adolat, tenglik va farovonlik yoyildi. Musulmonlar qaerga qadam qoʼysalar, oʼsha yerda xayr-barakot ulashdilar. Islom davlati aholisi ikki dunyo saodatiga sazovor boʼldi va Аllohni haqiqiy ilm bilan tanib, Unga toʼgʼri ibodat qildilar. Dunyo bilimlaridan ham birinchi oʼrinda boʼlishlari uchun kerak boʼlganlarini olib, ustunlikka erishdilar. Hazoratlari gullab yashnagani kabi madaniyatlari ham asrlar osha gullab yashnadi.
Hizb ut-Tahrir oʼzining ongliligi hamda Ummat bilan hamkorlikda islomiy hayotni qayta boshlashga boʼlgan ishtiyoqi bilan roshid Xalifalik davlati dastur loyihasida taʼlim siyosatini belgilab berdi. Zero, Hizb barcha xalqlar ustidan Ummatning maqomini tiklash uchun Xalifalik davlatini barpo etishga harakat qilmoqda. Siyosatchi va hukmdorlar bilib qoʼysinlarki, biz dunyoga yetakchilik qilishga qodirmiz. Buning uchun kerakli barcha narsani tayyorlab qoʼyganmiz. Barcha musulmonlarni ushbu voqelikni butunlay oʼzgartirish uchun birgalikda harakat qilishga daʼvat qilib kelyapmiz. Keling, siyosat, iqtisod, taʼlim, axborot va hayotning barcha jabhalarida faqatgina Islom ahkomlariga va ishlarga gʼamxoʼrlik koʼrsatilayotganiga guvohi boʼlaylik. Bu Аllohning izni ila, yaqinda albatta amalga oshadi.
Roya gazetasining 2023 yil 26 iyul chorshanba kungi 453-sonidan