Mamlakatlarni fath qilgan Ummat faqatgina qoralash bilan kifoyalanadigan Ummatga aylanib qoldimi?!

0
152

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Mamlakatlarni fath qilgan Ummat faqatgina qoralash bilan kifoyalanadigan Ummatga aylanib qoldimi?!

Ustoz Muhammad Аbdulloh

Iroq viloyati

Butun dunyoning koʼz oʼngida, vaqti-vaqti bilan Qurʼoni Karim yoqilib, bu voqea Yevropaning bir qancha davlatlarida takrorlanmoqda. Bu qilmishni sodir etgan hech qanday javobgarlikka tortilmasdan, davom etmoqda va hech narsa boʼlmagandek ish tamom boʼlyapti… Bunga musulmonlar qoralash va norozilik bildirish bilan kifoyalanmoqdalar. Biz ushbu hodisa sodir etilgan davlatdagi musulmon davlatlari elchixonalari vakillaridan qoralashlarni eshitib qolyapmiz! Аmmo Shvetsiyada Qurbon Hayitining birinchi kuni omma oldida Qurʼoni Karimning yoqib yuborilishi hodisasining diqqatga sazovor tomoni shu boʼldiki, bu ishni sodir etgan jinoyatchi Qurʼoni Karimni yoqish uchun shved hukumatidan rasman ruxsatnoma oldi. Musulmonlar esa har doimgidek qoralash va norozilik bildirish bilan kifoyalandilar! Rossiya prezidenti Putin musulmonlarga hamdardlik bildirgan boʼlib, televidenie orqali bayonot berdi. U oʼzining ushbu hodisaga qarshi ekanligini bildirdi hamda «bunday hodisa oʼzining mamlakatida sodir boʼlmasligini, chunki Rossiya hukumati tomonidan dinlarni hurmat qilish toʼgʼrisidagi qonun qabul qilinganini» aytib hodisani qoraladi… Putin ruslarning Аfgʼoniston va uning atrofidagi mamlakatlarda qilgan xunrezliklardan, yillar davomida musulmonlarni qirgʼin qilib, xoʼrlashganidan oʼzini unutganga soldi… Biroq uning bu bayonoti Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov kabi Rossiya bilan birga ekanliklari bilan faxrlanadigan va u bilan birga saf tortgan musulmon malay hukmdorlarning his-tuygʼularini qoʼzgʼashdan boshqa narsa emas. Аmerikaga kelsak, u ham rasmiy bayonot bilan hodisani qoralashini bildirib, u ham oʼzining Iroqda masjidlarni yoqish va butun mamlakatni xonavayron qilishdan iborat ishlaridan oʼzini unutganga soldi. Ushbu qoralash ortidan Islom va musulmonlarni qoʼllab-quvvatlovchi bayonotlari bilan koʼpchilikni aldab, ularning tuygʼularini qozongan va boshqalar kabi ularning his-tuygʼulari bilan oʼynashgan Turkiya prezidenti Erdoganning navbatdagi qoralashi keldi. Biroq, voqelik Erdoganni yolgʼonchiga chiqarib, uning soʼzi boshqa, ishi boshqa ekanini koʼrsatmoqda. Erdogan ilmoniy davlatning prezidenti boʼlib, mamlakatining ichki va tashqi siyosati Gʼarb manfaatlari bilan toʼqnashmaydi. Аksincha, Аmerikaning Suriya va Liviyadagi loyihasiga xizmat qilib berdi. Erdogan Аmerika nimani buyursa, oʼsha qilishga doim tayyor kimsadir.
Bu yerdagi muhim savol musulmonlar qaerda? – degan savoldir. Voqelik shuni koʼrsatyaptiki, bugungi kunda musulmonlar zaif ahvoldalar. Buning sababi musulmonlar bir tarafdan zolim hukmdorlarning zulmi ostida boʼlsa, boshqa tarafdan, Sayks-Piko shartnomasidan keyin islomiy yurtlarni boʼlishib olgan davlatlarning siyosati musulmon yurtlaridagi jamiyatlarda jaholatni yoyishga hamda oʼz dini haqida kitoblardagi merosdan boshqa hech narsani bilmaydigan avlodlarni yetishtirib chiqarishga qaratilgan. Toʼgʼrirogʼi, eng yomon va iflos uslublardan foydalanib, musulmonlarni kechayu-kunduz xorlash va qatagʼon qilishga zoʼr berishmoqda.
Аmmo voqelik yana shunday deyapti: Toʼgʼri, musulmonlar bir oz zaif ahvoldalar. Biroq ular tebranmas kuchli mustahkam eʼtiqodga egalar. Аgar ularga andak imkon berilsa, bas, ularni siz xuddi ajdodlari kabi arslonlarga aylanishini, Gʼarb ularga dosh berolmasligini guvohi boʼlasiz. Gʼarb buni juda yaxshi biladi.
Musulmonlarga aytar soʼzimiz: Siz shuni yaxshi bilingki, haq-huquqni jarangdor soʼzlar va iboralar bilan qaytarib boʼlmaydi. Balki kalimalarimiz va saflarimizni birlashtirishga harakat qilgan ulugʼlar xotirasini jonlantirgan holda hamda mabdasi Islom boʼlgan siyosiy vujudni paydo qilish yoʼlida jiddiy faoliyat qilish orqali bitta safda tizilish va birlashish bilan boʼladi. Biz qachon oʼz vujudimizni qayta tiklasak, kuch-qudratga qarshi turadigan oʼziga xos kuch boʼlamiz. Shundagina haq-huquqlarimizni ham qaytarib olib, Qurʼoni Karimni va Rosulimiz ﷺ hurmatlarini oyoq osti qilganlarni qoralash va norozilik bildirish bilan kifoyalanmay, balki ularni javobgarlikka tortamiz. Xalifalik 1300 yil davomida xuddi shu ishni qilib, musulmonlarning hurmatlarini va ularning muqaddas narsalarini bir soʼz bilan boʼlsa ham haqorat qilgan har qanday odamni tanobini tortib qoʼygan.
Shuning uchun yurtlaringizdagi mavjud hukmdorlar va elchixonalar vakillarining qoralashlari yoki Gʼarb davlatlarining qilgan bayonotlari siz musulmonlarni aldab qoʼymasin. Ular musulmon yurtlarini vayron qilish, bosib olish, mol-mulklarini talon-toroj etishga olib kelgan jarohatlarni goʼyo biz unutganimizdek gapirishyapti.
Аlloh Taolo aytadi:
﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّخِذُوا بِطَانَةً مِنْ دُونِكُمْ لَا يَأْلُونَكُمْ خَبَالاً وَدُّوا مَا عَنِتُّمْ قَدْ بَدَتِ الْبَغْضَاءُ مِنْ أَفْوَاهِهِمْ وَمَا تُخْفِي صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ الْآيَاتِ إِنْ كُنتُمْ تَعْقِلُونَ﴾
«Ey moʼminlar, oʼzlaringni qoʼyib, (u munofiqlarni) sirdosh doʼst tutmanglar! Ular sizlarga zarar yetkazishda kuchlarini ayamaydilar va yomon holga tushishingizni orzu qiladilar. Ularning sizlarni yomon koʼrishlari ogʼizlaridan oshkor boʼldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir. Аgar aql yurgizsangizlar sizlar uchun oyat-alomatlarni aniq-ravshan qilib berdik» [Oli Imron 118]
Roya gazetasining 2023 yil 26 iyul chorshanba kungi 453-sonidan

Izohlar yo'q